Gilgamish haqida epos yoki Hamma koʻrganlari haqida poema. Dunyodagi qadimgi saqlangan adabiy asarlardan biri, eng yirik asar sifatida yozilgan. Qadimgi Sharqning eng buyuk asari xisoblanadi. Epos Akkad tilida yaratilgan, Shumer gaplariga asoslangan holda birinchi mingyillikning yarmida, eramizdan avvalgi XVIII-XVII asrlarda yaratilgan. Uning bir qancha toʻliq variantlari Nineviyada, Ossur shohi Ashshurbanipalning mixxat kutubxonsidan, XIX asrda olib borilgan qazishma ishlarida qoʻlga kiritilgan. U olti ustunli, 12 jadvalli mayda mixxat yozuvi bilan yozilgan. 3000 ga yaqin sheʻr kirgizilgan va eramizdan avvalgi VII asrda yozilgan epos namunasi Qadimgi Xett davlati hududidan topilgan. Yana XX asrda eposning yana yangi, oʻzgacha namunalari topilgan, shu jumladan xurrit va xett tillarida eposning boshqa qahramonlari Gilgamish va Enkidu hisoblanadi. Shumer tilida alohida qoʻshiqlar, ulardan bir qanchasi III mingyillikning birinchi yarmidan to eramizgacha yaratilgan . Qahramonlarning yagona dushmani bu – Xumbaba ( Xuvava ) dir, muhofaza qilingan muqaddas kedrlar. Ularning jasoratlarini xudolar kuzatadilar. Gilgamish haqidagi shumer manbalarining baʻzilari shumer ismlari, shumer qoʻshiqlarida saqlanib qolgan. Lekin Gilgamish haqidagi toʻliq maʻlumotlar akkadcha boʻlib qolmoqda. Shumer tili orqali yetib kelgan Gilgamish bilan bogʻliq ism va qoʻshiqlarda esa uning shumer bilan aloqadorlik oʻrinlari mohiyatan oʻz oʻrnini yoʻqotgan. Gilgamish dostonining asosiy mavzusi insonning hayoti va uning, hatto mashhur qahramonlarning ham oʻlimdan qochib qutula olmasligi haqidagi azaldan kelayotgan masala badiiy jihatdan juda kuchli tasvir etilgan. Bu dostonning ayrim qismlarining mazmuni juda qadimgi shumeriylar davrida yaratilgan. Masalan, Gilgamishning marhum doʻsti Enkiduning arvohi u dunyodan yana yer yuziga kelgan va Gilgamishning odam oʻlganidan keyin nima boʻlishini arvohdan soʻragani toʻgʻrisidagi hikoya oʻsha qadimgi shumeriylar nusxasida ham bor. Shumeriylarning Gilgamish va Aggi degan boshqa bir dostonida Urukni qamal qilgan Kish podshosi Agga bilan Gilgamish oʻrtasidagi kurash tasvirlangan. Gilgamish koʻrsatgan qahramonliklar toʻgʻrisidagi epik qissalarning butun bir sikli mavjud boʻlgan boʻlishi juda ham mumkin boʻlgan hodisadir. Dostonning asosiy qahramonlari nomi Gilgamish va Enkidu qadimgi shumeriylardan qolgan. Gilgamishning dostondagi ayrim epizodik oʻrinlarini aks ettiruvchi oʻrinlari ham shumeriylardan qolgandir. Urukninmg afsonaviy darajaga borib yetgan podshosi Gilgamishning nomi Shumerning eng qadimgi podsholari roʻyhatida saqlanib qolgan. Bu doston nusxalaridan biri I Bobil sulolasi davrida tuzilgan boʻlishi mumkin; saqlanib qolgan bir fragment bundan dalolat beradi; bu fragment dostonning keyingi zamondagi, ammo ancha toʻla yozilgan ossur nusxasidan keskin farq qiladi, u eramizdan avvalgi VII asrda podsho Ashshurbanipalning Nineviya shahridagi kutubxonasi uchun akkad tilida ossur mixxati bilan yozilgan. Gilgamish haqidagi doston toʻrt asosiy qismga boʻlinadi: 1) Gilgamishning Urukni qattiq qoʻllik bilan idora qilishi, ikkinchi qahramon Enkiduning paydo boʻlishi va bu ikki qahramonning doʻstligi qissasi. 2) Gilgamish va Enkiduning qahramonliklari tavsifi. 3) Gilgamishning obi hayot qidirib, boshidan kechirgan sarguzashtlari qissasi. 4) Gilgamishning marhum doʻsti – Enkidu arvohi bilan qilgan suhbatining bayoni bilan doston tugaydi. Bobildan topilgan nusxada asarni bitguvchi Gilgamish tosh lavhaga oʻzining asarlarini oʻzi bitgan – deb, bu bilan dostonda boʻlgan haqiqiy voqealar deb daʻvo qilgan. Haqiqatan ham, dostondagi baʻzi epizodlar qadimgi qissalarda saqlanib qolgan tarixiy hodisalarning uzoq oʻtmishdagi izlari boʻlishi mumkin. Masalan Gilgamish Urukni idora qilgani, uning maʻbuda Ishtarga munosabati ( bu esa podsho hokimiyatining kohinlarga qarshi kurashini aks ettiradi) ana shunday epizodlardir. Biroq Gilgamish toʻgʻrisidagi doston ga baʻzi bir mifologik afsonalar ham kiritilgan , bu butun olamning suv bosishi va odamning yaratilishi toʻgʻrisidagi qadimgi qissalar bilan bogʻliqdir. Dostonning bosh qismida uchdan ikki boʻlagi xudo va bir boʻlagi odam boʻlagi Gilgamishning Uruk degan qadimgi shaharda qanday podsholik qilgani, shahar devorlari qurishga va xudolarga atab ibodatxonalar solishga xalqini majbur etib, qattiq zulm qilgani hikoya qilingan. Uruk aholisi mbunday ogʻir qismatga chiday olmay, xudolarga shikoyat qilgan, xudolar ham bu shikoyatlarni nazarga olib, gʻayri tabiiy bir kuchga ega boʻlgan Enkidu nomli pahlavonni yaratganlar. Enkidu vahshiy hayvonlar orasida yashagan , shu vahshiy hayvonlar bilan birga ov qilgani va suv ichagani borgan. Ovchilarning vahshiy hayvonlarni ovlashiga Enkidu toʻsqinlik qilgan, shunda ovchilarning biri yordam soʻrab Gilgamishga murojaat qilgan. Bu ibtidoiy qahramonni oʻziga el qilib olish niyatida Gilgamish uning huzuriga ibodatxona choʻrisini yuborgan, bu choʻri xotin Enkiduni koʻlga olib, uning yovvoyi xulqini tiyib qoʻygan va uni Urukka olib kelgan. Enkidu Urukka olib kelingandan soʻng , bu yerda har ikkala qahramon yakkama-yakka kurashga tushgan, lekin ularning kuchlari baravar boʻlgani uchun bir-birlarini yenga olmagan. Shundan keyin Gilgamish va Enkidu doʻst boʻlib qolgan va birgalikda koʻp bahodirliklar qilganlar. Ular Kedr oʻrmoni qoʻriqchisi bahaybat Xumbaboni oʻldirganlar.
Bu gʻolib qahramonni koʻrgan maʻbuda Ishtar unga oshiq boʻlib qolgan. Ammo dono va ehtiyotkor Gilgamish Ishtarning sevgisini rad etgan va maʻbudaning avvalgi oshiqlari boshiga solgan azoblarini eslargan.
Ammo maʻbuda Ishtar bu rad javobni oʻziga nisbatan hurmatsizlik deb bilib , qahramonlar va Uruk shahriga katta kulfatlar yogʻdirdi. Lekin qahramonlar Enkidu va Gilgamish bularni birgalikda yengadilar. Ushbu voqeani Urukliklar quvonch bilan kutib oladi. Bu shodiyonalar oxirida Enkidu tushida yaqinda oʻlajagini koʻradi va haqiqatan ham Enkidu kasallanib yotib qoladi. Gilgamish shunda doʻsti vafoti orqali oʻzining ham umrboqiymasligini biladi. Shu voqea tufayli Gilgamish umrboqiylik suvini izlab Bobosi Ut-Napishtim yoniga boradi, chunki u xudolar marhamatiga erishib ushbu suvdan ichgan edi. Gilgamish bobosidan suvni qayerdan topishni soʻraganda esa bobosi unga toʻfon haqidagi rivoyatni aytadi.Bu afsonada Shumer qabilalarining Janubiy Mesopotamiyada boʻladigan gʻoyat katta suv toshqinlariga qarshi uzoq oʻtmishdan beri kurashib kelganki aks etgan boʻlishi ham mumkin. Janubiy Mesopotamiya daryolari toshgan vaqtid butun past tekislikni suv bosgan va koʻp joylarni harobqilgan, ammo, shu b ilan birga, toshqin vaqtida yerga choʻkkan loyqa eng qadimgi dehqonlar yerini serunum qilib, moʻl koʻl hosil bergan. Shu bilan Ut-Napushti va uning xotini turli usullar bilan Gilgamishni umrboqiy qiilishga urindilar, ammo buning iloji boʻlmay Gilgamishni yana oʻlim xissi tuta boshlaydi. Shunda Ut-Napushti sehrli soʻzni Gilgamishga aytishga majbur boʻladi. Gilgamish dengz tubiga tushib sehrli ulni topadi, ammo Urukka qaytishda hovuzda choʻmilayotgan Gilgamishdan sehrli gulni ilon olib qochadi. Gilgamish sehrli gulsiz qolgach yana xomushlikka choʻkkan Gilgamish Urukka qaytib kelgach xxudolardan soʻnggi istagini bajo qilishlarini soʻragan. Bu esa doʻsti Enkidu bilan diydorlashish orzusi edi. Ammo bu ish juda qiyin boʻlib, faqat XudoEagina Gilgamishga yordam berib, xudo Nergalga Enkiduni yer yuziga chiqarishni buyurgan. Ikki doʻst suhbati bilan doston ham tamom boʻladi. Gilgamish Enkidudan yer qonuni , odam oʻlgandan keyin xoli nima boʻlajagini soʻraydi. Enkidu odam vafot etish jarayonini achinarli tasvirlaydi. Shunda uchdan ikkisi xudo, uchdan biri odam boʻlgan qahramon oʻlim muqarrar ekanligini anglaydi. Xulosa tarzida aytish mumkinki, Gilgamish dostoni turli diniy va afsonaviy rivoyatlar bilan bezalgandir. Bu afsonalar eposning umumiy sujetiga singib ketgan. Masalan, Odam(Enkidu) ning Xudo tupurigiga qorishtirilgan tuproqdan yaratilganligi toʻgʻrisidagi afsonaning qisqa bir parchasi: jahon toʻfoni haqidagi mashhur afsona ana shunday afsonalardandir. Gilgamish haqidagi doston oʻzining badiiy fazilatlari jihatidan ham, unda ifodalangan fikrlarning oʻziga xos xususiyatga egaligi jihatidan ham Mesopotamiya adabiyotida alohida oʻrin tutadi. Asarda xudolar nasabidan boʻlgan Gilgamishning ham oʻlimdan qochib qutula olmasligi, faqatgina uning qilgan ezgu ishlarigina uni umrboqiy qila olishligi asarning yanada yuksalishini, shuhratini taʻminlagan oʻrinlidir. Shu sababli ham Gilgamish dostoni hozirgi kun oʻquvchisi uchun ham qiziqarli adabiyot sifatida oʻz oʻrnini yoʻqotmayotir.
“Bilgamish” dostoni topilganiga bir yarim asr boʻlyapti. Bu davr ichida asar dunyoning bir qancha tillariga tarjima qilindi va uzoq moziydan kelgan ajdodlar tafakkuri uni oʻqigan kishilarni ilhomlantirib kelmoqda.
Bu asar yozma dostonlarning yer yuzidagi eng qadimgisi deb hisoblanib kelayapti va aynan undan soʻng sheʼr hamda dostonlarni yozma ravishda bitish boshlangan, deb hisoblanmoqda.
Dovrugʻi dunyoga doston
Milodiy IX asrda yashagan suriyalik yozuvchi Teodor bar Konay “Gelemgos” dostoni haqida yozib qoldirgan. Bu ayni shu doston ekanligi haqida fikrlar bor.
Kanadalik yozuvchi Alen Ganon “Gilgamesh dostoni haqida” romanini fransuz tilida chop etdi. Chernogoriyaning Budva shahrida Slavyan Vuyovich “Gilgamesh” nomli spektaklni sahnalashtirdi. Angliyaning Bedfordshir yoshlar teatri ham bu ishni amalga oshirdi. AQSHlik Barri Truaksa, italiyalik Franko Battiato, chexiyalik Boguslava Martin va boshqalar “Gilgamesh” dostoni haqida musiqa asarlarini yaratdilar. Shuningdek, bu doston haqida dunyo olimlarining juda koʻp ilmiy va ilmiy-ommabop asarlari jahonning koʻpgina mamlakatlarida chop etildi. Doston bir necha fantastik asarlar paydo boʻlishiga turtki boʻldi.
Tadqiqotlar asosida aniqlik kiritilishicha, mixxatda yozilgan bu dostonning yoshi 3500-3600 yildir. Doston yozilgan matn ideografik yozuv deyiladi. Bu asar Gomerning “Iliada” va “Odissey” dostonlaridan ham ming yilga qari boʻlib chiqdi.
Yaʼni dunyodagi birinchi badiiy asar!!!
Ellik asrlik til
Doston shumer tilida yozilgan. Xoʻsh, bu qanaqa til?
Uning yoshi esa 5000 yilga borib taqaladi. Bu til mana shu ellik asr davomida albatta oʻzgarib ketdi. “Bilgamish” dostoni esa oʻsha tilning soʻzlari qanday boʻlganligidan bizga xabar beradi.
Shumer tilining topilish tarixi shunday. 1849 yilda ingliz arxeologi Ostin Genri Leyyard Iroqdagi qazishma ishlari chogʻida bir vaqtlar Assiriya davlati tarkibida boʻlgan Nineviya shahrini topadi. Qazishma ishlari davomida shoh Ashshurbanipalning mixxat orqali sopolda yozilgan asarlar saqlanadigan kutubxonasi ham aniqlanadi.
Kutubxonaning bir qismini Leyyardning yordamchisi Ormuzd Rassam 1842 yilda Britaniya muzeyiga topshiradi. Muzey mutasaddilari asarni oʻqish uchun mutaxassislarni jalb etadi. Ammo ularning bir necha yillik urinishlari besamar ketadi, yozuvlar siri ochilmaydi.
Muzeyning misr-assuriya boʻlimi yordamchisi Jorj Smit bir qadar muvaffaqiyatlarga erishadi va uni qisman tiklaydi. U 1872 yil 3 dekabr kunida “Injil” arxeologiya jamiyatida dunyo suv toʻfoni ostida qolishi haqidagi “Injil” oyatlariga oʻxshash rivoyatni undan-da qadimgi asarda topganligini eʼlon qiladi!
Yangi toʻfon va chaqmoq
Bu yangilik – inson hayotida tabiiy ilmlar ahamiyatini tushungan va uni qadrlashni bilgan, oʻtgan asrlar hukmron turkiylarining vorisi boʻlgan ingliz (XX asr eng mashhur inglizi Uinston Cherchill bekorga “Biz turkiylarning tarixini tortib oldik” demagan axir), keyinchalik butun yevropa kiborlari va ziyolilari suzayotgan ummonda paydo boʻlgan yangi Toʻfon edi!!!
Yevropadagi “Injil” ixlosmandlari va unga qarshi boʻlganlar uchun bu yangilik musaffo osmonda chaqqan chaqmoqdek taʼsir qildi. Topilgan mixxat tushirilgan boʻlakchalar orqali rivoyat toʻliq emasligi maʼlum boʻldi. Shuning uchun rivoyatni toʻliq tiklagan kishiga “Deyli Telegraf” gazetasi 1000 funt sterling miqdorida mukofot eʼlon qiladi.
Mukofot pulini olish, shon-shuhrat zavqi Jorj Smitni Mesopotamiyaga olib keladi. Mixxatli lavhalardagi yozuvlarni oʻqigach, Smit suv toʻfoni haqidagi rivoyat katta dostonning bir parchasi ekanligi haqida toʻxtamga keladi.
Maʼlum boʻlishicha, bu doston bobilliklar tilida “Gilgamish haqida doston” deyilar ekan. Doston 12 ta qoʻshiqdan iborat boʻlib, har bir qoʻshiq 300 satrdan iborat edi. 1873 yilgi ekspeditsiyasi davrida Smit 384 ta lavhani topdi va dostonni tiklashga muvaffaq boʻldi.
Shumerchami yo turkiycha?
XX asr boshi va oʻrtalarida ushbu dostonning boshqa tillardagi variantlari ham topiladi. 2015 yilda doston yana 20 satrga boyiydi. Buni Iroq tarix muzeyi xodimlari, lavhalarning nima ekanligini bilmagan kontrabandachidan musodara qilishgach, toʻsatdan topib oldilar.
Eramizdan oldingi 2600 yil va keyingi Shumer shohlari nomlarini tiklagan yevropalik olimlar Bilgamishning tarixiy shaxsligini qayd etishdi.
Britaniyalik arxeolog, assiriolog, lingvist va diplomat ser Genri Kresvik Roulinson shumer tilining turkiy til boʻlganligini XIX asrdayoq aytgandi va uning fikrini yevropalik koʻpchilik olimlar endi tan olishdi. U Bihustun qoyasidagi yozuv turkiy tilda ham bitilganligini aytadi. Ammo, sobiq SSSR olimlari bu faktni yashirganlar…
“Tarix Shumerdan boshlanadi”
Dunyo tan olgan tarixchi, professor Samuel Noa Kramer “Tarix Shumerdan boshlanadi” nomli asarida shumerlar 39 ta fanni kashf qilganliklarini isbotlab berdi.
Misol uchun, birinchi yozuv, arava, boshlangʻich maktab, ikki palatali birinchi parlament, tarix, birinchi dehqon kundaligi, kosmogoniya, kosmologiya, maqollar va hikmatli soʻzlar toʻplami, badiiy tortishuvlar, mushoira, “Nuh” (suv toʻfoni sababchisi va undan omon qolgan shaxs)ning tasviri, birinchi kitob katalogi, birinchi pullar, birinchi soliqlar, birinchi qonunlar tatbiq etildi, ijtimoiy islohotlar, tibbiyot, jamiyatda komil insonni tarbiyalash haqidagi urinishlar aynan shu yerda boʻldi…
Tibbiyot sohasida shumerlar juda yuqori talablar ishlab chiqqan. Ingliz olimi Leyyard tomonidan shumerlarning Nineviya shahrida topilgan Ashshurbanipalning kutubxonasida qatʼiy tartib amal qilgani aytiladi. Bu yerda tibbiyot boʻlimi boʻlib, unda mingdan ortiq sopol lavhalar saqlangan. Barcha tibbiy atamalar shumer tilidan olingan. Tibbiyot muolajalari maxsus jamlanmada aks ettirilgan. Gigiyena qoidalari, jarrohlik amaliyoti, (masalan, kataraktani olib tashlash), dezinfeksiya uchun spirtdan foydalanish, terapiya va jarrohlik talab etilgan kasalliklarga tashxis qoʻyishga shumerlar ilmiy yondashganliklari maʼlum.
Shumerlar ajoyib sayohatchi va tadqiqotchi edilar – ular dunyodagi birinchi kema ixtirochilari hisoblanadilar.
Katta xumdonda gʻisht pishirish ham dastlab shu yerda boshlangan. Shumerlar bir necha metallarni eritib, kimyoviy yoʻl bilan qoʻshish evaziga boshqa quyma metall olganlar. Ayniqsa, dunyo tarixi taraqqiyotini oʻzgartirib yuborgan qattiq, ammo ishlov berilishi oson boʻlgan bronzani ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyganligi gʻoyatda hayratlanarli. Yana, qazishma ishlari jarayonida astronomik atamalarga taalluqli yuzlab soʻzlar aks ettirilgan minglab sopol lavhalar ham topilgan.
“Hammaniki”mi, biznikimi?
Shumerlar tili haqidagi internet, ayniqsa, rus sigmentidagi Gʻarb olimlarining asarlarini oʻqisangiz, shumer tili nomaʼlumligi toʻgʻrisidagi xulosalarga duch kelasiz. Shuning uchun “bu til – butun dunyo xalqlarining madaniy boyligi” deb eʼlon qilingan. Biz oʻrta avlod vakillari “hammaniki deganda hech kimniki emas”ligini bilamiz. Egasi chiqmagandan keyin, kim xohlasa oʻziniki qilib olaveradi-da.
Kimlar shugʻullanmadi bu tillar bilan? Shuni qayd etish lozimki, koʻpincha qaysi xalq vakili ushbu til bilan shugʻullansa, egasiz – yetim qolgan bu tilni oʻz himoyasiga olib, butun dunyoga oʻz ona tili bilan birligini qayd etardi.
Shumerlar tilining qanday va kimniki boʻlganligining, uning avlodlari kim ekanligining nima ahamiyati bor, deyishingiz mumkin. Savolingiz mantiqli. Gap shundaki, mening izlanishlarimga koʻra bu bizning dostonimiz boʻlib chiqayapti!
Ha, yuqorida aytdim – qaysi millat bu til bilan shugʻullansa, egasiz yetim bu tilni oʻziniki qilib olyapti, deb. Men ham buni oʻzimizniki qilib olayapman. Ammo, mening bu gapga yetarli asoslarim bor…
Masalan, menimcha, “Bilig”, “Bilig-Ay” (Ay – bu yerda odam maʼnosida) “Bilga” soʻzlari bilimdon kishiga nisbatan ishlatilgan. Shu boisdan “Bilga Emish” – “Bilgamish” oʻta bilimli kishi, degan maʼnoni beradi. Xuddi Alp Emish Alpning orttirma darajasini koʻrsatgani kabi.
Xulosa
Xulosa qilib shini aytamizki Eposning qanday janrlari bor? Birinchidan, bu o'rta asr yodgorliklari bo'lib, ular qahramonlik syujeti va diniy ma'lumotlarga asoslangan. Shuningdek, doston bir butun sifatida uchta adabiy shakldan biridir. Unga dostonlar, romanlar, hikoyalar, she’rlar, hikoyalar, insholar kiradi. Epos - yunoncha. "so'z", "hikoya", "hikoya". Aristotel tomonidan aniqlangan uchta adabiyot turidan biri. Boshqa avlodlarga qaraganda erta paydo bo'lgan. Bu ob'ektiv hikoya qiluvchidan qat'i nazar, makon va vaqt ichida sodir bo'layotgan voqealar haqidagi hikoya. Doston o‘tmish haqida hikoya qiladi yaxlit tarzda. Odamlar hayotining yaxlit tasvirini o'z ichiga olgan. Uch qism: hikoya, tavsif, mulohaza. Gomer qat'iy ob'ektiv hikoyaga ega. Jamoa-qabila shakllanishida vujudga kelgan qahramonlik doston - oila uchun muhim voqea haqidagi qahramonona hikoya, unda xalq va qahramon-qahramonlarning uyg'un birligi aks ettirilgan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Safarov O. O’zbek xalq og’zaki ijodi. – T., «Musiqa», 2010.–368 b.
2. Madayev O. O’zbek xalq og’zaki ijodi. – T.: «Mumtoz so‘z», 2010.
3. Madayev O., Sobitova T. O‘zbek xalq oqzaki poetik ijodi.–T., 2005.
4. Жирмунский В. М., Зарифов Х. Т. Узбекский народный героический эпос. –М., с. 303.
5. Jo‘rayev M. Folklorshunoslik asoslari. – T., 2009.
6.Mirzayev T. Doston. O‘zbek folklorining epik janrlari. - T.: Fan, 1981.
-B.65-9
7. www.google.com
8. www. Ziyonet.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |