BOB. Sath va sathni o„lchash qurilmalari haqida umumiy ma‟lumotlar. O„lchash va tekshirish xakida umumiy tushunchalar.
Texnologik jarayonlarni boshkarish, tekshirish va rostlash mexnat qurolining sifatini va ob‟ektning texnologik parametrlarini maqsadga muvofiq o„zgarishi to„g„risidagi va shuningdek energiya xamda moddiy resurslarning miqdor o„zgarishlari to„g„risidagi ko„p sonli o„lchov axborotlariga ishlov berish asosida mavjud bo„ladi. Ishlab chiqarish jarayonlari borishida texnologik parametrlarning (tem-ra, bosim, og„irlik, zichlik, namlik, mexaniq ko„chish, kuchlanish, tezlik va boshkalar) o„zgarishi to„g„risidagi axborot o„lchov asboblari yordamida olinadi. SHu tufayli avtomatlashtirish masalasini xal qilishda o„lchash usullari, texnik vositalar to„g„risidagi fan metrologiyaga va o„lchash texnikasi to„g„risidagi qonunlarga amal qilib, o„lchash aniqliklarini oshirishga katta e‟tibor beriladi.
Ma‟lumki, xodisa yoki jarayonni xarakterlovchi miqdor to„g„risidagi axborotni o„lchov asbobi orqali xosil qilish "o„lchash",- deb ataladi.
O„lchashning asosiy tenglamasi quyidagicha.
A=nq (1.1.)
bu erda:
A- o„lchanadigan miqdor:
n- o„lchanadigan miqdorning son kiymati:
q- o„lchov birligi.
Agar o„lchov birligi va o„lchanadigan miqdorning o„lchovi bir turli bo„lmasa, bunday xollarda o„lchash uchun "o„lchov o„zgartgich" deb ataladigan o„lchov asboblari ko„laniladi.
O„lchash vositalarining asosiy elementlari.
O„lchash o„zgartgichlari - bu keyinchalik o„zgartgich, qayta ishlash, saqlashni uzatish uchun mo„ljallangan o„lchash vositalari xisoblanib, axborotni to„g„ridan-to„g„ri kuzatuvchi tomonidan qabul qilishning imkonini bermaydi.
O„lchash o„zgartgichlari kuyidagilarga bo„linadi:
Birlamchi o„zgartgichlar - bular o„lchanayotgan kattalik bilan bevosita munosabatda bo„ladi. O„lchash zanjirida bu o„zgartgichlar birinchi bo„lib, o„lchanayotgan fizik kattalikni keyinchalik foydalanishga qulay ko„rinishga (xolatga) dastlab o„zgartirishga mo„ljallangan.
Oralik o„zgartgichlar - bular o„lchash zanjirida birlamchi o„zgartgichlardan keyin joylashib, barcha kerakli o„zgartirishlarni amalga oshirishga mo„ljallangan (ko„paytirish, to„g„rilash, tekislash va xokazo).
Uzatuvchi o„zgartgichlar - bular o„lchashdan olingan axborotlarni masofaga uzatish uchun mo„ljallangan.
O„lchov asboblari - o„lchash axborotini kuzatuvchi qabul qilishiga qulay ko„rinishdagi signal tarikasida uzatish uchun mo„ljallangan (elektrik, pnevmatik, optik va x). Asboblar oniy xamda rakamli turlarga bo„linadi.
Oniy asboblar - ularning ko„rsatishga o„lchanayotgan kattalikning uzluksiz funksiyasi xisoblanadi.
Rakamli asboblar - ularda ko„rsatish uzlukli bo„lib, rakamlar ko„rinishida ko„rsatiladi .
O„lchanayotgan axborot ko„rinishiga nisbatan o„lchov asboblari kuyidagi guruxlarga bo„linadi:
Ko„rsatuvchi asboblar - fakat ko„rsatish xisobini ta‟minlaydi.
Kayd etuvchi asboblar - fakat ko„rsatishni kayd etishni ta‟minlaydi. Bu asboblar ikki asosiy turdan iborat:
O„ziyozar asboblar - ular ko„rsatishni grafik tasvir ko„rinishida ifodalaydi. Pechatlovchi asboblar - ular ko„rsatishni rakamlar orkali ifodalaydi (yozadi).
Integrallovchi asboblar - bularda o„lchanayotgan kattalik vakt bo„yicha yoki unga boglik bo„lmagan o„zgaruvchi ta‟sirida integrallanadi.
Kushuvchi asboblar - bularda turli kanallar orkali kelayotgan ikki yoki undan ortik kattaliklar yigindisi - asbob ko„rsatishi bilan funksional boglikdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |