Kirish. 2 Asosiy qism


Bozorning iqtisodiy mazmunini ochib berishda uning obyekti va subyektini ajratib ko‘rsatish lozim boiadi



Download 292,5 Kb.
bet7/9
Sana16.01.2022
Hajmi292,5 Kb.
#380057
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
xolniyozov7777777

Bozorning iqtisodiy mazmunini ochib berishda uning obyekti va subyektini ajratib ko‘rsatish lozim boiadi.Bozor obyekti - ayir­boshlash munosabatlariga jalb qilingan iqtisodiy faoliyat natijalari va iqtisodiy resurslar, tovar, pul va unga tenglashtirilgan moliyaviy aktivlar.

Hozirgi sharoitda oziq-ovqat va qishloq xo‘jalik mahsulotlari do‘konlari, avtomobilga xizmat ko‘rsatish stansiyasi, benzin quyish shaxobchalari, sanoat tovarlari do'koni, tijoratchilarning savdo shaxobchalari, turli xil supermarketlar, yirik savdo markazlari va savdo yarmarkalari, umumiy ovqatlanish shaxobchalari bozorning odatdagi ko‘rinishlari hisoblanadi. Fond birjalari, valyuta bozori, don birjalari va auksion kabilar bozorrning yuqori darajada rivojlangan ko'rinishlaridir.

Bozor subyekti - ayirboshlash munosabatlari qatnashchisi. Bozor subyektlari ikki guruhga - sotuvchi va xaridorlarga bo’linib, ular bozor munosabatlarining turli vazifalarini bajaradi. Sotuvchilar bozorga tovar va xizmatlarni taklif etadi, xaridorlar esa ularga talab bildiradi. Bozor o‘z subyektlari manfaatini bir-biriga bog‘lab, ularni muvofiqlashtiradi. Ayrim turdagi bozorlarda sotuvchi va xaridorlar o‘rtasida bevosita aloqa mavjud bo’lsa, boshqalarida bilvosita aloqa mavjud boiib, ular hech qachon bir-birini ko’rmaydi yoki bilmaydi.

Bozorning asosiy vazifasi ishlab chiqaruvchilar tomoni­dan Yaratilgan tovar va xizmatlami, iqtisodiy resurslami iste'molchilarga yetkazib berishdan iboratdir. Bu yerda bozor ish­lab chiqarish bilan iste’molni bir-biriga bog’laydi, ishlab chiqarilgan tovar yoki xizmat o‘z iste’molchisini topadi. Bunda bozor vositachi bo’lib xizmat qiladi. Bozorda qiymat shakllari almashadi. U qiymatni tovar shaklidan pul shakliga aylantiradi. Individual mehnat sarflari sifatida chiqqan tovarlar bozor tomonidan tan olinsa, ijtimoiy mehnat sarfini namoyon qiladi va tovarning bozor qiymati hosil bo’ladi.

Bozor ayirboshlash kategoriyasi bo’lib, ishlab chiqarishning uzluksiz takrorlanib turishiga yordam beradi. Ishlab chiqarish, yangidan boshlanishi uchun Yaratilgan tovarlar sotilishi va ularning pulga aylanishi, puldan esa kerakli iqtisodiy resurslar xarid qilinishi zarur. Bozor vositasida tovarni sotishdan tushgan mablag’lar hisobiga, ishlab chiqaruvchilar resurslar sotib olish yo’li bilan sarflan­gan ishlab chiqarish vositalari o'rnini qoplaydigan va ishlab chiqa­rishni kengaytirish uchun kerakli moddiy va mehnat resurslariga ega bo‘1adilar. Bozor orqali resurslarning erkin harakati ta’minlanadi va ularning tarmoqlar o‘rtasida taqsimlanishi ro‘y beradi. Iste’molchilar bozorda u yoki bu tovarga bo’lgan talabini bildiradi.

Bozor bu talabni ishlab chiqaruvchilar va resurslami yetkazib beruvchilargauzatadi. Resurslar talab bildirgan tarmoqlar va sohalar ortasida taqsimlanib turadi.

Bozor iqtisodiyotni tartibga solib turish vazifasini talab, taklif, raqobat va narxlar yordamida bajaradi. U o'zida talab va taklifni jamlab, bu bilan nimani, qancha miqdorda va qaysi vaqtda ishlab chiqarish kerakligini aniqlab beradi. Bozor narx vositasida iqtisodiy resurslami tovarlarga talab kamaygan tarmoqlardan talab ortgan tarmoqlarga oqib kelishini ta’minlaydi. Shuningdek, adabiyotlarda bozoming boshqa ko‘plab qoshimcha vazifalari ham keltiriladi. Bu vazifalami yaqqolroq tasawur etish uchun ulami maxsus rasm ko’rinishida ifodalash mumkin.

Bozorning ich­ki tuzilishi murakkab bo’lganligi sababli uni turkumlashga quyidagi mezonlar asos qilib olinadi: bozorning yetuklik darajasi, sotiladigan va sotib olinadigan mahsulot turi, bozor subyektlari xususiyatlari, bo­zor miqyosi, iqtisodiy aloqalar tavsifi va boshqalar.

Bozoming yetuklik darajasiga qarab rivojlanmagan bozor, er­kin (klassik) bozor, hozirgi zamon rivojlangan bozorlarga bo’linadi. Rivojlanmagan, shakllanayotgan bozor tasodifiy tavsifga ega bo’lib, unda tovami tovarga ayirboshlash (barter) usuli ko‘proq qo’llaniladi. Bozoming bu turi tarixan hali haqiqiy pul mavjud bo’lmagan davrga to‘g‘ri keladi. Lekin hozirgi davrda ham ayrim mamlakatlarda pul inqirozga uchrab, ijtimoiy ishonchni yo‘qotgan, bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida ham bozoming bunday turi amal qilishi mumkin.

Erkin (klassik) bozor - tovar va xizmatlarning har bir turi bo’yicha juda ko‘p ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar, sotuvchilar va xaridorlar mavjud bo’lib, ular o‘rtasida erkin raqobat amal qiluvchi, narxlar talab va taklif o‘rtasidagi nisbatga qarab erkin shakllanuvchi bozordir.Erkin bozorda raqobatning turli usul­lari qo’llanilib, aholi va ishlab chiqaruvchilar keskin tabaqalanishi ro‘y beradi.

Hozirgi zamon rivojlangan bozori ijtimoiy-iqtisodiy samara­dorlikni ta’minlash va aholini ijtimoiy himoyalash maqsadida bozor aloqalarining davlat tomonidan tartibga solib turilishiga asoslanadi. Demak, davlat ham bozor ishtirokchisi bo’lib, u bozor aloqalarini tartiblashtiradi va boshqaradi. Hozirgi zamon rivojlangan bozorida turli xil birjalar va boshqa oldi-sotdi jarayoniga xizmat qiluvchi sohalar taraqqiy etgan bo’ladi. Raqobatning asoratli kurashlari, aholining tabaqalashuvi yumshatilib, ulaming daromadlari o‘rtasidagi tafovutlar me’yor darajasida ushlab turiladi.




Download 292,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish