O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-may kuni mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vaziri Shayx Abdulla bin Zoid Al Nahayonni qabul qildi.
Davlatimiz rahbari mehmonni qutlar ekan, keng ko‘lamli o‘zaro amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun katta salohiyat mavjudligini alohida ta’kidladi.
Arab-musulmon mamlakatlari va AQSh sammiti doirasida 21-may kuni Ar-Riyod shahrida Abu Dabi Amirligi valiahdi, BAA Qurolli Kuchlari Oliy bosh qo‘mondoni o‘rinbosari Shayx Muhammad bin Zoid Al Nahayon bilan uchrashuv, shuningdek, turli darajadagi aloqalar faollashgani O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasidagi munosabatlar sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilishidan ikki mamlakat ham manfaatdorligi va bunga tayyor ekanini tasdiqlashi qayd etildi.
Suhbatda BAA yetakchi bank-moliya institutlari va kompaniyalari ishtirokida iqtisodiyotning turli tarmoqlarida istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirish, turizm sohasidagi hamkorlikni faollashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
O‘zbekistonning Samarqand shahrida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish to‘g‘risidagi tashabbusi Amirliklar tomonidan qo‘llab-quvvatlangani yuqori baholandi. BAA delegatsiyasining tashrifi davomida Madaniy hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo anglashuv memorandumi imzolangani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Shayx Abdulla bin Zoid Al Nahayon Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi va BAA Prezidenti Shayx Xalifa bin Zoid Al Nahayon va Abu Dabi Amirligi valiahdi, BAA Qurolli Kuchlari Oliy bosh qo‘mondoni o‘rinbosari Shayx Muhammad bin Zoid Al Nahayonning yuksak hurmati va ezgu tilaklarini yetkazdi.
Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi har tomonlama va o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga Birlashgan Arab Amirliklari tayyorligini ta’kidladi.
XULOSA Xulosa qilib shuni aytishim mumkinki, Birlashgan Arab Amirligi 1971 yilda tashkil topgan Federatsiya bo‘lib mamlakat Janubiy-G‘arbiy Osiyodagi eng boy va eng rivojlangan davlatlardan biri sifatida tanilgan.
Birlashgan Arab Amirligi davlati iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishda ulkan yutuqlarga erishgan. Bu o‘sidh ayniqsa sanoat sohasida ko‘zga tashlandi. Hozirgi kunda Birlashgan Arab Amirligi davlati yalpi ichi mahsulot hajmi bo‘yicha jahon mamlakatlarining 15 taligiga kiradi. Neft eksportidan olinadigan katta daromad tufayli transport tarmog‘i sezilarli darajada yaxshilandi.
Sanoatning eng muhim tarmoqlarti neft va gaz qazib olish va ishlab chiqarish, neftni qayta ishlash, kema qurish va ta’mirlash hisoblanadi. Mamlakat neft mahsulotlaridan tashqari sement, plastmassa, mashinasozlik, kiyim-kechak, qo‘l san’atlarini ishlab chiqaradi.
Neft eksportidan olinadigan katta daromad tufayli transport tarmog‘i sezilarli darajada yaxshilandi. Birlashgan Arab Amirligi davlatida temiryo‘l yo‘q ichki transport asosan avtomabil yo‘llari bilan ta’minlanadi.
Birlashgan Arab Amirligi davlati eksport hajmi bo‘yicha jahonning yetakchi 10 ta mamlakatlar qatoriga kiradi. O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirligi davlati munosabatlari kengaymoqda. O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirligi o‘rtasida siyosiy-diplomatik, iqtisodiy-ijtimoiy, madaniy-gumanitar sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni izchil rivojlantirish uchun juda katta imkoniyat bor.
Oxirgi paytda iqtisodiy hamkorlik o‘zaro Tovar ayriboshlash kengaymoqda. 2018 yil holatiga ko‘ra O‘zbekistonda Birlashgan Arab Amirligi mablag‘ ishtirokida 107 ta korxona faoliyat ko‘rsatmoqda 39 tasi 100% xorijiy kapital asosida tashkil etilgan.
O‘zbekiston Birlashgan Arab Amirligi davlatiga asosan qorametallurgiya, turli hil xizmatlar av o‘g‘it eksport qilsa Birlashgan Arab Amirligi davlatidan oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak, elektronika qurilmalari va mebel import qiladi.
Hozirgi kunda ikki davlat o‘rtasida turizim sohasi ham rivojlanib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezindenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Arab Amirligi davlatiga ilk rasmiy tashrifi albatta davlatimiz rahbari tomonidan amalga oshirilayotgan dunyoning yetakchi davlatlari va mintaqalariga qator tarixiy tashriflar majmuasini to‘ldiruvchi yana bir muhim siyosiy hodisa bo‘ldi.
Investitsiyalar, moliya, muqobil energiya, sanoat va infratuzilmalarni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi, bojxona ma’muriyati va boshqa sohalarda hamkorlik to‘g‘risida imzolangan hujjatlarning umumiy qiymati 10 milliard dollardan ortiq bo‘lib ular ikki mamlakat o‘rtasida uzoq muddatli, o‘zaro manfaatli aloqalar uchun mustaxkam asos yaratdi.
Bugungi kunda BAA moliyaviy, iqtisodiy sohadagi muvoffaqqiyatlari ularni izchillik bilan nafaqat yaqin Sharq mintaqasida balki xalqaro miqiyosda ham muhim siyosiy ishtirokchi sifatida tanitmoqda.
Mamlakat atrof mintaqalarda bir qator nizolarni bartaraf etishda muhim rol o‘ynamoqda va gumanitar yordam ko‘rsatishga katta xissa qo‘shmoqda. “Doing Business” global raqobatdoshlik reytingida BAA mintaqada birinchi jahonning
190 ta iqtisodiyoti orasida 11-o‘rinni egallaydi.
Bir so‘z bilan aytganda BAA bugungi kunda ham iqtisodiy ham siyosiy strategik aloqalari hamkorliklari ishlab chiqarish salohiyatlari va boshqa sohalarda yuksak natijalarga erishib borayotganligi fikrimizning yaqqol dalilidir.