Кино ва телевидениеда монтаж



Download 2,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/86
Sana30.06.2021
Hajmi2,75 Mb.
#105266
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86
Bog'liq
Монтаж ўқув қўлланмаси ТАТУ 26 01

taqqoslash 
usuliga 
asoslanadi. 
“Taqqoslash” 
usulidan 
foydalanish jarayonini esa biz har doim montaj deb ataganmiz. 
Montaj  –  bu  kadrning  ham  kinoning  ham  “xususiyat”i 
emas, 
balki 
ongimizning 
idrok 
etishga 
oid 
amallarni 
bajarishning  bir  usulidir.  Bu  usuldan  kino  va  televidenie 
o‘zining badiiy va axborot yetkazish bilan bog‘liq maqsadlarida 
keng foydalanadi.  
Kadrlar  montaji  esa  montajning  kino  va  televidenieda 
foydalaniladigan va o‘zaro taqqoslash mexanizmi asosiy o‘rinni 
egallovchi bir kichik qismi xolos.  
Biz  montaj  haqidagi  o‘zimiz  uchun  juda  muhim 
ma’lumotlarni  topishga  muvaffaq  bo‘ldik.  Lekin  hammasi 
kundek ravshan va tushunarli deb aytishimizga hali bor! 
Biror  jiddiy  va  mas’uliyatli  mavzuda  suhbat  boshlashdan 
avval  suhbatdoshlar  biri  birlarini  tushunishlari  uchun  muayyan 
atamalar va iboralarni bilib olishlari kerak bo‘ladi. 


19
 
 
Kino,  televidenie,  video,  animatsiya,  multiplikatsiya,  vir-
tual reallik, kliplar va televizion reklama – bularning hammasini 
ekran  ijodiyoti  tushunchasi  qamrab  oladi.  Yuqorida  sanab 
o‘tilgan  sohalarda  ishlovchi  mutaxassislar  tomoshabinlar  bilan 
ekran va tasvirlar tili vositasida aloqaga kirishishga, tomoshabin 
e’tiborini  o‘ziga  jalb  etishga  urinadilar.  Shuning  uchun  ham 
barcha 
media 
sohalari 
mutaxassislari 
uchun 
terminlar, 
so‘zlashuv  tili  yagona  bo‘lishi  zarur.  Bugungi  kunda  rejissyor 
biror 
bir 
filmni 
suratga 
olsa, 
ertaga 
uni 
qandaydir 
teleko‘rsatuvni  suratga  olishga  taklif  etishadi,  yana  bir  oydan 
keyin  esa  mashhur  xonandalardan  biri  bu  rejissyorga  yangi 
musiqiy  kompozitsiyasi  uchun  videoklip  oldirish  istagini 
bildiradi. 
Kecha  u  bir  ijodiy  jamoa  bilan  ishlagan  bo‘lsa,  bugun 
tamomila  notanish  insonlar  bilan  ijodiy  hamkorlik  qilishiga 
to‘g‘ri keladi. 
Tasviriy  til  bu  nafaqat  ekranda  obrazlar  bilan  so‘zlash  tili, 
balki,  rejissyorga  –  operatorni,  uning  kasbiga  oid  terminlarini 
tushunishiga  imkon  beruvchi,  operatorning  –  teleboshlovchini 
tushunishiga 
imkoniyat 
yaratuvchi, 
boshlovchining 
– 
ssenariynavisni,  ssenariynavisning  –  rassomni,  rassomning  – 
montajchini,  montajchining  esa  assistentlarni  o‘zaro  tushunarli 
tilda so‘zlashishlari uchun zarur bo‘lgan tildir.  
Bugungi  kunda,  masalan,  “yirik  plan”  atamasini  hamma 
biladi!  Lekin  ko‘p  hollarda  talabalar  yoki  sohani  chuqur 
bilmaydigan  insonlar  “yirik  plan”  deganda  negadir  “yirik” 
so‘ziga  chalg‘ib  bu  bir  kattaroq  narsaning  tasviri  bo‘lsa  kerak 
deb  o‘ylaydilar  va  hatto  o‘zlarining  bu  noto‘g‘ri  fikrlari  zo‘r 
berib  isbotlashga  urinadilar.  Keling,  shuning  uchun  bir  oddiy 
masalani hal qilib ko‘ramiz. Quyida nomlari keltirilgan narsalar 
orasida  yirik  plan  atamasiga  mos  keladiganini  ko‘rsatishga 
urinib ko‘ramiz! 


20
 
 
1.Chumoli. 
2.Inson ko‘zi. 
3.Yengil avtomashina. 
4.Bolalar maydonchasi. 
5.Keng ummon. 
 
Afsuski, berilgan misollar orasida yirik plan yo‘q. 
Lekin bu beozor chalg‘itishning izohi hali oldinda. 
Avvalo  «kadr»  tushunchasidan  boshlaymiz.  Kadr  –  uning 
o‘zi nima! Kadrni ba’zan plan deb ham atashadimi? 
Bu tushunchalar qaysidir ma’noda sinonim so‘zlardir va bir 
ma’noni  anglatadi.    Kadr  yoki  plan  deb  odatda  kameraning 
“REC”  tugmasi  bosilishidan  to  “PAUSE”  tugmasi  bosilgunga 
qadar  negativ  yoki  pozitiv  kinotasmaga,  yo  bo‘lmasa  magnit 
lenta  yoki  raqamli  hotira  chipiga  tushirilgan  uzluksiz,  yaxlit 
tasvirga aytiladi. 
Kamerani  yoqib  qizil  tugmachani  bosdingiz  –  plan 
boshlandi.  Kamera  ishlashda  davom  etyapti  –  plan  uzunligi 
ortmoqda.  “PAUSE”  tugmasi  bosildi  –  kadr  tugadi.  U  tasvirga 
olindi.  Olingan  bu  tasvir  bilan  ishlash  jarayonida  uni  aniq  bir 
tartib raqamli kadr (masalan, 32 kadr) yoki aniq bir kattalikdagi 
plan  (o‘rta,  umumiy  va  h.k.)  deb  yuritiladi:  «Iltimos,  bundan 
oldingi  kadrni  ko‘rsating!»  yoki  bo‘lmasa  «Aktyorning  yirik 
planini umumiy plan bilan almashtiring» va hokazo. 
Ba’zida  ayrim  kinofilmlarda  kombinatsiyalangan  kadrlar 
ham  yaratiladi.  Bunda  kinotasma  kinokamera  ichidan  bir  necha 
marta  qayta  va  qayta  o‘tkaziladi  va  xuddi  shuncha  marta 
tasvirga  olish  amalga  oshiriladi  yoki  maxsus  effektlar  yaratish 
dasturlarida bir necha o‘nlab qatlamlardan iborat vizual effektlar 
yaratiladi.  Bunda  bir  tasvirning  ustiga  ikkinchi  tasvir,  ba’zan 
uchinchi,  to‘rtinchi  tasvirlar  ham  tushiriladi  va  buning  uchun 
bugungi  kunda  kompyuterlar  va  maxsus  qatlamli  montaj 
dasturlaridan  foydalaniladi.  Lekin  bunday  kadrning  ham  boshi 


21
 
 
va oxiri bor. Aynan anashu ko‘rsatkichlar kadrning o‘lchovini – 
uzunligini aniqlashga yordam beradi. Kadr yoki plan – yaxlit bir 
film  yoki  epizod  “bino”sini  qo‘rishdagi  o‘ziga  hos  “g‘isht”.    U 
ham  xuddi  qurilishda  bo‘lgani  kabi  kichraytirilishi  yoki  kerakli 
shaklgacha  qirqilishi  mumkin.  Lekin  shunday  o‘zgartirishlarga, 
kesishlarga  yuz  tutsa  ham  tasvirga  olingan  yaxlit  tasvir  plan 
yoki kadr deb atalaveradi.  

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish