tasvirga olishda uning plan kattaligi o‘zgartirilsa, bu kadrning
ma’nosi ham o‘zgarib ketadi. Bu – ekran san’atlariga oid juda
muhim omillardan biri.
Bundan bir necha o‘n yillar muqaddam, Rossiyadagi kino
oliygohlaridan birining talabasi bilan bir qiziq tajriba o‘tkazib
ko‘rildi. Institut koridorlarining birida, yo‘lak oxiridagi deraza
yonida mashhur kinooperator A.D.Golovnya turardi. Uning bir
oz engashib turgan gavdasi derazadan tushayotgan yorqin nur
fonida siluet holatda aks etgan. A.D.Golovnyaning yonida bir
talaba ham turardi. Ular turgan joydan kamera turgan joygacha
orada 80 metr masofa bor edi. Bunday masofadan albatta kadrda
uzundan-uzun koridor va o‘nlab eshiklar ham ko‘rinib turgandi.
Ustozlar bir rejissura bo‘limi talabasiga “Agar shu kadrni
kamera turgan nuqtadan 50 mm fokus masofali ob’ektiv bilan
tasvirga olinsa, kadrda biz nimani ko‘ramiz, uning ma’nosi
qanday bo‘ladi?” deya savol berishdi.
“A.D.Golovnyani va talabani...” – deya javob berdi talaba
hech ikkilanmay.
Aslida, biz ekranda kadrning 90% qismini egallab turgan
uzun koridorni va yo‘lakning oxirida turgan ikkita kichik
odamchalarni ko‘rgan bo‘lardik. Bu kadr mazmuni esa “juda
ko‘p eshiklar, uzundan-uzun koridor va yo‘lak oxiridagi deraza
oldida suxbatlashib turgan qandaydir ikki kishi” bo‘lishi
mumkin. Talaba bu kadr mazmunini belgilashda qo‘pol hatoga
41
yo‘l qo‘ygan edi. Bu xatolikka sabab nima?
Inson ko‘zining gavharini turli muskullar o‘rab turadi va
bu muskullar kerakli paytda ko‘zning fokus masofasini
o‘zgartirishiga imkon beradi. Bizning talaba ham tajriba
jarayonida o‘zining asosiy diqqat-e’tiborini yo‘lak oxirida
turgan ikki insonga qaratgan. Miya ham o‘z navbatida ko‘z
muskullariga “yashirin” buyruq berib ko‘zning fokus masofasini
oshirgan. Natijada uning ko‘zi faqatgina yo‘lak oxirida turgan
ikki insonni ko‘rishga moslashgan. Qolgan barcha narsalarni
(yo‘lak va eshiklarni) periferik (ikkinchi darajali) ko‘rish
sohasida qoldirgan. Talabaning ko‘zi bu vaziyatda faqat
A.D.Golovnya va talabani ko‘rishga va tanib olishga intilib
qolgan narsalarni huddiki kadrdan tashqarida qoldirgan.
Biroq, kamera ob’ektivi bunday ishni mustaqil amalga
oshira olmaydi. Huddi talaba ko‘rganidek, kamera turgan
nuqtadan faqat A.D.Golovnya va talabaning o‘zini tasvirga
tushirish uchun kameraga uzun fokus masofali ob’ektiv
o‘rnatish, yoki bo‘lmasa, transfokatorli ob’ektivni 130 mm
fokus masofaga moslash kerak bo‘ladi. Faqat shundagina biz
talaba aytgan javobga o‘xshash ma’noli kadr olish imkoniyatiga
ega bo‘lamiz.
Ko‘pincha yosh rejissyorlar va operatorlarni tasvirga olish
chog‘idagi jur’atsizlik, ikkilanishlar bezovta qiladi va ular yirik
planlarni
tasvirga
olishdan
tortinadilar.
Oqibatda
ular
aktyorlarni yoki hujjatli filmlar qahramonlarini “umumiy-o‘rta”
planda tasvirga oladilar. Natijada esa ekranda “o‘rtaxol”,
ma’nisiz, yoqimsiz va qandaydir noaniq xaraktyordagi
qahramon paydo bo‘ladi.
Badiiy film bo‘ladimi, xujjatli film bo‘ladimi yoki
teleko‘rsatuv bo‘lsin, tomoshabin doimo ekranda aks etgan
qahramonning
fikrlarini
bilgisi,
his-hayajonlarini,
uning
ko‘zlarini ko‘rgisi keladi. Qahramonlarning faqat “umumiy-
o‘rta”
va
“umumiy”
planlarda
ko‘rsatilaverilishi
tomoshabinlarning bu ehtiyojlarini qoldirilmasligiga va nitijada
42
ularda bu film yoki ko‘rsatuvga nisbatan qiziqishning so‘nishiga
sabab bo‘ladi.
Planning kattaligini tanlashda avvalo bu kadr bilan siz
tomoshabinga nima demoqchi bo‘layotganingiz, qanday fikrni
bermoqchiligingiz va tomoshabinlar kadrda nimani ko‘rishlari
kerakligi haqida yaxshilab o‘ylab olishingiz va aniq tasavvurga
ega bo‘lishingiz lozim. Agar kadrda qahramonlarni o‘rab turgan
atrof-muhitni, ularning nima ish bilan mashg‘ul ekanliklarini
ko‘rsatib bermoqchi bo‘lsangiz – “umumiy plan”ni, aksincha
ularning ichki his-tuyg‘ularini, ko‘zlari va yuz ifodalarini,
ma’naviy dunyolarini ochib bermoqchi bo‘lsangiz “yirik plan”ni
tanlaganingiz ma’qul. Shuni unutmangki, kamera siz o‘z
ko‘zingiz bilan ko‘rib turgan narsalarni to‘lig‘icha ekranda aks
ettirib bera olmaydi. “Yetti o‘lchab bir kes!” deganlaridek, bu
vaziyatda yaxshilab o‘ylab ko‘rib plan yirikligini to‘g‘ri tanlash
eng to‘g‘ri yo‘ldir.
Tushunarli bo‘lishi uchun yana bir misolni ko‘rib
chiqamiz.
Tasavvur qilaylik, film ssenariysiga asosan siz ekranda
ikki alpinistning tog‘ cho‘qqisiga chiqib borishlari chog‘ida yuz
bergan qaltis vaziyatni ko‘rsatib berishingiz kerak.
Ular cho‘qqi tomon chiqib borayotganlarida kutilmaganda
tog‘ ko‘chkisi yuz berdi.
Alpinistlarning biri o‘zi chiqib borayotgan qoyatoshdan
sirg‘anib ketib mayda jarohatlar oldi. Ikkinchi alpinist esa qoya
tepasida qoladi. Arqon va boshqa barcha alpinistlik vositalari
ham qoyatosh qiyaligida qolib ketgan. Barcha og‘riqlarga
bardosh berib birinchi alpinist qoyatoshga qaytib chiqishga
urinadi.
U zo‘r qiyinchilik bilan qoyatoshga chiqib olishga
muvaffaq bo‘ladi. U nihoyat sherigi qolgan joyga yetib keladi.
Lekin u juda daxshatli manzaraning guvohi bo‘ladi. Ne ko‘z
bilan ko‘rsinki sherigi toshlar uyumi ostida o‘lib yotardi.
Alpinist yigit ko‘rgan narsalaridan larzaga keldi, hushini
43
yo‘qotib yiqilayozdi.
Mazkur parchaning montaj kontekstidan
11
biz faqatgina
ikkita planni ajratib olamiz. Birinchisi – umumiy, bu planda
qoyatosh chekkasida avval alpinistning qo‘llari va keyin boshi
ko‘rinadi va u fojeali manzarani ko‘rib daxshatga tushadi (14-
rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |