4 Maruza Foydali qazilmalarni qiya tekislikda oqayotgan suv oqimida boyitish.
Reja:
Foydali qazilmalarni qiya tekislikda oqayotgan suv oqimida boyitish.
Qiya yuzada xarakatlanish qonuniyati
Gravitatsiya usuli bilan boyitishning bu turi suv oqimining dinamik ta’siri ostida zarrachalarning har xil tartibda xarakat qilishiga asoslangan. Zarrachalarni saralash, qiya oqimning kichik chuqurligida olib boriladi. Oqimni qalinligi boyitilayotgan eng yirik zarracha o‘lchamidan 10 barobar katta xolos. Bu tamoyil bilan ishlaydigan dastgohlarni turi ko‘p, ulardan asosiylari: konsentratsion stollar, shlyuzlar, vintli saralagichlar, tizillama novlar, tizillama konsetrantorlar. Bularni birlashtiruvchi omil xammasida bo‘tana qiya yuzada og‘irlik kuchi ta’sirida xarakatlanadi. Dastgohlarni qiyaliligi konsentratsion stol va shlyuzlarda 2-10O, vintli saralagichlarda 9-12O va torayib boruvchi novlarda 14-180 bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |