Devonu lug’otit-turk” asari haqida
Mahmud al Qoshg‘ariyning mashhur kitobi “Devoni lug‘at at-turk” turkiy ensiklopediya ko‘rinishidadir. Unda umumiy tarixiy-madaniy, etnografik va tilshunoslik ma’lumotlari to‘plangan va jamlangan. Al Qoshg‘ariyning “Devoni” - turkiy madaniyat yodgorligi bo‘lib, o‘zida axloqiy qadriyatlar va tarbiya tartiblarini, avvalgi ajdodlardan barcha merosni o‘zlashtirgan XI asrdagi turkiy xalqlarning o‘ziga xos dunyoqarashini jamlagan. Kitobda qadimiy zoroastr-shomoniylik dunyoqarashlari bilan birga, yangi mafkura - islom va so‘fiylik kabi tarmoqlari tasvirlangan.
Mahmud al Qoshg‘ariy mehnatining yagona nusхasi 1915 yil olim va kutubxonachi Ali Emir tomonidan Istambul bozorida ko‘chirma nusхa ko‘rinishida topilgan, hozirgi vaqtda Istambul Milliy kutubxonasida saqlanadi. Qo‘lyozmani Muhammad ibn Abu-Bakr ibn Abu-l-Fath as-Saviy ko‘chirgan.
“Devonu lug‘at at turk”ning birinchi noshiri turk olimi Rifat Bilge bo‘lib, u kitobni birinchi bo‘lib turk tiliga tarjima qilgan.
Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘at at turk” asari o‘zbek tiliga professor Solih Mutallibov tomonidan tarjima qilingan va 1960-1963 yillar Toshkentda nashr etilgan.
Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘at at turk” asari noyob hisoblanib, odatiy lug‘atga xos so‘zlar bilan bir qatorda, ko‘plab badiiy asarlar ham uchrab, folklorlikka oid qismlari asosiy timsolda gavdalanadi. Muallifning o‘zi shunday yozadi: “Mazkur kitobni men alifbo tartibida joyladim, maqol, saj, matal, she’r, rajaz va nasr parchalari bilan bezadim”.
“Turkiy shajaralar lug‘ati”da turkiy tilda so‘zlashuvchilar folklorining asosiy janrlari keltirilgan - marosimiy va lirik qo‘shiqlar, qahramonlik dostoni, tarixiy rivoyat va afsonalar. Shu bilan birga, unda anatomiya, tibbiyot, veterinariya, astronomiya, jo‘g‘rofiya, etnografiya va boshqalar haqida ma’lumotlar mavjud.
“Turkiy shajaralar lug‘ati” ikki qismdan iborat. Birinchi qismida Mahmud Qoshg‘ariy kitobning maqsadini ochib bergan, turkiy tilga so‘zlashuvchi qabila va urug‘lar haqida ma’lumotlar keltirgan.
Asarning ikkinchi qismida turkiy til shajarasining lug‘ati taqdim etilgan, hikmatli iboralar, og‘zaki xalq ijodining namunalari keltirilgan.
Quyida kitobidan keltirilgan parchalar orqali Qoshg‘ariyning nuqtai nazari haqida tasavvur hosil qilish mumkin.
“Kunlar vaqtni shoshirar, inson kuchini toliqtirar, dunyoni erlardan ayirar... Uning odati shu-da, barchaning qismati shu yerda. Agar dunyo mo‘ljalga olib, o‘qni otsa, tog‘ cho‘qqilari ajralib ketadi”.
“O‘g‘lim, senga yaxshilikka eltuvchi pand-nasihat merosimni qoldiraman. Yaxshi insonni uchratsang, unga ergash”.
“Tun-u, kun daydi kabi o‘tib ketadi. Uning yo‘lida kesishib qolsang, kuchdan ayirar”.
“Insonning mol-dunyosi - uning dushmanidir. Boylik to‘plab, suv oqimi to‘xtashini o‘yla, go‘yo xarsanglar pastga dumalab tushayotgani kabi. Barcha erlar buyumlarni deb adashdi. Boylikni ko‘rib, ular, go‘yo burgut o‘ljaga yopishgani kabi otiladilar. Ular mulkini yashirib, uni ishlatmay, xasisliklaridan yig‘lashar, oltinlarni to‘plashar. Mulklari sabab, Xudoni yodga olishmas, o‘g‘illarini, qarindoshlarini ular bo‘g‘arlar”.
“Yaxshilik qilishga shoshil, maqsadingga erishgach, g‘ururlanma”.
Uzoq sayohatlari davomida to'plangan tarixiy, lingvistik, geografik va etnografik ma'lumotlarni tizimlashtirgan Mahmud Qoshg'ariy 1072-1074 yillarda Vizantiyadan Xitoy va Mo'g'ulistondan shu hududda yashagan 30 ga yaqin turkiy qabilalarini aniqlagan. U hayoti, tili, urf -odatlari va turmush tarzi jihatidan qimmatli bo'lgan "Devonu lug'otit turk" degan buyuk asarni yozadi. Shunisi e'tiborliki, Mahmud Qoshg'ariy ko'p zamondoshlaridan farqli o'laroq, o'z asarini arab tilida emas, turk tilida yozgan. "Devon" turkiy xalqlar folklori, marosim qo'shiqlari, dostonlar, tarixiy xotiralar va afsonalarga oid keng ko'lamli materiallarni o'z ichiga oladi. Asarda tibbiyot, astronomiya, geografiya va etnografiya haqida ham qimmatli ma'lumotlar berilgan. Sharqshunoslarning fikricha, "Devon" - XI asrdagi turkiy xalqlarning hayoti, ularning madaniyati, turmush tarzi, etnonimlari, toponimlari, qabila munosabatlari, nasl -nasab tushunchalari, turli amaldorlarning unvonlari, oziq -ovqat, uy -joy va yovvoyi tabiat, chorvachilik, geografik terminologiya, shaharlar, kasalliklarning nomlari va dori -darmonlari, metallar va minerallar, harbiy, sport va ma'muriy tushunchalar, turli tarixiy va afsonaviy qahramonlarning ismlari, diniy, etnik marosimlar va hatto bolalar o'yinlari to'liq ma'lumot beradigan yagona ma'lumot manbai boʻlib hisoblanadi.
Mahmud Qoshg'ariyning devondagi bebaho geografik merosi - tabiiy geografik atamalar, joy nomlari va ularning talqinlari, asarga biriktirilgan dunyo xaritasi, aholi geografiyasi, astronomiya bo'yicha taqvimlar tizimi, muchallar va ularning tarixi keltiriladi. Devonga XI asrda yaratilgan dunyoning noyob xaritasi biriktirilgan bo'lib, unda turkiy qabilalar va boshqa joylar ko'rsatilgan. Bu xarita bitta doiradan iborat bo'lib, uning asosiy qismi hozirgi sharqiy yarim sharga to'g'ri keladi. Manbalarga ko'ra, xaritaning arabcha versiyasining diametri 24 sm, o'zbekcha versiyasi esa 18 sm. Mahmud Qoshg'ariy xaritasining qiziq tomoni shundaki, unda baland tog'lar yoki katta daryolari qalin chiziqli, kichiklari esa ingichka chiziqlar bilan ko'rsatilgan. Xarita atrofida quyuq yashil doira chizilgan va unga qaraganingizda, erni har tomondan okeanlar qurshab olgani haqidagi taassurot paydo bo'ladi. Bu xaritaning muallifi Mahmud Qoshg'ariy kartografiya qonunlarini etarli darajada bilganligidan dalolat beradi.
Mahmud Qoshgʻariy „Devonu lugʻotit turk“ga oʻzi tuzgan dunyo xaritasi (dunyoning doira shaklidagi tasviri)ni ilova qilgan. Xaritada mamlakat, shahar, qishloq, togʻ, choʻl, dovon, dengiz, koʻl, daryo va h.k.ning nomlari yozilgan. Xaritaga yozilmay qolgan bir qancha nomlar asar matnida izohlangan. Xarita, asosan, hozirgi Sharqiy yarim sharga toʻgʻri keladi. Asarda XI asrdagi shaharlar, qishloqlar, dengiz, koʻllar, turkiy qabilalar va urugʻlar haqida, urugʻlarning ijtimoiy ahvoli, kelib chiqishi, nomlanishi, ichki urugʻ va toifalari, ularning joylanishi, urf-odatlari, til xususiyatlari haqida batafsil maʼlumotlar beriladi. Bundan tashqari, hayvonot va oʻsimliklari, ularning nomlanishiga toʻxtalib oʻtadi, astronomik maʼlumotlar, burj va muchal haqida ham maʼlumotlar bor. „Devonu lugʻotit turk“da ayniqsa qabila va urugʻ tillariga oid lingvistik maʼlumotlar ancha batafsil berilgan. Bunda har soʻzning maʼnolari (polisemiya, omonim, sinonim, antonim va arxaik soʻzlar) chuqur tahlil qilinadi, ayrim soʻzlarning etimologiyasiga toʻxtalib oʻtadi. Tovushlar (fonemalar)ning taxlili ancha mukammal: unli va undosh fonemalar, choʻziq va qisqa unlilar, ularning urugʻ tillaridagi talaffuzi va orfografiyasi, tildagi fonetik hodisa va qonuniyatlar batafsil izohlangan. Morfologiya sohasida soʻz turkumlarini, davr anʼanasiga koʻra, 3 soʻz turkumiga: feʼl, ism, bogʻlovchiga boʻlib, ularning yasalish va turlanish yoʻllarini koʻrsatib oʻtadi. „Devonu lugʻotit turk“da 250 dan ortiq maqol va matallar, oʻnlab sheʼriy parchalar keltirilgan.
Bartold „Devonu lugʻotit turk“dan oʻz ilmiy ishlarida keng foydalanganini sharqshunos S. Volin koʻrsatib oʻtgan. Til-shunos olim V. I. Belyayev „Devonu lugʻotit turk“ haqida shunday yozadi: „Biz bu asarga nihoyatda yuksak baho berishimiz kerak, chunki u kitoblardan olib yozilmagan, balki jonli materialni shaxsan kuzatishga asoslangan… Muallif bergan maʼlumotlar… arxeologik kashfiyotlar bu maʼlumotlarning aksariyatini isbot etmoqda“. Nemis sharqshunosi K. Brokkelman „Devonu lugʻotit turk“ asarini 1928-yil nemis tiliga tarjima qildi. „Devonu lugʻotit turk“ qoʻlyozmasining fotonusxasi Istanbulda Kilisli Rifat (3 jildli; 1915—17) keyinchalik Besim Atalay tomonidan (3 jildli; 1939—41) turk tiliga tarjima qilinib, chop etilgan. „Devonu lugʻotit turk“ ning turk tilidagi keyingi qayta nashri 1957-yil amalga oshirildi. „Devonu lugʻotit turk“ ikkinchi boʻlib oʻzbek tiliga tarjima qilinib, muhim izoh va tafsirlari bilan 1960—63-yillari Toshkentda „Fan“ nashriyotida 3 jildda chop etilgan. Bu tilshunos olim, filol. fanlari dri, prof. Solih Mutallibovning 35 yillik mehnati natijasi edi. Ushbu nashr faqat tarjima boʻlmay, turkcha tarjimaga munosabat, baho, atamalar, shaxs nomlari, shahar va joy nomlariga izoh, va tafsir hamdir. Oʻzbekcha nashrining muqaddima qismida 11-asr filologlari, „Qutadgʻu bilig“ asari, Maxmud Koshgʻariyning lingvistik qarashlari, turkiy qabilalar, ularning shakllanishi, bu urugʻ va qabilalar, tillarning hozirgi turkiy xalqlar va ularning tiliga munosabati, tarjima transkripsiyasi toʻgʻrisida maʼlumotlar berilgan. „Devonu lugʻotit turk“ oʻzbekcha nashrining oxirida turkiy urugʻ, qabila, shaharlar va boshqalar toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar bor, asarning har bir jildida havolalar berilib, unda uchragan soʻz va iboralar keng taʼriflanadi, izohlanadi. Oʻzbekcha nashrining muhim tomonlaridan biri, uning har bir jildi asosida tuzilgan koʻrsat-kichdir. Unda „Devonu lugʻotit turk“da uchragan soʻzlar alifbo tarzida keltirilib, soʻzning oʻzbek va rus tilida tarjimasi beriladi. Mazkur soʻzning „Devonu lugʻotit turk“ ning qaysi betlarida uchrashi (oldin oʻzbekcha, soʻng turkcha nashrlarining beti, satri) koʻrsatib oʻtiladi.
Mahmud Kоshg’ariyning “Devоnu lug’оtit turk” asariga asar muallifining o’zidan bоshqa real bahо beradigan kishi yo’q. U jumladan, shunday deydi: “Men bu kitоbni alifbо tartibida tartib berdim. Unga turkiy xalq maqоllari, to’rtliklari, fоl klоr qo’shiqlari va nasriy namunalardan bezak berdim. Men kitоbni o’quvchiga tushunrali bo’lishi uchun undagi tushunilishi qiyin bo’lgan jihatlariga tushuntirishlar berdim. Bunga yillab mehnat qildim. Ayniqsa, dоnishmandlik xususiyatiga ega bo’lgan maqоllarga ahamiyat qaratdim. Ular halqning baxti va baxtsizligi, yaxshi va yomоn kunlarini o’zida aks ettirgan bo’lib, uning qadriyatlari darajasiga ko’tarilgan.”
“Devonu lug‘otit-turk” asarida ta’lim-tarbiya masalalari.
Xalqimizning ta’lim - tarbiyaga oid qarashlari ulug` olim, mutafakkir Mahmud Qoshg`ariyning "Devonu lug`atit turk" asarida keng bayon etilgan.
Asar 1072-1076 yillarda yozilgan va yoshlarga nasihatlar tarzida tuzilgan she’riy parchalardan iboratdir. Devondagi qo`shiqlarda tabiat, ov va jang manzaralari, sevgi - muhabbat va ugit - nasihatlar uz ifodasini topgan.
She’rlarda ilm olishning qadri, bilimli kishilarni hurmat qilish, mehmondo`stlik, xushxulqlik, mardlik va jasurlikni targ`ib qiluvchi, baxil, ochko`z, do`stga va xalqiga xiyonat kabi salbiy tomonlarni qoralaydigan she’rlar ko`p uchraydi.
Pand - nasihatlarda asosiy o`rin ilm olishga undashga, uning foydasini targ`ib etishga qaratilgan. Ko`plab tarbiyaviy xarakterdagi maqollar ham berilgan.
Mahmud Qoshg’ariyning «Devonu lugotit turk» asarida ilm olishning qadri, bilimli, donishmand kishilarni hurmat qilish, mehmondo’stlik xushxulqlik mardlik va jasurlikni targ’ib etuvchi, o’z manfaatini ko’zlagan molparast, baxil, ochko’z, do’stiga va xalkiga xiyonat kabi salbiy tomonlarni qoralaydigan she’rlar ko’p uchraydi. Bunday she’rlar turkiy xalqlar qadim-qadimlardan boshlab, inson shaxsini shakllantirishda ta’lim-tarbiyaga katta e’tibor berganligini ko’rsatadi.
Ayniqsa, pand-nasixatlarda asosiy o’rinni ilm olishga undash, uning foydalari, ilm axlini xurmat etish to’g’risidagi fikrlar egallaydi. Yoshlarga ilmli kishilarga yaqinlashish, ulardan o’gitlar olish maslaxat beriladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |