Kirish 1-test Quyidagi ta’rif qaysi tilga nisbatan aytilgan? «Xuddi bir guruh mutaxassislar birgalashib ishlab chiqqanday»



Download 3,89 Mb.
bet68/82
Sana28.04.2022
Hajmi3,89 Mb.
#588905
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   82
Bog'liq
1. Testlar to\'plami (2)

albatta, shaksiz, shubhasiz, menimcha, balki, ehtimol, chamasi, uning ta’kidlashicha, darhaqiqat, haqiqatan, fikri ojizimcha, afsuski, attang, aytishlaricha, demak, avvalambor.
A) 3 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 6 ta

6. Noto’gʻri hukmni aniqlang.


A) Kiritmalar barcha bo‘laklar kabi sodda va murakkab bo‘ladi.
B) Kiritmalar gapning, xususan, matnning umumiy mazmuniga aloqador bo‘lmaydi.
C) Kiritmalar so‘z birikmalari, kengaygan birikmalar va gaplar bilan ifodalana oladi.
D) Kiritmalar biror bo‘lak bilan hokim-tobelik aloqasiga kirmaydi.

7. So’zga qoʻshimcha ma᾽no beruvchi shakl bilan birga qoʻllangan diqqatni tortuvchi soʻz qaysi gapda uchraydi?


A) Odamlar, siz mening hayotim, Har biringiz umrim parchasi. (E. Vohidov)
B) Bo‘tam, orqaga qayt. Manavilarni uyga tashlab, keyin boramiz. (Said Ahmad)
C) Ey Vatan, bag‘ringda shod Erkin o‘g‘loning bo‘lib
Yurmoqni istaydir ko‘ngil. (E. Vohidov)
D) Hoy qizginam-ey, qizginam-ey. Nimalar qilib qo‘yding, qizginam-ey. (O. Yoqubov)

8. Endi sen chorlasang, toki tanda jon, Labbay deyajakman, Vatan – onajon. (A. Oripov)


Gap boʻlaklari bilan grammatik aloqaga kirishmaydigan birlik tarkibida nechta shovqinli portlovchi bor?
A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 1 ta

9. Qaysi gaplardagi kiritmalarda ega va kesim ishtirok etgan?


1) Musobaqalarda Rahimberdi (siz uni taniysiz) peshqadamlik qilmoqda;
2) «O‘tkan kunlar» (siz bu romanni o‘qigansiz, albatta) o‘zbek romanchiligi tarixida alohida o‘rin egallaydi;
3) Chinorning yonish voqeasi (uning tafsilotini ikkinchi bobda bayon qilgan edik) jamoaga asta-sekin ma’lum bo‘la boshladi;
4) Shokir sartarosh (tumanda uni hamma taniydi, siz ham tanisangiz kerak) o‘g‘lini uylantirmoqchi bo‘libdi. («Afandi latifalari»dan)
A) 1-,2-,3-,4- B) 1-,2-,4- C) 2-,3-,4- D) 1-,2-

10. Faylasuf va olimlarning odati, axloqi ham o‘z kasbiga loyiq, xuddi tug'madek bo‘lishi kerak.


Ushbu gapda qanday gap bo‘lagi uyushmagan?
A) ega B) aniqlovchi C) kesim D) to‘ldiruvchi

11. Qaysi qatorda izohlovchi aniqlovchi uyushgan?


A) Eshmat polvon, shuningdek, oshpaz Salimlar kelyapti.
B) Dramaturg, nosir, tarjimon, shoir Fitrat Turkiyada ham tahsil olgan.
C) Yosh, navqiron Amir Temur va zehni o‘tkir, qo‘li ochiq Navoiy bizlardan rozi bo‘lishi kerak.
D) O‘sha o‘qituvchi ayol va uning bolasi asalchi G‘ulom nega bizni mashinasiga mindirmadi ekan-a?

12. Qaysi gapda so‘zlarning uyushishi kuzatilmaydi?


A) Xalqimizning jigargo’shalari, tabarruk padari buzrukvorlari mangu uxlaganlar bu yerda.
B) Bahor kelishi bilan bog‘larda ko‘chat o‘tkazish, yer yumshatish ishlari avj oldi. (Gazetadan)
C) Ilgari zamonlarda olimlar o'z oldilariga yunoncha «aspiron», ya'ni «intilaman» degan shior qo'yganlar.
D) Olmosh va atoqli otlar pragmatik funksiyaga ega bo‘ladi.

13. Qaysi undalma tarkibida sinekdoxa usulida ma’nosi ko‘chgan so‘z mavjud?


A) Ha, “Ford” haydovchisi, yo‘l harakatini buzmadim deyapsizmi?
B) Hey qavariq peshana, nega buncha egilib olgansan?
C) Vaqt arg‘umog‘i, seni ovutib bo‘lmayapti.
D) Hoy zebra sumka, chetroq o‘tib tur.

14. Teng bog‘lovchi qaysi qatorda berilgan?


A) Eshon bilan Kifoyatxon qulay bir joyni topib, bularni kuzatishni o‘ylab qoldi. Eshonning bundan xabari yo‘q.
B) Faqat badiiy asarlarni ko‘p o‘qish bilan masalalarni ko‘p yechish yaramaydi hozir.
C) Suhayl bilan Mehr o‘zini baxtli his qila olardi, Mehrning orzusi shu edi.
D) Do‘st bilan obod uying, gar u bo‘lsa, vayrona ham.

15. Qaysi gapda harakat nomi uyushgan aniqlovchi vazifasida kelgan?


A) Birovlarning gapini zimdan tinglash odobdan emas.
B) Bilim o’qish va takrorlash mevasidir.
C) Erta bahorda ko’chat ekish, yerlarni yumshatish eng yaxshi
odatlarimizdir.
D) Yozuvchi turmushni har tomonlama o’rganishi, buning uchun uning hamma sohalaridan xabardor bo’lishi kerak.

16. Ajratilgan bo‘lak qaysi qatorda mavjud ekanligini aniqlang.


A) Chappar urib gullagan bog‘in, O‘par edim vatan tuprog‘in. (Hamid Olimjon)
B) Bemorlar suv ichgani buloq tomonga ketishyapti- shoshqin, serhayajon. (Said Ahmad)
C) U supadan tushib, vazmin bosib bog‘ sari yo‘naladi. (Erkin A’zam)
D) O‘smir o‘rtoqlarining oldida uyalganiga ham uydan ketishga ahd qilgan. (Tohir Malik)

17. Uyushiq bo‘lak qatnashgan javobni aniqlang.


A) Har kimki so’zi yolg’on, yolg’oni zohir bo’lg’och uyolg’on.
B) Bog’imizda uzumning hamma xilidan bor.
C) – Bunaqa narsa menga ta’sir qilmaydi, – dedi Mastura.
D) Baxtsizlikning sirini boshqalardan emas, o’zingdan izla.

18. Umumlashtiruvchi so’z uyushiq bo‘laklardan keyin qo’llanilsa, qanday tinish belgisi ishlatiladi?


A) ikki nuqta B) tire C) vergul D) nuqtali vergul

19. Qaysi gapda izohlovchi aniqlovchi ajratilgan?


A) U shunday odam – kekkaygan, mag’rur.
B) Cho‘ponning, chorvadorning, yili keldi.
C) Mukofotga «Volga» oldi
Salim bobo, brigadir.
D) Qaroqchining, o‘g‘rining, ishi to‘nash.

20. Qaysi javobda ega qatnashmagan undalmali gap berilgan?


A) Oʻsha damgi iqbolim ham, onajonim, sengadir.
B) O, Qashqar tuprogʻi, qashshoqmiding sen?
C) Yetar, ey cholgʻuchi, bas qil sozingni.
D) Nechun kerak, rubob, senga shuncha gʻam.

21. Madaniy axloq kishining yurishida, turishida, soʻzlashida, ovqatlanishida, odamlar bilan xayrlashishida, hamrohini raqsga taklif etishida namoyon boʻladi?


Gapdagi uyushgan boʻlaklarning nechtasi yasama soʻz ekanligini aniqlang.
A ) 3 B) 2 C) 5 D) 4

22. Ajratilgan hol qaysi qatorda berilmagan?


A ) Men ko‘rsatilgan stulga – to‘rga o‘tib o‘tirdim.
B) Haligina, siz kelmasdan sal avval, biroz o‘zimga kelgach, joy-joylariga ketishdi. (A. Ibrohimov)
C) Shoirning kulbayi vayronasi shaharning eng chekkasida, Bog‘i Firuz va Bog‘i Mahmud kabi ko‘rkam bog‘lar atrofida joylashgan edi. (O. Yoqubov)
D) Temir eshikli podyezd, ikkinchi qavat, chap tomondagi kvartira – bu sizning xonadoningiz.

23. ― Meni aldamagil, yolgʻonchidan el nafratlanadi, – desa ham, Durroj quloq solmas, yolgʻonchilikni, aldashni qoʻymas edi.


Toʻgʻri hukmni toping.
A) Bosh boʻlaklar uyushgan.
B) Ikki xil boʻlak uyushgan.
C) Uyushgan bo‘laklarning bari yasama.
D) Faqat toʻldiruvchi uyushgan.

24. Qaysi gapda bogʹlovchi na uyushishda, na qoʹshma gap boʹlishda qatnashgan?


A) Men va Jamshid yoʹlga otlandik, chunki kun kech boʹlmoqda edi.
B) Gullarning sarasi va xushboʹyi mana shu boʹladi.
C) Agar yor kulsa, shikor kular.
D) Vatanni, yaʼni kindik qoni toʹkilgan tuproqni asra.
25. To'ng'ich o'g'il amir Mas'ud qolib, kichik o'g'il, aqli noraso Muhammadni taxtga ko'tarmoq rejasini tuzadurlar!
Ushbu gapda ajratilgan bo‘lak qaysi bo‘lakka nisbatan hokim?
A) egaga B) holga
C) to‘ldiruvchiga D) aniqlovchiga



Download 3,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish