27. Bir deganni ikki demak xush emas,
So´z chu takror topti, dilkash emas.
Ushbu bayt muallifi kim?
A) Navoiy B) Yugnakiy
C) Qoshg´ariy D) Y. X. Hojib
28. a) tildan bemalol, maqsadga va nutqiy vaziyatga muvofiq tarzda foydalana olish, nutqda zaruriy sifatlarning barchasini mujassamlashtira bilishni ta´minlaydigan ko´nikma, malaka va bilimlarning jami…
b) tilshunoslikning tildan maqsadga va nutq vaziyatiga muvofiq tarzda foydalanish, nutqda zaruriy sifatlarni mujassamlashtirish qoidalarini ilmiy asosda o ´rganish va o´rgatish bilan shug´ullanuvchi bo´limi
Berilgan ikki ta´rifga mos javobni toping.
A) nutqning jo´yaligi B) ko´chimlik
C) nutq madaniyati D) ibora
29. Nutq madaniyatining ikkinchi — oliy bosqichi sanalmaydigan birlikni toping.
A) aniqlik, mantiqiylik B) ifodalilik, boylik
C) soflik, jo´yalilik D) to´g´rilik
30. Xato fikrni toping.
A) Adabiy til me´yorlariga amal qilinib tuzilgan nutq to´g´ri nutq bo´la olmaydi.
B) Aytish joizki, nutqning to´g´riligi boshqa barcha kommunikativ sifatlarning poydevori vazifasini bajaradi.
C) Zotan, to´g´ri bo´lmagan nutqning aniqligi yoki mantiqiyligi, ifodaliligi yoki boyligi haqida gapirish mumkin emas.
D) Nutqning to´g´riligi nutq madaniyati haqidagi ta´limotning markaziy masalasidir.
31. 1) leksik (so´z qo´llash) me´yorlari;
2) talaffuz me´yorlari;
3) so´z yasalishi me´yorlari;
4) morfologik me´yorlar;
5) sintaktik me´yorlar
6) uslubiy me´yorlar.
7) imlo (orfografik) me´yorlari;
8) tinish belgilari (punktuatsion) me´yorlari
Nutqning to´g´riligi uchun qaysi me´yorlar xizmat qiladi?
A) 1,2,3,4 B) 1,3,4,6,7
C) 1,2,3,4,5,6,7,8 D) 1,2,3,4,5,6
32. Nima savodxonlikni ta´minlashning asosi hisoblanadi?
A) tinish belgilari (punktuatsion) me´yorlari
B) imlo (orfografik) me´yorlari
C) leksik (so´z qo´llash) me´yorlari
D) uslubiy me´yorlar
33. Bu xabarni eshituvchi — Kumushbibining qora ko´zlari jiq yoshga to ´lib, kipriklari yosh bilan belandilar.
Badiiy asarda ijodkor tomonidan tasvirga erka bir ohang berish maqsadi bilan qo´llangan so´zni toping.
A) Kumushbibining B) kipriklari
C) belandilar D) eshituvchi
34. Yozuvning harflar, raqamlar kabi boshqa vositalari hamda so´zlar, morfemalar kabi til birliklari bilan ko´rsatish mumkin bo´lmagan turlicha fikriy munosabatlarni, psixologik va intonatsion holatlarni ifodalashda favqulodda muhim o´rin tutadigan birlik nima?
A) ibora B) tinish belgilari
C) imlo D) ohang
35. So´z qo´llash orqali nutqiy mantiqsizlik yuzaga kelmagan qatorni toping.
A) Avlodlar merosini о´rganamiz. B) Sening poyingga tushishibdi, yashirin.
C) Uyimni to´nab ketishdi. D) Ichki kechirmalarimni his etsang-do´stsan.
36. Miryoqub g´ururining kaltaklanishidan kelgan bir zaharxanda bilan kuldi, injener esa burungi kular yuzini ham no´qtalab oldi.
Belgilangan so´zlar qaysi uslubga xoslanganligi bilan ajralib turadi?
A) badiiy B) ilmiy
C) publitsistik D) og´zaki so´zlashuv
37. Qaysi gap mantiqan “o´xshagan”?
A) Qor yonib yotibdi.
B) Tug´ishgan singlisiga uylangan.
C) Qalovini topsang, qor yonadi.
D) Aziz bog´cha bolalari, bog´chamiz nomidan sizlarga minnatdorchilik bildiramiz.
40. Mahbuba yomg´irli kunda yo´lda tiyg´anib yiqilib ketay deydi. U shu qadar go´zal va nozikki, yog´ayotgan yomg´ir rishtasini ushlab, uning madadi bilan o´zini o´nglab oladi
Bu fikrlarni kimlar ma´qullagan?
1) X. Dehlaviy; 2) H. Boyqaro; 3) Navoiy; 4) Lutfiy
A) 1,2,3,4 B) 1,3,4
C) 2,4 D) 3,4
41. “Grammatika odamlar nutqini to´g´rilagani kabi — u shuning uchun ham vujudga kelgandir — mantiq ilmi ham xato kelib chiqishi mumkin bo´lgan joyda tafakkurni to´g´ri yo´ldan olib borish uchun aqlni to´g´rilab turadi. Grammatikaning tilga va til ifodalariga bo´lgan munosabati mantiq ilmining aql va aqliy tushunchalarga bo´lgan munosabati kabidir. Grammatika har doim til ifodalarida xatolar kelib chiqishi mumkin bo´lganda, tilning o´lchovi bo´lganidek mantiq ham har doim aqliy tushunchalarda xato kelib chiqishi mumkin bo´lganda, aql o´lchovidir”.
Ushbu fikrlar kimning ijodidan olingan?
A) Forobiy B) Beruniy
C) Farg´oniy D) Ibn Sino
42. Qaysi gapda mantiqiy- mazmuniy ziddiyat bor?
A) Bahor kelib, gullar ochildi.
B) Bola yig´isidan ona uyg´onib ketdi.
C) Koronavirus odamlarni uyiga mixlab qo´ydi.
D) Traktor va mashinalar yelday uchadi.
43. Qaysi gapda mantiqiy-mazmuniy ziddiyat yo´q?
A) Og´zim sizda, ya´ni eshityapman.
B) Oshxonadan kuyindi hidi kelyapti.
C) Loqaydlik tufayli ko´rsak ham, indamaymiz.
D) Dinimizga ko´ra ayollar erkakning qovurg´asidan yaralgan.
44. Matnda bog´lilikning turiga kirmaydigan birlik qaysi javobda berilgan?
A) Mazmuniy bog´lilik B) Kompozitsion bog´lilik
C) Imloviy bog´lilik D) Mantiqiy bog´lilik
45. Quyida qaysi bog´lilikning qoidasi berilgan?
Bunday bog´lilik qayd etmoq lozimki, aniqki, ta´kidlamoq joizki, yuqorida aytib o´tilgani kabi tarzidagi sintaktik qurilmalar yordamida ifodalanadi.
A) Mazmuniy bog´lilik B) Kompozitsion bog´lilik
C) Imloviy bog´lilik D) Mantiqiy bog´lilik
46. Fikrlar “bo´tqa”si yuzaga kelgan gapni toping.
A) Oldimdan qora mushuk chiqib qoldi, orqaga qaytdim.
B) Supurgini yotqizib qo´y, falokat bo´ladi.
C) Biz O´zbekistonda to´yingni qilganimizda Rossiyada eding.
D) Onam – boyligim.
Do'stlaringiz bilan baham: |