Tashqi savdo aylanmasi va balansi (yanvar-noyabr, mln. AQSh dollari)
Oʻzbekiston Respublikasida tovarlar tashqi savdosi statistika koʻrsatkichlarini shakllantirishda, Tashqi iqtisodiy faoliyat Tovar nomenklaturasi (keyingi oʻrinlarda TIF TN) bilan birgalikda, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro standartlashgan savdo tasniflagichi (keyingi oʻrinlarda – XSST) ishlatiladi. Bu oʻz navbatida tahliliy maqsadlarda eksport va import qilinadigan tovarlarni 10 ta katta qismga guruhlash uchun imkon beradi. Tovarlarni XSST boʻyicha kodlashtirish, TIF TN va XSST oʻrtasida oʻtish kalitlari yordamida amalga oshiriladi
TSA da eksport hajmi 13 329,1 mln. AQSh dollariga (7,4 % ga kamaydi) va import hajmi 16 730,3 mln. AQSh dollariga (16,0 % ga kamaydi) yetdi. Hisobot davrida - 3 401,2 mln. AQSh dollari qiymatida passiv tashqi savdo balansi qayd etildi.
Oʻzbekiston, jahonning 160 dan ortiq mamlakatlari bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. TSAning nisbatan salmoqli hissasi Xitoy Xalq Respublikasida (17,1 %), Rossiya Federatsiyasida (15,1 %), Qozogʻistonda (7,7 %), Koreya Respublikasida (5,9 %), Turkiyada (5,5 %), Qirgʻiz Respublikasida (2,4 %) va Germaniyada (2,1 %) qayd etilgan.
Iqtisodiyotning real sektori tarmoqlari va korxonalarining barqaror va uzluksiz ishlashini taʻminlash uchun respublikada zarur resurslar bazasi yaratilgan. Eksport tarkibida sezilarli oʻzgarishlarga import tovarlarning oʻrnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarish va sanoat ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish natijasida erishildi. Shuningdek, qoʻshni davlatlar bilan oʻzaro aloqalarni mustahkamlash, mamlakatlarni ijtimoiy-iqtisodiy, savdo-sanoat hamda madaniy sohalardagi aloqalarini rivojlantirish borasida katta ishlar amalga oshirilayotganini koʻrish mumkin. TSA da soʻnggi yillarda katta oʻzgarishlar kuzatilyapti. Misol uchun, soʻnggi uch yilda TSA Qirgʻiziston Tojikiston va Afgʻoniston bilan tashqi savdo aylanmasi oshgani kuzatilmoqda. Boshqa davlatlar (qoʻshni davlatlardan tashqari) bilan esa, TSA da eng yuqori ulush Xitoy Xalq Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Koreya Respublikasi va Turkiya davlatlari hissasiga toʻgʻri kelgan.
Tashqi iqtisodiy faoliyat boʻyicha 20 ta yirik hamkor-davlatlar orasidan beshta davlatda faol tashqi savdo balansi kuzatilgan, xususan, Afgʻoniston (607,7 mln. AQSh dollari), Qirgʻiz Respublikasi (508,4 mln. AQSh dollari), Tojikiston (242,3 mln. AQSh dollari), va Eron (40,9 mln. AQSh dollari) shular jumlasidandir. Qolgan 16 ta davlatlar bilan passiv tashqi savdo balansi saqlanib qolmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |