Galogenlar asosan xlor kimyo sanoatida keng ishlatiladi. Ftor hozirgi vaqtda uglevodorodlarning nodir xossalarga ega bo’lgan ba’zi qimmatbaho ftorli hosilalari, masalan, teflon, freon, hosil qilish va hokazolar uchun ishlatiladi. Xlor gazlama va qog’oz tayyorlashga ishlatiladigan sellulozani oqartirish uchun erkin xlor holatda ham, oqartirgich tuzlar holida ham ko’p miqdorda ishlatiladi. Xlor ichiladigan suvni sterillash va tashlandiq suvlarni zararsizlantirish uchun ham ishlatiladi. Xlorli organik modda narkoz beruvchi modda sifatida ishlatilgan. Brom har xil dori vositalar ishlab chiqarish uchun ham foydalaniladi. Brom yetishmasligi insonlarda asab kasalligini keltirib chiqaradi. Bunday bemorlarga bromli dori-darmonlar tavsiya etiladi. Organizmda yodning yetishmasligi esa endemik bo’qoq deb ataladigan kasallikni vujudga keltiradi. Shunday qilib galogenlarning inson organizmiga ta’sirini mavzuning dolzarbligi deb oldim.
Do'stlaringiz bilan baham: |