Kirish. 1-Mavzu: «Qishloq qurilish bank» faoliyatining umumiy tavsifi. 2-Mavzu



Download 63,76 Kb.
bet11/15
Sana31.12.2021
Hajmi63,76 Kb.
#277219
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
QQB bank hisobot

Cheklar bilan hisob-kitoblar.

Chek — chek beruvchining hisobvarag‘idan chek oluvchining hisobvarag‘iga chekda belgilangan summani o‘tkazish bo‘yicha topshiriq nazarda tutilgan hisob-kitob hujjati.

Cheklar banklar buyurtmasiga muvofiq “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan tayyorlanadi. Chekning seriyasi va tartib raqami, mablag‘larni to‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi bankning nomi va firma belgisi bosma shaklda chop etiladi.

Cheklar jismoniy va yuridik shaxslar o‘rtasidagi naqd pulsiz hisobkitoblarda qo‘llaniladi.

Chekning maksimal summasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan, minimal summasi, shuningdek chekning amal qilish muddati banklar tomonidan belgilanadi.

Bank tomonidan chek berilganda jismoniy shaxsning arizasiga asosan chekning summasiga “Jismoniy shaxslarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar” 20206 balans hisobvarag‘ida alohida ikkilamchi shaxsiy hisobvaraq ochiladi va to‘lovlar ushbu hisobvaraq orqali amalga oshiriladi.

Chek jismoniy shaxslar tomonidan omonat hisobvarag‘idagi mablag‘lar yoki topshirilgan naqd pul mablag‘lari hisobidan beriladi.

Chek amal qilish muddati davomida bankka taqdim qilinmagan bo‘lsa, u holda chek summasi “Harakatsiz depozit majburiyatlari” 29842 balans hisobvarag‘ida hisobga olinadi. Chek egasi amal qilish muddati tugagan chek bilan bankka murojaat qilgan taqdirda, bank chek egasining shaxsini tasdiqlovchi hujjati asosida chekni qabul qilishi va unda ko‘rsatilgan summani to‘lab berishi lozim.

Cheklarni berish tartibi:


  1. chek berilayotgan vaqtda, unda bankning mas’ul xodimi tomonidan quyidagi rekvizitlar ko‘rsatilishi shart:

  2. chek berilgan sana;

chek bo‘yicha beriladigan summa;

jismoniy shaxsning (chek beruvchining) familiyasi, ismi va otasining ismi;

shaxsni tasdiqlovchi hujjatning seriyasi va tartib raqami;

chek beruvchining hisobvarag‘i;

chek bergan bankning nomi va unikal kodi (xos raqami);

chek amalda bo‘ladigan oxirgi sana.

Mazkur rekvizitlar to‘ldirilgandan so‘ng, bank buxgalteri va kassiri tomonidan chekka imzo qo‘yilib, kesish chizig‘ida qol gan sonlar chek summasiga muvofiq bo‘lishi va muhr bilan tasdiqlanishi kerak. Chek milki imzolash uchun chek oluvchiga berilishi kerak. Chekning seriyasi va tartib raqami, chek yozilgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, shuningdek chek summasi va uning kelib chiqish manbalari ko‘rsatilgan holda alohida daftarga yozib qo‘yiladi;

b) bank kassiri bankning mas’ul xodimidan barcha zarur hujjatlarni olgach: hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirganligini tekshiradi va ularni imzolaydi; chek oluvchi shaxsni chaqiradi, undan chek uchun to‘lovni qabul qiladi; chek oluvchiga chekni beradi;

amaliyot kunining oxirigacha chek milkini o‘zida saqlaydi;

v) amaliyot kunining oxirida bank kassiri naqd pullarda olingan summa va omonat daftarchasidan hisobdan chiqarilgan summani ko‘rsatadi hamda chekning milklarini bankning mas’ul xodimiga topshiradi.

Chekning milki “Jismoniy shaxslarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar” 20206 balans hisobvarag‘idagi alohida ikkilamchi shaxsiy hisobvaraqdan hisobdan chiqarish uchun kelgunga qadar bankda saqlanadi.

Cheklarning milklari bankning kunlik hujjatlar yig‘majildiga tikib qo‘yiladi;

g) chek blankasini to‘ldirishda xatoga yo‘l qo‘yilgan taqdirda, ushbu blanka buzilgan deb topiladi va o‘rniga yangisi to‘ldiriladi. Buzilgan chek blankasi quyidagi tartibda hisobdan chiqariladi:

“hisob-kitob cheki” degan so‘zlarning bir qismi qirqib olinadi;

chek blankasiga “buzilgan” degan yozuv kiritiladi va sana ko‘rsatiladi;

bosh buxgalter va kassir tomonidan imzolanadi;

d) qabul qilingan, ishlatilgan va qaytarilgan chek blankalarining hisobi qat’iy hisobda turuvchi blankalar hisobi qayd etib boriladigan daftarda va ko‘zda tutilmagan holatlar balans hisobvarag‘ida yuritiladi. Amaliyot kuni davomida chek blankalari chiqim orderi bo‘yicha ko‘zda tutilmagan holatlar balans hisobvarag‘idan hisobdan chiqarib boriladi.

Cheklar bilan to‘lovlar quyidagicha amalga oshiriladi:

a) chek to‘lovga taqdim qilingandan so‘ng, chekni to‘lovga qabul qilgan tashkilot xodimi chekning orqa tomoniga tas hkilot muhri va mansabdor shaxsining imzosini qo‘yadi;

b) tovar (ish, xizmat) qiymati chekda ko‘rsatilgan summadan kam bo‘lgan taqdirda, chekni to‘lovga qabul qilgan tashkilot ushbu chek summasining foizigacha bo‘lgan qiymatini naqd pulda berishi mumkin;

v) to‘lovga qabul qilingan cheklar uni to‘lovga qabul qilgan tashkilot tomonidan xizmat ko‘rsatuvchi bankka pul tushumi bilan birga inkassator orqali yuboriladi;

g) bank tomonidan qabul qilingan cheklar bo‘yicha to‘lovlar quyidagi tartibda amalga oshiriladi: chek beruvchi va chek oluvchiga bitta bank tomonidan xizmat ko‘rsatilgan taqdirda, cheklar bo‘yicha to‘lovlar chekni to‘lovga qabul qilgan tashkilot hisobvarag‘ining krediti va “Inkasso qilingan pul tushumlari va cheklar” 19903 balans hisobvarag‘i orqali chek taqdim etuvchi hisobvarag‘ining debeti bo‘yicha o‘tkaziladi. Chekning asl nusxasi bankning kunlik hujjatlar yig‘majildiga tikib qo‘yiladi;

chek beruvchi va chek oluvchiga turli banklar tomonidan xizmat ko‘rsatilgan taqdirda:

chekda ko‘rsatilgan summa chek oluvchiga xizmat ko‘rsatuvchi bank tomonidan chek oluvchining hisobvarag‘iga o‘tkaziladi;

bankning elektron hisob-kitob cheki elektron to‘lovlar tizimi orqali chek beruvchiga xizmat ko‘rsatuvchi bankka yuboriladi hamda chekning asl nusxasi bankning kunlik hujjatlar yig‘majildiga tikib qo‘yiladi;

elektron chekda ko‘rsatilgan summa chek beruvchiga xizmat ko‘rsatuvchi bank tomonidan dasturiy ravishda chek beruvchining ikkilamchi hisobvarag‘idan hisobdan chiqariladi hamda elektron chek chop etilib, bankning kunlik hujjatlar yig‘majildiga tikib qo‘yiladi;

d) chek merosxo‘rlar va boshqa vakolatli shaxslar tomonidan chekning amal qilish muddati o‘tganligidan qat’i nazar, xizmat ko‘rsatuvchi bankka taqdim qilinishi mumkin. Bank tomonidan merosxo‘rlar va boshqa shaxslarning chekni tasarruf qilish uchun vakolatliligi aniqlangach, chekda ko‘rsatilgan summa to‘lab beriladi;

e) foydalanilmagan cheklar bankka taqdim qilingan taqdirda, bank xodimi: chekning haqiqiyligini va uni taqdim qilgan shaxsning vakolatliligini tekshiradi;

chekning old tomoniga “Summa _______-sonli hisobvaraqqa o‘tkazilsin” deb ustxat yozadi;

chekni bosh buxgalterga beradi;

j) yo‘qotilgan cheklar bo‘yicha unda ko‘rsatilgan summa hisobdan chiqarilganligi uchun bank javob bermaydi.


Download 63,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish