Kirish 1-test Quyidagi ta’rif qaysi tilga nisbatan aytilgan? «Xuddi bir guruh mutaxassislar birgalashib ishlab chiqqanday»



Download 3,89 Mb.
bet69/82
Sana28.04.2022
Hajmi3,89 Mb.
#588905
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   82
Bog'liq
1. Testlar to\'plami (2)

QO‘SHMA GAPLAR


1-test


1. Quyidagi matnda nechta qoʻshma gap qatnashgan?
Bahrom o‘zining go‘zal kanizagi Fitna bilan kiyik oviga chiqdi. Ov vaqtida Bahrom bir kiyikni shunday ustalik bilan otadiki, bundan o‘zi ham bag‘oyat hayratga tushadi. Bahrom kanizagiga ko‘z tashlaydi, ammo uning hayratlanmaganligi Bahromni darg‘azab etadi. U o‘z sarkardasiga kanizakni o‘ldirishni topshiradi. Qiz sarkardaga ko‘p yolvorib iltijo qiladi, shuning uchun u Fitnani shahardan tashqaridagi hovlisiga eltib qo‘yadi. Fitna har kuni u yerda bir buzoqchani zinadan ko‘tarib boloxonaga boqqani olib chiqadi. Oradan ma’lum vaqt o‘tadi va haligi kichik buzoqcha bahaybat navvosga aylanadi, lekin Fitna odatdagidek uni hech qiyinchiliksiz zinalardan ko‘tarib chiqishda davom etaveradi. Bir kuni sarkarda ovdan qaytayotib, Bahromni o‘z oromgohiga taklif qiladi. Yuqorida aytilgan voqeani o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan shoh hayratga keladi va Fitnani topib, uzr so‘raydi, hamda unga uylanadi.
A) 6 ta B) 7 ta C) 5 ta D) 4 ta


2. Necha qatorda sodda gap berilgan?
1. Haqiqiy do‘stlarning sadoqati boshga ish tushganda bilinadi. (Oybek) 2. Odamlar siz bilan dardini yoki quvonchini o‘rtoqlashsa, diqqat bilan tinglang. (Deyl Karnegi). 3. Odamning turli fe’1-atvorli do‘stlari bo‘ladi, hammasi bilan fe’liga, tabiatiga qarab, yaxshi muomala qilish zarur. (M.Mahmudov)
4. G‘ayratlining yuragi qaynar,
G‘ayratsizning yuragi o‘ynar. (Maqol)
5. Omon laganning tagini non surkab yalab turganda, ko‘cha-ko‘yni to‘ldirib, ayqirib-chayqirib besh kishi kirib keldi. (G‘afur G‘ulom)
A) 2 ta B) 1 ta C) 3 ta D) 4 ta


3. Qaysi qatorda nisbiy soʻzlar qoʻshma gap qismlari tarkibida kelgan?
A) Fikr ravshan bo‘lsa, albatta, uning shakli ham ravshan bo‘ladi. (P. Qodirov)
B) Kimning qalbi pok bo‘lsa, u to‘g‘ri va baxtli hayot kechirishga haqli. (H.Razzoqov)
C) O‘zingga do‘st tanla, chunki bir o‘zing baxtli bo‘lolmaysan. (Pifagor)
D) Shuni bilki, odamlar do‘stlik tufayli baxtiyordir. («Qobusnoma»)


4. Bogʻlangan qoʻshma gap qaysi qatorda berilmagan?
A) Sarbon shundog‘ dedi-da, quchog‘ini ochib Abu Bakr tomon kela boshladi.
B) To‘lagan ro‘molchasini cho‘ntagidan oldi va boshqatdan qatladi-da, yana cho‘ntagiga solib qo‘ydi.
C) Gapni cho‘zma, chunki hayot qisqadir. (M.Larin)
D) Yo‘q, faqat meni bilishmaydi, lekin boshqalarni, jumladan, seni ham, yaxshi bilishadi.


5. Bogʻlovchi vositasiga koʻra “qiyoslash, zidlash “ mazmunli qoʻshma gap shakllanadigan qatorni aniqlang.
l.Dushman nasihatiga qarab ish tutmoq xato, (yo, ammo, va) nima deganini bilib qo‘ymoq ravo. (A.Qodiriy)
2. Har bir narsa aqlga muhtoj, aql (lekin, yoxud, esa) tajribaga muhtojdir.
3. Tong cho‘qqidan oshdi (biroq, va, lekin) qishloq uzra quyildi. (T. Sodiqova)
4. Biz shahar havosidan qochib, tabiatda jon asragimiz keladi (-yu, biroq, ammo) sho‘rlik tabiatning o‘zi bizdan bezillaydigan bo‘lib qolibdi. (O‘. Hoshimov)
5. Paxta terish bilan bandman, (-u, ammo, yoki) butun diqqatim Muattarda. (U. Nazarov)
A) 1,5 B) 3 C) 4 D) 2


6. Qaysi gap qismlarini sof bogʻlovchilar bogʻlashga xizmat qilishini nuqtalar oʻrniga mos bogʻlovchi qoʻyib aniqlang.
A) Dekabr oyining boshida bir qor yog‘di..., keyin yana oftob charaqlab, havo ilib ketdi. (P.Qodirov)
B) Ko‘pirar tomirlarda qon ... portlar hademay bu o‘tli vulqon. (G‘afur G‘ulom)
C) Kuzning o‘rtalarida havo bir-ikki daf’a aynidi..., vodiyga qalin tuman tushdi. (Said Ahmad)
D) Keta boshladim..., u notanish odamning qayoqqa borgani meni qiziqtiraverardi. (Sh.Xolmirzayev)
A) 1 ta B) hammasida C) 3 ta D) 2 ta


7. Bir sodda gapida 2 ta yordamchi soʻzi bor qo‘shma gapni toping.
A) Ba’zilar hordiq chiqarishga kirishadilar-u, ba’zilar podalari izi
dan cho‘lga qarab ketdilar. (Sh.Xolmirzayev)
B) Maqtamasman moziyni, biroq O‘tmishingni o‘ylayman bir zum(zidlik).
C) Oy yoritadi, lekin isitmaydi(zidlik).
D) Hammasini tinglardim, ammo O‘xshashini topmasdim aslo(zidlik). (Hamid Olimjon)


8. Nechta gap aytilgan ishlarning faqat bittasining yuzaga chiqishini ta’kidlaydi?
1) Dam kun birdan qizib ketadi, dam bulut kelib jala quyadi. (Qamchibek Kenja)
2) Yo mehmon kelganini bilmaydi, yo bilsa ham, o‘zini bilmaganlikka soladi. (Nabi Jaloliddin)
3) Ba’zan qurbaqalarning qurillashi quloqqa chalinib, kishiga rohat beradi, ba’zan itlarning vovillashi bu ovozlarni bosib ketadi. (Asqad Muxtor)
4) Goh qah-qah kulgi ovozi eshitiladi, goh muzika sadosi avjiga chiqadi. (Ismoil To‘lak)
5) Polvonlar epchillikda bir-biridan o‘tadi, kurashda goh unisi, goh bunisi yutadi. (Bu gap sodda gap tarkibidagi eganing uyushgan holatidir). (Rustam Musurmon)
6) Yo urug‘ aynigan, yoki agrotexnika qoidalari buzilgan. («Xalq so‘zi» gazetasidan)
A) 2 ta B) 1 ta C) 3 ta D) 4 ta


9. Necha qatorda qoʻshma gap qismlarini inkor boʻg‘lovchisi bogʻlagan?
1) Xuddi birov ko‘kragimga ming pudli tosh bostirib qo‘ygandek na qo'limni, na oyog‘imni qimirlata olaman. (Murodjon Mansur)
2) Na ko‘nglimni so’ka olaman, Na o‘glimni so‘ka olaman. (Iqbol Mirzo)
3) Na baqirganingni birov eshitadi, na yordam deb chaqirganingni o‘zing eshitasan. (Ulug‘bek Hamdam)
4) Yalqov va besabr bo‘lma, u senga na obro‘, na baxt keltiradi. (“Hikmatnoma”dan.)
5) Ilmsiz odam mevasiz yog‘och kabidir: undan na oʻziga, na xalqiga foyda bor. (“Otalar so’zi”)
6) Bir hovlida yolg‘iz turish noqulay bo’lmasmikan degan andishani na kanizak xayoliga keltirar edi, na Sidiqjon. (Abdulla Qahhor)
7) Na so‘zlarida ma’no bor, na ishlarida hayo bor. (Oybek) 8. Bu darvesh yil mobaynida na yemabdi va na ichmabdi. (Nabi Jaloliddin)
9) Na choy ichibdi, na non tatibdi. (Murodjon Mansur)
10) Uning kelganini na Qurbon ota payqadi, na Sodiqjon. (Abdulla Qahhor)
A) 6 ta B) 7 ta B) 8 ta D) 9 ta
10. Bogʻlangan qoʻshma gap qaysi qatorda berilmagan?
A) Rejadagi zarur ishlarni amalga oshirishga vaqt yetkaza olmayapman, sen bo‘lsa faqat dam olaylik deysan. («Gulxan»)
B) U kim bo‘lsa bo‘lsin, men esa arxitektor bo‘laman. («G‘uncha»)
C) Dono aybni o‘zidan axtaradi, ahmoq bo‘lsa do‘stini ayblaydi.
D) Esli-hushli do‘stlaringiz bo‘lsa, biznikiga olib kelarsiz. (Murod Muhammad Do‘st)


11. Qaysi gap mazmuni “sabab” emas?
A) Agar qiz bo‘lsang, otingni Kimsanoy qo‘yaman.
B) Men bilgan yovuz kishilar u yerda bor, shuning uchun men bormayman. (Omon Maxtor)
C) Hunar ado bo‘lmas boylikdir, shu sababli yoshlik chog‘ingdan boshlab biron-bir hunarni o‘rganish payida bo‘l.
D) Chin do‘st yurakdan so‘zlar, chunki u sening yomon bo‘lishingni aslo xohlamaydi.


12. Bogʻlovchi vosita ergash gap tarkibida kelgan gaplar sonini aniqlang.
1) Ortiqcha g‘urur obro‘yingni yo‘q qilur, shuning uchun o‘zingni boshqalardari baland tutma.
2) Qo‘rqoq keta turib maqtansa, jasur qaytib kelib maqtanadi.
3) Oraga shunday jimlik cho‘kdiki, yuragi gupillab urayotgani aniq eshitila boshladi. (O‘. Hoshimov)
4) Shuni unutmaginki, g‘alvirda suv turmas.
5) Kimda aql oz bo‘lsa, undagi shuhratparastlik shunchalik kuchayar.
A) 3 ta B) 1 ta C) 2 ta D) 4 ta


13. Qismlari ikkidan ortiq qoʻshma gap qaysi qatorda berilgan?
A) Agar arqondan qo‘llari chiqib ketsa, to tuman tarqalguncha yo‘l topolmay sarson bo‘lib yuraveradilar. (Said Ahmad)
B) Shuni mamnuniyat bilan ta’kidlaymanki, mening kasb tanlashimga otamning do‘mbirasi sababchi bo‘lgan. (Murod Muhammad Do‘st)
C) Topgan obro‘ni yo‘qotmaslik shart, chunki obro‘ ko‘ylak emaski, yangisini bozordan olsang. (Oman Muxtor)
D) Birinchi qaldirg‘och parvozini ko‘rgan kishi qanday sevinsa, Avaz ham bundan shunday quvonadi. (S. Siyoyev)


14. Kesim uyushishi qaysi gapda mavjud?
A) Dalalarga chiqing, bahri dilingiz ochilsa, quvvatga kirib ketasiz. (Oybek)
B) Hayotimda kim uchundir foydali inson bo‘lsam, bu mening eng katta yutug‘imdir.
C) Shuni bilingki, vaqtning qadriga yetish, uni behuda o‘tkazmaslik lozim.
D) Ikkovi ham men bilan qadrdonlardek so‘rashdi, shuning uchun darrov suhbatimizga jon kirdi.



Download 3,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish