etish.
Bizning bitiruv malakaviy ishimizda biro korxonani juda ko„p turdagi
suyuqliklari saqlanadigan omborlar va texnologik jarayonda suyuqliklarni bir idishdan ikkinchi idishga o„tishi va bir turdan boshqa turga aylanishi jarayonini ko„rsatib turuvchi kompyuter tizimi taxlil etilgan. 2.12 – rasmda kompyuter yordamida satxni avtomatlashtirishning struktura sxemasi ko„rsatilgan. Unda kurilmada o„rnatilgan asboblar yig„indisi ya‟ni qurilma sifatida kallonnalar, sig„imlar va boshqalar nazarda tutilgan. Asboblar yig„indisi sifatida esa satxni o„lchovchi birlamchi va ikkilamchi asboblar, shuningdek klapanlar nazarda tutilgan. Satxni o„lchash qurilmalaridan signal kontroller va masofadagi terminallarga uzatiladi. Kontrollerlarga maxsus pragrammalar yoziladi. Masofadagi terminal esa RS232 signalni R5485 signalga aylantirib beradi.masofadagi terminaldan o„zgartirilgan signal kompyuterga boradi. Kompyuterda satxni nazorat qilish va boshqarish maxsus dastur ya‟ni Fuels Manajer dasturi o„rnatilgan. Kompyuterlar lokal va global, shuningdek ma‟lumotlar omboriga ulangan.
Satx o„lchash qurilmalari sifatida Endress + Hauser firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan zamonaviy datchiklar, masofadagi terminallar va HART kontrolleri qo„llanilishi mumkin.
2.12 – rasm. Kompyuter yordamida satxi avtomatlashtirish.
Bizning bitiruv malakaviy ishimizda neft ishlab chiqarish korxonalarida satxni o„lchash tizim tashkil etilgan. Sath o„lchash datchigi sifatida radiolakatsion RDU – X2 datchigidan foydalanilgan. 2.14. rasmda radioralatsion RDU – X2 sath o„lchagichlarning sxemasi ko„rsatilgan.
rasm - Radiolakatsion RDU – X2 datchigining sxemasi.
Radiolakatsion RDU – X2 sath datchigi suyuq moddalarni kontaktsiz o„lchashga mo„ljallangan. U katta gabaritli bunker va sig„imlarda sathni o„lchash uchun o„rnatiladi.
2.14 rasmda radiolakatsion RDU – X2 sath o„lchash datchigining tashqi ko„rini tasvirlangan. Bu datchikni neft, kerosin, benzin va boshqa mahsulotlarni sathini o„lchashda qo„llash mumkin. Bu datchik sig„im va bunkerlarning yuqori qismiga o„rnitilib qo„llaniladilar.
– rasm Radiolakatsion RDU – X2 sath o„lchash datchigining tashqi ko„rinishi.
Jadval 2.5. da RDU – X2 datchigining texnik xarakteristikalari ko„rsatilgan. RDU – X2 datchigining texnik xarakteristikalari:
2.5. – jadval
Sathni o„lchash diapazoni , m
|
0 † 20
|
Sezish qobiliyatini uyg„otuvchi
zona, m
|
1
|
O„lchov hatoligi, sm
|
10
|
Ishchi harorat, 0S
|
-30 † +50
|
Kuchlanish manbai va iste‟mol
toki
|
+24 V; 1,3 A
|
CHiqish signali, mA
|
4 † 20
|
Quvvati, Vt
|
30
|
Vazn, kg
|
3
|
Gabarit o„lchami, mm
|
170 x 290
|
RDU – X2 radiolakatsion sath o„lchash datchigi “Prompribor” firmasi tomonidan ishlab chiqariladi.
RDU – X2 radiolakatsion sath o„lchash datchigini ishlashi uchun Dr – 30 – 24 ta‟minlash manbai qo„llanilgan. U impuls ta‟minlash manbai hisoblanib, 24 V o„zgarmas kuchlanish va 1,5 A maksimal tok ishlab chiqaradi.Uning quvvati - 36 Vt. Ishchi xarorati -20 0S dan + 60 0S gacha.
– rasmda ADAM – 4017 o„zgartirgichining tashqi ko„rinishi ko„rsatilgan.
Ushbu loyihada 16 ta RDU sath o„lchash datchigi, ikkita ADAM – 4017 o„zgartirgichi, bir dona ADAM – 4620 interfeys o„zgartirgichi RS – 232 signalni RS – 485 signalga o„zgrtirib beradi.
2.15. -rasm. ADAM – 4017 o„zgartirgichining tashqi ko„rinishi.
ADAM – 4017 o„zgartirgichi 8 kanalli bo„lib, u mV, U, mA analog signalga o„zgartirib beradi. Bu loyihada 4...20 mA li unifikatsiyalangan sitnalga o„zgartirib beradi. 2.16. – rasmda sath o„lchagichlarning ulanish sxemasi, 2.17. – rasmda loyihaning struktura sxemasi va 2.18. – rasmda sathni avtomatlashtirishning prinsipial sxemasi tasvirlangan.
2.17. -rasm. Loyihaning struktura sxemasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |