Kirish asosiy qism birlashgan arab amirliklarining geografik o‘rni



Download 381,92 Kb.
bet26/29
Sana10.02.2022
Hajmi381,92 Kb.
#440339
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
BAA

Tashqi iqtisodiy aloqalari. Eksporti neft – 45%, tabiiy gaz, baliq, tamaki, xurmo, marvarid, teri xom ashyosi. Importi – sanoat mahsulotlari, transport jihozlari, ximikatlar, oziq-ovqat, qurilish materiallari. Hamkorlari – Yaponiya, AQSH, Buyuk Britaniya, Italiya, Germaniya, Janubiy Koreya, Hindiston, Ummon.
O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasidagi munosa­batlar.
1992-yil 25-oktabrda ikki davlat o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rna­tildi. 1992-yilda O‘zbekiston konsulxonasi Dubay shahrida o‘z faoliyatini boshladi va 1994-yildan bu umumiy konsulxonaga aylantirildi. 1997-yil mayida O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari B.Parpievning Du­bay­ga qilgan tashrifi chog‘ida “O‘zaro hamkorlik memorandumi” imzolandi. O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri A.Komilovning ikki tomonlama kelishuv­laridan keyon “O‘zbekiston va BAA o‘rtasida havo yo‘lini ochish to‘g‘risida” kelishuv imzolandi. ”O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining Toshkent-Sharja-Toshkent havo yo‘li 1992-yil fevral oyida ochildi va muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. 1998-yil may oyida Toshkentda Arab savdo ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Bu ko‘rgazmada Fors ko‘rfazi hamda BAAdan kelgan korxona vakillari qatnashdi va bir qancha foydali kelishuvlar imzolandi. Shuningdek, bir paytning o‘zida Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi muntazam ravishda seminarlar uyushtirib turdi. O‘zbekiston BAAga asosan qora metal, turli xil xizmatlar va o‘g‘it eksport qilsa, BAAdan o‘ziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak, elektronika qurilmalari, mebel import qiladi. Hozirgi kunda ikki davlat o‘rtasida turizm sohasi ham rivojlanib bormoqda.
O‘zbekiston Respublikasining O‘rta va Yaqin Sharq mamlakatlaridagi diplomatik vakolatxonalari yordamida Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni, Kuvayt, Misr, Bahrayn, O‘mon, Qatar, Iordaniya, Isroil, Eron, Hindiston, Pokiston va Janubiy Afrika Respublikasi bilan ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha faol saʼy-harakatlar qilinmoqda. O‘zbekiston Respublikasining mazkur davlatlar bilan aloqalari avvalo iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, bunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan respublikamizning arab mamlakatlari bilan ikki tomonlama hamkorligini yanada rivojlantirish bo‘yicha tadbirlar dasturi alohida ahamiyatga molik. Mazkur davlatlar bilan siyosiy muloqotlar oliy va yuqori darajada amalga oshirib kelinmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan Birlashgan Arab Amirliklariga (17-18 mart 2008-yil) amalga oshirilgan rasmiy tashriflar ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etib, o‘zaro manfaatli hamkorlikni o‘rnatishga asos soldi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan keyingi o‘tgan davr mobaynida Birlashgan Arab Amirliklari (oktabr 2007-yil) rahbarlarining mamlakatimizga oliy darajadagi rasmiy va davlat tashriflari amalga oshirilgan. O‘zbekistonga Birlashgan Arab Amirliklarining (iyun 2009y.) tashqi ishlar, moliya, energetika, tashqi savdo va iqtisod vazirlarining rasmiy tashriflari amalga oshirilgan. O‘zbekiston Respublikasi va BAA o‘rtasida diplomatik aloqalar 1992-yil 25-oktabr kuni o‘rnatilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifi.
Joriy yilning 24-26 mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifi bo‘lib o‘tdi.
Abu-Dabida bo‘lib o‘tgan muzokaralarni SMTI direktori o‘rinbosari Sanjar Valiev qisqacha sharhlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Arab Amirliklariga ilk rasmiy tashrifi, albatta, davlatimiz rahbari tomonidan amalga oshirilayotgan dunyoning yetakchi davlatlari va mintaqalariga qator tarixiy tashriflar majmuasini to‘ldiruvchi yana bir muhim siyosiy xodisa bo‘ldi.
O‘zbekiston rahbarining Abu-Dabi va Dubayda, Birlashgan Arab Amirliklari valiahd shahzodasi, Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli Kuchlari Bosh qo‘mondoni o‘rinbosari shayh Muhammad bin Zoid al Nahayyon bilan, Bosh vazir o‘rinbosari, Birlashgan Arab Amirliklari ichki ishlar vaziri shayh Saif bin Zoid al Nahayyon bilan hamda Birlashgan Arab Amirliklari vitse-prezidenti, Bosh vazir, Dubay amiri shayh Muhammad bin Rashid al Maqtum bilan olib borgan muzokaralari natijalari O‘zbekiston-Amirlik munosabatlarida yangi davr boshlanganligidan dalolat beradi.
Investitsiyalar, moliya, muqobil energiya, sanoat va infratuzilmani rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi, bojxona ma’muriyati va boshqa sohalarda hamkorlik to‘g‘risida imzolangan hujjatlarning umumiy qiymati 10 milliard dollardan ortiq bo‘lib, ular ikki mamlakat o‘rtasida uzoq muddatli o‘zaro manfaatli aloqalar uchun mustahkam asos yaratadi.
Bugungi kunda BAA moliyaviy-iqtisodiy sohadagi muvaffaqiyatlari ularni izchillik bilan nafaqat Yaqin Sharq mintaqasida, balki xalqaro miqyosda ham muhim siyosiy ishtirokchi sifatida tanitmoqda. Mamlakat atrof mintaqalarda bir qator nizolarni bartaraf etishda muhim rol o‘ynamoqda va gumanitar yordam ko‘rsatishga katta hissa qo‘shmoqda. Shuningdek, Abu Dabi mamlakat iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish va uning neftga qaramligini kamaytirish borasida ajoyib natijalarga erishdi. 2018 yilda mamlakatning nominal yalpi ichki mahsuloti 400,9 milliard dollarni tashkil etdi. “Doing Business” global raqobatbardoshlik reytingida Birlashgan Arab Amirliklari mintaqada birinchi va jahonning 190 ta iqtisodiyoti orasida 11-o‘rinni egalladi.
O‘zbekiston uchun bunday yutuqlarga erishgan mamlakatlar bilan o‘zaro hamkorlik olib borish ko‘plab sohalarda keng siyosiy va iqtisodiy imkoniyatlarni ochib beradi va Toshkentning arab-musulmon dunyosi bilan tashqi aloqalarini izchil kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi.
Mamlakatimizning BAAga bo‘lgan qiziqishi bir qator omillarga bog‘liq.

Download 381,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish