Oldingi tahrirga qarang.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 27-dekabrdagi 46/2-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2014-8, 14.01.2015-y) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2015-y., 2-son, 23-modda)
35. Bank boshqaruvi bankning ijro organi bo‘lib, bankka operativ rahbarlikni amalga oshiradi hamda bank faoliyati uchun javobgar hisoblanadi. Boshqaruvga rais rahbarlik qiladi.
36. Boshqaruv qonun hujjatlariga muvofiq bank kengashi vakolatiga kiritilgan masalalarni hal qilish huquqiga ega emas. Boshqaruv bank kengashi va aksiyadorlar umumiy yig‘ilishiga hisobot beradi.
37. Bankning tashkiliy tuzilmasi biznes-rejada ko‘rsatilgan faoliyat turlarini o‘zida aks ettirishi kerak. Tashkil etishning nazarda tutilayotgan ko‘lami amalga oshirilishi rejalashtirilgan operatsiyalar hajmiga mos bo‘lishi kerak.
38. Ishga jalb etilayotgan xodimlarning malakasi bank tomonidan bajarilishi ko‘zda tutilayotgan faoliyatining belgilangan turlariga mos bo‘lishi hamda ular soni bank faoliyatini amalga oshirishni ta’minlash uchun yetarli bo‘lishi kerak.
39. Bank qonun hujjatlariga muvofiq bankda ichki nazorat holatini, jumladan, moliya-xo‘jalik faoliyati samaradorligini, hisobning ishonchliligi va aniqligini, hisobotlarning to‘liq va obyektivligini, bank qonunchiligi hujjatlari va boshqa ichki hujjatlarga, bank operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari va tartiblariga rioya qilinishini tekshirish (audit) va monitoringini amalga oshiruvchi, shuningdek, bank operatsiyalarining samaradorligi va ishonchliligini oshirish bo‘yicha bank kengashiga maslahatlar beruvchi mustaqil tarkibiy tuzilma — ichki audit xizmatini tashkil etishi shart.
IX. Bank va ular filiallari binolarining muhofazasini ta’minlash hamda muhandis-texnik qo‘riqlash vositalari bilan jihozlanishiga, axborot almashinuvi va muhofazasiga oid dasturiy mahsulotlarga qo‘yilgan talablar
40. Bank binosi xavfsizligi va bankning axborot muhofazasiga oid dasturiy texnik vositalar bilan jihozlanishi “O‘zbekiston Respublikasining avtomatlashtirilgan bank tizimlaridagi antivirus himoyasi to‘g‘risida” (ro‘yxat raqami 910, 2000-yil 10-mart), “O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari avtomatlashtirilgan bank tizimlarida axborotni muhofaza qilish to‘g‘risida” (ro‘yxat raqami 1552, 2006-yil 13-mart, “O‘zbekiston Respublikasi bank tizimida elektron raqamli imzo va shifrlash kalitlaridan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi (ro‘yxat raqami 1553, 2006-yil 13-mart) nizomlar hamda “O‘zbekiston Respublikasi hududida banklarda elektron axborotlarni muhofazalashni tashkil etish to‘g‘risida”gi (ro‘yxat raqami 1047, 2001-yil 9-iyul) va “O‘zbekiston Respublikasi banklarida elektron arxiv ishlarini yuritish tartibi to‘g‘risida” (ro‘yxat raqami 1685, 2007-yil 2-iyun) yo‘riqnomalarda ko‘rsatilgan talablar asosida amalga oshirilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |