Кино ва телевидениеда монтаж



Download 2,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/86
Sana30.06.2021
Hajmi2,75 Mb.
#105266
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   86
Bog'liq
Монтаж ўқув қўлланмаси ТАТУ 26 01

“Chok” (“Стык”) - bu ikkita kadrni, ikkita planni ulangan 
joyi  va  bunda  birinchisining  tugash  joyiga  ikkinchisining 
boshlanishi  ulanadi.  Buni  ba’zida  “Ulash”  («склейка»)  ham 
deyishadi.  Kinotasmadagi  kadrlar  doimo  bir-biri  bilan  maxsus 
bosma  press  vositasida  ulanadi.  Tasmali  kino  texnologiyasidagi 
bu  tushuncha  keyinchalik  elektron  montajga  ham  ko‘chib  o‘tdi 
va  allaqachon  odatiy  ibora  bo‘lib  qolgan.  Professional 
mutaxassislar  orasida  hatto  o‘ziga  xos  “Oddiygina  ulashdan 
yaxshisi  yo‘q”  qabilidagi  ibora  ham  paydo  bo‘lgan.  Biroq 
kompyuter vositasida montaj qilinganda kadrlar yelim vositasida 
ulanmaydi, balki faqat qirqiladi va tartibli taxlanadi. 
 “Plan”  so‘zining  “kadr”  so‘zi  bilan  ma’no  jixatdan  mos 
keladigan  ikkinchi  ma’nosi  ham  bor.  U  tasvirga  olish 
ob’ektining  kadrdagi  masshtabini  aniqlash  uchun  ishlatiladi. 
Kundalik  professional  tilda  biz  odatda  «yirik  plan»,  «umumiy 
plan»  deb  aytamiz.  Buning  o‘rniga  biz  «kadr  judayam  mayda 
olingan» yoki «kadr yetarli yiriklikka ega emas» deb aytishimiz 
mumkin, biroq “yirik plan”, “umumiy plan” atamalari, garchand 
chiroyli 
jaranglamasada 
mutaxassislar 
uchun 
qulay 
va 
hamkasblar uchun tushunarli. 
Biroq  hech qachon: bu kadrni «o‘rta kadrda» olamiz, yoki 
«umumiy  kadr»  deb  aytib  bo‘lmaydi.  Bunda  ijodkor 
hamkorlaringiz  sizni  tushunishmaydi  va  buning  ustiga  siz 
to‘g‘ringizda yomon fikrga kelib qolishlari mumkin. 
Planning 
yirikligi 
tomoshabin 
ekranda 
ko‘rayotgan 
ob’ektning  o‘lchamlari  bilan  aniqlanadi.  Ya’ni,  kadr  chegarasi, 


22
 
 
ramkasi  ichida  qanday  tasvir  ko‘rinayotganiga,  ob’ektning 
qanday  qismi  kadrda  aks  etganiga  qarab  aniqlanadi.  Lev 
Kuleshov  planlar  yirikligini  oltita  asosiy  planga  ajratishni  taklif 
etgan.  
“Kadr” atamasining ham ikkinchi ma’nosi bo‘lib u tasviriy 
yechim  bilan  bog‘liq.  Operatorlar  odatda  “Men  kadr  qo‘yishim 
kerak”,  “Men  kadr  kompozitsiyasini  ishlab  chiqishim  kerak”, 
“Men  bu  kadrni  kontrastliroq  yoritishim  kerak”  deb  aytadilar. 
Kinoda,  tasvirga  olish  chog‘ida  operator  kamera  viziri  orqali 
ko‘rinayotgan  hamma  narsani  ko‘rib  turadi.  Aktyorlardan 
ko‘pincha  “kadrga  kirish”ni  so‘rashadi,  ya’ni  kadrda  aks 
etayotgan  maydondan  joy  olishni  so‘rashadi.  Agar  kadr  estetik 
tomonlama  chiroyli  chiqsa  “operator  kadrni  yaxshi  suratga 
olibdi, kadrning original tasviriy yechimini topibdi” deyishadi. 
Bundan  tashqari  “montaj  kadri”,  rus  tilida  aytganda 
“montajnыy  kadr”  degan  atama  ham  bor.  Yuqorida  aytib 
o‘tganimiz  yaxlit  uzilmay  olingan  kadrning  filmdan  aniq  joy 
olgan  qismiga  “montaj  kadri”  deyiladi.  Bunda,  masalan  12 
soniyalik yaxlit kadrdan filmga faqat 6 soniyalik qismi kiritilgan 
bo‘lishi mumkin.  
35  millimetrlik  kinotasmaning  (bir  tomonidagi)  4  ta 
perforatsiya
8
  oralig‘idagi,  16  mm.lik  kinotasmaning  2  ta 
perforatsiyalar  orasida  joylashgan  kvadrat  shakldagi  katakchaga 
kadrik” 
deyiladi. 
Elektron 
videomontaj 
dasturlari 
videomaterialni  avtomatik  ravishda  25  ta  kadrikka  ajratib 
ko‘rsatadi  va  buni  ingliz  tilida  “frame”  –  “ramka”  deyiladi. 
Lekin  “ramka”  so‘zini  “kadr”  so‘zi  bilan  almashtirish  to‘g‘ri 
tarjima  bo‘ladi.  Kadr  so‘zi  yuqorida  aytib  o‘tilganidek  biz 
ko‘nikkan kino atamashunosligida boshqa ma’noni bildirar ekan 
uni  farqli  bo‘lishi  uchun  “kadrik”  deb  atash  to‘g‘ri  bo‘ladi. 
                                                      
8
  Perforatsiya  –  kinotasmaning  ikki  yon  tomonida  bo‘ladigan  teshikchalar.  Bu 
teshikchalar  kinokameraning  tishli  mexanizmlari  kinotasmani  tortishi  uchun 
mo‘ljallangan. 


23
 
 
Kadrik”  so‘zi  rus  tilida  bo‘lsa-da  u  mutaxassislar  tomonidan 
yakdillik  bilan  qabul  qilingan  va  bir  necha  o‘n  yilliklar 
davomida ishlatilib kelinmoqda. Bir soniyalik kinotasmada 24 ta 
kadrik  bo‘ladi.  Videoda  esa  bu  soniyasiga  25  ta  kadrni  tashkil 
etadi.  Teleekranda  tasvir  namoyish  etilish  jarayonida  aslida  50 
ta yarimkadr (polukadr), ya’ni 25 ta butun kadr o‘rin almashadi. 
AQSH  va  boshqa  Yevropa,  Osiyo  davlatlar  televideniesida  bu 
son  60  ta  yarimkadr    –  30  ta  butun  kadrni  tashkil  etadi.  Bunga 
sabab  oddiy:  bizning  vatanimizda  elektr  tokining  tebranish 
chastotasi  50  Gs.ni,  AQSHda  esa  60  Gs.ni  tashkil  etadi  va  shu 
sababli televidenie standartlarida ham farq mavjud. 
Grafika  kinoijodkorlar  orasida  o‘ziga  xos  til  vazifasini 
bajaradi.  Bir-birining  tilini  tushunmaydigan  ikkita  kinoijodkor 
aynan  grafika  orqali  bemalol  o‘zaro  fikr  almashishlari  mumkin. 
Kino san’ati klassiklari deb hisoblanadigan ko‘pgina rejissyorlar 
tasvirga  olish  ishlari  boshlangunga  qadar  filmning  deyarli  har 
bir  kadrini  birma-bir  ketma-ketlikda  chizib  olganlar.  Bu  ularga 
va  ularning  ijodiy  guruhlariga,  hamkasblariga  bo‘lajak  filmning 
qanday bo‘lishi xaqida aniq va tushunarli tasavvurga ega bo‘lish 
imkonini bergan. Bunda filmga, kadrga oid barcha narsalar: kadr 
kompozitsiyasi, 
mizanssenalar, 
dekoratsiyalar, 
grim, 
kostyumlar, hamma-hammasi birma-bir chizib olingan.  

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish