Cho’ktirish mashinasining ishlash tartibiga bog’liq omillar
CHuktirish mashinalarining kuvvati panjaraning 1m kengligi yoki 1m2 yuzasiga tugri keladigan solishtirma ishlab chikarish normasiga asosan aniqlanadi.
CHuktirish mashinalarining unumdorligini quyidagi formula bo‘yicha xisoblash mumkin:
Q=5,6HB t/soat.
bu erda: N-mashina kamerasidagi maxsulot qatlamining balandligi, m.
V-cho‘ktirish kamerasining kengligi, m.
-maxsulotni kamerada o‘rtacha bo‘ylama xarakatlanish tezligi, m/sek.
-maxsulotning zichligi, kg/m.
-maxsulotning g‘ovaklanish darajasi, =0,5.
CHo‘ktirish vaqtida suv oqimining tebranishlari amplitudasi va chastotasi maxsulotnn zichligiga qarab qavatlanishi uchun g‘ovaklanishi va muallaq, holga o‘tishini muvaffaqiyatli ta’minlay olishi kerak.
Diafragma yoki porshenning yurishi (ruda zarrachalari tebrana boshlashi uchun) quyidagi formula orqali aniqlanadi:
60/(2n)=h/cn
h = 30 ct/n
bu erda: n - diafragma yoki porshenning tebranishlar chastotasi; min -1
st - zarrachaning siqilib tushish oxirgi tezligi, m/s.
CHo‘ktirish uchun yaxshi shart-sharoit suv oqimining uncha katta bo‘lmagan chastotasi va kattaroq, amplitudasida yaratiladi, chunki bu xolda maxsulot muallaq xolda uzoqroq turadi va uning tezrok, qavatlanishi sodir bo‘ladi.
Tebranishlar chastotasi kamayib ketsa cho‘ktirish beqaror bo‘lib qoladi va uning borishini yaxshilab kuzatish kerak bo‘ladi.
Minimal tebranishlar chastotasi quyidagi tenglamadan topiladi;
n > 27,3 st /h
Amalda rudani zarrachalarini cho‘ktirish usulida boyitishda tebranishlar chastotasi zarracha yirikligiga qarab 50 dan 300 min-1 gacha bo‘ladi.
CHo‘ktirish mashinasidagi panjara taglikning turi xam cho‘ktirish jarayoniga ta’sir qiluvchi muxim omil xisoblanadi. Agar taglikning balandligi etarli bo‘lmasa, bu uning ba’zi joylarida yuqoriga ko‘tariluvchi suv oqimining uzilib, qavatlashgan maxsulotning aralashib ketishiga olib keladi va aksincha, taglik juda qalin bo‘lsa maxsulot etarli darajada g‘ovaklan- maydi va cho‘ktirish buziladi.
Mayda maxsulotni boyitishda sun’iy taglik ishlatiladi. Sun’iy taglik zarrachalarining o‘lchami panjara teshiklari o‘lchamidan 3-4 marta katta bo‘lishi kerak.
Magnetit, ferrosilitsiy, sulfidlar va po‘lat, cho‘yan zoldirlar klassifikatsiyalanmagan yoki mayda rudani cho‘ktirishda ishlatiladi. CHunki mayda teshikli to‘rlar tez ishdan chiqadi va teshiklari yopilib qoladi. Sun’iy taglik yirik teshikli tur ishlatishga imkon beradi.
Yirik maxsulotni cho‘ktirishda tabiiy taglik balandligi
h=(5-10)d max
teglama bilan aniqlanadi
d max - cho‘ktirishga tushayotgan maxsulot tarkibidagi eng katta bo‘lakning o‘lchami.
Sun’iy tagliklarning qalinligi esa panjara osti maxsulotining chiqishiga karab qabul qilinadi. Sun’iy taglikning balandligi qancha katta bo‘lsa, uning o‘tkazish qobiliyati shuncha kam bo‘ladi va buning aksicha, qancha kam bo‘lsa, shuncha ko‘p maxsulot o‘tkazadi. SHuning uchun boy rudalarni cho‘ktirishda sun’iy taglik qalinligi kambag‘al rudalarni cho‘ktirishdagidan kam bo‘lishi kerak. Sun’iy taglik ustidagi mahsulotning balandligi boyitilayotgan ruda tarkibidagi eng katta zarra o‘lchamidan 20 marta ortiq, bo‘lishi kerak.
CHo‘ktirish jarayonida suv sarfiga aloxida ahamiyat berish kerak. Suv cho‘ktirish mashinasiga ruda bilan va ko‘shimcha tarzda panjara ostiga beriladi. Panjara osti suvi cho‘ktirish mashinasini boshqarishda muxim omil hisoblanadi. Panjara ostiga suv yuqoriga ko‘tariluvchi suv oqimi tezligini oshirish va pastga xarakatlanadigan suv oqimi tezligini pasaytirish uchun beriladi. Bu bilan yuqoriga ko‘tariluvchi suv oqimi yordamida taglikni optimal g‘ovaklantirishga va pastga xarakatlantiruvchi suv oqimi yordamida uni samarali qavatlanishiga sharoit yaratib beriladi. Pastga xarakatlanuvchi suv oqimi tezligining kamayishi engil zarrachalarning taglik yuqori qavatidan pastga surilishini xam kamaytiradi.
Panjara osti suvining sarfi dastlabki maxsulotning xossasiga bog‘liq bo‘lib, o‘rtacha xar tonna ruda uchun 2,5 m3 ni tashkil etadi.
CHo‘ktirish mashinasining meyorda ishlashini ta’minlovchi muxim shartlardan yana biri boyitilayotgan maxsulotni mashinaga sekin va bir tekis berish xisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |