Flotatsiya bo‘linmalarida xavfsizlk talablari
Sarflash maydonchalaridagi oraliq bakchalarga va pitatellarga suyuq reagentlarni va reagent eritmalarini yuborish quvurlar bo‘ylab nasoslar yordamida amalga oshrilishi lozim. Jarayonning ta’minlash nuqtalariga bevosita quruq holdagi sianidlar va sulfat natriyni yuborish ta’qiqlanadi.
Uncha ko‘p bo‘lmagan miqqdordagi reagentlarni flotatsiya bo‘linmasi bo‘ylab ko‘chirish faqatgina maxsus yopiq idishlarda ruxsat etiladi.
2. Reagentlardan namunalar olishni mexanizatsiyalashtirilgan moslamalaar yordamida amalga oshirish lozim. Reagentlardan namunalar qo‘lda olinganda ishchilar dastagining uzunligi 200mm dan kam bo‘lmagan namuna olgichlardan foydalanishlari lozim.
3. Sianidlarning sarflash bachoklari mahalliy tortish ventilyasiyasi bilan jihozlangan alohida xonalarning reagent maydochalarida joylashtirilgan bo‘lishlari lozim. Xona qulf bilan qulflangan bo‘lishi kerak.
4. Berish nuqtalariga sianidlar reagent o‘tkazgichlarining kiritilishi shunday bajariladiki, bunda sianid eritmasi bilan erkin holda muomala qilishning imkoni bo‘lmasligi lozim. Berish nuqtalarida reagetnlar miqdorini o‘lchash ta’qiqlanadi.
5. Reagentlarning chanlari, oraliq va sarflash bachoklari va ular bilan aloqador kommunikatsiyalar avariya holatida zarur bo‘lganda reagentlarni to‘lig‘icha bo‘shatishni ko‘zda tutuvchi idishlarga ega bo‘lishi lozim.
Reagent maydonlarining oqava suvlari flotatsiya bo‘linmasining drenaj qurilmasiga tushmasdan maxsus quvurlar orqali chiqarib tashlanishi kerak.
Kislotalarni sianidlar, ksontagenatlar, aeroflotlar, sulfat natriy va gidrosulfidning eritmalari bilan aralashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Mis, rux va temir kuporoslari, rux xlori va kalsiy xlori eritmalarini sulfat natriy, gidrosulfid va sianid eritmalari bilan aralashtirilishiga ruxsat etilmaydi, chunki bunda yuqori toksinli gazlar – sulfat vodorod va sinil kislota gazlari, shuningdek quvurlarni tiqilib qoldiruvchi erimaydigan cho‘kmalarning ajralishi mumkin.
Reagent maydonlari xodimlarida yakka himoya vositalarining bo‘lishi va ularning sozligi smena boshlig‘i (usta) tomonidan tasdiqlangan yo‘riqnomaga muvofiq tekshirilishi shart.
Qo‘l bilan flotatsion mashina impeller bloki shpindelini aylantirish kamera ifloslanganda qismlarga ajraladigan yog‘och pomostdagi penogen to‘xtatilgan holdagina ruxsat etiladi. Pomostdagi ishchilar olib chiqilgandan keyingina dvigatelni ulashga ruxsat etiladi.
Flotatsion mashinalarni avariyali yukdan bo‘shatish va yuvish suvlarini yig‘ish uchun nasosli zumflar (pryamiklar) ko‘zda tutilgan bo‘lishi lozim.
Pnevmatik flotatsion mashinalardagi aerolift quvurlarni almashtirish yoki tozalashda ishchilar himoya ko‘zoynaklar taqqan bo‘lishlari lozim.
Bevosita ishlayotgan flotokameradaan pulpaning texnologik namunalarini olish faqatgina shunga mo‘ljallangan probniklar bilan penogonni albatta to‘xtatish sharti bilangina ruxsat etiladi.
Pnevmomexanik va pnevmatik flotomashinalarning kameralariga havo yuboruvchi havo puflagichlar tovushni izolyasiyalash va shovqinni yutish ko‘zda tutilgan maxsus xonalarda joylashtirilishlari lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |