Kirish 1-test Quyidagi ta’rif qaysi tilga nisbatan aytilgan? «Xuddi bir guruh mutaxassislar birgalashib ishlab chiqqanday»



Download 3,89 Mb.
bet64/82
Sana28.04.2022
Hajmi3,89 Mb.
#588905
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   82
Bog'liq
1. Testlar to\'plami (2)

5-test

1. Ifoda xususiyatiga koʻra boshqalaridan farq qiluvchi gap qaysi qatorda berilganligini aniqlang?


1) Bolalar ishlayaptilar;
2) Siz dalaga borgansiz;
3) Men hikoyani o‘qidim;
4) Sigirni necha pulga sotding?
A) 4- B) 2- C) 3- D) 1-

2. Sodda gap berilmagan gapni aniqlang.


A ) Umrimda bormagan joyimga qanaqa qilib boraman? (A. Q.)
B) Darig‘ tutmay nigorim bo‘lsa imkon, bir kelib ketsin. (H. Niyoziy)
C) Sergey otdan sakrab tushib, cholga qo‘l uzatdi. (H.G‘.)
D) Kap-katta bo‘lib shunga ham vaj topolmaysizmi? (A. Q.)

3. Quyida berilganlarning nechtasi sintaksis bo‘limida so‘zlarni o‘zaro bog‘lash uchun xizmat qilmaydi?


Kelishik, egalik, bogʻlama, zamon va shaxs-son qo‘shimchalari, ko‘makchi va bog‘lovchilar…
A) 2 tasi B) 3 tasi
C) barchasi xizmat qiladi D) 1 tasi

4. Oq paxtalar ochildi, Teraylik quvnab-quvnab. (Qo‘shiq)


Bunda necha xil gap boʻlagi ishtirok etgan?
A) 2 xil B) 5 xil C) 4 xil D) 3 xil

5. Bug‘doyning boshog‘i ko‘kragimga tegardi.


Fonetik hodisa kuzatilmagan so‘zning sintaktik vazifasini toping.


A) ( ) B) ( )
C) ( ) D) ( )

6. Qaysi qatorda fe᾽l kesim qatnashgan?


A) Oltita bolani bag‘riga olgan Mahkam taqachi – shu.
B) Mo‘tabar eshikni sekin yopib chiqib ketdi. (R.F.)
C) Bu qarorni amalga oshirishdagi birinchi qadam – o‘qish, o‘qiganda ham a’lo o‘qish edi. (O‘.H.)
D) Tabiatda hech qanday sirli kuch ta’sirida ro‘y beradigan narsa yo‘q. (J.Abd.)

7. Kap-katta bo‘lib shunga ham vaj topolmaysizmi? (A. Q.)


Bundagi ot qaysi gap boʻlagi vazifasida kelgan?
A) toʻldiruvchi B) ega C) hol D) kesim

8. Qaysi gapda kesim eng ko‘p qo‘llangan?


1) Sanasangiz-sanamasangiz ham hammasi qirqta. (O.)
2. ...Tez hal qilish kerak, talabgorlar ko‘p. (O‘.H.)
3. Mingbuloq o‘zi yaxshi, suv esa serob, lekin u qarovsiz. Ko‘chalari tor edi, qing‘ir-qiyshiq edi. (O‘.H.)
4. Uning Vohid Mirobidov haqidagi gaplari ham qiziq. (O.Y.)
A) 1- B) 3- C)4- D) 2-

9. Kesimi ibora bilan ifodalangan gapni aniqlang.


A) Qulog‘im sizlarda, mehmonlar! – dedi u tik turganicha. (J.Abd.)
B) Ilm, fan va fikr olami nihoyatda keng va chuqur. (O.)
C) Bu joylar menga yoqadi, juda-juda! (J.Abd.)
D) Sen chala qolgan yerlaringgagina achinyapsan!– dedi Bektemirjon. (J.Abd.)

10. 1. Zap bitibdi-da, jonivor! (H.G‘.)


2. Ha, ho‘kiz uylaringga eltib berilsinmi?! Axir borilsin, arz qilinsin-da!!! (A.Q.)
3. Ering ota-onasidan kechsinmi?! – dedi. (A.Q.)
4. Sen qanaqa cho‘qqiga intilgan eding?! (A.Q.)
5. O‘n yil! O‘n yildan beri kasal ekanmi?! (A.Q.)
Qaysi gapda yordamchiga oid birlik berilmagan?
A ) 2-,3- B) 5- C) 4- D) 1-,3-,4-,5-

11. Siz yo‘qmidingiz? Nega yig‘lanadi? A? Yig‘lanmasin! (A.Q.)


Soʻnggi gapdagi morfemik tuzilish qaysi uslub qolipiga yaqinroq?
A ) ilmiy B) badiiy C) soʻzlashuv D) rasmiy

12. 1) Shahnoza o‘qidi.


2) Shahnoza kitobni o‘qidi.
3) Shahnoza shu kitobni o‘qidi.
4) Oʻgʻli borning oʻrni bor, qizi borning – nozi.
5) Shahnoza shu kitobni hayajon bilan o‘qidi.
Yuqoridagi nechta qatorda toʻliqsiz gap mavjud?
A) bitta B) ikkita C uchta D) toʻrtta

13. Qaysi qatordagi gapda ergashtiruvchi bogʻlovchi sodda gaplarni bogʻlash vazifasini bajargan?


1. Bahor keldi va dala ishlari boshlandi.
2. Osmonni qora bulut qopladi, lekin yomg‘ir yog‘madi.
3. Bir nima demoqchi bo‘ldi-yu, tili og‘ziga tiqilib qoldi.
4. Ertaga jo‘namasligi aniq bo‘lib qoldi, chunki o‘z qishlog‘iga shu holda bora olmaydi.
A) 2- B) 1- C) 4- D) 3-

14. Qaysi qatorda ega turdosh ot bilan ifodalangan?


A) Mard bir o‘lar, nomard yuz o‘lar. (Maqol)
B) Nizomjon konvertni dadasining qo‘liga berdi-yu, g‘izillaganicha chiqib ketdi. (S.A.)
C) Xalil ota halol va mehnatsevar kishiga xos izzat-obro‘sini va qadr-qimmatini chuqur tushuntirdi. (Sh.R.)
D) Go‘yo tabiat tamomila uxlaganday, hammayoq jimjit edi.

15. Bu shaharda tanish-bilish yo‘qligi Mirzayevga shu bugun bilindi. (A. Q.)


Soʻzlarning sintaktik vazifasini ketma-ketlikda aniqlang.
A) hol, aniqlovchi, ega, toʻldiruvchi, aniqlovchi,hol, kesim
B) aniqlovchi, hol, aniqlovchi, ega, toʻldiruvchi, hol, kesim
C) aniqlovchi, hol, ega, toʻldiruvchi, hol, kesim
D) hol, ega, toʻldiruvchi, aniqlovchi,hol, kesim

16. Ibora ega bo‘lib kelgan qatorni toping.


A) Ko‘zim ilingach, tush ko‘ribman.
B) Bu ahvoldan kapalagim uchdi.
C) Aravani quruq olib qochish-dangalning ishi emas.
D) O‘pkasini qo‘ltiqlaganni jazoga tortishdi.

17. Bir xotin sabzavotlar solingan og‘ir to‘r xaltasini ko‘tarib kelayotgandi.


Orqada ketma-ket ikki bola, ularning ketidan bir chol kelmoqda edi. Bir mahal to‘r xaltadan bir kartoshka tushib dumalab ketdi.
– Xola, kartoshkangiz tushdi, – deb birinchi bola o‘tib ketaverdi.
Ikkinchi bola hech narsa demadi-yu, yerdagi kartoshkani olib, to‘r xaltaga soldi. Orqadan yetib kelgan chol bolaga:
– Baraka top, bolam, – dedi.
(H. Murodov)
Mikromatndagi kesimlar sonini aniqlang.
A) 11 ta B) 10 ta C) 9 ta D) 8 ta

18. Bir chumoli suvga tushib, cho‘kib ketayotgan edi(1).


Uni ko‘rgan kabutar darhol tumshug‘iga bir somon cho‘pini olib, chumoliga uzatdi(2).
Chumoli so‘nggi quvvatini to‘plab, cho‘pga osildi(3).
Kabutar chumolini qutqarib qoldi(4).
Qaratqichli birikma qaysi gapda qatnashganligini aniqlang.
A) birinchi B) uchinchi C) ikkinchi D) toʻrtinchi

19. Chumoli kabutarga qanday rahmat aytishini bilmay unga mehr bilan qaradi.


Egani toping.
A) rahmat B) chumoli
C) mehr D) kabutarga

20. Oyog‘idan o‘rmalab, boshiga chiqib oldi va ko‘zidan shunday chaqdiki, ovchi jon achchig‘ida miltig‘ini qo‘lidan tushirib yubordi.


Fonetik hodisaga uchragan soʻzlar qanday sintaktik vazifada kelgan?
A) hol, kesim B) hol, toʻldiruvchi
C) ega, aniqlovchi D) aniqlovchi, toʻldiruvchi

21. Uch dona soʻzdan iborat kesim qaysi gapda berilgan?


A) Biz kecha muzeyga bordik.
B) Keksa bog‘bon ko‘m-ko‘k ajriq ustida o‘tirib hordiq chiqardi.
C) Mayin esgan shamol ko‘nglimizni chog‘ qildi.
D) Ustozlarning qadr-qimmatini bilmagan kishi o‘qituvchi bo‘la olmaydi.

22. Dildora kechagi saylovni zavqlanib gapirdi.


Sintaktik tahlil qiling.
A) Ushbu gapda ega ravish bilan, kesim fe’l bilan ifodalangan.
B) Ushbu gapda 2 ta sifatlovchi aniqlovchi bor.
C) Fonetik hodisali so‘z holga bog‘langan.
D) Yasama fe’l yasama fe’lga ergashgan.

23. Qaysi qatorda nuqtalar oʻrniga tiklangan birliklar kelishikli toʻldiruvchi va koʻmakchili holni yuzaga keltirgan?


A) Dadash mehribon odamlar...(bilan) suhbatlashish...(-dan) zavqlanar edi. (I.R.)
B) Sen men... (-ni) gap... (bilan) chalg‘itma. (Ch. Ayt.)
C) A’zam tizzasidagi mahsi... (-ni) hafsala... (bilan) pishiq tikadi. (O.)
D) Mana riyokor ota... (-ning) ikki og‘iz shirin so‘zi tug‘dirgan umid...(-dan) To‘tiqiz... (-ning) ko‘ngli ko‘tarildi. U xuddi buvisi...(-ni), xolasi...(-ni) ko‘rganday suyundi. (M.Ism.)

24. Temirjon uni o‘zgacha sevinch va hayajon bilan kutib oldi. (J.Abd.)


Uyushgan gap boʻlagini toping.
A ) vositali toʻldiruvchi B) ega
C) vositasiz toʻldiruvchi D) ravish holi

25. Gapni yuzaga keltirish, fikrni ifodalash maqsadida kesimning gapdagi ahamiyati juda katta.


Egani toping.
A) ahamiyati B) yuzaga keltirish
C) ifodalash D) katta

26. Qaysi turkum so‘zlari bilan ifodalanishiga ko‘ra boshqalaridan farq qiluvchi kesim matnning nechanchi gapi sanaladi?


(1)Shunda bir dehqonning bug‘doy ek deb buyurilgan yerga tariq sochayotganini ko‘rib qolibdi.
(2)Luqmoni hakimning jahli chiqibdi: (3)«Hoy ahmoq, to‘xta.(4) Sen jinnimisan?!
A ) ikkinchi gap B) uchinchi gap
C) toʻrtinchi gap D) birinchi gap

27. Men gapirganda karmiding? Nega bu yerga tariq sochyapsan, bug‘doy ek, deb senga buyurgangandim-ku», – deb do‘q qilibdi.


Nechta egasiz gap bor? (egasi ma’lum)
A) 4 ta B) 3 ta C) 2 ta D) 1 ta

28. Nodonsan-da, – debdi Luqmon. – Shuning uchun qulsan. Tariq eksang, bug‘doy o‘rasanmi?! Xudo ekkaningni beradi.


Nechta egasiz gap bor? (egasi ma’lum)
A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 5 ta

29. Qaysi qatorda fe᾽l kesim qatnashgan?


A) Yo‘qoling, siz bilan adi-badi aytishishga vaqtim yo‘q!
B) Me᾽damga tegayotgani sening qilayotgan taq-tuquringdir.
C) Mening hayotimning tinchi sening dod-voying ekan.
D) Bilimni qancha egallaganing bilan baribir oz.


30. Ilm qadrini bilgan umr qadrini biladi.
Otlashgan so‘zning sintaktik vazifasini toping.
A) ( ) B) ( )
C) ( ) D) ( )



Download 3,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish