Кино ва телевидениеда монтаж



Download 2,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/74
Sana13.07.2022
Hajmi2,72 Mb.
#787979
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   74
Bog'liq
Montaj - Sh.T. Xusanov 2018

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


188
XULOSA 
 
Montaj
 
– kinoni san’atning bir turiga aylantiruvchi muhim 
ifoda vositasi hisoblanadi. Montaj ulkan ijodiy va ta’sir kuchiga 
ega. Montaj vositasi ila eng rang-barang mazmunli kadrlarni 
birlashtirib, o‘z mavzusi, syujetiga ega film ham yaratsa bo‘ladi. 
Buning ustiga kadrlar turli davrlarda, turli mamlakatlarda har xil 
planlar-u, rakurslarda suratga olingan bo‘lishi mumkin. Shu bois 
rejissyorlar va operatorlar montaj san’atini shunchaki emas, balki 
to‘liq, chuqur bilishlari lozim.
Rejissyor kinodagi montaj xususiyatlarini yaxshi bilmog‘i 
lozim. U plan, rakurslar, tasvirga olish usuli bir xil bo‘lgan ikki 
kadrni birlashtirib bo‘lmasligini, bunday holatda harakat 
yo‘qolishini bilishi kerak. Harakatsiz kino esa kino emas.
Filmni 
to‘g‘ri montaj qilish, badiiy kinematografik 
ifodalilikka erishi uchun tasvirga olish paytidayoq uni montajbop 
qilib suratga olish kerak. Shuni unutmaslik keraki, filmning eng 
yaxshi montaji – bu uning montaj qonun qoidalariga asosan 
tasvirga olinishidir. Natijada u rejissyor va ijodiy guruhga 
asarning g‘oyasini, mavzusini, obrazlarni chuqur ochib berishga 
imkon beradi. 
Yosh rejissyor, operator montajning ahamiyatini amaliyotda 
tushunib yetadi. U montajdagi muhim jihatlarini o‘zlashtirib olsa 
bas. Masalan, kinoda montajning qanday tamoyillari, badiiy 
shakllari va ularning imkoniyatlarini bilishi lozim. 
Rejissyor bir filmda uning dramaturgiyasidan kelib chiqib, 
montajning turlaridan uyg‘unlikda foydalanishi mumkin. Bu ish 
filmni suratga olish jarayonida bajaradi. Shunday qilinsa montaj-
sayqal paytida filmni “yig‘ib” olish, unda kerakli vaqt va makonni 
yaratishi, qahramon obrazini ochishi, unga nisbatan o‘z 
munosabatini ko‘rsatishi mumkin bo‘ladi.
Ichki kadr ritmi- rejissyor tanlagan mizantsena, aktyor 
plastikasi, so‘z va musiqa yoki boshqa ovozlar yangrashi bilan 
ta’minlanadi. Montajda ichki kadr ritmi orqali butun film 
harakatini, jumladan, uning tempini kuchaytirish yoki susaytirish 
mumkin. Kadrlarning noto‘g‘ri montaji, epizodlarning harakat 
xarakteriga mos tushmasligi tempning buzilishiga olib keladi. 
Bunday noto‘g‘ri montaj, agar jang epizodi bo‘lsa, kim kim bilan 


189
jang qilayotganini bilib bo‘lmaydigan tartibsizlikni keltirib 
chiqaradi. 
Rejissyor tomonidan tanlangan montajning barcha turlari, 
uning prinsiplari yagona bir maqsadga – asarning kinematografik 
ta’sirchan chiqishiga qaratiladi. Rejissyor aql-idroki, mahorati ila 
qo‘llagan montaji orqali filmda o‘z g‘oya va maqsadini to‘la 
amalga oshiradi. Demak, montajning barcha nozik jihatlarini 
bilish rejissyor uchun muhimdir.
Mazkur o‘quv qo‘llanmani o‘qib bo‘lganingizdan keyin, Siz 
o‘zingizni montajni “suv qilib ichib yuborgan” mutaxassis deb 
hisoblashingiz mumkin. Biroq, kitobni o‘qib chiqish unda 
yozilgan barcha narsalarni to‘liq o‘zlashtirib olish degani emas. 
Siz olgan bilimlaringizni hali amaliyotda sinab ko‘rishingiz va 
olgan bilimlaringizni mustahkamlab olishingiz kerak. Balki, bu 
jarayonda Siz kitobni yana qo‘lingizga olib, ayrim mavzularni 
yana bir bor o‘qib chiqishingizga to‘g‘ri kelar.
Montaj 
haqidagi 
bilimlar 
majmui 
rejissyorlar, 
operatorlarning 
tasvirga 
olish 
maydonchasidagi 
kundalik 
ishlarida, amaliyotida juda zarur. Chunki, haqiqiy professional 
bilim va ko‘nikmalar olingan nazariy bilimlarni amaliyotda 
sinovdan o‘tkazgan paytdagina shakllanib boradi. Amaliyotda bir 
necha bor sinovdan o‘tib mustahkamlanib ulgurgan bilimlar 
tasvirga olish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ichki 
shubhalarni bartaraf etishda yordam beradi. 
Ta’kidlash lozimki, ushbu o‘quv qo‘llanma kino, 
televidenieda ishlovchi rejissyorlar, operatorlar va montaj 
ustalarining va media mahsulotlar yaratish bilan shug‘ullanuvchi 
boshqa mutaxassislarining ijodiy faoliyatida juda qimmatli 
manbaa bo‘lib hizmat qilishi mumkin.


190

Download 2,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish