Кино ва телевидениеда монтаж



Download 2,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/86
Sana30.06.2021
Hajmi2,75 Mb.
#105266
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   86
Bog'liq
Монтаж ўқув қўлланмаси ТАТУ 26 01

 
Nazorat savollari: 
1. Tasviriy til deganda nimani tushunasiz?  
2. “Panorama” deb nimaga aytiladi? 
3. “Travelling” usuli qanday tasvirga olish usuli? 
4. Raskadrovka nima uchun chiziladi? 
5.  Montajning tasviriy tilini bilish nima uchun kerak?
 
 
1.2 Birinchi tamoyil:  
Planlar yirikligi bo‘yicha montaj 
Bu  mavzu  montajning  birinchi  tamoyiliga  bag‘ishlangan 
bo‘lib,  unda  kadrni  masshtabi  bo‘yicha  planlarga  ajratish 
mezonlari,  shartlari  va  bundagi  asosiy  qoidalar  va  planlarning 
yirikligiga qarab ularni o‘zaro montaj qilishning asosiy shartlari 
va qoidalari haqida ma’lumot beradi. 
Lev  Kuleshov,  aytish  mumkinki,  kinotasvir  planlarini 
yirikligi  bo‘yicha  tasniflashni  taklif  qilgan  birinchi  bo‘ldi. 


33
 
 
Bunday  ehtiyoj  unda  tasodifan  paydo  bo‘lmadi.  Aksincha, 
L.Kuleshov  turli  yiriklikka  ega  bo‘lgan  kadrlarni  yondosh  yoki 
“qo‘shni”  kadrlar  bilan  o‘zaro  birikish  qismlarining,  ya’ni 
kadrdan  kadrga  o‘tishning  tomoshabin  tomonidan  qay  darajada 
oson  va  to‘g‘ri  qabul  qilinishi  ustida  olib  borgan  uzoq  izlanish 
va  kuzatuvlar  natijasida  tug‘ildi.  L.Kuleshov  planlarni  kattaligi 
bo‘yicha olti xil turga ajratishni taklif qildi (8-rasm). 
 
 
8-rasm. L.Kuleshov nazariyasi bo‘yicha planlar yirikligi. 
 
1.  Detal.  Insonning  ko‘zi  va  qoshi  burunning  bir  qismi 
bilan. 
2.  Yirik  plan.  Insonning  yuzi  vertikal  bo‘ylab  ekranning 
deyarli  barcha  qismini  egallab  turibdi.  Boshining  tepa  qismi, 
iyagining  pastki  qismi  bilan  kadr  chegarasi  o‘rtasida  bir  oz 
bo‘shliq qolgan. Yelkasining bir qismi kadrda ko‘rinib turibdi.  
3.  Yirik-o‘rta  plan.  Inson  faqat  belining  yuqori 
qismigacha kadrda aks etgan. 
4. Umumiy-o‘rta plan. Inson tanasi tizzalarigacha kadrda 
ko‘ringan. 


34
 
 
5.  Umumiy  plan.  Inson  kadrda  shunday  aks  etganki, 
uning boshi va oyoqlari bilan kadr ramkasi o‘rtasida joy bor. 
6. Olis plan. Bu holatda insonning tanasi kadr maydoniga 
nisbatan  juda  kichkina  bo‘lib  ko‘rinadi.  Kadrdagi  insonnning 
bo‘yi  kadrning  vertikal  balandligidan  7-10  marta  kichikroq 
bo‘ladi
Ba’zan  operatorlar,  insonning  yuzini  tasvirga  olishda 
uning  peshonasi  va  iyagining  bir  qismini  “qirqib”  tashlaydilar. 
Bunday planni ko‘pincha “o‘ta yirik plan” deb atashadi. 
Bevosita  ishlab  chiqarish  jarayonida  siz  bu  oltita 
planlarning  hammasini  ham  eshitmaysiz.  Chunki,  kadrlarni 
yirikligi  bo‘yicha  bunday  tasniflash  qoidasi  mavjudligini 
hamma  ham  bilavermaydi.  Rejissyorlar  o‘z  postanovka 
ssenariylarida  faqat  “yirik”,  “o‘rta”  va  “umumiy”  plan 
atamalaridan foydalanadilar. 
Lekin,  sahnaning  montaj  yechimini  to‘g‘ri  tanlash,  uning 
tasviriy  yechimini  aniq  belgilash  va  albatta,  tomoshabinlarga 
filmni  ko‘rish  va  to‘g‘ri  idrok  etishga  qulaylik  yaratib  berish 
uchun  tasvirga  olish  ishlari  jarayonida  bu  olti  planlarning 
barchasini inobatga olish shart. Bu olti planning barchasi montaj 
tamoyillarini tushuntirish uchun kerak bo‘ladi. 
Kino  va  televidenie  hodimlari  o‘z  faoliyatlari  davomida 
yana  ikki  turdagi:  mikro  va  makro  planlardan  foydalanadilar. 
Ma’rifiy  turdagi  ekran  asarlarida,  ular  ancha  keng  tarqalgan. 
Ushbu  atamalar  maxsus  va  murakkab  tasvirga  olish  ishlari 
jarayonida plan yirikligini belgilash uchun ishlatiladi. 
Bevosita  oddiy  ko‘z  bilan  ko‘rish  mumkin  bo‘lmagan 
ob’ektlarni  mikroskop  orqali  tasvirga  olinganda  bunday  planlar 

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish