Kirish asosiy qism epos asarlar haqida mulohaza



Download 30,8 Kb.
bet1/2
Sana09.04.2022
Hajmi30,8 Kb.
#538804
  1   2
Bog'liq
Eng qadimgi epos va dostonlar haqida mulohaza


Mavzu: Eng qadimgi epos va dostonlar haqida mulohaza
Reja:

  1. KIRISH

  2. ASOSIY QISM

  1. Epos asarlar haqida mulohaza

  2. Bilgamish” dostoni – yer yuzidagi eng qadimgi yozma doston

  1. XULOSA

  2. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


KIRISH
O‘zbek xalq dostonlari nafaqat son jihatidan, balki mavzu va ma’no qamroviga ko‘ra ham rang-barangdir. Uzoq tarixiy taraqqiyot bosqichlaridan o‘tib kelgan dostonlarda 
qahramonlik, sevgi-muhabbat, jang-sarguzasht, lavhalari kuylanadi. Ammo asarning umumiy mazmuni zaminida muayyan mavzu yetakchi hisoblanadi. Muayyan motivlar,syujetlarda umumiyliklar bo‘lsa-da asarning bosh g‘oyasi talqinlarga ko‘ra ular o‘rtasida farq aniq namoyon bo‘ladi. Masalan, «Alpomish» va «Oshiq G‘arib va Shohsanam»,«Tohir va Zuhra»
dostonlari syujeti bir tipga kirsada ular syujet talqiniga ko‘ra turli tasniflar qamrovida baholanadi. «Alpomish» qahramonlik dostoni sifatida qaralsa, «Oshiq G‘arib va Shohsanam», «Tohir va Zuhra» romanik doston namunalari hisoblanadi. Epos namunalarining tahlili,
avvalo, mavjud materialni tasnif etishdan boshlanadi. O‘zbek folklorshunosligida xalq 
baxshilarining epik repertuari bir qator olimlar tomonidan tasnif etilgan. Bu tasniflarda 
o‘zaro yaqinlik bo‘lsa-da ma’lum o‘rinlarda farq ham mavjud. Xalq dostonlarini dastlab tasnif 
etish V.M.Jirmunskiy va H.T.Zarifovlarga tegishli bo‘lib olimlar o‘zbek xalq eposini quyidagicha guruhlarga ajratib t ahlil etadilar: 

  1. Qahramonlik eposi.

  2. Jangnoma dostonlar. 

  3. . Tarixiy mazmundagi dostonlar. 

  4. Romanik dostonlar. 

  5. Adabiy manbaga ega bo‘lgan dostonlar


Epos (yun. yeroz — soʻz, hikoya) — 1) badiiy adabiyot turi (lirika va drama bilan bir kdtorda); 2) xalqning qahramonona oʻtmishini aks ettiruvchi asar. E. adabiyotning uch turidan biri sifatida tafsilot tasviriga tayangan badiiy asarlar jamini anglatadi. Unda muayyan makon va zamonda kechadigan voqeahodisalar tafsiloti, albatta, mavjud boʻladi. E.da soʻz yordamida oʻquvchi koʻz oʻngida real hayot manzaralariga muvofiq keladigan badiiy voqelik yaratiladi.
E.ning eng asosiy belgisi voqea tasviri, bayoni boʻlgani uchun ham koʻpincha bu turdagi asarlar nasr yoʻlida yoziladi. Lekin bu hol sheʼriy shaklda bitiladigan epik asarlar borligi va boʻlishi mumkinligini inkor etmaydi. Qandaydir voqeani aks ettirish asosiga qurilgan sheʼriy va nasriy asarlar E.ga mansubdir.
E.da muayyan makon va zamonda muayyan shaxs yoki odamlar guruhi bilan boʻlib oʻtgan biror voqea, odatda, muallif yoki hikoyachipersonaj tilidan bayon etiladi. Bu hol unda bayon, tavsif va dialogning birgalikda qorishiq holda kelishini taqozo etadi. Ayni paytda, E.da bayon, rivoyat yetakchilik qiladi. Muayyan asardagi peyzaj, portret, narsabuyum va boshqalar tafsilotlar tasviri rivoyatni kuchaytirish, uning taʼsir darajasini oshirish, personajlar tabiatini boʻrttirib koʻrsatishga xizmat qiladi. E.ning hozirgi bosqichida borgan sari bayonning salmogʻi kamayib borayotganligi kuzatilmoqda. Ertak, afsona, rivoyat, doston singari xalq ogʻzaki ijodi namunalari hamda ilk yozma E.larda voqea-hodisalarni bayon etish, aytib berish katta oʻrinni tutgani holda dialoglar va tafsilotlarga kam oʻrin ajratilardi. Keyingi vaqtlarda esa, E.ga mansub asarlarda dialog va tafsilotlarning salmogʻi ortib bormoqda. Bu holni, birinchidan, E.da ifoda imkoniyatlari oshgani, ikkinchidan, inson ichki olamining noziklashib, ruhiyati murakkablashib borayotgani bilan izohlash mumkin.
E. asardagi voqea-hodisalar bilan oʻquvchi (tinglovchi) oʻrtasida oʻziga xos vositachi hisoblanadigan roviy yoki hikoyachi tomonidan bayon etilganda, ayni voqealarning nima uchun aytib berilayotgani, odatda, izohlab oʻtirilmaydi. Bayon koʻpincha muallif, baʼzan esa biror personaj tilidan amalga oshiriladi. Alisher Navoiyning "Farhod va Shirin", "Layli va Majnun" dostonlari, Qodiriyning "Mehrobdan chayon", Choʻlponning "Kecha va kunduz", Oybekning "Qutlugʻ qon" romanlarida voqealar muallif tilidan bayon etiladi. Gʻafur Gʻulomning "Shum bola", Erkin Aʼzamning "Otoyining tugʻilgan yili", Oybekning "Gulnor opa" singari asarlarida rivoyat personaj tilidan olib boriladi. Shu bilan birga, hikoya muallif tilidan bayon qilinayotgan asarlarda personajlarning hikoyachi sifatida bayonga aralashish holatlari ham uchrab turadi. Navoiyning "Sabʼai sayyor", Qodiriyning "Oʻtgan kunlar", Oybekning "Navoiy" asarlarida rivoyat ham muallif, ham personajlar tomonidan amalga oshirilgan.
E.da tasvirlanayotgan obrazlar tizimi katta ahamiyat kasb etadi. Obrazlar tizimi deyilganda faqat odamlargina emas, E.da tasvirlangan jonivorlar, narsabuyumlar va tabiat hodisalari ham koʻzda tutiladi. E.da qatnashadigan obrazlarni shartli ravishda: bosh qahramonlar, personajlar yoki qahramonlar hamda yordamchi obrazlar sifatida 3 turga boʻlish mumkin.
E. badiiy tasvir qamroviga koʻra, katta, oʻrta va kichik kabi uchta janr guruhiga ajratiladi. Katta epik janrlarga roman, epopeya, epik doston; oʻrta epik janrlarga qissa; kichik epik janrlarga afsona, badia, latifa, masal, novella, ocherk, rivoyat, ertak, esse, etyud, hikoya, hikoyat kabilar kiradi. E.ni janrlarga ajratishda voqea-hodisalarning qamrovi yoki davomiyligi darajasi emas, balki tasvirning koʻlami hisobga olinadi. Shuning uchun ham odamning bir soatlik holati aks ettirilgan romanlar boʻlganidek, necha yillik voqealar tasvirlangan hikoyalar ham boʻlaveradi. Shuningdek, E.ni janrlarga ajratishda asarlarning hajmi ham asosiy oʻlchov boʻlolmaydi. E.ni janrlarga tasniflashda muallifning estetik niyati ham hal qiluvchi oʻrin tutadi. Shuning uchun ham baʼzan romandan katta hikoyalar, hikoyadan kichik qissalar yaratilishiga tabiiy hol, deb qarash kerak boʻladi. Asarlarning janr talablariga muvofiq boʻlishini qatʼiy talab etish yozuvchini qolipga solishga urinish boʻlib, badiiy ijodga katta zarar keltirishi mumkin. E.ga mansub asarning qaysi janrga tegishli ekanini muallifning oʻzi belgilashi maqsadga muvofiqdir.
E. tor maʼnoda, xalqning qahramonona oʻtmishini aks ettiruvchi asarlardir. Dastlab E. qahramonlarning atrofolamdagi yovuz kuchlar va buzuq niyatli odamlarga qarshi kurashi bayon etilgan asarlarni anglatgan. qadimiy E.larda voqea-hodisalarning talqin va tasvir etilish yoʻsini oʻsha davr kishilarining dunyoqarashi, eʼtiqodi, ishonchlaridan kelib chiqqan. E.ning eng qadimiy namunasi sifatida ilmda oldinlari akkadlarniki deb sanalib kelingan, ammo keyinchalik barcha turkiy xalklarga tegishli ekani aniqlangan "Gilgamish" dostoni hisoblanadi. Shuningdek, hindlarning "Ramayana" va "Mahabharata", Gomerning "Iliada" va "Odisseya", oʻzbeklarning "Alpomish", "Goʻroʻgʻli", qirgʻizlarning "Manas", qozoqlarning "Qoʻblandi botir", ozarbayjonlarning "Koʻroʻgʻli", nemislarning "Nibelunglar haqida qoʻshiq", ispanlarning "Sid haqida qoʻshiq", fransuzlarning "Roland haqida qoʻshiq", anglosaksonlarning "Beovulf", karel va finlarning "Kalevala", armanlarning "Sosunli Dovud", gurjilarning "Amiraniani" kabi asarlari ham xalq qahramonlik E.iga mansubdir. Turonga bostirib kirgan eronlik bosqinchilarga qarshi qahramonlarcha kurashgan xalq bahodirlari haqidagi "Toʻmaris" va "Shiroq" afsonalari, "Zarina va Striangiya", "Zariadr va Odatida" qissalari ham xalq qahramonlik E.i namunalari sanalgan. Koʻtarinki ruhda bitilib, qahramonona voqealar aks ettirilgan ayrim yozma asarlar ham E. hisoblangan. Gegel oʻzining "Estetikaga oid maʼruzalar" asarida Dantening "Ilohiy komediya" hamda Firdavsiyning "Shohnoma" asarlarini E.ga mansub, deb hisoblaydi. Shuningdek, Sharq E.i sirasiga yana Shota Rustavelining "Yoʻlbars terisini yopingan pahlavon" va Abdurahmon Jomiyning "Haft avrang"i, Nizomiy Ganjaviy, Xusrav Dehlaviy, Alisher Navoiy qalamiga mansub boʻlgan "Xamsa"larni ham kiritish mumkin.
Qahramonlik E.i jamiyat taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida, sinfiy munosabatlar oʻzgarganligi tufayli emas, balki muayyan etnosning milliy ruhi uygʻonib, oʻzini shunchaki odamlar toʻdasi emas, balki buzilishi mumkin boʻlmagan axloqiymaʼnaviy qoidalarga amal qilib yashaydigan etnik birlik sifatida tasavvur eta boshlagan kezlarda paydo boʻladi. Ayni xususiyatlarni yuqorida tilga olingan barcha E.lar misolida koʻrish mumkin.
Shumer adabiyotining eng mashhur namunasi afsonaviy qahramon Gilgamish toʻgʻrisidagi epik afsonalar toʻplamidir. Bu asar akkad tilida qayta ishlangan nusxada toʻlaroq koʻrinishda Ashshurbanipal kutubxonasidan topilgan.

Download 30,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish