Jarayon parametrlari. Katalitik riforming jarayonini va olinadigan mahsulotlar
tavsifini ma’lum darajada texnologik parametrlar belgilaydi, bu parametrlarga-
reakstiya issikligi harorat bosim xom ashyo etkazib berishning hajmiy tezligi vodorod
saqlagan gazning aylanish karraligi kiradi. Ammo ishlatish sharoitlarida asosiy
me’yorlashtiriladigan parametr bo’lib reaktorga kirishdagi harorat hisoblanadi. Bosim
xom ashyo etkazib berishning tezligi va aylanib turadigan gazning karraligini odatda
shu xom ashyoni qayta ishlash uchun doimiy optimal bo’lganni saqlab turadilar.
Reakstiya issiqligi. Naften va parafin uglevodorodning degidrogenlash va
degidrohalqalanish reakstiyalari issiqlikning yutilishi bilan gidrokreking va
gidrogenoliz esa issiqlikning ajralishi bilan boradi.
Parafin va naften uglevodorodlarinng izomerlanish reakstiyalari kuchsiz
ifodalangan issiqlik effekti bilan haraterlanadi. Reaktorda sodir bo’ladigan kimyoviy
o’zgarishlar natijasida benzin frakstiyalarining katalitik riformingda vujudga keladigan
issiqlik effekti dastlabki xom ashyoda saqlanadian o’zaro ta’sir etadigan moddalarning
mikdori va o’zgarishi darajasiga prorostionaldir. Tajribaning ko’rsatishicha
riforminglash jarayoniga issiqlik sarflarining yig’indisi asosan xom ashyodagi naften
uglevodorodlarining mikdori bilan aniqlanadi. Riforminglash jarayoni issiqlikning
jadval yutilish bilan sodir bo’ladi va riforming reakstiyalarini o’tkazish reakstiya
zonasiga issiqlikni uzluksiz etkazib turishni talab qiladi.
Jarayonning issiqlik effekti salbiydir. Uning kiymati asosiy naften uglevodorodlarning
mikdoi bilan aniqlanadi va 250-630 kDj/kg tashkil qiladi.
Reakstion hajmda haroratning keskin o’zgarishini pasaytirish uchun uni bir
nechta (3 dan 6 gacha) birin ketin bog’langan reakstion zonaga issiqlikni oraliqcha
etkazib beradigan alohida bo’lgan adiabatik reaktorlarga bo’ladilar bu esa har qaysi
apparatda haroratning keskin o’zgarishini ancha kamaytirishiga (10-70 ºS) imkon
beradi. Reaktorlar orsida katalizator yuklanishini taqsimlash uglevodorodli xom
ashyoning kimyoviy tarkibiga va katalizatorning faolliga bog’liq bo’ladi. Odatda
katalizatorning reaktorlar orasidagi nisbati 3 reaktorli blokda 1: (2-3) : (4-6) ni 4
reaktorlida esa 1:1:1.5:2 ni tashkil qiladi.
Xom ashyo yetkazib berishining harorati va hajmiy tezligi. Riforming
haroratining o’zgarishi 450-530 ºS gacha bo’lgan oraliqda sodir bo’ladi haroratning
oshishi bilan degidrogenlash degidrohalqalanish va izomerlanish reakstiyalari ya’ni
riformingning asosiy jarayonlari tezlashadi. Harorat oshganda aromatlash va
gidrokreking reakstiyalarining roli kuchayadi aromatik uglevodorod-larning chiqishi
va olinadigan riforming mahsulotlarining oktan soni oshadi. Boshqa barcha teng
sharoitlarda (xom ashyo etkazib berishning hajmiy tezligi bosim gaz aylanib
turishining karraligi va boshqa) jarayonning harorati oshishi bilan riforming-
benzinning chiqishi va aylanib turadigan vodorod saqlagan gazda vodorodning miqdori
pasayadi, katalizator 3 ta reaktorga taqsimlanganligi sababli birinchi boskichda
naftenlarning degidrogenlanish reakstiyalari ustunlik qiladi boshqa boskichlarda
asosan parafinlarning degidrohalqalanish va gidrokreking reakstiyalari boradi.
Haroratning umumiy o’zgarishi bu reakstiyalarning har qaysi boskichdagi
nisbatiga bog’liq bo’ladi. Haroratning keskin o’zgarishi ayniqsa birinchi boskichda
ma’lum darajada katalizator faolligining tavsifi bo’lib hisoblanadi. U pasaygan sari
reaktorlar bo’yicha haroratning keskin o’zgarishi va umumiy keskin o’zgarishi
kamayadi.
Jarayon haroratini tanlashga xom ashyoning uglevodorodli tarkibi ta’sir qiladi.
Xom ashyoda parafin uglevodorodlarning mikdori qancha yuqori bo’lsa berilgan oktan
sonli mahsulotning olinishi uchun shuncha yuqori harorat talab qiladi. Naftenli xom
ashyo qo’llanilganda reaktordagi minimal haroratni odatda 450-460 ºS oraliqda saqlab
turadigan. Reakstiya stiklining oxiridagi maksimal isitish 520-530 ºS bilan
chegaralanadi. Haroratning keyingi ko’tarilishi maqsadga muvofik emas chunki
jarayon ortiqcha gaz hosil bo’lish hamda katalizatoning kokslanish tezlashishi bilan
amalga oshadi bu esa riforming ish stiklining davomiyligining ancha qisqartiradi.
Xom ashyo etkazib berishning hajmiy muloqot vaqtini iavsiflaydi va odatda 1-2 soat
-1
ni tashkil qiladi.
Jarayonning bosimi va harorati o’zgarmas bo’lganda xajiy tezlikning kamayishi
bilan parafinlarning gidrokreking reakstiyalari ustun keladi hajmiy tezlikning oshishi
bilan esa naften va parafinlarning degidrogenlash va izomerlanish reakstiyalari ustun
keladi.
Xom ashyo etkazib berishining tezligi oshishi bilan riforming benzinning
chiqishi oshadi ammo bunda aromatik birikmalarning ulushi kamayishi hisobiga
olinadigan benzinning oktan soni ancha pasayadi.
Xom ashyo etkazib berish tezligining pasayishi jarayon selektivligining
kamayishiga katalizator va vodorod chiqishining pasayishiga uglevodorod gazi
chiqishining oshishiga olib keladi. Birin ketin joylashgan reaktorlar orqali xom ashyo
utgan sari hajmiy tezlikni odatda oshiriladilar.
Shunday qilib ikkita ya’ni xom ashyo etkazib berishning harorati va hajmiy
tezligi bir-biri bilan chambarchas bog’liq shuning uchun ularning uyg’unlashishini
mohirona qo’llash bitta katalizatorning o’zida riformatning chiqishi va uni aromatlash
darajasi bo’yicha optimal natijaga erishishga imkon beradi.
Vodorodning bosimi va vodorod saqlagan gazning aylanib yurishi
(stirkulyasiyasi)ning karraligi bo’lgan qurilmalarda optimal bosim 1,5-2,0 MPa
katalizatorning harakat qiladigan qatlami bo’lgan qurilmalarda esa 0,7-1,5 MPa ni
tashkil qiladi.
Riforming sistemasida barcha teng sharoitlarda vodorod bosimining oshishi xom
ashyoni aromatlashishiga to’sqinlik qiladi. Ammo vodorodning yuqori bosimi
krekingdagi yonaki reakstiyalarining to’yinmagan mahsulotlarini to’yintirish uchun
zarur. Agar vodorodning bosimi yuqori bo’lmasa unda katalizatorning yuzasida koks
hosil bo’lishi bilan boradigan to’yinmagan uglevodorodlarning chukur zichlanishi
boradi. Jarayonni vodorodning bosimi ostida olib borilish (katalizatorning
selektivligiga qarab) koks hosil bo’lishi ancha pasaytirishga imkon beradi. Ishchi
bosimni hamda vodorodning parstial bosimning pasaytirganda jarayonning selektivligi
oshadi, arenlarning chiqishi ko’payadi va gaz holidagi uglevodorodlarning chiqishi
kamayadi.
Vodorod saqlagan gazning aylanib turish (stirkulyastiyalanish) karraligi bu
aylanib turadigan gaz hajmining reaktorlar orqali vaqt birligida o’tadagan xom ashyo
hajmiga nisbatidir (m³/ m³ xom ashyo). Gazning aylanib turish karraligini shunday
tanlaydilarkim jadal koks hosil bo’lishining oldini olib bo’lsin. Bu ko’rsatgichning
optimal kiymati ko’p hollarda dastlabki xom ashyoning sifatiga va riforminglash
jarayonining maqsadiga bog’liq bo’ladi.
Reakstion aralashma bug’larini vodorod saqlagan gaz (BCG) bilan
suyuqlantirishning yuqori darajasi (karraligi)katalizatorning ishlash davomiyligini
oshiradi. VSG aylanib turish karraligi sanoat jarayonlarida VSG dagi vodorodning
ko’rsatilgan konstentastiyasida 1 m³ xom ashyoga gazning mikdori 900-1500 m³
bo’lgan oraliqda joylashgan.
Shunday qilib, VSG ning aylanib turish karraligini xom ashyo sifatini katalizator
faolligini jarayon chukurligini va iktisodiy nuktai-nazarni hisobga olib belgilaydilar.
Aylanib turish karraligini xaddan ziyod oshirish riforminglash chukurligini pasaytiradi,
kompressorga og’irlikni va gazni isitish uchun pechdagi yokilg’ining sarfini oshiradi.
Shu tufayli riforming jarayonining samaradorligi pasayadi va qurilmadagi
eksplutastion sarflar oshadi. Gazning aylanib turish karraligini kamaytirganda asosan
xom ashyo bug’larining parstial bosimining oshishi tufayli katalizatorlarda koks hosil
bo’lishi oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |