I.bob Maktabgacha ta’lim tashkilotlari ni yalpi tekshirishning asosiy shakllari
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tekshirishning maqsad va vazifalari.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tekshirishning maqsadi maktabgacha ta’lim bo‘yicha yagona davlat siyosatini amalga oshirishda maktabgacha ta’lim tashkilotlarining roli va mas’uliyatini kuchaytirish, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq sifatli ta’lim-tarbiya berilishini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratish, maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi ijro intizomini mustahkamlash, pedagoglar va boshqa xodimlarning kasbiy faoliyatiga asossiz ravishda aralashuvga chek qo‘yish, nazorat qiluvchi va boshqa davlat organlari tomonidan ta’lim-tarbiya sifatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni aniqlash va bartaraf etishdan iborat. Hukumatning 2019 yil 24 apreldagi qarori bilan Maktabgacha ta’lim va umumta’lim tashkilotlari faoliyatini tekshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlar tasdiqlandi. Nizomga muvofiq maktabgacha ta’lim tashkilotlarida (bog‘cha) va umumta’lim tashkilotlarida (maktab) quyidagi davlat organlari tekshirishni amalga oshiradi:
Ichki ishlar vazirligi va uning voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi maxsus bo‘linmalari;
Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati va uning hududiy bo‘linmalari;
sanitariya-epidemologiya nazorati markazlari;
bandlikka ko‘maklashish organlari;
favqulodda vaziyatlar organlari;
atrof muhitni muhofaza qilish organlari.
Tekshiruvlar muddati 10 kundan oshmasligi lozim.
Tekshirishdan 10 kun oldin tarkibida bog‘cha va maktab bo‘lgan davlat organlari yozma xabardor qilinadi. Mazkur organlar bir kunda bog‘chalarga va maktablarga tekshirish haqida xabar beradi.
Quyidagilar maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tekshirishning vazifalari hisoblanadi:
maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi ta’lim-tarbiya jarayonining sifatini, pedagoglarning bilim darajasini va pedagogik mahoratini oshirishga ko‘maklashish;
qonun hujjatlari buzilishi holatlarini chuqur tahlil qilish va ularni sodir etish shart-sharoitlarini bartaraf qilish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi o‘z vaqtida va sifatli ta’minlanishini tashkil etish;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatida kam samarali taftishlarni qisqartirish bilan bir vaqtda to‘laqonli tekshirishlar samaradorligini oshirish;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatidagi ochiqlik, shaffoflik va hisobdorlikni ta’minlash, ta’lim-tarbiya jarayoni ustidan samarali davlat nazoratini o‘rnatish;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlash;
davlat organlari va tashkilotlarining maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati bilan bog‘liq vazifalari, funksiyalari va vakolatlarini aniq belgilash va tartibga solish.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini tekshirish ishlarini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini tekshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, uning talablari:
a)Quyidagi davlat organlari va tashkilotlari:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari va xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) Kengashlari deputatlari;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi;
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi;
O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari;
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va uning hududiy bo‘linmalari;
ommaviy axborot vositalari (jurnalistik tekshiruv bo‘yicha);
tasarrufida umumta'lim tashkilotlari bo‘lgan vazirlik va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalari (o‘z bo‘ysunuvidagi umumta'lim tashkilotlarini tekshirishlari bo‘yicha) faoliyati doirasida;
b) O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonuni doirasida;
v) qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari va ma'muriy huquqbuzarliklarga oid ishlar doirasida;
g) maktabgacha ta'lim sohasida nodavlat ta'lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarning faoliyatini tekshirish doirasida;
d) favqulodda vaziyatlar, turli hodisalar yuzasidan va tergovga qadar tekshiruvlar doirasida o‘tkaziladigan tekshirishlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Qayd etilishicha, maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini tekshirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad maktabgacha ta'lim bo‘yicha yagona davlat siyosatini amalga oshirishda maktabgacha ta'lim tashkilotlarining roli va mas'uliyatini kuchaytirish, tarbiyalanuvchilarga O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablariga muvofiq sifatli ta'lim berilishini ta'minlash uchun shart-sharoit yaratish, maktabgacha ta'lim tashkilotlaridagi ijro intizomini mustahkamlash, maktabgacha ta'lim tashkilotlarini tekshirishlarning samaradorligini oshirish orqali pedagoglar va boshqa xodimlarning kasbiy faoliyatiga asossiz ravishda aralashuvga chek qo‘yish, nazorat qiluvchi va boshqa davlat organlari tomonidan ta'lim sifatiga ta'sir ko‘rsatuvchi omillarni aniqlash va bartaraf etishdan iborat.Maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini tekshirishning vazifalari quyidagilardan iborat:
maktabgacha ta'lim tashkilotlaridagi ta'lim-tarbiya jarayonining sifati, tarbiyachilarning bilim darajasini va pedagogik mahoratini oshirishga ko‘maklashish;
maktabgacha ta'lim tashkilotlaridagi ta'lim-tarbiya jarayonining sifati, tarbiyachilarning bilim darajasini va pedagogik mahoratini oshirishga ko‘maklashish;
qonun hujjatlari buzilishi holatlarini chuqur tahlil qilish va ularni sodir etish shart-sharoitlarini bartaraf qilish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar ijrosining o‘z vaqtida va sifatli ravishda ta'minlanishini tashkil etish;maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatida kam samarali taftishlarni qisqartirish bilan bir vaqtda to‘laqonli tekshirishlar samaradorligini oshirish;
maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatidagi ochiqlik, shaffoflik va hisobdorlikni ta'minlash, ta'lim-tarbiya jarayoni ustidan samarali davlat va jamoatchilik nazoratini o‘rnatish;maktabgacha ta'lim tashkilotlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta'minlash;
davlat organlari va tashkilotlarining maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyati bilan bog‘liq vazifalari, funksiyalari va vakolatlarini aniq belgilash va tartibga solish.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida:
voyaga yetmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta'minlash, ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qilish masalalari bo‘yicha tekshirish – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va uning voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oshiruvchi maxsus bo‘linmalari tomonidan;
yong‘in xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga amal qilinishini o‘rganish, yong‘inlarning oldini olish hamda ularni o‘chirishga qaratilgan huquqiy, tashkiliy va ilmiy-texnik chora-tadbirlarni amalga oshirish masalalari bo‘yicha tekshirish – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan;
aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga hamda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga amal qilinishini o‘rganish, sanitariya-gigiyena tadbirlarini va epidemiyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirish, o‘quvchilarning sanitariya madaniyati darajasini oshirish, davlat sanitariya nazoratini amalga oshirish masalalari bo‘yicha tekshirish – O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati respublika markazi va hududiy davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari tomonidan;
mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishini o‘rganish, xodimning hayoti va sog‘lig‘i ustuvorligini ta'minlash, mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi ustidan nazorat va tekshiruvni amalga oshirish, xodimlarni ijtimoiy himoya qilish masalalari bo‘yicha tekshirish – O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va uning hududiy bandlikka ko‘maklashish va aholini ish bilan ta'minlash markazlari tomonidan;
aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishini o‘rganish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish va zararini kamaytirish yuzasidan choralarni amalga oshirish, favqulodda vaziyatlar sharoitida harakat qilishga tayyor bo‘lishni tashkil etish, favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tadbirlari bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish masalalari bo‘yicha tekshirish – O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan;yer, yer osti boyliklari, suv, daraxtlar va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish, atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat ekologik nazoratini o‘rnatish, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish ishlarini muvofiqlashtirish borasida yagona siyosatni amalga oshirish, chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish, bolalarning ekologik madaniyatini oshirish masalalari bo‘yicha tekshirish – O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarining faoliyatini tekshirish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:rejali tekshirish;rejadan tashqari tekshirish;nazorat tartibida tekshirish.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida rejali tekshirishlarni o‘tkazish tekshirishga vakolatli organlar bilan tegishliligi bo‘yicha tasarrufida maktabgacha ta'lim tashkilotsi bo‘lgan vazirlik va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalari tomonidan tasdiqlanadigan tekshirishlarning yillik reja-jadvaliga muvofiq holda amalga oshiriladi.
Keyingi yil uchun tekshirishlarning yillik reja-jadvali tegishliligi bo‘yicha tekshirishga vakolatli organlarning markaziy apparati bilan tasarrufida maktabgacha ta'lim tashkilotsi bo‘lgan vazirlik va idoralarning markaziy apparati hamda tekshirishga vakolatli organlarning hududiy bo‘linmalari bilan tasarrufida maktabgacha ta'lim tashkilotsi bo‘lgan vazirlik va idoralarning hududiy bo‘linmalari tomonidan har yili 25 dekabrga qadar tasdiqlanadi. Tasdiqlangan yillik reja-jadvallarning nusxalari tegishliligi bo‘yicha maktabgacha ta'lim tashkilotlariga har yili 1 yanvarga qadar yetkazib beriladi.
Yillik reja-jadval tekshirishga vakolatli organlarning maktabgacha ta'lim tashkilotsini tekshirishlari bir vaqtga to‘g‘ri kelib qolmasligi hisobga olingan holda tasdiqlanadi.
Tekshirishga vakolatli organlar tomonidan rejali tekshiruvlar 3 yilda ko‘pi bilan bir marta o‘tkaziladi. Yangi tashkil etilgan maktabgacha ta'lim tashkilotlarida dastlabki uch yil mobaynida rejali tekshirishlar o‘tkazilmaydi, qonun hujjatlarida belgilangan holatlar bundan mustasno.
Quyidagi hollarda maktabgacha ta'lim tashkilotlari yillik tekshirishlar reja-jadvaliga kiritilmaydi:
maktabgacha ta'lim tashkilotsi faoliyatini tekshirish uchun belgilangan muddatlar inobatga olinmagan bo‘lsa;
maktabgacha ta'lim tashkilotsi faoliyatini tekshirishlarning yillik reja-jadvalini shakllantirishning qoidalari buzilgan bo‘lsa;
maktabgacha ta'lim tashkilotlari tugatilgan yoki tugatish jarayonida bo‘lsa;
maktabgacha ta'lim tashkilotlarining reja-jadvalga kiritilishi qonun hujjatlariga zid bo‘lsa;
Rejadan tashqari tekshirishlar tekshirishga vakolatli organlar tomonidan:
maktabgacha ta'lim tashkilotsi tugatilayotganida;
tasarrufida maktabgacha ta'lim tashkilotsi bo‘lgan vazirlik va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalari tasarrufidagi maktabgacha ta'lim tashkilotsi faoliyatini tekshirishni so‘rab tekshirishga vakolatli organga murojaat etgan taqdirda;
maktabgacha ta'lim tashkilotsi faoliyatiga oid qonun hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Hukumati va O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining topshiriqlari hamda davlat dasturlarida belgilangan vazifalarning o‘z muddatida va sifatli ijro etilishini tezkor o‘rganish talab etilganda;
inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishining, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishining oldini olish, pedagoglar va o‘quvchilar hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfli omillarning paydo bo‘lishi, sanitariya-epidemiologiya vaziyati murakkablashishi, shuningdek boshqa davlatlardan yuqumli kasalliklar kirib kelishi va tarqalishi ehtimoli mavjud bo‘lganda;
maktabgacha ta'lim tashkilotsi boshqaruvida ta'lim-tarbiya sifatiga salbiy ta'sir qilishi mumkin bo‘lgan jiddiy kamchiliklar mavjud bo‘lganda;
ommaviy axborot vositalari yoki Internetdagi manbalarda maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatiga doir qoidabuzarliklar to‘g‘risidagi ma'lumotlar e'lon qilinganda;
maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tashkiliy-boshqaruv, uslubiy, ma'naviy va moliyaviy jihatdan jiddiy nuqsonlar mavjudligi to‘g‘risida ishonchli ma'lumot bo‘lganda amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tekshirishga vakolatli davlat organlari.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida:tarbiyalanuvchilarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash masalalari bo‘yicha tekshirish – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va uning voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi maxsus bo‘linmalari tomonidan;
yong‘in xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga amal qilinishini o‘rganish, yong‘inlarning oldini olish hamda ularni o‘chirishga qaratilgan huquqiy, tashkiliy va ilmiy-texnik chora-tadbirlarni amalga oshirish masalalari bo‘yicha tekshirish – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan;
aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga hamda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga amal qilinishini o‘rganish, sanitariya-gigiyena tadbirlarini va epidemiyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirish, pedagog xodimlar va tarbiyalanuvchilarning sanitariya madaniyati darajasini oshirish, davlat sanitariya nazoratini amalga oshirish masalalari bo‘yicha tekshirish – O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati respublika markazi va hududiy davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari tomonidan;
mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishini o‘rganish, xodimning hayoti va sog‘lig‘i ustuvorligini ta’minlash, mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi ustidan nazorat va tekshiruvni amalga oshirish, xodimlarni ijtimoiy himoya qilish masalalari bo‘yicha tekshirish — O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda uning hududiy bandlikka ko‘maklashish va aholini ish bilan ta’minlash markazlari tomonidan;
aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishini o‘rganish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish va zararini kamaytirish yuzasidan choralarni amalga oshirish, favqulodda vaziyatlar sharoitida harakat qilishga tayyor bo‘lishni tashkil etish, favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tadbirlari bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish masalalari bo‘yicha tekshirish — O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va uning tegishli hududiy bo‘linmalari tomonidan;
er, yer osti boyliklari, suv, daraxtlar va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish, atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat ekologik nazoratini o‘rnatish, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish ishlarini muvofiqlashtirish borasida yagona siyosatni amalga oshirish, chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish, pedagoglar va tarbiyalanuvchilarning ekologik madaniyatini oshirish masalalari bo‘yicha tekshirish — O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va uning tegishli hududiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |