Kirish. 2 Asosiy qism



Download 292,5 Kb.
bet1/9
Sana16.01.2022
Hajmi292,5 Kb.
#380057
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
xolniyozov7777777










MUNDARIJA:

Kirish……………………………………………………………………………….2

Asosiy qism.
1.Bozor tushunchasi va uning vazifalari ……………………..7

2. Bozor iqtisodiyoti tushunchasi va uning mohiyati...………………………………..…14

3.Erkin va monopollashgan bozor……………………………….

4.Bozorning turlari va unsurlari.....................................


Xulosa………………………………………………………………………..……35
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati………………………………………………..38


Kirish.

Bozor nima? Bozor - iste’molchi va sotuvchilarning xohish va istaklari mos kelib o‘zaro tovar va xizmatlarni ma’lum bir qiymat evaziga ayirboshlaydigan joy. Bozor (market) - keng ma’noda muomala sohasi bo‘lib, tovar ayirboshlash munosabatlari va jarayonlari majmuyidir. Bunda tovar bilan oldi-sotdi munosabatlari tovar ishlab chiqarish, tovar ayirboshlash va pul muomalasi qonunlari asosida amalga oshadi. Ko‘pincha, marketingda bozor deganda ma’lum tarmoq tovarlariga ehtiyoj sezuvchi va uni qondirish imkoniyatiga ega bo‘lgan potensial iste’molchilarning majmuyi tushuniladi. Marketingda “bozor” tushunchasi tovar yoki xizmatlarni sotib oluvchilarning mavjud va potensial yig‘indisi (jamlanmasi)ni bildiradi. Bu ibora qandaydir umumiy belgilarga ko‘ra birlashgan iste’molchilar guruhini anglatadi (masalan, yuqori sifatli tovarlar xaridorlari bozori). Ma’lum ehtiyojlar (iste’molchilar) bozori, demografik bozor (uni, masalan, o‘smirlar yoki katta yoshli odamlar tashkil etadi), geografik bozor (masalan, O‘zbekiston bozori, Rossiya bozori yoki G‘arbiy Yevropa bozorlari) haqida gapirish mumkin. Marketingda bozor hamisha to‘liq aniq holat. Har bir tashkilot aniq bozorda (bozorlarda) ishlaydi. Masalan, Koreyaning Samsung firmasi jahon bozori uchun ishlaydi, “Gloriya Jins” – Rossiya kiyim bozorida ishlaydi.

Bozorni o‘rganish tovar turlari bo‘yicha amalga oshiriladi. Agar har bir iste’mol tovarlari bo‘yicha tovarlarning sotilish vaqti, aholining tabaqalanishi o‘rganilsa, kundalik va ma’lum davrlarda foydalanadigan yoki iste’mol qilinadigan tovarlar turlariga qarab, shuningdek, shu tovarlarni saqlash bilan bog‘liq masalalarni hal etish asosiy vazifa hisoblanadi. Ishlab chiqarish vositalari bozorida ularning sotilishi bilan bog‘liq barcha shart-sharoitlarni chuqur o‘rganish zaruriyati yotadi. Bu shartlar jumlasiga ishlab chiqarish vositalarning birdaniga ko‘p iste’mol qilinishi, xaridorning nisbatan kam bo‘lishi, asosan bir manzilga ko‘p tovar yetkazib berilishi, sotishda ulgurji shaklning ko‘p qo‘llanilishi, tovar yetkazib berishda transport aloqasi va turlarining ahamiyati kattaligi va boshqalar kiradi. Shartlarni to‘g‘ri baholash esa bozor sharoitini o‘rganishda qo‘llaniladigan uslublar turkumining mukammaligiga bog‘liq.

Bozorni o‘rganish shu bozorda faoliyat yurgizish bilan bog‘liq shart-sharoitlarni o‘rganishni nazarda tutadi. Bu o‘rganish bozorning asosiy talablari: sifat, narx-navo va servis xizmati ko‘rsatish bo‘yicha imkoniyatlarni baholashni taqozo etadi. Bozor sharoiti bozorda tovar-pul munosabatlari va oldi-sotdi jarayoni holatidir, tovar-pul munosabatlari tovar turlari, ularning miqdori, raqobatchi korxonalarning bozordagi mavqeyi, ularning imkoniyatlari, tovarlar ayirboshlash yo‘llari kabi jarayonlarni chuqur o‘rganishni nazarda tutadi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, muayyan bozorda iqtisodiy aloqalarning mavjudligi, ularning rivojlanish yo‘nalishlari hamda shunday aloqalar o‘rnatish uchun shartsharoitlar yaratish tovar-pul munosabatlari negizini tashkil etadi.


Bozor — iqtisodiyotda shaxslarning maqsadli-nafsiy xohish-istaklari ila naf va manfaatlari sari yetaklovchi imkoniyatlari doirasida tartiblashtirilgan refleksiv harakatlari evaziga turli(ijobiy yoki salbiy) samara darajasida ob’yektiv sodir boʻluvchi bozor tovarlari boʻyicha iqtisodiy-huquqiy munosabatlari muhiti boʻlib, unda taraflarning nafsiy manfaatlari talab va taklif asosida shakllanadigan ob’yektiv narxlarda qondiriladi.

Yuqoridagini anglash qiyonroq boʻlsa-da, u bozor tushunchasini kengroq ochib beradi. Hozirgi paytda, ayniqsa, bir-biri bilan bogʻlanib ketgan, integratsiyalashgan bozor sharoitida, qanday tovar ishlab chiqarish kerakligi, qancha, kim uchun va qaysi hududda ishlab chiqarish kerakligi haqida maʼlumotning yagona manbasi-bozordir. Bozor bilan hisoblashmagan xaridor va sotuvchi yutqazadi.Puldan yutqazadi! Puldan ajralish eng katta qygʻu boʻlgan zamonda, bozorga eʼtiborsiz boʻlmoqlik- «oʻlim» demakdir.

Bozor qanday paydo boʻlganligi haqida gapirishdan oldin tarixga bir nazar solamiz. Natural xoʻjalikda hamma oʻz ehtiyojlarini oʻzi yetishtirgan mahsulotlari evaziga qondirgan. Bu bir maʼnoda qulay boʻlishi mumkin, toki Siz hech kimga bogʻliq boʻlmaysiz, mutlaq avtonomiyada umr kechirasiz.(Gap avtonomiya haqida ketganda, hozirgi kunda dunyoda roʻy berayotgan voqealarni chetlab oʻtib boʻlmaydi. Iqtisodiyot boshidan kechirayotgan inqiroz davrida eng kam zarar koʻrgan davlatlar-bu avtonomlashgan, jahon iqtisodiyoti va bozoriga yuqori darajada integratsiyalashmagan davlatlar boʻlib chiqdi. Bu narsa shu kabi iqtisodiy siyosatning ham oʻziga yarasha ijobiy tomonlari borligidan dalolat beradi.) Keyinchalik, mehnat ixtisoslashuvi va boshqa omillar natijasida inson oʻz ehtiyojini qondirish maqsadida boshqa odamlarga ham murojaat qilishiga toʻgri keldi. Ushbu narsani bir misolda koʻrsatsa boʻladi. Masalan, ikkita turli kasb egalari- dehqon va chorvador kuniga 8 soat ishlaydi deb faraz qilaylik. Dehqon 1 kg un ishlab chiqarish uchun 2 soat sarflaydi, chorvador 1 kg qaymoq ishlab chiqarish uchun 4 soat sarflaydi. Unning bozordagi narxi 1000 soʻm, qaymoqniki-2000 soʻm boʻlsin. Dehqon kuniga 4 kg un =4000 soʻm, chorvador 2 kg qaymoq=4000 soʻm ishlaydi. Endi dehqon qaymoq yemoqchi boʻlsa, 6 soat vaqtini sarflab 1 kg qaymoq oladi. Bunga sabab, u dehqonchilik bilan shugʻullangan, uning hayoti dehqonchilikka ixtisoslashgan. Qaymoq ishlab chiqarish uchun chorvadorga nisbatan 1,5 marta koʻproq vaqt sarflaydi. U 6 soat ichida 1 kg qaymoq va ish kunidan qolgan 2 soat ichida 1 kg un ishlab chiqaradi. Uning kunlik mehnat unumdorligining puldagi ekvivalenti 3000 soʻm boʻladi. Agar dehqon dehqonchiligini davom ettirib, qaymoqni oʻzi ishlab chiqarishi oʻrniga, 2000 soʻmga, yaʼni 2 kg unga sotib olganida, unda 1 kg qaymoq va 2 kg un qolar edi. Xuddi shunday vaziyatni chorvadorga un kerak boʻlganida ham kuzatish mumkin. Demak, mahsulotlarni oʻzi ishlab chiqargandan, birovdan sotib olgan arzonroq boʻlar ekan.

Shunday qilib bozor yuzaga keldi. Oddiy barter usulidan keyin, pullar ham paydo boʻldi. Endi mahsulotlar bozorda sotilishi uchun ataylab tovar shaklida ishlab chiqarilar, bozorda sotilib, daromad evaziga yana xomashyo-tovar sotib olinar edi. Shu yoʻsinda ishlab chiqarish sikli davom etardi. Hozirgi kunda ham bozor shu tarzda faoliyat yuritadi.

Tovar bozorda sotiladi. Ishlab chiqaruvchi foyda koʻradi. Foydani bir qismiga ishlab chiqarishni kengaytiradi, ikkinchi qismi evaziga esa, oʻz ehtiyojini qondiradi. Bir xil tovarlar sotiladigan bozorda topilgan pul, boshqa turdagi tovarlar sotiladigan bozorda sarflanishi mumkin. Demak, bozor oʻzini oʻzi quvvatlab turadi. Bir turdagi bozorning inqirozi, jahon bozoriga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin. Dunyoda roʻy berayotgan inqiroz, moliyaviy inqiroz sifatida boshlangan, lekin hozirgi kunda iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida kuztilmoqda. Bunga sabab, moliya sektorida yoʻqotilgan pullar boshqa turdagi tovarlar sotiladigan bozorga kelib tushmadi. Natijada iqtisodiyotning barcha tarmoqlari ziyon koʻrdi. Aksincha, iqtisodiyot katta sektorining rivojlanishi, boshqa sektorlarga ham ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Umuman olganda, bozorda tovar ayirboshlashning uch afzalligi bor. • Bozor orqali ehtiyoj qondirilganda tovarlarni oʻzi ishlab chiqarib isteʼmol etgandan koʻra sotib olish arzonga tushadi • Isteʼmol uchun kerakli mahsulot va xizmatlarni bozordan osongina topish mumkin, bu bilan isteʼmolni qondirish sarflari tejaladi. Agar bozor boʻlmay mahsulotlar bir-biriga toʻgʻridan toʻgʻri ayirboshlansa, kerakli mahsulotga yetishish uchun juda koʻp ayirboshlash operatsiyalarini oʻtkazish kerak. • Bozorda tovarlarni tanlab olish imkoni bor. Hamma ishlab chiqaruvchilar bir xil yoki oʻrinbosar tovarlarni bozorda koʻplab taqdim etganidan bular xoh resurs, xoh isteʼmol tovarlari boʻlsin, ulardan maʼqulini tanlab olish mumkin boʻladi. Oʻzi ishlab chiqarganda tanlash imkoni boʻlmas edi.

Bozor iqtisodiyotida yakka tartibda, o'z mulki va mablag'iga tayangan holda, korporativ, sherikchilik asosida yer, bino, inshootlar, mashinalarni ijaraga olish, pulni qarzga ko'tarib ish yuritish usullari mavjud bo'ladi. Bozordagi narx talabdan kelib chiqqan holda talab — taklif nisbati asosida shakllanadi. Bozor iqtisodiyoti iqtisodiy sub'yektlar alohidalashganidan ular manfaati to'qnashadi va shunday sharoitda raqobat paydo bo'ladi. Raqobat bozor iqtisodiyotini harakatga soluvchi kuch, uning rivojlanishini ta'minlovchi mexanizm hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti boshqarishning iqtisodiy usullariga tayanadi. Bozor mexanizmi iqtisodiy rag'batlantirish mexanizmi bo'lib, uning asosiy vositasi puldir. Pul topishga intilish tovar va xizmatlarni ko'plab hamda sifatli qilib ishlab chiqarishni ta'minlaydi. Bozor iqtisodiyotida pul boylikning umumiy va eng qulay shakliga — hammabop iqtisodiy aloqalar vositasiga aylanadi. Bozor iqtisodiyoti tovar taqchilligi bo'lmagan, tovarlar mo'lko'lligi ta'minlanadigan iqtisodiyotdir.

Hozirgi Bozor iqtisodiyoti madaniylashgan iqtisodiyot bo'lib, unga quyidagi belgilar xos: mulkiy xilma-xillik, tartiblanadigan iqtisodiyot, davlatning iqtisodiyotga aralashuvi, madaniy va xalol raqobat, kuchli hamkorlik aloqalari, iqtisodiy tangliklarning qisqa davrda va yengil kechishi, ommaviy farovonlik, ijtimoiy tabaqalanishning chuqur bo'lmasligi, o'ziga to'q va farovon yashovchi o'rtahol tabaqa mavqeining oshib borishi, ijtimoiy muvozanatning saqlanishi va fuqaroviy to'qnashuvlarga o'rin qolmasligi va boshqa. Bu belgilar hozirgi Bozor iqtisodiyotini harakterlaydi, lekin uning taraqqiyoti shu bilan cheklanmaydi.

Iqtisodiyotda bozor atamasi ostida bozor subyektlari (xaridorlar va sotuvchilar) orasidagi pul-mol almashinuvi tizimi tushuniladi. Bozor — 1) sotuvchilar bilan haridorlar o'rtasidagi tovar ayirboshlash munosabatlari; ishlab chiqarish bilan iste'molni o'zaro bog'lovchi mexanizm. 2). Savdo-sotiq qilinadigan muayyan joy, maydon.




Download 292,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish