Qattiq konstruksiyali issiqlik almashinish qurilmalari. Qattiq konstruksiyali
issiqlik almashinuvchi qurilmada qo‘zg‘almas truba panjaralari qobiq bilan mahkam
bog‘langandir. Ularning asosiy kamchiligi temperaturalar kuchlanishlarini qabul qila
olmasligi va qobiqlarning ichki yuzalari va issiqlik almashinuvchi trubalarning tashqi
yuzalarini iflosliklardan va cho‘kindilardan mexanik tozalash mumkin bo‘lmasligidir.
Bunday issiqlik almashinish qurilmalarini ta’mirlash yo‘li bilan qayta tiklash bir
muncha chegaralangandir. Aynan shuning uchun ham uzoq muddat xizmat qilishi,
tegishli ekspluatatsiya rejimiga qat’iy rioya qilingandagina ta’minlanadi. Masalan,
qurilma pasportida ko‘rsatilgan issiqlik almashinayotgan muhitlararo temperaturalar
farqini oshirib bo‘lmaydi, chunki bu truba panjarali truba birikmalarining buzilishiga
yoki truba yorilishiga olib kelishi mumkin. Ikki issiqlik almashinayotgan oqimlarning,
iflosliklardan holi bo‘lgan, korrozion aktiv moddalar va issiqlik almashinish jarayonini
yomonlashtiruvchi hamda qurilmaning gidravlik qarshiligini kuchaytiruvchi muallaq
zarrachalardan holi bo‘lgan bittasini trubalar orasiga yuboriladi. SHuni nazarda tutish
kerakki, truba tashqi yuzalarining va qurilma qobig‘ining ichki devorini ko‘rikdan
o‘tkazish imkoni yo‘q, bundan kelib chiqadiki, qurilma holatini ekspluatatsiya
qilinayotgan vaqtda nazorat qilish mumkin bo‘lmay qoladi. Ta’mirlashning zaruriyligi,
ta’mirlashi va mexanik tozalanishi mumkin bo‘lgan trubalarning ichki yuzalarini
tekshirish orqali aniqlanadi.
Trubalarni va qobiqni korrozion emirilishini oldini olish, ular ishlayotgan muhit
xossalariga bog‘liq holda, ularni yasash uchun metall tanlash orqali amalga oshiriladi.
Truba va issiqlik almashinish qurilmalarining qopqoqlarini qobiqlarini
korroziyadan dengiz suvi yordamida katodli muhofazalash tajribasi mavjuddir. Bunday
muhofazalash korroziya tezligini 5-6 marta kamaytiradi. Katodli muhofazaga tegishli
bo‘lgan elementlarning ma’lum mikdorini muhofazalovchi yuzalar o‘lchamlariga
bog‘liq holda qurilma qopqog‘ining ichiga osib qo‘yiladi; emirilish o‘lchamiga qarab,
ta’mirlashda elementlarni muntazam ravishda yangilari bilan almashtirish mumkin.
Vizual
ko‘prik faqatgina qopqoqlar, trubalarning uchlari va ichki kanallari, qobiq va
qopqoqlardagi shtutserlar uchun taalluqlidir. Qurilmaning qolgan qismlari nuqsonlarini
faqatgina bosim bilan tekshirish vaqtidagina aniqlash mumkin.
Taftish va ta’mirlash vaqtida va tarkibini konkret ekspluatatsion sharoitlardan kelib
chiqib aniqlanadi. Muddatdan oldin ta’mirlash zarurati issiqlik almashinishning keskin
yomonlashuvi bilan (texnologik kartaga mos), shuningdek, issiqlik almashayotgan
muhitlar siljishi bilan bog‘liq birinchi holatda, ichki yoki tashqi truba yuzalarining yoki
unisini ham bunisini ham ifloslanishi ehtimoli bor, ikkinchi holda-bitta yoki bir nechta
trubalarning yorilishi yoki trubalarning truba panjaralari bilan birikkan joylarda
zichlikning buzilish ehtimoli bor. Trubalar kamchiligi katta bo‘lgani uchun truba
panjaralarining ochiq emirilishi qariyb uchramaydi. Qurilma qobig‘ini va uning
birikmalari zichligining buzilganligini tomchilar oqayotganligini ko‘rib aniqlash juda
oson. Bunday hollarda qurilmalarni, ular ishlab turgan sistemadan surilma qopqoqlarni
va ventillarni darhol berkitib qo‘yish orqali uzib qo‘yish zarur. Qattiq konstrutsiyalash
issiqlik almashinish qurilmalarini taftishi va ta’mirlash vaqtida o‘tkaziladigan
operatsiyalar ketma-ketligi qariyb bir xildir.
Qurilmalarni yuvish. Truba va truba oralig‘i ichidagi tarkibni, shtutserlar yoki
maxsus qobiq va qopqoqdagi maxsus chiqarib tashlovchi muftalar orqali bo‘shatiladi.
So‘ngra ishchi muhitning fizik-kimyoviy xossalariga ko‘ra mo‘ljallanadigan vaqt
oralig‘ida ular suv bilan yuviladi, keyin bug‘lantiriladi. Buning uchun issiqlik
almashinish qurilmalarining trubalar bog‘lamiga bug‘ liniyasini ulash imkoniyatlari
ko‘rib chiqiladi. Bu liniya qurilmalar ishchi rejimda mustahkam biriktirilgan bo‘lishi
kerak. Yuvish va bug‘latish orqali ikki maqsadga erishiladi: portlash va yong‘indan
xavfsiz yoki zaharli moddalardan havfsiz hosil qilish yo‘li bilan qurilmani ochishga
tayyorlashga va yuzalarni cho‘kindilardan tozalashga
.
Shuni nazarda tutish kerakki,
yuvish - bu trubalar tashqi yuzasidan cho‘kindilarni ajratib olishning birdan-bir mumkin
bo‘lgan usulidir. SHuning uchun issiqlik almashinuv qurilmalarining trubalararo
bo‘shlig‘ini yuvishga alohida e’tibor qaratish kerak.
Qurilmalarni mumkin qadar bug‘ bilan isitiladigan issiq suvda yuvish kerak. Neftni
qayta ishlash qurilmalarini issiq suv va kerosin aralashmasi bilan yuvish amalga
oshirilmokda. Kerosin neft mahsulotlarini eritadi, koks va boshqa mexanik aralashmalar
esa aralashma oqimi bilan birga chiqib ketadi. Agar truba bo‘shlig‘iga bir vaqtning o‘zida
bug‘ ham yuborilsa, bunday yuvishning samarasi yana ham ortadi. Kerosinni va isitishga
ketadigan issiqlik sarfini kamaytirish maqsadida ishlatib bo‘lingan aralashmani ma’lum
sig‘imga solinadi va undagi chiqindilar tindiriladi, so‘ngra yana foydalaniladi. Yuvuvchi
suyuqlik sifatida 100-120°C gacha isitilgan solyar moyi ishlatilsa ham bo‘ladi.
Yuzalardagi chiqindilar va cho‘kindilar kerosin yoki solyar moyida yaxshi erimasa,
u holda maxsus ingibitorlardan foydalanib, kislotali tozalash qo‘llaniladi. Ular truba va
qobiq metallari intensiv korroziyasining oldini oladi. Odatda xlorid kislotasining
«unikol» ingibitori bilan aralashmasi qo‘llaniladi.
2.3-rasm. Issiqlik almashinish qurilmalarini kimyoviy tozalash usuli
1-yuvuvchi suyuqlikni tindirsh uchun sig‘im; 2-isitkich; 3- devorli sig‘im;
4-nasos; 5- cho‘kmani chiqarish shtutseri.
Ajratish. Yuvilgandan so‘ng, qurilmalarni hammayog‘i berk qopqoqlar bilan
kommunikatsiyadan
ajratib olinib, keyin uni ajratishga o‘tiladi. Tagliklarni ajratish
uchun ba’zan trubali bog‘lamning bir qismini demontaj qilishga to‘g‘ri keladi. Qattiq
qobiq trubali issiqlik almashinish qurilmalarining og‘irligi anchagina. Shuning uchun
ularni qismlarga ajratish va keyinchalik o‘rnatish uchun kranlar, uchoyoqlar, statsionar
ko‘tarish qurilmalaridan foydalaniladi.
Nuqsonlarni aniqlash va bartaraf qilish. Tagliklar va ulardagi seksiya to‘siqlari
devorlarining
haqiqiy
qalinligini, teshiklarni parmalash yo‘li bilan o‘lchanadi,
shuningdek ultratovushli qalinlik o‘lchagichlar yordamida ham o‘lchanadi. Seksiya
to‘siqlarini tagliklarga payvandlash sifati ularga suv solib tekshiriladi. Suvni navbatma-
navbat har bir seksiyaga uzatiladi, buning uchun qopqoqdagi barcha shtutserlar
berkitiladi, qopqoqni esa ochiq tomoni bilan yuqoriga qaratib o‘rnatiladi. Truba
panjaralaridagi trubalar uchlarini mahkamlanish holatini avval ko‘z bilan kuzatish orqali
tekshiriladi. Truba uchlarini truba panjaralari uyalarida teshik og‘zini yumaloqlash orqali
mahkamlash keng tarqalgan. Issiqlik almashinish trubalarining alohida xususiyatlari:
ularning kichik qalinlikda ekanligidir. Shuning uchun trubalar uchlarining
mahkamlanishi alohida e’tibor bilan tekshiriladi. Teshiklarni yumaloqlab mahkamlash
sifatini, yumaloqlash orqali mahkamlangan yuzalar holati bo‘yicha baholanadi. Yuzalar
bir tekis deformatsiyalangan bo‘lishi, shuningdek yumaloqlab berkitilgan trubalar
uchlari ichki diametri o‘lchamlari natijalari bo‘yicha bo‘lishi kerak. U truba devori
qalinligi boshlang‘ich diametrdan 15-30% ga ko‘p bo‘lishi kerak. Yangi yumaloqlab
yopilgan birikmalar sifati, yumaloqlab berkitish darajasi orqali xarakterlanadi. Uni
quyidagi formula orqali aniqlanadi:
100
'
D
d
D
d
d
k
н
в
в
bu erda k - razvalsovka darajasi, (%); issiqlik almashinish qurilmalari uchun
k=0,5-1%;
'
в
d
va d
v
- razvalsovkagacha va razvalsovkadan keyingi truba diametri, mm;
D - teshikli panjaradagi truba razvalsovkasi uyasining diametri, mm; d
n
- truba uchining
razvalsovkagacha bo‘lgan diametri, mm.
Truba uchlari panjara yuzasidan truba devori qalinligiga teng bo‘lgan uzunlikda
chiqib turishi kerak va bortovka qilingan bo‘lishi zarur. Truba uchining qo‘ng‘iroqchasi
(bortovka qilingan uchastka) butun, yoriqlarsiz va darzlarsiz bo‘lishi kerak. Truba
devorining yumaloqlab mahkamlangan yuzasidan yumaloqlab mahkamlanmagan
uchastkalariga o‘tadigan joylariga e’tibor berish zarur: ular silliq, devorlarining uchli
kesiklarisiz bo‘lishi kerak.
Ko‘p hollarda trubalarning uchlari tezroq emiriladi, shuning uchun, ularning
qalinliklarini o‘lchash orqali issiqlik almashinish trubalari butkul holati haqida xulosa
qilish mumkin. O‘ta emirilgan trubalar yumaloqlab mahkamlangan birikmalarning
mustahkamligini ta’minlay olmaydi.
Agar panjaralar va trubalar yaxshi payvandlanadigan metalldan yasalgan bo‘lsa,
issiqlik almashinish qurilmalarida truba panjaralarida trubalarni payvandlab
mahkamlash ham qo‘llaniladi. Panjara va truba devorlarining qalinliklari juda katta
farqli bo‘lishi, payvand ishlarini sifatli bajarilishiga qiyinchilik tug‘diradi. Ko‘rik
vaqtida payvand choki bir tekisliligiga va uning qalinligiga e’tibor berish kerak, chunki
ekspluatatsiya jarayonida choklar korrozion va erozion emirilishga duch keladi.
Trubalar ichki yuzalarini yuvish vaqtida chiqarib yuborilmagan cho‘kindilar bilan
ifloslanganlik darajasini ko‘z bilan ajratib va ozod kesimlar diametrlarini o‘lchash yo‘li
bilan ham aniqlanadi.
Bular cho‘kindilarni mexanik tozalash yo‘li bilan olib tashlanadi. U cho‘kindilarni
truba yuzasidan turli asboblar yordamida yumshatilib va qirqib tozalanadi. Mexanik
tozalash jarayoni ko‘p mehnat talab qiladi.
2.4-rasm. Issiqlik almashinish qurilmalarini mexanik tozalash uchun qurilma
1-parma; 2-g‘ovak val; 3-taqsimlovchi zolotnik; 4-yuritma; 5-tayanch;
6-koshka; 7-uch oyoq; 8-lebedka; 9-kran osti yo‘li.
Uchlari payvandlangan trubalarni payvandlash murakkabroq. Buning uchun qo‘l
kuchi yordamida yoki pnevmatik bolg‘acha yordamida chok uziladi, ba’zan panjaradagi
uyacha mexanik qayta ishlov beriladi. Amalda emirilgan trubalarni yangilariga
almashtirish kam uchraydi; odatda ularni har ikki uchlari tomonidan metall (masalan,
po‘latdan yasalgan) tiqinlar bilan yopib qo‘yiladi, ular kichkinagina konuslikka (3-5°)
egadir. Tiqinlarni trubadagi maksimal bosimga mustahkam qarshilik qilishlari uchun
zichlab urib qo‘yiladi. Yopib qo‘yilgan trubalar soni, bitta oqimga to‘g‘ri keladigan,
ularning bog‘lamdagi umumiy soni 10% dan oshmasligi kerak, aks holda gidravlik
qarshilik sezilarli darajada ortib ketadi va issiqlik almashinishi sezilarli darajada
kamayib ketadi.
2.5-rasm. Issiqlik almashinish qurilmalari uchun kesish kallagi
1-keskich; 2- shpindel; 3- uzatkich.
Umumiy holda anchadan beri ishlayotgan issiqlik almashinish qurilmalar
trubalarida bir necha nuqsonlarni aniqlash, barcha trubalarning ishdan chiqqanligi
ehtimolini ko‘rsatadi. Bunga sabab ularning hammasi ham bir xil sharoitda
ishlaganliklaridir. SHuning uchun emirilgan trubalarni yopib qo‘yish orqali issiqlik
almashinish qurilmalarini yaqin kapital yoki o‘rta ta’mirlashgacha ekspluatatsion
yaroqliligini saqlab turish mumkin. Ta’mirlash vaqtida esa, issiqlik almashinish qurilma
yoki trubalar bog‘lami butkul yangisi bilan almashtiriladi.
Konstruksion echimlarga qarab, truba uchlarining truba panjalari bilan zich
bo‘lmagan birikishida qo‘shimcha elektr payvandlab yoki qo‘shimcha juvalab qo‘yiladi.
Payvandlanayotgan uchastkalar metall shyotkalar bilan tozalanadi, aniqlangan yoriq
zubilo bilan uzib tashlanadi. Elektrod diametri, sifati, shuningdek, payvandlash choki
kattaligi katta ahamiyatga ega. Qo‘shimcha juvalash ham yuqori malaka talab etadi.
Haddan tashqari juvalash ham birikmalarni ishdan chiqarib qo‘yishi mumkin. Bitta yo
ikkita qo‘shimcha juvalash natija bermayotgan bo‘lsa, trubalarni har ikki tomonidan
truba panjarasi yon yuzalari payvandlab tashlanadi. Bunday hollarda payvandlashdan
keyin yonma-yon turgan truba uchlarini payvandlash vaqtida qizib ketish ta’sirini
yuqotish maqsidida qo‘shimcha juvalanadi.
Qobiqning emirilgan uchastkalarini gidravlik bosim bilan tekshirish yordamida
yoki ultratovushli defektoskop yordamida topiladi. Shubhali uchastkalarni, qoldiq
qalinliklarni oddiy o‘lchov asboblarida (shtangensirkul, chizg‘ich va h.) o‘lchash
maqsadida parmalanadi. Kopusni ta’mirlashda uning tashqi yuzasiga qobiq qaysi po‘lat
tunikasidan tayyorlangan bo‘lsa, o‘sha markadagi po‘latdan yasalgan latkalar qoplab
ta’mirlanadi. Yamoqlar ustma-ust qilib payvandlanadi. Qobiqning shikastlangan
uchastkasini keyinchalik latkani tutash choki bilan payvandlash maqsadida gazkeskich
bilan kesib bo‘lmaydi: gazkeskich yonma-yon turgan trubani shikastlashi mumkin.
Bundan tashqari latkani tutashtiruvchi payvandga moslash juda mushkul.
Qoplanayotgan latka o‘lchamlari birinchidan, emirilgan uchastkani butkul qoplashi
kerak, ikkinchidan, payvandlash qobiq uchastkasiga etarli qalinlikda to‘g‘ri kelishi
kerak. Qobiqni ta’mirlashning yuqorida qayd etilgan usuli yuqori bosimda ishlovchi
qurilmalarni nazorat qilish agentligi talablariga javob bermaydi.
Yig‘ish va sinash. Ta’mirdan so‘ng issiqlik almashinish qurilmalarini bosim bilan
tekshirishga qopqoqlari ochilgan holda beriladi, so‘ngra qopqoq osiladi va
mahkamlanadi.
Qobiq va qopqoqdagi barcha muftalar tozalangan bo‘lishi kerak.
Yig‘ilgan qurilmalarni suv bilan yakuniy bosim ostida tekshirishga yuboriladi.
Avval trubalararo bo‘shliqni (qobiq) qopqoqlaridagi tushiruvchi muftalarni ochiq
holatda nazorat bosimida bosim bilan tekshiriladi. Keyin undan suv batamom chiqarib
tashlanadi va korpusdagi ochiq tushiruvchi muftalarda truba bo‘shlig‘i bosim bilan
tekshiriladi. Nazorat bosimi kattaligi odatda qurilma pasportida ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Bunday ko‘rsatkich mavjud bo‘lmagan hollarda qurilma qobig‘i (trubalararo bo‘shliq)ni
sig‘im sifatida sinaladi, truba bo‘shlig‘ini esa-ikkilangan ishchi bosimga tekshiriladi.
Tushiruvchi va flanesli birikmalar orqali tomchilashlarning yo‘qligi,
mustahkamlik va zichlikning ishonarli ekanligidan dololat beradi. Tiqinlarni olib
tashlangandan keyin qurilmani ekspluatatsiya qilishga beriladi.
U-simon trubali issiqlik almashinish qurilmalari. U-simon trubali issiqlik
almashinish qurilmalarining asosiy afzaliklari - suzuvchi kallaklarning yo‘qligi va
qobiqning ajratiladigan tagligi yo‘qligidir. Ammo, issiqlik almashinish trubalarining
ichki yuzalarini mexanik tozalash imkoni bu holatda deyarli, mumkin emas. SHuning
uchun ekspluatatsiya jarayonida trubalar devorlarida eruvchan va erimaydigan
cho‘kindilarning hosil bo‘lishini oldini olishga imkon beradigan zaruriy choralar qabul
qilinadi. Yuvish texnologiyasi va kimyoviy tozalash xuddi qobiq trubali issiqlik
almashinish qurilmalarinikiga o‘xshash. Montaj shtutserlari orqali yangi truba
bog‘lamini o‘rnatishda qulaylik bo‘lishi uchun qobiq tagligiga tros sim uzatiladi, bu sim
bilan truba panjarasiga mahkamlangan tortki quloqchasi ilib olinadi. Montaj qilib
bo‘lingandan so‘ng shtutserga tiqin tiqib qo‘yiladi
«Truba ichida truba» tipidagi issiqlik almashinish qurilmalar. «Truba ichida truba»
tipidagi issiqlik almashinish qurilmalarini montaj qilish usullari ularning konstruktiv
bezatilishi va komponovka sxemasiga bog‘liqdir. Issiqlik almashinish qurilmalari bir
oqimli va ko‘p oqimliga bo‘linadi. O‘z navbatida bir oqimli issiqlik almashinish
qurilmalar qattiq konstruksiyali issiqlik almashinish qurilmalari va temperatura
deformatsiyalarini kompensatsiyalovchi issiqlik almashinish qurilmalariga bo‘linadi.
Bir oqimli issiqlik almashinish qurilmalarini alohida bloklarda maxsus
metallokonstruksiyalarida montaj qilinadi. Ular poydevorga mahkamlangan bo‘ladi.
Tashishga qulay metallokonstruksiyali bloklarni yig‘ish tayyorlovchi zavodda amalga
oshiriladi. Montaj maydonchalarida ularni maksimal yiriklashtiriladi.
Payvand va flanes birikmalarida nozichlik mavjudligini, shuningdek, trubalar
nuqsonlari alohida issiqlik almashinish qurilmalari ichki va tashqi trubalarini bosim bilan
tekshirish orqali aniqlanadi. Issiqlik almashinish qurilmasining ichki zmeevikida
suyuqlik tomchilarini sizilganda, temperatura deformatsiyalari konpensatsiyasiga
bog‘liq bo‘lmagan holda kalach qopqoqni ajratib olinadi. Bu qopqoqqa ikkita ichki
trubalarni biriktiruvchi qo‘shaloq juft joylashgan. Ko‘pincha suyuqlik o‘tib ketishi,
aynan shu birikmalarda aniqlanadi, bu birikmalar rezbalarda ham, xuddi flanesdagi kabi
bajariladi.
«Truba ichida truba» tipidagi issiqlik almashinish qurilmalarining ichki va tashqi
trubalari oson yuviladi. Qurilmalarni qismlarga ajratilgan konstruksiyalarida mexanik
tozalash ham qiyinchilik tug‘dirmaydi. Ichki trubalarni mexanik tozalashni
osonlashtirish uchun ko‘pincha, ularni qo‘shaloq juftlar bilan payvandlab emas,
flaneslarda biriktiriladi.
Bir oqimga nisbatan katta ixchamligi bilan ajralib turadigan, ko‘p oqimli issiqlik
almashinish qurilmalari, tayyorlovchi zavoddan butkul yig‘ilgan holatda yo o‘rnatish
ramalari bilan birga, yoki bir necha seksiyalar bo‘yicha kompanovka qilinib keltiriladi
(qurilgan issiqlik almashinish qurilma).
Ko‘p oqimli issiqlik almashinish qurilmalari nuqsonlarini bosim bilan tekshirish
orqali aniqlash oson. Avval trubalar ichki bo‘shliqlarini bosim bilan tekshiriladi. Agar
bunda bosim bilan tekshiruvchi suyuqlik trubalararo bo‘shliqda paydo bo‘lsa, qopqoq
ochiladi va ichki trubalarning birikmalarining uchlari yalang‘ochlanadi. Trubalar
uchlarining panjaraga birikishida, shuningdek, qo‘shaloq juft tutashuvi uchastkalarida
ham uzatishlar bo‘lishi mumkin. Ichki trubalarni qismlarga ajratishda va yig‘ishda truba
panjarasidagi konussimon uyalar yuzalarining holati va trubalar uchliklaridagi sferalar
alohida e’tibor bilan kuzatilishi zarur. Ularni mexanik zarbalardan va korroziyadan
himoyalash kerak. Ko‘pincha, truba va truba uchligi orasidagi tutashuvda payvand
choklari emiriladi. Tashqi truba birikmalaridagi nuqson odatda ekspluatatsiya vaqtida
yuzaga chiqadi. Bunday nuqsonlarni aniqlash uchun ta’mirlash va montaj vaqtida
yuzaga chiqadi. Bunday nuqsonlarni aniqlash uchun ta’mirlash va montaj vaqtida
trubalararo bo‘shliqni bosim bilan tekshirishga yuboriladi. Nozik teshik og‘zini
yumaloqlash bilan bajarilgan birikmalarni qo‘shimcha teshik og‘izlari yumaloqlanadi
yoki payvandlanadi.
Plastinali issiqlik almashinish qurilmalar. Plastinali issiqlik almashinish
qurilmalarini butkul yig‘ilgan holatda barcha birikmalarni zichlikka tekshirilgandan
so‘ng poydevorga o‘rnatiladi. Shtampovka qilingan plastinalarni qiyshayishi va
siljishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun issiqlik almashinish qurilmalarini olib boruvchi
ustunlarni aniq o‘rnatish muhim ahamiyatga egadir. Taftish vaqtida va ta’mirlash
vaqtida, bloklar qismlarga bo‘linadi, hamda ulardagi plastinalar va yoriqlari
ko‘rinuvchan (gofrirlangan) kanallarining butunligi tekshiriladi. Emirilgan plastinalarni
yangilari bilan almashtiriladi. Yig‘ishdan oldin barcha plastinalar yaxshilab yuviladi.
Tutashuvchi plastinalar oralig‘idagi qistirmalarni, shuningdek, chetki plastinalar
oralig‘idagi va tegishli ravishda qo‘zg‘almas va qo‘zg‘aluvchan plitalar orasidagi
qistirmalar alohida diqqat bilan tekshiriladi. Plastinali issiqlik almashinish qurilmalarini
ta’mirlashda eng muhim ish - bu ko‘plab shakldor qistirmalar tayyorlashdir.
Yuqori temperaturalarda ishlaydigan ba’zi bir issiqlik almashinish qurilmalarini
payvandlab - qismlarga ajratib bo‘lmaydigan qilib yasaladi. Bunday issiqlik almashinish
qurilmalaridagi plastinalar ta’mirlanmaydi, payvand birikmalarning nozichliklari
aniqlangan joylarini qayta payvandlash bilan chegaralaniladi.
Ko‘mir-grafitli issiqlik almashinish qurilmalari. O‘ta agressiv muhitlar uchun
turli konstruksiyalardagi ko‘mir grafit materiallaridan ishlangan issiqlik almashinish
qurilmalari qo‘llaniladi: blokli, qobiq blokli, cho‘ktirma va qobiq-trubali tiplardagi
konstruksiyalar.
Ko‘mir grafitli issiqlik almashinish qurilmalarini montaj qilish, ta’mirlash usullari,
ularning konstruksiyalari, og‘irligi va o‘lchamlariga qarab tanlanadi. Ko‘p hollarda
asosiy e’tibor po‘lat bolt yoki shpilkalar bilan tortib bog‘lanadigan birlashtiruvchi
elementlar (blok, truba kanallar) orasidagi zichlikni mustahkamlashni ta’minlashga
qaratilgan bo‘ladi. Metall qobiq va grafitli trubadan iborat bo‘lgan, murakkab qobiq-
trubali issiqlik almashinish qurilmalarini ta’mirlash va montaj qilish ba’zi
qiyinchiliklarni tug‘diradi
2.6-rasm. Grafit trubali qobiq-trubali issiqlik almashinish qurilmasi
1-qabul qiluvchi kamera; 2- tortuvchi bolt; 3- grafitli teshikli panjara; 4- metall
qobiq; 5- grafitli truba; 6- tayanch.
Qobiq yon tomonlariga grafitli trubali panjaralar o‘rnatilgan bo‘lib, ularga trubalar
surtma moyga konusli yuzalar bilan mahkamlangan. Kiruvchi va chiquvchi kameralar
shakldor qopqoqlar bilan hosil qilingan. Birikmalarning zichlanishiga, boltlarni
qistirmalar vositasida bir tekis tortib bog‘lash orqali erishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |