Kirish Asosiy qism: Mahmud Qoshg’ariy haqida ma’lumot



Download 27,2 Kb.
bet4/4
Sana12.06.2022
Hajmi27,2 Kb.
#660247
1   2   3   4
Bog'liq
mustaqillikka erishish davri

O’g’lim, senga qoldirdim o’git, Unga amal qil.
Olimlarga yaqinlash, baxra olgil, Tutib dil.
Ma’lumki, bilim-ma’rifatli kishi kibr-xavodan uzoqroq turishini ta’minlaydi, bunga insonning o’zi xam sababchi deb uqtiradi, o’gitlarda. Ilm sari intilishni kutlug’ ish sanaydi. Demak, har bir kishi ilm sari intilishi, unga bo’ysunishi, moyil bo’lishi, kibrni esa o’zidan nari surishi kerak bo’ladi.
O`rgan uning bilimin, Borgin uning sari.
Qutlug’ ishga bo’ysungin, Kibrni quv nari.
Aqlli odamning zexni o’tkir bo’ladi, u xar qanday o’git-nasixatni xuddi yuqorida parvoz etayotgan qushning pastda ovni ko’rgandagi tezlik bilan sho’ng’ishiga o’xshatadi. Oqil odam zexnining tezligi kush parvoziga qiyoslanadi:
Qush ov ko’rsa, yuksaklardan pastga cho’kar,
Olim kishi o’git bersa, darxol uqar.
Bu misolda aqlli, bilimli odamning tabiati, o’ziga xos xislati ifodalangan.
«Devonu lug’atit turk» asarida insoniy fazilatlarning ajralmas qismi xushxulqlik alohida ajratib ko’rsatiladi. Har bir inson egallashi lozim bo’lgan ezgulik-yaxshilik, umum manfaati uchun mexnat qilish hushxulq insonga xos fazilat ekanligi o’qtiriladi:
Ulug’liging oshsa agar. Xushxulq bo’lg’il.
Bek yonida xalq uchun Xo’b ish qilg’il.
Kishilar o’rtasidagi totuvlik, axillikning muximligini xam quyidagicha ifodalaydi:
Qo’ni-qo’shni, qarindosh Ko’rsin sendan yaxshilik.
Ne-ne sovg’a qilishsa Yaxshirog’in qil tortiq.
Yana bir she’riy parchada shoir inson faqat o’zini o’ylamasligi, o’zgalar manfaati uchun ham xarakat qilishi lozimligini aytadi:
Ko’rklik to’ning o’zingga, Totlig’ oshing o’zgaga,
Qo’noqqa ko’rgiz izzat, Yozsin sha’ning uzoqqa.
Shoir mol-mulkka xirs qo’ymaslik, insonning mol-mulki ko’payganda xam mag’rurlanib ketmaslikni, bu borada keksa avlod o’gitlariga rioya etishni ta’kidlaydi.
Ta’lim-tarbiyaga oid pand-nasixatlarga boy she’rlar inson turmushining turli tomonlariga oiddir. Inson xayotining abadiy emasligi, shuning uchun xam kishilarga yaxshilik qilish lozimligi, yoshlik xusniga ishonish suvga suyanish bilan barobar, deydi. Shu bilan birga she’r parchalarida:
Kimning ko’ngli bo’lsa
Qashshoq, kambag’al.
To’q bo’lmaydi,
Boy bo’lmaydi, deyilgan misralar xam uchraydi.
Bu pandlar hozirgi davrda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan. Chunki ma’naviy boy bo’lmagan mamlakat xech qachon moddiy tomondan mustaxkamlana olmaydi. «Devonu lug’atit turk» asarida xalqning ta’lim-tarbiyaga oid tajribalari ifodalangan maqollar ham mavjud. Maqollarda xam qo’shiqlardagi kabi do’stg’ik va hamkorlik mehnatga muhabbat, ilm olishga va kasb-hunar egallashga undash, vatanparvarlik va qon-qardoshlik tuyg’usi, tejamkorlikning ahamiyati va isrofgarchilikning oldini olish, adolat va adolatsizliq yaxshilik va yomonlikling natijalari, axloq-odob qoidalari, sixat-salomatlikni saqlashga oid o’gitlar talqin etiladi.

Xulosa
Mahmud Kоshg’ariy XI asrning eng buyuk kishilaridan biridir. Uning “Devоnu lug’оt-it turk” asari jahоn turkоlоgiya fanining nоdir manbalaridan hisоblanadi. Uni tоm ma`nоda turkshunоslikning lisоniy-adabiy qоmusi deb atash mumkin. Ayni paytda ushbu asarda o’sha davr turkiy xalqlarining fоlklоri, tarixi, mifоlоgiyasi va geоgrafiyasiga dоir qimmatli ma`lumоtlar berilgan.
Mahmud Koshg’ariyning “Devoni lug’atit turk” asari faqat lug’at, ya’ni so’zlarining arabcha izohli tarjimasidan iborat bo’lib qolmasdan, balki u arablargacha bo’lgan davrdagi adabiyot namunalarini o’zida jamlab kelgan ajoyib badiiy asar ham bo’lib hisoblanadi. Chunki unda xalq og’zaki ijodiga oid turli maqollar, hikmatli so’zlar, qo’shiqlar, iboralar, dostonlardan parchalar ko’plab keltirilgan. Olti mingga yaqin turkcha so’zlarga arabcha izohlar berilgan. Ushbu jihatdan bu asar o’z davrining qomusiy asari darajasiga ko’tarilgan. Chunki bu davrgacha jahon tarixida hyech kim tillarni bir – biriga qiyoslab o’rganmagan edi.
Xulosa qilib aytganda, Mahmud Qoshg'ariyning "Devoni" - til va adabiyot, geografiya, kartografiya, astronomiya, etnografiya va boshqa bir qator fanlar bo'yicha qimmatli ma'lumotlarni o'z ichiga olgan qomusiy asar. Shuning uchun ham turli sohalar vakillari Qoshg'ariyni "o'zlardidan" deb hisoblaydilar. Darhaqiqat, olim devonda yozilgan ma'lumotlarga qaraganda, muqarrar ravishda savol tug'iladi: "Qashg'ariy geografmi yoki filologmi, etnografmi yoki kartografmi?" Bu Qoshg'ariy o'z davrining yetakchi ensiklopedik olimi ekanligini isbotlaydi. Shuning uchun ham sharqshunos N. Baskakov Mahmud Qoshg'arini "turkiy tillarni taqqoslashda yetakchi yulduz" deb atagan. Asarning ahamiyati hali hanuz turli tarmoq va sohalarda muhim ahamiyatga ega.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

  1. Pеdаgоgikа. // M.Tохtахоdjаеvаning umumiy tаhriri оstidа. – T.: O`zbеkistоn Fаylаsuflаri Milliy jаmiyati, 2010.

  2. Hoshimov K., Nishonova S. Pedagogika tarixi. – T.: O`zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2005.

  3. Hoshimov K., S.Ochil. O'zbek pedagogikasi antologiyasi. – T.: O'qituvchi, 2010.

  4. Yusuf xos Xojib. Qutadg'u bilig (so'zboshi muallifi B.Tuxliev). — T.: Yulduzcha, 1991.

  5. www.wikipedia.org

Download 27,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish