NUTQ MADANIYATI
1. Yaxshisi, chopqillab chiqqin-da, kesak otib, boyqushni uchirtirib yubor.
Noo´rin qo´llangan vositani toping.
A) –b B) –da C) –ni D) –tir
2. Koʻl yoqasidan oʻtgan zaxkashning muzdek salqin zaxob suviga qiychuvlashib choʻmilishamiz.
Qo´shimchasi noo´rin qo´llangan so´zlar qanday sintaktik vazifada kelgan?
A) to´ldiruvchi, kesim B) kesim, hol
C) aniqlovchi, hol D) to´ldiruvchi, aniqlovchi
3. Uning (Otabekning) koʻngil mevasi bu kungi qora voqea bilan qanday oʻralib, yoʻqolib ketgan boʻlsa, bundagi daraxtlar ham oʻz mevalarini kecha rangi bilan boʻyab, yashil yaproqlari ila koʻmgan edilar, ya´ni bunda oʻsgan daraxtlar qanday meva beradir ― ajratish qiyin edi. U shu qorongʻizor bilan qoʻshilishib ketgandek va qorongʻulikning quchogʻiga kira borgandek mevazorning ichkarisiga yura bordi. (Abdulla Qodiriy)
Badiiy maqsad bilan soʻz yasalishi me´yorlaridan chekinish holati yuz bergan. O´sha yasalmaning yasovchi vositasi o´rnida qanday yasovchi vosita bo´lgani adabiy me´yorga mos?
A) –iston B) –goh C) –loq D) –lik
4. Fuqarolar yigʻinlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishda jamoatchilik komissiyalarining oʻrni sezilarli boʻlayapti.
Qaysi turkumning so´zida imlo me´yorlariga amal qilinmagan?
A) ot B) fe´l C) ravish D) sifat
5. «Barakalla ota-oʻgʻil, bopladingiz!» Oʻgʻli Hasanboyni bagʻriga mahkam bosib, shunday deyishni diliga tukkan Ma´rufjon Hayitboyevni suhbatga tortamiz. (Gazetadan)
Belgilangan so´z imloviy jihatdan xato. Nimasi xato?
A) –kan shakli sabab asosda imloviy xatolik yuz bergani bois.
B) –kan sifatdoshi fe´lga qo´shiladi, otga emas.
C) Eski tilning adabiy so´zi bugungi adabiy formaga mos kelmay qolgan.
D) Imloviy xatolik kuzatilmagan.
6. Qaysi gapda barcha so´z adabiy til me´yorlariga mos?
A) Xalq tarixini oʻrganishi lozim boʻlgan ilmgoh, asosan, Xolidiyning xizmatini oʻtash bilan mashgʻul edi. (T.Malik)
B) Nomini tutib baloga qolmaylig-u, poytaxtdagi nufuzli, koʻchadan kelgan har qanday odam ikki dunyoda ham ostonasiga qadam bosolmaydigan bir bilimgohning yil sayin qabul hay´atida bakovullik qiladigan yoʻgʻon domlasi qanaqa davron surishi mumkin ― tasavvur qilib olavering. (Erkin A´zam)
C) Aytishlaricha, bir havaskor muxbir tuman gazetasiga maqola yozib olib borgan emish, muharrir koʻrib: «Xoʻsh, nima, Dneproges qurilibdimi, bu haqida butun boshli maqola chiqarsak?!» (A.Muxtor)
D) Boʻsh vaqt bermas jarida ham noshirlikning ishi koʻp. (E.Vohidov)
7. Qaysi gapda vergul “ortiqcha”?
A) Chol salmoqlab gap boshladi:
― E, xotin oʻlmaydigan odam bormi?
B) Orif aka saratonning jazirama, kunlaridan birida, Ergashga bergan va´dasiga muvofiq, bogʻlardan xabar olgani Koʻykiga chiqib ketdi.
C) Oʻzingiz xabar bermaysizmi ishqilib? ― Matkarimov xezlanib oʻrnidan turib ketdi.
D) Yigitdan tayinli javob ololmasligini bilsa ham yana soʻradi: ― Kim telefon qilgandi? ― Bilmadim, mehmon keldi, shekilli… (Tohir Malik)
Do'stlaringiz bilan baham: |