OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING YIRIK HAMKOR DAVLATLAR BILAN TASHQI SAVDO AYLANMASI DINAMIKASI:
Davlat nomi
|
2018- yil
|
2019- yil
|
2020-yil
|
Xitoy Xalq Respublikasi
Eksport
Import
Saldo
|
5 049,8
2 223,3
2 826,5
-603,2
|
6 265,8
2 132,4
4 133,4
-2 001,0
|
5 129,6
1 578,8
3 550,9
-1 972,1
|
Rossiya Federatsiyasi
Eksport
Import
Saldo
|
4 622,6
1 695,2
2 927,3
-1 232,1
|
5 274,5
2 02
3 254,1
-1 233,7
|
4 541,8
1 182,6
3 359,2
-2 176,6
|
Qozogʻiston
Eksport
Import
Saldo
|
2 367,8
1 146,3
1 221,5
-75,2
|
2 789,7
1 144,8
1 645,0
-500,2
|
2 313,6
729,4
1 584,2
-854,9
|
Koreya Respublikasi
Eksport
Import
Saldo
|
1 537,7
78,7
1 459,0
-1 380,4
|
2 246,7
84,3
2 162,4
-2 078,1
|
1 773,5
38,4
1 735,1
-1 696,7
|
Turkiya
Eksport
Import
Saldo
|
1 746,6
714,2
1 032,4
-318,2
|
2 052,0
979,7
1 072,3
-92,7
|
1 654,8
785,8
869,0
-83,2
|
Qirgʻiz Respublikasi
Eksport
Import
Saldo
|
325,7
215,0
110,7
104,3
|
701,7
582,6
119,1
463,5
|
736,3
622,4
113,9
508,4
|
Germaniya
Eksport
Import
Saldo
|
577,7
35,3
542,5
-507,2
|
824,3
42,0
782,3
-740,3
|
643,6
59,6
584,0
-524,4
|
Afgʻoniston
Eksport
Import
Saldo
|
514,3
512,7
1,6
511,1
|
492,9
490,9
2,0
488,9
|
611,4
609,5
1,9
607,7
|
Chexiya Respublikasi
Eksport
Import
Saldo
|
57,1
4,2
53,0
-48,8
|
132,0
9,1
122,9
-113,8
|
499,1
30,8
468,2
-437,4
|
Tojikiston
Eksport
Import
Saldo
|
315,9
183,5
132,4
51,1
|
398,3
254,7
143,6
111,2
|
394,3
318,3
76,0
242,3
|
Litva
Eksport
Import
Saldo
|
228,9
8,4
220,5
-212,0
|
392,4
18,6
373,8
-355,2
|
365,1
23,6
341,6
-318,0
|
Turkmaniston
Eksport
Import
Saldo
|
200,1
36,8
163,2
-126,4
|
470,6
119,0
351,6
-232,6
|
361,8
109,7
252,1
-142,3
|
Ukraina
Eksport
Import
Saldo
|
363,5
83,5
280,1
-196,6
|
314,7
103,5
211,2
-107,8
|
345,1
95,5
249,7
-154,2
|
Hindiston
Eksport
Import
Saldo
|
229,8
19,3
210,5
-191,2
|
303,8
19,1
284,7
-265,6
|
326,0
12,7
313,3
-300,5
|
Italiya
Eksport
Import
Saldo
|
234,4
19,5
214,9
-195,4
|
344,6
22,8
321,8
-299,0
|
289,6
12,9
276,7
-263,9
|
Latviya
Eksport
Import
Saldo
|
368,4
33,4
335,0
-301,5
|
316,4
40,6
275,9
-235,3
|
286,6
28,0
258,5
-230,5
|
AQSh
Eksport
Import
Saldo
|
345,7
24,9
320,8
-296,0
|
552,7
23,5
529,2
-505,8
|
233,3
20,7
212,6
-191,9
|
Belarus Respublikasi
Eksport
Import
Saldo
|
330,2
31,7
298,6
-266,9
|
282,7
38,3
244,5
-206,2
|
214,3
33,7
180,6
-146,8
|
Eron
Eksport
Import
Saldo
|
254,3
146,5
107,7
38,8
|
337,9
171,7
166,2
5,5
|
199,2
120,0
79,1
40,9
|
Fransiya
Eksport
Import
Saldo
|
247,1
151,1
96,0
55,1
|
284,5
162,9
121,6
41,3
|
194,2
85,0
109,2
-24,2
|
Respublikamizda tashqi savdoni qoʻllab-quvvatlash hamda MDH davlatlari bilan ushbu sohadagi hamkorlikni yanada mustahkamlash boʻyicha olib borilayotgan chora-tadbirlarga qaramay, 2020- yilning yanvar-oktabr oylarida, tashqi savdo aylanmasida MDH davlatlarining ulushi 31,2 % ni tashkil etib, tashqi savdo aylanmasidagi 2019- yilga nisbatan ulushi 3,3 % ga kamaygan.
Joriy yilning yanvar-oktabr oylarida mamlakatning eksportyorlari soni 5 608 tani tashkil etib, ular tomonidan 7 524,6 mln. AQSh dollari (qimmatbaho metallar eksportidan tashqari) qiymatidagi (2019- yilning mos davriga nisbatan 27,3 % ga kamaydi) tovar va xizmatlar eksport qilinishi taʻminlandi. Eksport tarkibida tovarlar ulushi 87,8 % ni tashkil etib, ular sanoat tovarlari (17,6 %), oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (8,0 %), kimyoviy vositalar va boshqa toifalarga kiritilmagan shunga oʻxshash mahsulotlar (5,0 %), mineral yoqilgʻIi, yogʻlash moylari va shunga oʻxshash materiallar (4,2 %) hissasiga toʻgʻri kelmoqda.
MDH mamlakatlari va boshqa mamlakatlarga eksportning yoʻnalishi boʻyicha farqlanishlar mavjudligi kuzatilmoqda. Xususan, MDH mamlakatlariga eksportning asosiy qismi sanoat tovarlari hissasiga toʻgʻri kelmoqda, eksport hajmi boʻyicha keyingi oʻrinlar oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar, xizmatlar hamda turli xil tayyor buyumlarga toʻgʻri kelmoqda. 2020- yilning yanvar-oktabr oylarida eksport qilingan tovarlar va xizmatlar tarkibining tahlili shuni koʻrsatmoqdaki, tovarlar va xizmatlar tarkibida sezilarli oʻzgarishlar qayd etilmadi, biroq shuni taʻkidlash joizki, 2019- yilning yanvaroktabriga nisbatan, oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar, nooziq-ovqat xomashyo (yoqilgʻidan tashqari) hamda mineral yoqilgʻi, yogʻlash moylari va shunga oʻxshash materiallardan tashqari barcha tovar guruhlarida oʻsish kuzatildi.
2020- yilning yanvar-oktabr oylari yakunida tovar va xizmatlar eksporti boʻyicha asosiy hamkor davlatlar tarkibida Xitoy Xalq Respublikasi (eksport umumiy hajmining 11,8 % i), Rossiya Federatsiyasi (8,9 %), Turkiya (5,9 %), Qozogʻiston (5,5 %), Qirgʻiz Respublikasi (4,7 %), Afgʻoniston (4,6 %) va Tojikiston (2,4 %) davlatlari saqlanib qolmoqda hamda ularning jami eksportdagi ulushi 43,7 foizni tashkil etmoqda.
2020- yilning yanvar-oktabr oylarida, oʻtgan yildagi kabi tovarlar va xizmatlar eksporti boʻyicha asosiy hamkor davlatlardan XXR yetakchi mavqeini saqlab turibdi. Keyingi holatni Rossiya Federatsiyasi egalladi. Turkiyadan ozgina ortda qolgan Qozogʻiston uchinchi pogʻonadan toʻrtinchi oʻringa tushib ketdi. Joriy yilning yanvar-oktabr oylarida hamkor mamlakatlarning tovarlar va xizmatlar eksporti boʻyicha geografiyasi 2019- yining mos davriga nisbatan 174 davlatdan 144 davlatga kamaydi.
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING ASOSIY HAMKOR DAVLATLARGA AMALGA OSHIRGAN EKSPORTI HAJMI VA OʻSISH SURʻATLARI (yanvar-oktabr):
Xizmatlar eksporti hajmi 1 624,0 mln. AQSh dollarini yoki jami eksport hajmining 12,2 % ini tashkil etib, 2019- yilning mos davriga nisbatan 43,8 % ga kamayganligi kuzatildi. Xizmatlar eksporti tarkibining asosiy ulushi transport (70,0 %) va safarlar (turizm) (14,1 %), telekommunikatsiya, kompyuter va axborot (8,6 %) hamda boshqa tadbirkorlik bilan bog’liq xizmatlar (3,0 %) hissasiga toʻgʻri kelgan.
Shu bilan birga, boshqa xizmatlar (4,2 %)ni tashkil etib, tarkibida eng yuqori ulushlar qurilish xizmatlari (2,0 %), moliyaviy xizmatlar (1,0 %) hamda sugʻurta va pensiya xizmatlari (0,4 %) hissasiga toʻgʻri keldi.
MEVA-SABZAVOT MAHSULOTLARI EKSPORTI.
Oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy qismi boʻlgan 819,5 mln. AQSh dollari qiymatli 1 240,2 ming tonnadan ziyod meva-sabzavot eksport qilingan. Bunda 2019- yilning mos davriga nisbatan 234,8 mln. AQSh dollarida pastlashish kuzatilib, 22,3 % ga kamaydi. Mеva-sabzavot mahsulotlarining eksport tarkibiga qaralsa, 305,3 mln. AQSh dollariga teng 641,7 ming tonna sabzavot, shuningdek, 306,5 mln. AQSh dollari qiymatidagi 329,9 ming tonna meva va rezavorlar eksport qilindi. Hukumat tomonidan qishloq xoʻjaligi va bogʻdorchilikni rivojlantirishga katta eʻtibor qaratilayotgani bois, eksport qilinayotgan meva va sabzavotlarning ulushi 6,1 % ni tashkil etdi.
Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Rossiya Federatsiyasi (27,1 %), Qozogʻiston (26,6 %), Qirgʻiz Respublikasi (19,3 %), Pokiston (6,3 %), Afgʻoniston (4,6 %), Xitoy Xalq Respublikasi (4,0 %) va Turkiya (1,9 %) davlatlari hissasiga toʻgʻri kelgan.
Bugungi kunda Oʻzbekistonda meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash va eksport qilish sektorining salohiyati juda yuqori va bu qulay tabiiy-iqlim sharoitlari mavjudligi hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan toʻplangan tajriba bilan ham bogʻliqligi bilan ifodalanadi. Shu munosabat bilan hukumat qishloq xoʻjaligi xomashyosini sanoat asosida qayta ishlashga va yetishtirilgan mahsulotni saqlash infratuzilmasini rivojlantirishga katta eʻtibor qaratmoqda.
TOʻQIMACHILIK MAHSULOTLARI EKSPORTI
Toʻqimachilik mahsulotlari eksporti hajmining oshishi bevosita paxta xomashyosi oʻrniga tayyor mahsulot ishlab chiqarish va qoʻshimcha qiymat yaratish maqsadida amalga oshirilgan islohotlarning natijasi ekanini koʻrish mumkin. Jumladan, joriy yilda 1 524,7 mln. AQSh dollarlik toʻqimachilik mahsulotlari eksporti amalga oshirilib, umumiy eksportning 11,4 % ini tashkil etdi va oʻtgan yilga nisbatan 15,9 % ga oʻsdi.
Eksport qilingan toʻqimachilik mahsulotlari tarkibida paxtadan yigirilgan ip (48,9 %), tayyor trikotaj va tikuvchilik kiyimlari (27,4 %) asosiy ulushni egallagan. Yil boshidan 522 turdagi toʻqimachilik mahsulotlari dunyoning 65 tа davlatiga eksport qilindi. Respublikaning toʻqimachilik sanoatini diversifikatsiya qilish va tayyor mahsulotlar eksportini ragʻbatlantirish borasidagi amaliy ishlari natijasida, mamlakatimizning ushbu sohadagi salohiyati oshib bormoqda.
Toʻqimachilik mahsulotlarining eng katta ulushi Rossiya Federatsiyasi (543,7 mln. AQSh dollari – 35,7 %), Xitoy Xalq Respublikasi (325,9 mln. AQSh dollari – 21,4 %) va Qirgʻiz Respublikasi (223,9 mln. AQSh dollari – 14,7 %) davlatlari hissasiga toʻgʻri keldi.
Xulosa
Eksport salohiyatini baholash murakkab jarayon bo’lib, u o’ziga tabiiy xom-ashyo bazasi, mintaqa iqtisodiy holatini tavsiflaydigan eksport ishlab chiqarishini barqaror sur’atlarda o’sishi hamda aholining yashash darajasini ko’tarishga erishishini ta’minlovchi ilmiy-texnik, texnologik, sanoat, ijtimoiy va madaniy rivojlanishni o’zida mujassamlashtiradi.
Eksport salohiyati murakkab voqelik bo’lib, u o’z ichiga tabiiy-resurs bazasini olishi bilan birga, mintaqa iqtisodiyoti xolatini oladi. Mintaqa iqtisodiyoti xolati esa, eksport ishlab chiqarishining mavjud va prognoz qilinayotgan bozor sharoitida barqaror sur’atlari va aholining yuqori yashash darajasini ta’minlovchi mintaqaning ilmiy-texnik, texnologik, sanoat, ijtimoiy va madaniy rivojlanishini ifodalaydi.
Mintaqa eksport salohiyatining shakllantirish va rivojlantirishning muhim omillari quyidagi uslubiy xolatlarda aks etadi:
1. Mintaqa eksport salohiyati tabiiy, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy omillar kompleksini, ya’ni O’zbekiston mintaqalarini bir-biri bilan taqqoslash imkonini beruvchi miqdoriy va sifat ko’rsatkichlarini o’z ichiga oladi. Bu mintaqaning tashqi iqtisodiy strategiyasini ishlab chiqish imkonini beradi.
2.Mintaqa eksport salohiyatini sharxlashda 1-o’rinda turuvchi omil tabiiy-resurs salohiyatidir. Chunki, eksportning xom-ashyoviy yo’naltirilganlik darajasi 30%ni tashkil qiladi.
3.Tashqi bozorlarga yo’naltirilgan yangi tarmoqlar va ishlab chiqarish turlarining vujudga kelishi bilan bog’liq mintaqa eksport salohiyatining tadrijiyligi eksport saloxityatini muntazam monitoring qilib borish dolzarb vazifaligini anglatadi.
Umuman olganda yaratilgan xuquqiy asoslar xorijiy xamkorlarning keng investitsiya faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratib, ularning xuquqlari va sarflagan investitsiyasini himoya qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.“Eksport nazorati” to’grisidagi O’zbekiston Respublikasining Qonuni 26.08.2004 y. № 658-P.
2.“Qimmatli qog’ozlar bozori” to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi qonuni yangi tahrirda 2015 yil
3. Ishmuhammedov A.E., Asqarova M.T. “O’zbekiston milliy iqtisodiyoti” - TDIU, 2003
4. Ibadullayev E, Rajabov A “Mintaqa eksport salohiyatini oshirishning ba’zi bir jihatlari” UrDu “Ilm sharchashmalari” 2015y
6. Raxmonov R.N. “Qishloq xo’jalik mahsulotlarining eksport salohiyatidagi o’rni” G’G’ O’zbekiston qishloq xo’jaligi jurnali. №22
7.Internet saytlar
www.mfer.uz - O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo Vazirligining rasmiy sayti
www.stat.uz – O’zbekiston Respublikasi davlat statistika qo’mitasi rasmiy sayti;
www.review.uz - " Экономическое обозрение " jurnalining rasmiy sayti;
www.eurasianews.com - EvroOsiyo tadqiqotlar Markazining rasmiy sayti;
Do'stlaringiz bilan baham: |