14. Koʻzim oʻngidan hadsiz odamlar oʻtdi. Belgilangan so´z nega mantiqqa to´g´ri kelmaydi?
A) Belgilangan so´z, asosan, yer maydonini ko´rsatgan, odamni emas.
B) Belgilangan so´z, asosan, eski tilga oid, hozirgi davrga emas.
C) Belgilangan so´z imloviy xato qo´llangan.
D) Belgilangan so´z mantiqqa zid tarzda qo´llanmagan.
15. Qaysi gapda so´zlar mantiqan xato emas?
A) Boyqush qaysi xonadonga qoʻnib, ovoz chiqarsa, noxushlik alomatidan darak emish.
B) U nihoyatda ehtiyot boʻlib harakat qilayotganini uyqu elitgan koʻzlari bilan sezdi.
C) Odamlar nochorlikdan, yegani narsasi yoʻqligidan roʻza tutib yurishibdi.
D) Qish. Yanvar havosi juda sovuq. Laylakqor hadeb yog´gani-yog´gan.
16. Qaysi gapda so´zlar mantiqan to´g´ri qo´llangan?
A) Imzoga qoʻl qoʻyish mahalida gurs etib yerga quladi.
B) Hikoya va suhbatdan tashqari oʻzbek tilini yaxshi oʻrganish, unga qiziqishni uygʻotish maqsadida til oʻrgatishga oid oʻyinlar, kichik-kichik she´rlar, badantarbiya va ashulalar berib boriladi.
C) Chuqur atrofida biroz yurgandan soʻng it iz ortidan yurib ketdi.
D) Sattorov yolvorgan ohangda koʻzlarimga umidvor qaradi.
17. Sattorov zarda bilan planshetni irgʻitib yubordi-da, mening soʻzlashimga erk bermay, sakrab oʻrnidan turdi.
Mantiqiylikning buzilishiga sabab bo´lgan birlik (so´z) necha bo´g´indan iborat?
A) 5 B) 3 C) 2 D) 4
18. Men Ahmadni chaqirish oldidan stol ustiga uning Valitov bilan tushgan suratini ham, Zaremaning fotosuratlarini ham sochib qoʻygan edim.
Mantiqiylikni buzayotgan birlik (so´z(lar)) o´rnida qaysi javobdagi birlik mos?
A) yoyib qo´ygan edim B) taklif etish oldidan
C) rasmini D) Zarinaning
19. Mana, u oyoq uchida sekin yonimga yoʻrgʻalab keldi-da, meni odatdagiday soʻroqlarga koʻmib yubordi.
Ortiqcha so´zni toping.
A) Mana B) koʻmib yubordi
C) oyoq uchida D) yoʻrgʻalab
20. Qaysi qatordagi gap grammatik vosita sabab mantiqan buzilgan?
A) Sudning kimyoviy ekspertizasi T.Boʻriyevning qoʻllari, kurtkasining chap choʻntagidagi maxsus kukun izlari mavjudligi, kukunlar tarkibi ham bir-biriga mosligini aniqladi.
B) Sudning kimyoviy ekspertizasida T.Boʻriyevning qoʻllari, kurtkasining chap choʻntagidagi maxsus kukun izlari mavjudligi, kukunlar tarkibi ham bir-biriga mosligi aniqlandi.
C) Sudning kimyoviy ekspertizasi tomonidan T.Boʻriyevning qoʻllarida va kurtkasining chap choʻntagida maxsus kukun izlarining mavjudligi hamda ularning tarkibi ham bir-biriga mosligi aniqlandi.
D) Sudning kimyoviy ekspertizasi T.Boʻriyevning qoʻllari, kurtkasining chap choʻntagidagi maxsus kukun izlari mavjudligi, kukunlar tarkibi ham bir-biriga mosligi aniqlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |