Galogenlarning olinishi Ftorni birinchi marta 1886 – yilda suvsiz suyuq vodorod ftoridga aralashtirilgan KF ni elektroliz qilish natijasida olingan. Buning uchun ftor ta’sir qilmaydigan misdan yasalgan asbob ishlatiladi. Elektrodlar platinadan yasalgan bo’ladi.Ftor hozirgi paytda ham sanoatda shu usul bilan olinadi. Sanoatda xlor faqat osh tuzini suvdagi eritmasini elektroliz qilish yo’li bilan olinadi. Xlor anodda ajralib chiqadi, katodda esa natriy hosil bo’ladi. Laboratoriyada xlor asosan xlorid kislotaga oksidlovchilar ta'sir ettirish yo’li bilan olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |