Kirish 1-test Quyidagi ta’rif qaysi tilga nisbatan aytilgan? «Xuddi bir guruh mutaxassislar birgalashib ishlab chiqqanday»



Download 3,89 Mb.
bet67/82
Sana28.04.2022
Hajmi3,89 Mb.
#588905
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   82
Bog'liq
1. Testlar to\'plami (2)

8-test

1. Nafaqat mutaxasis, balki kasb-u koridan qat’i nazar, yurtning har bir fidoi farzandi tilga e’tiborni yoddan chiqarmasligi zarur. Ona tili bu – millatning ruhidir.


Imloviy xatolik asosida yozilgan soʻzlar qanday sintaktik vazifada kelgan?
A) toʻldiruvchi, ega B) ega, aniqlovchi
C) kesim, aniqlovchi D) kesim, ega

2. Qaysi sheva kishilari tilida soʻzlar juring,chig‘ing, ata kabi holida oʻzgartirib aytiladi?


A) qipchoq B) oʻgʻuz
C) qorluq D) uygʻur

3. O‘zbek tili // o‘zbek xalqining ma’naviy mulki. (I. Karimov)


// o‘rnida qanday tinish belgisi qo‘yiladi?
A) tire B) vergul C) ikki nuqta D) nuqtali vergul

4. Tavba! Shundoq semiz xotin shunaqa zipillab yurishini birinchi ko‘rishim.


(O‘. Hoshimov)
Yasama soʻz qanday gap boʻlagi vazifasida kelgan?
A) kesim B) aniqlovchi
C) ega D) hol

5. Sizning Toshkentingizga Toshxon, Toshbibi degan ayollar bormi? Bale, bizning ... tiliga Sangcha degani Toshkent tiliga Toshcha degani. Onalari boshing toshdan bo‘lsin, do‘xtarim, deb shunaqa ism qo‘yadilar. (Said Ahmad)


Qaysi kelishik shakli noo‘rin qo‘llangan?
A) nooʻrin qo‘llanmagan B)tushum
C) oʻrin-payt D) joʻnalish

6. Dunyoning manzil-u makonlarida


Bir ro‘zg‘or but bo‘lsa, to‘rttasi xordir.
Boqqil o‘z yurtingning qo‘rg‘onlariga:
Egasi bor yurtning – ertasi bordir.
Qaysi misrada ikkita grammatik asos (kesim) bor?
A) 2-da B) 1-da C) 3-da D) 4-da

7. Yamon so‘zkim kelib jong‘a urg‘ay,


Ki jondin o‘tib imong‘a urg‘ay.
Ma’dani inson guhari so‘zdurur,
Gulshani odam samari so‘zdurur.
Belgilangan soʻz izohi qaysi qatorda toʻgʻri berilmagan?
A) metall B) madaniyatli
C) ruda D) mineral

8. Katta-katta ko‘pkarilarda uloq to‘dadan sag‘al chiqsa bo‘ldi, halol bo‘ladi. (Tog‘ay Murod)


Dialektal soʻzning sintaktik vazifasi nima?
A) hol B) aniqlovchi
C) to‘ldiruvchi D) ega

9. So‘z san’atkorlari tilga alohida e’tibor berib, uslub va ifodaning sodda bo‘lishini, nutqda fikriy mujmallikka yo‘l qo‘ymasleni targ‘ib etdilar. («O‘zbek tili stilistikasi»)


Uslubiy g‘aliz so‘z (birlik) qanday sintaktik vazifa bajargan?
A) toʻldiruvchi B) aniqlovchi
C) hol D) ega

10. Grammatika to‘g‘ri gapirish va yozishni o‘rgatadi.


Tobe bogʻlanishlar sonini aniqlang.
A) 3 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 6 ta

11. Oygulxon birozdan keyin o‘zini qo‘lga olib, so‘zlay ketdi:


– Onamning onasini, ya’ni buvimni Momojon matalchi, – derdilar.
Bogʻlovchining vazifasini toping.
A) uyushiq toʻldiruvchini bogʻlagan
B) payt holini shakllantirgan
C) ajratilgan boʻlakni ajratgan
D) ikki sodda gapni bogʻlagan

12. Men qo‘llariga tanqada suv quyardim. Sharillatib quyar ekanman-da, nuqul dakki eshitardim: – Namuncha sharillatib quyasan? Suvni isrof qilasan, oz-ozdan quy-da!


Yuqoridagi gapda nechta toʻldiruvchi mavjud?
A) 3 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 6 ta

13. Men ham bidillardim: – Ena, buncha urishaverasiz, suv ham tugaydimi?!


Ana Amudaryo oshib-toshib yotibdi-ku... Qishlog‘imizni bosay-bosay deb turibdi.
Necha oʻrinda kesimning harakat bajaruvchisi (egasi) mavjud?
A) 1 B) 4 C) 2 D) 3

14. Enam: – Ha, suv tugaydi, ilon ham tuproqni me’yorida yalaydi, tuproq suvga qaraganda ko‘p-ku... – derdi.


(Azim Suyun)
Muallif gapida yuz bermagan jarayon qaysi qatordaligini toping.
1) tobening hokimga moslashuvi bor; 2) turlanish bor; 3) tuslanish yo‘q; 4) fonetik hodisa bor.
A) 1- B) 2- C) 3- D) 4-

15. O‘xshatish-qiyoslash qo’shimchasi qatnashgan gapni toping. (Dialektal variantda)


A) Shashma-shashma, qo‘rquvdirgan jeri jo‘q, qani, munday uzat-chi… (Murod Mansur)
B) Ur-re, chopdik, opoqbuvimlarga. Ayamam
keluttilar! – dedi Yodgor. (Murod Mansur)
C) To‘g‘riga yurib, chapga burilsangiz,
guzarga chiqasiz. Choyxona ashatda. (Tohir Malik)
D) Jichcha quying, azizim... kelgan, ketgan bo‘lsa, yaxshi
bo‘pti. (Sh. Xolmirzayev)

16. 1. Xalqimizning birligi, jipsligi, tinch-totuvligi bizning bebaho boyligimizdir.


2. Ogohlik – davr talabi!
3. Tinchlik – eng bebaho ne’mat.
4. O‘zbek xalqi hech qachon – hech kimga qaram bo‘lmaydi.
Qaysi qatordagi gapda tinish belgisi nooʻrin qoʻllangan?
A) 1- B) 2- C) 3- D) 4-

17. 1. Rayonga aziz mehmonlar keladigan bo‘lsa, Xorunboy Ermatov, albatta, ovga olib chiqadi. (Said Ahmad)


2. Eshik sharaqlab ochilib, ostonada qilich yalang‘ochlangan ikki sipoh ko‘rindi. (O. Yoqubov)
3. Paxta bayrami hech qayerda Mirzacho‘ldagidek qiziq o‘tmasa kerak, chunki bu yerga respublikaning turli oblastlaridan kelgan odamlar o‘z oblastining ashulasini, o‘yinini ham olib kelgan deyishadi. (Abdulla Qahhor)
4. Men e’tiroz bildiraman, – dedi kutilmaganda Akmal cho‘loq «somon parchasi»ga yopishib, – sizkim, adolatli qozi bo‘lsangiz, ayting: kishi gunohiga necha qayta jazolanmog‘i mumkin? (Murod Mansur)
5. Muhrdor chaqirtirildi va qog‘ozdagi farmoyishga podshohning muhri bosildi. (P. Qodirov)
Belgilangan nechta gapda eskirgan soʻzlar mavjud?
A) 5 ta B) 4 ta C) 3 ta D) 2 ta

18. Kimlar uchun biz edik bir badaviylar,


O‘zbekni qon qaqshatganni o‘zbek siylar,
Holimizni jim kuzatdi Yassaviylar,
Topganimiz handalakdek tilim-tilim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim!
Olmoshlarning sintaktik vazifasini toping.
A) ega, toʻldiruvchi, aniqlovchi
B) ega, toʻldiruvchi
C) ega, kesim, toʻldiruvchi
D) toʻldiruvchi, kesim

19. Shevaga oid unsurlar yozuvchining uslubiy-estetik maqsadiga xizmat qiladi.


Ushbu gapda koʻmakchili soʻz qaysi boʻlakni shakllantirgan?
A) kesim B) aniqlovchi
C) ega D) toʻldiruvchi

20. Anovi yangi to‘shama qoplangan ko‘rpalaringni ber, supaga o‘shani yopsin.


Urgʻu yordamida ma’nosi farqlanadigan soʻz qaysi boʻlakka tobelangan?
A) kesimga B) aniqlovchiga
C) egaga D) toʻldiruvchiga

21. Millat birligi va birdamligi timsoli bo‘lmish tilimizning ravnaqi uchun keng imkoniyatlar eshigini ochdi.


Soʻz birikmasi necha oʻrinda yuzaga kelgan?
A) 8 ta B) 9 ta C) 10 ta D) 11 ta

22. Sen mangusan, baqosan,


Men esam o‘tkinchi zot.
Sen hamisha bahorsan,
Men – lahzalik xotirot.
Kesimlar sonini toping.
A) 6 ta C) 3 ta C) 4 ta D) 5 ta

23. Uch grammatik asosli (kesimli)gapni toping.


A) Hoy bolam, manavini bir simir. Ichginang uzilib ham ketgandir sanginani. (Murod Mansur)
B) Sharif akamni Maskovdan olib
kelib... shu yerga qo‘ydik (Tohir Malik)
C) Ho‘, men o‘qigan hikoyang bor edi-ku, olib kel, chiqaramiz. (Said Ahmad)
D) E, soching qursin! – derdi opasi. (Said Ahmad)

24. Qaysi qatorda barcha so‘zlar gap bo‘lagi bo‘la oladi?


A) Hoy, Sanobar, o‘zizzi ja bilimdon sanavorasizki... Nima, Qo‘ldoshxo‘ja? Yomon bo‘lsin, deptimi? (Murod Mansur)
B) Attang, bizning serdsa chatoq-da. (Erkin A’zam)
C) Dadasi, shu chigirtkalargayam odamning rahmi keladi-ya! (Sh. Xolmirzayev)
D) Men apil-tapil uzumni qo‘ynimga solib, ko‘chaga yugurdim.

25. Qalbingda kir to‘lmasin, Dil yaprog‘ing so‘lmasin.


Belgilangan soʻz qaysi gap bo‘lagi vazifasida kelmoqda?
A) hol B) aniqlovchi
C) to‘ldiruvchi D) ega
UYUSHIQ VA AJRATILGAN BO‘LAKLI GAPLAR, GAP BO‘LAKLARI BILAN ALOQAGA KIRISHMAYDIGAN BO‘LAKLAR


1-test

1. Ishlangan yerlar, yo‘llarning ikki tomonidagi ariqlarda jildirab oqayotgan suv, ariqlar labida qad ko‘targan yosh teraklar // hammasi Olimjonning diliga sevinch-quvonch bag‘ishlardi.


// belgisi oʻrnida qanday tinish belgisi tiklanadi?
A) vergul B) ikki nuqta C) tire D) nuqtali vergul

2. Bogʻlovchi yordamida bogʻlanmagan uyushiq boʻlakli gapni toping. (Chalg‘imang)


A) Qani edi, asrlarga qaytilsa-yu, xorazmiylar, beruniylar hamda temuriylar yetishib chiqsa.
B) Kesakpolvon bilan yigit yarim soatlardan keyin chiqishdi.
C) Turkistondan imon uzoqlashdi, oqibatda mustahkam bir davlatning yarmini Urusiya va Xitoy egallab oldi.
D) Na Salim, na Karim kelmadi.

3. Uyushiq boʻlaklarni bogʻlashga xizmat qiladigan bogʻlovchi turlarini aniqlang.


1) zidlov; 2) ayiruv; 3) biriktiruv; 4) inkor.
A) 2,3,4 B) 1,2,3,4 C) 2,3 D) 1,2,3

4. Kesim uyushmagan gapni toping.


A) Biz harbiy uchuvchi va Vatan posbonlari bo‘lamiz.
B) Do‘kondorlar molini maqtab va xaridorlarni chorlab turishardi.
C) Men bu masalani uqqan va yechganman.
D) Bog‘da bodomlar, o‘riklar va shaftolilar gulladi.

5. “Aytilgan gapdan qaysisidir amalda qilinmaydigan holat” / “Har ikkisidan biri” mazmuni qaysi gapda mavjud?


A) Sen pul berasan, yo ishing sudga oshadi.
B) Bevaning, ayniqsa, tirnoqqa zor bevaning zorli, g‘amli ohlariga tun qanday chidar ekan, zamin-u samo qanday chidar ekan? (T.Malik)
C) U ko‘chadan kiyimlari yirtilib, titilib kirdi.
D) Goh mahzun, goh shoʻx kuy eshitilardi.

6. Pulemyot, miltiqlarning ovoziga xotin-xalaj, bola-chaqalarning yig‘isi, dod-voyi qo‘shilib ketdi. (O‘. Umarbekov)


Uyushiq aniqlovchi(lar)ning aniqlanmish(lar)i qanday sintaktik vazifa(lar) bajarib kelmoqda?
A) ega, toʻldiruvchi B) ega
C) kesim, ega D) toʻldiruvchi, kesim

7. Uyushmagan hol qaysi qatorda berilgan?


A) Tomlardan, ivigan qirlardan bug‘ ko‘tarila boshladi.
B) Daryo goh shovqin solib, goh tinch oqar edi.
C) U kecha ertalab biznikiga kelib ketdi
D) Shu masalada sizni Moskvaga, Leningradga safarga yubordik. (P.Q.)

8. Jamilovning egnida oq shohi kitel, sariq koverkot shim, oyog‘ida kavkazcha etik, boshida chust do‘ppi edi. (S.Anorboyev)


Uyushgan boʻlakni toping.
A) kesim B) aniqlovchi C) ega D) hol

9. Uyushgan ravish holi qaysi qatorda berilgan?


A) Sevinchi ichiga sigʻmaganidan va sogʻinch ustunlik qilganidan koʻziga yosh oldi. (F.)
B) Menga biroz, salgina yordam bering. (F.)
C) U dam hazil bilan, dam jiddiy so‘rardi.
D) Bekor yotgan vaqtida hamda uyqu qochgan chogʻlarda she᾽r yozib qoʻyardi (F.)

10. Taram-taram olmalarni, asl nashvatilarni, po‘sti yupqa luchchak shaftolilarni, quymoqqa o‘xshash anjirlarni aytmaysizmi, bay-bay. (O.)


Uyushiq boʻlaklarning barchasi qanday boʻlakning hokim qismlari sanaladi?
A) aniqlovchi B) kesim
C) toʻldiruvchi D) ega

11. Qaysi qatorda uyushiq bo‘lak vazifadosh bog‘lovchi yordamida bog‘langan?


A) Men yo kitob, yo ruchka olaman.
B) Adol bilan o‘yinchi Sora;
Asal bilan quvnoq Ruxsora... (H. Olimjon)
C) Toshkent, Samarqand, Buxoroda bo‘lishdi.
D) Yoxud mahzun, yoxud shoʻx kuy eshitilardi.

12. Qaysi qatorlarda uyushgan hol mavjud?


1. Qizlar goh undan, goh bundan gaplashib, hovli aylanishdi. (O.)
2. Zorqishloq ko‘chalarida, adir va soylarida, serdaraxt bog‘larida ko‘klam namoyishi kezadi. (S. A.)
3. Qo‘ldosh ota... ovozni, shovqinni yaxshi anglay olmaydigan bo‘lib qoldi. (H.G‘.)
4. Ortiq ishongisi kelmay, avval Avazga, so‘ng Turdiga qaradi. (P.Q.)
5. Nozik ulardan yosh bo‘lgani, paranji yopinmagani sababli suhbat mavzusining mag‘ziga uncha yetib bormadi. (H.G‘.)
A) 2,5 B) 1,4 C) 4,2 D ) 2,3

13. Men sizga O‘zbekistonning uzoq qishloqlaridan birida o‘sgan, beg‘ubor yaylov havosida chiniqqan, bir necha bor yirtqich hayvonlar hujumiga yo‘liqqan qo‘rqmas va kamtar, kamgap va qaysar bir bola haqida hikoya qilmoqchiman. (Yo.Sh.)


Uyushiq boʻlaklarning hokim qismi qanday gap boʻlagi sanaladi?
A ) ega B) aniqlovchi C) toʻldiruvchi D) kesim

14. Atash ma᾽nosiga ega boʻlmagan soʻz bilan boshlanuvchi uyushiq boʻlakli qatorni aniqlang.


A) Shu payt yonimizdan ikki muloyim, nuroniy chol o‘tib qoldi. (O.)
B) Uning niyatini, ya᾽ni do‘stligini qushlar tushundilar.
C) Yoqimli, orombaxsh shamol esadi. (O.)
D) Unga Volkov mashinalarning va turbinalarning vagonga yuklangani haqida xabar qilgan edi. (S.A.)

15. Bola qoshida ota-onaning so‘zi bilan ishi bir bo‘lmasligi ularning o‘z izzat va hurmatlari ildiziga o‘z qo‘llari bilan urilgan o‘tkir boltadir. (R. Usmonov)


Nechta bogʻlovchi qatnashgan?
A ) 4 ta B) 3 ta C) 1 ta D) 2 ta

16. Umumlashtiruvchi soʻz boʻlolmaydigan turkumni toping.


A ) olmosh B) fe᾽l
C) ot D) koʻmakchi

17. Har bir pok axloqli, ilohsevar shaxs komillikka intilishi va bu yo‘lda nasiba olishi mumkin.


Nima(lar) uyushgan?
A) aniqlovchi B) ega
C) ega, kesim D) aniqlovchi, kesim

18. Daraxtdagi barcha sayroqi qushlar sa’va, bulbul, mayna va boshqalar unga jo‘r bo‘ldi.


Toʻgri fikr qaysi qatorda ekanligini aniqlang.
1) tire tushirilgan;
2) yasalma asosida fonetik hodisa boʻlgan;
3) vositasiz toʻldiruvchi uyushgan;
4) imloviy xatolik mavjud.
A) 1- B) 2- C) 3- D) 4-

19. Eshilib, to‘lg‘onib ingranadi kuy. (A.Oripov)


Uyushayotgan boʻlaklar haqida notoʻgʻri hukm(lar)ni toping.
1) oʻzlik/aniq nisbatidagi soʻzlar;
2) yasama soʻzlar;
3) misrada hokim ham boʻla oluvchi soʻzlar;
4) hol boʻlib uyushgan soʻzlar;
A) 1,2,3 B) 2,3 C) 3,4 D) 1,2,3,4

20. O‘quvchilar kecha maktab va stadion bog‘ida pishib yetilgan o‘riklarni terishdi.


Bu gapda uyushgan boʻlak necha boʻgʻindan iborat?
A) 5 B) 6 C) 7 D) 8

21. Qaysi gapdagi ajratilgan bo‘lak tarkibida moslashuvli soʻz birikmasi mavjud?


A) Men, G‘ulomova Shohida, hozir 8-sinfda o‘qiyman.
B) Ularni, gul nektarlarini , boshqa narsalarga qorishtirmaslikka qaror qilindi.
C) Bugundan, ya’ni 6- maydan 13- maygacha, biz final musobaqalariga tayyorlanamiz.
D) Onasi ham bolasining, baxti qora jigargo‘shasining, ko‘zlarida shu zor-u mushtoqlik olovini ko‘rdi. (M. Ism.)

22. Davlatyor, Elmurodni kunduzi choyxonaga boshlab kelgan yigit, hansirab gapirardi. (P. T.)


Qaysi boʻlak ajratilganligini aniqlang?
A) kesim B) hol
C) aniqlovchi D) izohlovchi (ega)

23. Soraxon shuncha kundan beri yetolmagan niyat – Roziyani avvalgiday go‘zal, shod ko‘rish niyatiga – Sattor bir lahzada yetdi.


Tagiga chizilgan soʻzning gapdagi sintaktik vazifasini toping.
A) ega B) vositasiz toʻldiruvchi
C) kesim D) vositali toʻldiruvchi

24. Qobil bobo, yalangbosh, yalangoyoq, eshik yonida dag‘-dag‘ titraydi. (A. Q.)


Qaysi gap bo‘lagi ajratilgan?
A) ega B) to‘ldiruvchi
C) hol D) aniqlovchi

25. Biz , sizning do‘stlaringiz, yo‘l qo‘yilgan xato halokatga olib borguncha indamay turarmidik. (Sh.R.)


Ushbu gapda ajratilgan boʻlak koʻpincha qaysi gap boʻlagiga tegishli boʻladi?
A) qaratqich aniqlovchiga B) izohlovchi(ega)
C) holga D) toʻldiruvchiga

26. Ajratilgan boʻlaklar necha xil tinish belgisi orqali ajratiladi?


A) 1 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 2 ta

27. Biri olim – xushfe’l, yoqimli. (H. P.)


Qaysi boʻlak ajratilganligini aniqlang?
A) kesim B) hol
C) aniqlovchi D) to'ldiruvchi

28. U zamona Barchini – mehnatkash, dildor.


Qanday gap boʻlagi ajratilgan?
A) sifatlovchi aniqlovchi B) uyushgan aniqlovchi mavjud
C) kesim D) ravish holi

29. Davraga Obid Sodiqov, Respublika Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi, Mehnat Qahramoni, kirib keldi. (T. P.)


Qaysi boʻlak ajratilganligini aniqlang?
A) kesim B) hol
C) aniqlovchi D) izohlovchi

30. Qaysi qatordagi ajratilgan boʻlak soʻz qoʻshilmasi holida?


A) Orqada tikka turgan yoshgina yigit, Mamadali, o‘zini odamlarning orasiga oldi. (A.Q.)
B) Unsin uchun, bechora qiz uchun, bu qanday mudhish motam! (O.)
C) Cho‘ponotadan bir chaqirimcha pastlikda, Bo‘zsuvning naq bo‘yida, uch-to‘rt tup jiyda o‘sgan bir xilvat joy bor. (O. Yo.)
D) ...Bu kampir Toshkentda ishlaydigan o‘g‘linikida bir oy turib, yana qishloqqa, boshqa bolalari, nevaralari huzuriga ketayotgan ekan. (M. Salom)


2-test

1. Egaga taalluqli boʻlmagan boʻlak qaysi qatorda ajratilgan?


A) Bir vaqtlar u kishi , Temir Akbarovich, xato qilishdan qo‘rqmasdik, deb dadil gapirar edi. (P.Q.)
B) Halim aka, fizika muallimi keldi.
C) Axir uning, Vohidning ham o‘ziga yarasha obro‘si, yigitlik g‘ururi, izzat-nafsi bor-ku! (O. Yo.)
D) O‘g‘lim, qo‘zichog‘im, orom olib uxlayapti, – dedi ona.

2. Inversiyaga uchrab, ajratilgan boʻlakka aylangan boʻlak qaysi gapda mavjud?


A) Mana hozir ham Akromning yolg‘iz unga, Sayyoraga, tanish bo‘lgan bo‘lakcha bir samimiyat to‘la xatini o‘qirkan, ...tomog‘iga bir nima kelib tiqildi. (O. Yo.)
B) Seryoja – oddiy, navqiron, mard – o‘rtoqlari uchun jonini fido qildi. (Sh.R.)
C) Otam – Rustam Jo‘rayev – maktabda biologiyadan dars beradi.
D) Endi ular faqat birgina sayilni – dushman ustidan g‘alaba qilingan kun tantanasini – umid qiladilar. (Sh.R.)

3. Bir sodda yasama soʻzli (1), ajratilgan boʻlakli (2) gap berilgan qatorni aniqlang.


A) Siyrak daraxtli ikkinchi bir tepalikda bir necha kishilarning , ayol va erkaklarning , qorasi ko‘rindi. (O.)
B) Ulardan biri, ko‘zoynakli keksa, hammadan keyin qolib uzoq suhbatlashdi. (R.F.)
C) O‘zim injenerman; O‘zbekistonning, Sizning yurtingizning ta’rifini eshitganman. (Gazetadan)
D) Nasihatimni, otangning so‘zini, esingda tut

4. Qoʻshma gap berilgan qatorni toping.


A) Senga nega yalinaman?
B) Bu gaplarni senga aslo aytmayman.
C) Mehri qo‘shnisini hech qachon sevmagan.
D) Angladimki, olamda Yurt tanho, Vatan tanho

5. Biz odamlarga, ayniqsa, yoshlarga parvoyimizni o’n baravar orttirishimiz kerak. (M. I.)


Qaysi boʻlak ajratilganligini aniqlang?
A) kesim B) hol
C) aniqlovchi D) to'ldiruvchi

6. Inversiyaviy ajratilgan bo‘lak qaysi qatorda mavjud?


A) Men, Dilafro‘z Sobirova, 1992-yilda tug‘ildim.
B) Chindan ham bomba ancha orqaga – o‘rmonzorga borib tushadi.
C) Yangi yil kechasi – nemislar mast-alast bo‘lib Rojdestvo bayrami qilayotganida hujumga o‘tdik!
D) Bu o‘zbek yigiti – tanti, mehribon.

7. Kuz guli // Rangi o‘chgan, Umri kechgan.


Umumiy qoidaga koʻra bu oʻrinda qanday tinish belgisi qoʻyiladi?
A) vergul B) nuqta C) tire D) qavs

8. Dadam shu atrofdan – qishloqning chiqaverishidan – do‘kon qidirdi. (A.Q.)


Ushbu gapdagi ajratilgan boʻlak tarkibida nechta qo‘shimcha bor?
A ) 7 ta B) 6 ta C) 4 ta D) 5 ta

9. Salima kecha ertalab biznikiga kelib ketdi.


Ushbu gapda ajratib ko'rsatilgan so'zlar haqidagi to'g'ri fikrni aniqlang.
A) payt holi uyushgan
B) kecha so'zi payt holi (ertalab) ma’nosini darajalab ko'rsatmoqda
C) ertalab so'zi kecha so'zining ma’nosidagi paytni chegaralab, aniqlashtirib beradi
D) ajratilgan payt holi o‘zi izohlagan bo'lak bilan kelgan

10. Yo'lim boshladi to kezdim dala-tog',


Kezdim ne yurtlarni – chiroyi tengsiz.
Ushbu gapda tire tinish belgisi ishlatilish sababini ko'rsating.
A) Taqqoslash ma’nosini bildiruvchi so'zlar orasida ishlatilgan.
B) Tartibni o'zgartirish orqali ajratilgan gap bo'laklari orasida ishlatilgan.
C) Qo'shma gap tarkibidagi sodda gaplar orasida ishlatilgan.
D) Ega va kesim orasida bog'lamasiz ot kesim bo'lgani uchun ishlatilgan.

11. Shunday yashar – sokin, bezavol,


Pastakkina tandiri bilan,
Katta uyda kichkina bir chol,
Kichkina bir kampiri bilan.
She’riy parchada qaysi gap bo'lagi ajratilgan?
A) hol B) kesim
C) to'ldiruvchi D) aniqlovchi

12. Quyida keltirilgan gapning qaysi bo'lagi ajratilgan?


Qo'llar ishlar tez − mo‘jizakor.
A) kesim B) hol
C) aniqlovchi D) to'ldiruvchi

13. Ko’ksoy bilan Oqsoy, ya’ni bahodir yigit-u Jamila qiz, to’lib-to’lib oqardi. (S. A.)


Qaysi boʻlak ajratilganligini aniqlang?
A) kesim B) hol
C) aniqlovchi D) izohlovchi

14. Quyida keltirilgan gapda qaysi gap bo'lagi ajratilgan?


Unsin uchun, bechora qiz uchun, bu qanday mudhish motam! (O.)
A) kesim B) hol
C) aniqlovchi D) to'ldiruvchi

15. Onang, umid bilan beshigingni tebratgan shu bechora onang, sendan nima ko’r-di. (A. Q.)


Qaysi boʻlak ajratilganligini aniqlang?
A) kesim B) hol
C) aniqlovchi D) izohlovchi

16. Quyida keltirilgan gapda qaysi gap bo'lagi ajratilgan?


Biz, insonlar, ona deya ulug’laymiz shu qalbni. (R. H.)
A) kesim B) hol
C) aniqlovchi D) izohlovchi

17. Xotini, rangi o’chgan, o’rnidan turib, bolani belanchakka soldi. (A. Q.)


Qaysi boʻlak ajratilganligini aniqlang?
A) kesim B) hol
C) aniqlovchi D) izohlovchi

18. Mening kirib kelganim har ikki uyda ham, ya’ni bizning uyda ham, Saodatlarning uyida ham katta quvonchlarga sabab bo’ldi. (G’. G’.)


Qaysi boʻlak ajratilganligini aniqlang?
A) kesim B) hol
C) aniqlovchi D) to'ldiruvchi

19. Pochcham, ya’ni Saodatning dadasi o’zi xizmat qilib turardi. (G’. G’.)


Qaysi boʻlak ajratilganligini aniqlang?
A) kesim B) hol
C) aniqlovchi D) izohlovchi

20. Kechqurun osh suzsak, bir nasiba kam, Qo’msayman birovni, allakimimni. (G’. G’.)


Qaysi boʻlak ajratilganligini aniqlang?
A) kesim B) hol
C) aniqlovchi D) to'ldiruvchi

21. Notoʻgʻri javobni aniqlang.


A) Undalmali gaplarning kesimi faqat ikkinchi shaxs-son shakllarida bo‘ladi.
B) Undalma alohida ohang bilan ajratilib aytiladi.
C) Undalmalar ham ega singari bosh kelishikda qo‘llaniladi.
D) Undalmalar ba’zan jonivorlar yoki jonsiz narsalarga ham qaratiladi.

22. Toʻgʻri javobni aniqlang.


A) Undalmalar grammatik jihatdan ega singari kesim bilan bogʻliq.
B) Undalmalar uyushib kelishi mumkin emas.
C) Undalmalarning gapdagi oʻrni erkin.
D) Undalma alohida ohang bilan ajratilib aytilsa, undalmadan keyin vergul qoʻyiladi.

23. Nechta undalmali sodda gap berilgan?


1. O‘-o‘ boylik, boylik, mening uyimga sen kiradigan bo‘lsang-u, iymon ketadigan bo‘lsa, men senga o‘t qo‘yaman, o‘t! (I.Sulton)
2. Kitob, sen bo‘lmasang, balki kun yorishmasdi. (I.G‘ani)
3. Odamlar kasal bo‘laveribdi, ulardan qanchasi o‘laveribdi-yu, sen bu dorilarni bosib yotaveribsan-da, noinsof! (I. Sulton)
4. Yurak, sensan mening sozim. (U.Nosir)
5. Inim, kitoblarni sandiqlarga joylashtiravering. (Mirmuhsin)
A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta

24. O‘ziga qarashli izohlovchisi bor yoyiq undalma qaysi gapda mavjud?


A) Muhtaram Umidaxon, sizni tug‘ilgan kuningiz bilan chin yurakdan tabriklayman.
B) Jahonga yuz tutgan O‘zbekistonim, sening har bir yutug‘ing mening yutug‘imdir.
C) Vatanimiz muvaffaqiyatlarini ko‘rolmaydigan quzg‘unlar, ayting, O‘zbekistonning taraqqiyotiga kim g‘ov bo‘la oladi?! (Gazetadan)
D) Biz sizdan, akademik Habib Abdullayev, bir umr minnatdormiz.

25. Gap boʻlaklari bilan grammatik aloqaga kirishmaydigan (1) grammatik shakl(lug‘aviy yoki sintaktik shakl)siz boʻlak (2) qatnashgan sodda gapni toping?


A) To‘xtanglar, bolalar , quyon sal nafasini rostlasin. (H.N.)
B) Ko‘chada katta bayram, xalq hammasi ko‘chada, nima qilib uyda o‘tiribsiz, usta? (O.)
C) Aziz kitobxon, katta oilaning qissalari tugamadi. (As.M.)
D) Qarg‘ajon, men seni yeyman. (Ertakdan)

26. Undalma koʻchirma gapli qoʻshma gapda qatnashmagan gapni belgilang.


A) O‘g‘lim, Yodgor! Aftidan, meni tanimading, – dedi chol. (S.A.)
B) – Aziz sinfdoshlar! Bu sharafli ishga barchamiz mas’ulmiz… (S.Barnoyev)
C) Sobir! Eski oshnalaringni topib keldim, – dedi Qudrat. (S.A.)
D) – Hoy o‘g‘lim, bu yoqqa kel, tezroq! – dedi chol.

27. Nechta gapda subyektiv munosabatli undalma qatnashgan?


1. So‘zla, ko‘zgujon, haqiqatni et bayon.
2. Aziz do‘stlar, oltin va kumushi bo‘lmagan odam kambag‘al emas, balki es-hushi va kasb-hunari bo‘lmagan kishi kambag‘aldir. (Majid Havofiy)
3. Harakat, sen ezgulikning haqiqiy qadr-qimmatini belgilaysan. (Sitseron)
4. Ha, erka qizalog‘im ,sen mening kelajagim, umidimsan.
5. Bugungi, mustaqil O‘zbekiston, o‘n besh yillik to‘ying muborak!
6. Kelajagimiz porloq, o‘rtoq Farmonov. (As.M.)
A) 2 ta B) 4 ta C ) 3 ta D) 5 ta

28. Achinish mazmunli kirish so‘z berilgan gapni toping.


A) Kun botmasidan oxirgi egatdagi kartoshkani ham terib oldik, xayriyat.
B) Qiziq, zakunchi kelganidan keyin oraga g‘ashlik tushdi. (O‘.Hoshimov)
C) Afsuski, bugungi kunda mafkura, targ‘ibot va tashviqot kerak emas, degan noto‘g‘ri xulosa bilan yashayotgan odamlar ham uchrab turibdi.
D) To‘g‘ri, qora kunga asrab qo‘ygan bug‘doyimiz ham, jo‘xori ham ko‘p edi.

29. Bir oʻrindagi kesim boʻlgan soʻz ikkinchi oʻrinda ega boʻlib kelgan qatorni toping.


A) – Yonboshlab paqirni suvga solsangiz to‘ladi, keyin asta ko‘tarasiz. Shu ham ish bo‘pti-yu...
B) – Ha, hammaning ishini qilaverib, malay bo‘lib qolaymi? – dedi bola yalqovlanib.
C) – O‘taketgan yalqov ekansan, – dedi keksa va qiynalib suv ola boshladi. Yalqov esa pinagini buzmay, o‘yin bilan ovora edi
D) – Ariq chuqur ekan, qo‘limdan ushlab tur – suv olvolay...

30. Uyushiq undalma qaysi qatorda berilgan?


A) Hafiza, Gulhayot va Karomatlar kelishdi.
B) Eshilib, to‘lg‘onib ingranadi kuy. (A.Oripov)
C) Zafar! Oyimlar keldilar. (P.Q.)
D) Muhtaram otalar, onalar, kelinlar, o‘g‘illar, opa-singillar, sizga shu haqda murojaat qilamiz.


3-test

1. Tinish belgisi bilan bogʻliq xatolik uchragan gapni aniqlang.


A) Arpangizni xom o‘ribmanmi, uka?
B) Do‘ndig‘im, o‘ynoqlab yuratur.
C) Onajonim, balki bir kun Aytganingday bo‘lar to‘y. (A. Oripov)
D) Qani, ayt, maqsading nimadir sening, Nega tilkalaysan, bag‘rimni, ohang? (A.Oripov)

2. Qaysi undalmaning talaffuzi imlosi singaridir?


A) Nechun kerak, rubob, senga shuncha g‘am?! (A. Oripov)
B) Ey inson, odam degani qo‘yini qassobga bersa ham, so‘ygunicha poylab turadi.
C) Sen beshik emassan, dorsan, tabiat. (A. Oripov)
D) Uzr, o‘rtoq prokuror, tanimaganni siylamas, degan maqol bor-ku.

3. Menimcha, shaksiz, shubhasiz, balki, darhaqiqat, demak, albatta, avvalambor, fikri ojizimcha so‘zlaridan nechtasi uslubiy xoslanmagan?


A) 3 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 6 ta

4. Mensimaslik ma’nosidagi undalmalar, asosan, qaysi so‘z turkumi bilan ifodalanadi?


A) undov B) ot C) sifat D) taqlid

5. Fikrning kimga qarashliligini koʻrsatuvchi kirish soʻzlar sonini toping.



Download 3,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish