Zarralarning kata kichikligiga kura kapelyar suvning
Ko`tarilish balandligi
2-jadval
Zarralar o`lchami
(mm xisobida)
|
Maksemal kutarilish
Balandligi
(mm xisobida)
|
Maksemal kutarilish
Muddati
(kun xisobida)
|
5,0-2,0
2,0-1,0
1,0-0,5
0,5-0,2
0,2-0,1
0,1-0,05
0,05-0,02
|
25
65
131
246
428
1055
2000
|
3
4
4
8
8
72
_
|
Xar ikki xildagi bu kapelyar suv o`simliklarga oson singadi va o`larning suvga bulgan extiyojini taminlaydigan asosiy manbalardan xisoblanadi. Bulardan tashqari, zarralar tutashgan joydan ba juda nozik kapelyaryullardan o`rin olgan va mustaqil xarakat etmaydigan ajralgan kapelyar suvlar xam buladi. Bu xildagi kapelyar suv o`simlikga oson singadi va bo`g` yoki parda suvga aylangan taqderdagina xarakat etishi mumkin.
Kapelyar suv taxmenan -1,5 gradisda, juda nozik (<0,03 mm radusli ), kapelyarlarda esa -18,05 gradis savuq tempraturada muzlaydi.
Gravitatsion suv. Tuproq qatlamlaridagi nokapelyaryullar va yirik kapelyarlar orqali yuqoridan pastga tomon erkin harakat etadigan suvga gravitatsion suv qeyiladi. Shurlanmagan tuproqlarda bu suvning osmotik bosimi 0,5 atm ga teng bulganidan bu suv o`simliklarga yaxshi singadi. Lekin qatlamda gravitatsion suvning tez harakat qilganligi va boshqa turdagi suvga o`tganligi sababli o`simlikni bevoseta suv binan tamin etishga ozroq qatnashadi.
Gravitatsion suv miqdori tuproqda yog`indan yoki ekin so`g`orilgandan keyin juda kupayadi.bazi bir tuproqlarning xaydalma ostki qatlami suvni yaxshi o`tkazmasligi yoki juda sekin o`tkazishi tufayli xaydalma qatlamda gravitatsion suv ancha vaqtgacha tuxtab qolishi va natejada tuproq ustki qatlamida o`simliklar va mekroorganezmlar uchun xavo yetishmay qolishi mumkin.
Tuproqdagi kapilyar va gravetatsion suv miqdorining mutadil xolatda bulishi tuproqning mexanikaviy tarkibiga, strukturasi va qovushmasiga, shuningdek, dehqonchilikda qullaniladigan agrotexnikaviy tadbirlar (molalash, shudgor, kultivatsiya, chopiq, so`g`orish va boshqalar) ning sifatli o`tkazilishiga bog`liq.
Gravitatsion suv pastga tamon harakat etib, suv tusar gorizantga yetib borganda, u joyda suvli qatlam vujutga keladi.Shu qatlamda tuplangan suvga sizob suvi deyiladi.Suv tusar garezant bir tamonga nishab joylashgan bulsa, sizob suvi tamonga sizib borib, daryo yoki soy yaqinida buloq bulib chiqadi, aksincha, suv tusar garezant tekis joylashganda sizob suvining satxi vertikal ravishda yuqoriga kutariladi.
Sizob suvlarining chuqurligi, kimyoviy tarkibi tuproqning suv xossalariga va o`simlik xayotiga kata tasir etadi. Sizob suvi satxining kutarilishi tufayli kapelyar suv bilan o`simliklar tamin etilib turilsada, biroq tuproqda shurlanish va botqoqlanish singari salbiy pratseslar xam yuzaga keladi.
Kapelyaryullar orqali suvni pastdan yuqoriga kutarilishiga tuproqning kapelyarligi yoki suvni kutarish qobiliyati deyiladi.
Tuproqda yuqorida qisqacha xarakterlangan suvlarning bu shakllaridan tashqari, qatlam tempraturasing o`zgarishi bilan bog`liq bulgan bo`g`simon suv (suv bug`i) yoki qattiq suv (muz) lar xam buladi. Bu xildagi suvlardan o`simlik bevoseta foydalana olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |