yaroqligini aniqlovchi asosiy ko’rsatgich bo’lib uglevodorodli va frakstion tarkib
hisoblanadi. Jarayonning etakchi reakstiyasi naftenlarni digedrogenlash reakstiyasi
bo’lganligi uchun afzalroq xom ashyo bu naftenlarning yuqori mikdorini saqlagan
benzin frakstiyasining benzindir naftenlarga boy bo’lgan benzin frakstiyalaridan
riformatning chiqishi bir xil oktan sonli katalizatorni parafin saqlagan xom ashyodan
ishlab chiqarilganiga qaraganda 3,5-5 % ga ba’zida esa 10-12 % ga ko’p bo’ladi.
Parafinli neftlardan olingan benzinli frakstiyalarning riforimingida alkanlarni
degidrohalqalanish va gidrokreking reakstiyalari ustunlik qiladi.
Riforming xom ashyosida alifatik to’yinmagan birikmalarning mavjudligi
noxush hol chunki unda aylanib turgan vodorod saqlagan gazdagi vodorod
to’yinmagan uglevodorodlarning gidrogenlashda rastional sarflanmaydi. Shuning
uchun katalitik riforming (masalan termik krekingning) chuqur gidrotozalashdan keyin
olingan to’g’ri haydalgan xom ashyo bilan aralashmasidagina sodir bo’lishi mumkin.
Katalitik riforming xom ashyosining frakstion tarkibini jarayonning maqsadli
vazifasi bilan aniqlanadi. Agar katalitik riforming vazifasi yuqori oktanli benzinni
ishlab chiqarish uchun katalizatorni olish bo’lsa buning uchun optimal xom ashyo
bo’lib 85-180 ºS chegarasida qaynab chiqadigan frakstiyalar xizmat qiladi. Qaynash
boshlanishining harorati 85 ºS dan past bo’lgan xom ashyoni qo’llash maqsadga
muvofik emas chunki bunda gidrokreking hisobiga ancha ko’p gaz hosil bo’lishi
ko’zatiladi. Ammo xom ashyo aromatlanishining sezilarli oshishi sodir bulmaydi,
sababi C
6
uglevodorodlari arenlarga juda kiyin aylanadi. Bundan tashqari bunday xom
ashyo qo’llash qurilmani frastiyalar bilan yuklanishiga olib keladi. Shu sababli 85 ºS
dan past haroratda qaynab chiqadigan va ancha yuqori oktan soniga ega bo’lgan
frakstiyalar tovar benzinlariga toza holdagi komponent sifatida jalb qilinadi yoki
izomerlanishiga yuboriladi. Xom ashyoda 180 ºS dan yuqori haroratda qaynab
chiqadigan frakstiyalarning borligi ham maqsadga muvofiq emas chunki bunda xom
ashyoning yuqori haroratda qaynaydigan qismining zichlanish reakstiyalari natijasida
katalizatorda koksning to’planishi oshadi, bu esa katalizator faolligining yoqolishiga
olib keladi.
Yuqori oktanli benzinni ayniqsa oktan soni 95-100 bo’lganni ishlab chiqarishda
qaynash bog’lanishining harorati 105 ºS bo’lgan og’irlashgan frakstion tarkibli
maqsadga muvofikdir chunki bu riforming benzinning va bir vaqtning o’zida
vodorodning chiqishini oshirishga imkon beradi.
Riforming benzinida benzol mikdorining pasayishiga xom ashyodan benzol
o’tmishdoshlari (stiklogeksan, metilstiklopentan) ni yoqotish uchun qaynash
boshlanishi haroratining 100 ºS gacha oshirish yuli bilan benzin riforimini dastlabki
xom ashyosining tarkibini me’yorlashtirish ko’maklashadi. Agar riformingni benzol va
toluolni olish uchun o’tkazsalar unda xom ashyo bo’lib 85-180 ºS dagi harorat
chegarasidagi tor benzinli frakstiya hisoblanadi. Benzol stiklogeksandan,
metilstiklopentan n-geksandan. Toluol esa metilstiklogeksan, dimetil-stiklopentan va
–geptandan hosil bo’ladi. Barcha ksilollarni olish uchun 105-127 ºS dagi frakstiyani
qo’llaydilar.
Oltingugurtli birikmalar riforming katalizatorlarning asosiy dezaktivatorlar
soniga kiradi. Bu jarayon xom ashyosida oltingugurtning mikdori minimal bo’lishi
kerak. Ayniqsa platina-reniyli katalizatorlar oltingugurtga juda sezgir bo’ladi bu holda
uning mumkin bo’lgan mikdori 1·10
-4
dan yuqori bulmasligi kerak. Azotning hamda
namlikning mikdorini tegishli ravishda 0,5·10
-4
% va 4·10
-4
% gacha chegaralaydilar.
Vodorod ishtirokida xom ashyoning oltingugurtli birikmalari vodorod sulfidga
azotlari esa ammiakga aylanadi. Shuning uchun oltingugurt saqlagan xom ashyoni
riformingdan oldin albatta dastlabki gidrotozalashga uchratiladi.
Neftning kislorodli birikmalari (spirt, efir va fenollar) va erigan kislorod
gidrotozalash sharoitida suvga aylanadi. Aylanib tugadigan vodorod saqlagan gazda
(VSG) namlikning mikdori yuqori bo’lganda katalizatordan uni faollashtiruvchi
galogen (HCl yoki HF hamda) yuvib chiqariladi ammo namlikning mikdori juda kam
bo’lishi tashuvchi (alyuminiy oksidi) ning xossalariga salbiy ta’sir ko’rsatadi,
regenerastionsiz davrning davomiyligini va yuqori namlikga qaraganda suyuq
pasaytirishi mumkin izomerlanish gidrokreking va aromatlanish reakstiyalarining
tezligi kamayadi.
Galogen (ftor va xlor) lar riforming katalizatorlarining ammo ularning mikdorini
ma’lum kat’iy nazorat qilinadigan chegaralarda saqlab turish kerak. Riformingning
reakstion zonasiga xlor (ftor) ning bir me’yorda bo’lmagan va juda ko’p mikdorda
riformingning reakstion zonasiga kelib tushishi katalizator funkstiyasining anomal
kuchayishiga olib keladi, kreking reakstiyalarining rivojlanishiga ko’maklashadi va
katalizatorni koks bilan qoplanishi tezlashtiradi.
Gidrotozalashdan keyin metallar- mishyak, qo’rgoshin va mislarning mikdori
ko’p emas va ular riforming katalizatorga to’planib qoladi, katalizatorni bu metallardan
tozalab bo’lmaydi. Platina bilan o’zaro ta’sirlashishga kirib ular katalizatorning
gidrogenlovchi-degidrogenlovchii
funkstiyaisini
buzadilar.
Riformingning
gidrotozalangan xom ashyosida mishyak qo’rgoshin va misning mikro
qo’shimchalarining maksimal mumkin bo’lgan mikdori 10·10
-4
%
ni
gidrotozalanmagan yuboriladigan xom ashyoda esa 50·10
-4
%ni tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: