Kimyoviy texnologiya



Download 1.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana27.02.2020
Hajmi1.97 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7

 

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI  

OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI 

 

BUXORO  MUHANDISLIK-TЕXNOLOGIYA  INSTITUTI 



 

“KIMYOVIY TEXNOLOGIYA” fakultеti 

 

“NEFTKIMYO SANOATI TЕXNOLOGIYASI” kafеdrasi 

 

Himoyaga ruxsat etildi 

«KT» fakulteti dekani 

________ dots. Ataullayev Sh.N 

«____» __________2016 yil 

Ro’yxatga olish raqami №_____ 

 

 



BITIRUV – MALAKAVIY ISHI 

TUSHUNTIRUV YOZUVI

 

 

Mavzu: Mazutni vakuumli haydash tizimidagi ish unumdorligi soatiga 



21,6 tonna bo’lgan qobiq quvurli issiqlik almashtirgichni texnologik 

hisoblash va o’rnatish-ta’mirlash ishlarini tashkil etish 

 

 



 

 

Bajardi:                                            36–12 TJNG guruhi talabasi  



                                                            Rafikov Sh.A.  

                                                                       

     Rahbar:                                            Hayitov O.O. 

 

 



 

Himoya kuni  _______________                                           DAK bayoni _______________ 

 

DAK bahosi   _______________                                            DAK kotibi    _______________ 

 

 

 

 

 

 

 

 

Buxoro–2016 yil. 

«NKST» kafedrasi mudiri 

_______ dots.Bozorov G’.R. 

«____» __________2016 yil 

 


 

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI  

OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI 

 

BUXORO  MUHANDISLIK-TЕXNOLOGIYA  INSTITUTI 



 

“KIMYOVIY TEXNOLOGIYA” fakultеti 

 

“NEFTKIMYO SANOATI TЕXNOLOGIYASI” kafеdrasi 

 

Himoyaga ruxsat etildi 

«KT» fakulteti dekani 

________ dots. Ataullayev Sh.N 

«____» __________2016 yil 

Ro’yxatga olish raqami №_____ 

 

 



BITIRUV – MALAKAVIY ISHI 

 

Mavzu: Mazutni vakuumli haydash tizimidagi ish unumdorligi soatiga 

21,6 tonna bo’lgan qobiq quvurli issiqlik almashtirgichni texnologik 

hisoblash va o’rnatish-ta’mirlash ishlarini tashkil etish 

 

 



 

 

Bajardi:                                            36–12 TJNG guruhi talabasi  



                                                            Rafikov Sh.A.  

                                                                       

     Rahbar:                                            Hayitov O.O. 

 

 



 

Tushuntiruv – yozuv ishlari                                             ___________ varaq 

 Grafik qismi                                                                   ________ ta chizma 

 

Himoya kuni  _______________                                    DAK bayoni _______________ 

 

DAK bahosi   _______________                                     DAK kotibi    _______________ 

 

 

 

 

 

 

 

Buxoro–2016 yil 

«NKST» kafedrasi mudiri 

_______ dots.Bozorov G’.R. 

«____» __________2016 yil 

 


 

 

Kirish   

I. Texnologik qism. 

I.1. Neftning kimyoviy tarkibi va olinadigan mahsulotlar;  

I.2. Suyuqliklarni haydash va aralashmalarni ajratish usullari; 

I.3. Mazutni vakuumli haydash texnologik tizimi tavsifi; 

I.4. Issiqlik almashinish jarayonlari va qurilmalari. 

 

II. Loyihalash-konstruktorlik qismi. 

II.1. Qobiq quvurli issiqlik almashtirgichni texnologik hisoblash; 

II.2. Jihozni 

o’rnatish va ta’mirlash 

III. Hayot faoliyati xavfsizligi qismi 

III.1. Fuqaro muhofazasi 

III.2. Texnika xavfsizligi 

IV. Grafik qismi 

IV.1. Mazutni vakuumli haydash qurilmasi texnologik sxemasi; 

IV.2. Qobiq quvurli issiqlik almashtirgichning umumiy k

o’rinishi chizmasi; 

IV.3. Jihozni 

o’rnatish va ta’mirlash sxemalari; 

IV.4. Qobiq quvurli issiqlik almashtirgichni alohida qismlari va detallari ishchi 

chizmalari. 

Xulosa.  

Foydalanilgan adabiyotlar r

o’yxati. 


 

Kirish 

2015  yilda  mamlakatni  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish  yakunlari  va  2016  yilga 

mo’ljallangan  iqtisodiy  dasturning  eng  muhim  ustuvor  yo’nalishlariga  bag’ishlangan 

majlisida  Davlatimiz  rahbarining  nutqida  jahon  moliyaviy-iqtisodiy  inqirozi  davom 

etayotganligiga  qaramay,  2015  yilda  iqtisodiy  dasturning  eng  muhim  yo’nalishlari  va 

ustuvor vazifalari hamda chuqur tarkibiy o’zgartirishlar, xususiy mulk va kichik biznes 

manfaatlarini  ishonchli  himoya  qilishni  ta’minlash  bo’yicha  har  tomonlama  puxta 

Dasturning izchil va tizimli amalga oshirilishi natijasida iqtisodiyot o’sishining barqaror 

va yuqori sur’atlariga hamda makroiqtisodiy muvozanatga erishilganligi qayd etildi.  

Nufuzli  halqaro  moliyaviy-iqtisodiy  tashkilotlar  va  ilmiy  markazlar  tomonidan 

yuqori  baholanayotgan  yutuqlar  va  mamlakat  iqtisodiyotini  rivojlantirish  istiqbollari 

butun  jahonda  “o’zbek  modeli”  sifatida  e’tirof  etilib,  bu  tanlangan  rivojlanish 

strategiyasining  yuqori  samaradorligi  va  muvaffaqiyatini  yana  bir  bor  tasdiqlagani 

alohida qayd etildi. Nufuzli Jahon iqtisodiy forumi reytingiga muvofiq O’zbekiston 2014-

2015 yillardagi rivojlanish yakunlari va 2016-2017 yillarda iqtisodiy o’sish prognozlari 

bo’yicha dunyodagi eng tez rivojlanayotgan beshta mamlakat qatoridan joy olgan.  

Mulkchilik  tarkibini  tubdan  o’zgartirish,  davlatning  iqtisodiyotdagi  ishtirokini 

qisqartirish,  korporativ  boshqaruvning  prinstiplari  va  yondashuvlarini  o’zgartirish 

bo’yicha  tizimli  chora-tadbirlar,  keng  ko’lamli  ishlar  amalga  oshirilmoqda.  Barcha 

akstiyadorlik jamiyatlarida boshqaruvning zamonaviy namunaviy tuzilmasi joriy etildi. 

Tarkibiy  o’zgartirishlar,  tarmoqlarni  modernizastiyalash,  texnik  va  texnologik 

jihatdan  yangilash  bo’yicha  chora-tadbirlar  va  investistiya  loyihalarining  faol  amalga 

oshirilishi, shuningdek, zamonaviy infratuzilmaning shakllantirilishi 15,8 milliard AQSh 

dollari  miqdorida  yoki  2014  yildagiga  qaraganda  9,5  foiz  ko’p  investistiyalar 

o’zlashtirilishini ta’minladi. Yuqori texnologiyali tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishga 

yo’naltirilgan  tarmoqlar  jadal  rivojlanishga  ega  bo’ldi.  158  ta  yirik  ishlab  chiqarish 

ob’ekti foydalanishga topshirildi. 

 

 



 

Neft  va  gaz  sanoati  O’zbekiston  iqtisodiyotining  muhim  tarmoqlardan  biri 

hisoblanadi.  Mustaqillikdan  so’ng  mazkur  soha  dinamik  rivojlanib,  Respublika 

mustaqilligini mustahkamlashga o’z hissasini qo’shib bormoqda. 

Iqtisodiyotning  ustivor  sohalarini  modernizastiya  qilish,  texnikaviy  va  texnologik 

qayta  jihozlash,  ularda  zamonaviy  chiqindisiz  texnologiyalarni  joriy  qilish 

Respublikamiz  prezidenti  I.A.Karimov  tomonidan  ishlab  chiqilgan  inqirozni  bartaraf 

qilish dasturining asosiy vazifalaridan hisoblanadi. 

Mustaqillika erishilgach, 1997 yilda gaz kondensatini qayta ishlashga mo’ljallangan 

chet  el  ilg’or  zamonaviy  texnologiyalardan  biri  Fraksiya  “Teknip”  kompaniyasi 

texnologiyasiga ko’ra Buxoro neftni  qayta ishlash zavodi  ishga tushirildi.  Zavodning 

umumiy  quvvati  yiliga  2,5  mln.  tonna  neft  va  gaz  kondensati  aralashmasini  qayta 

ishlashga mo’ljallangan  

Respublikamizda  neft  kimyosi  va  organik  sintez  moddalar  olishni  ko’paytirish 

maqsadida  17  fevral  1998  yil  “O’zbekneftegaz”  va  “ABB  Lummus  Global”(AQSh), 

“ABB  Soimi”(Italiya),  “Nisho  Ivai”,  “Toyo  injiniring”(Yaponiya)  kompaniyalari 

o’rtasida  gaz  kimyo  majmuasini  loyihalash,  qurilmalarni  etkazish,  o’rnatish  va  ishga 

tushirish bo’yicha shartnoma imzolandi. 2001 yil oxirida Sho’rtan gaz kimyo majmuasi 

ishga tushirildi va 2002 yil 15 avgustidan birinchi o’zbek polietileni chiqarildi. Gaz kimyo 

majmuasi umumiy quvvati yiliga 4,2 mlrd. m

3

 tabiiy gazni qayta ishlashga mo’ljallangan.  



Sho’rtan  gaz  kimyo  majmuasida  ishlab  chiqarilayotgan  barcha  polietilen 

mahsulotlari ekologik va gigienik sertifikatlarga egadir. Zavod maxsulotlariga 2005 yil 

Halqaro  ISO-9001 sifat sertifikati berildi. 

Hozirgi  vaqtda  Sho’rtan  GKM  mahsulotlarining  70%  i  eksportga  chiqarilmoqda. 

Ya’ni  Ovropa  mamlakatlari  (Italiya,  Gollandiya,  Polsha,  Vengriya,  Turkiya),  Osiyo 

(Eron,  Pokiston,  Xitoy),  MDH  davlatlari(Rossiya,  Ukraina,  Ozarbayjon,  Qirg’iziston, 

Tojikiston) ga eksport qilinmoqda.  

Sohaning muhim rolini inobatga olib, mamlakatimiz rahbariyati neft va gaz sanoati 

rivojiga  alohida  ahamiyat  qaratmoqda.O’tkazilayotgan  geologik  tadqiqotlar  Buxoro, 

Xiva  va  Surxondaryo  regionlarining  yuqori  istiqbolga  ega  ekanligini  tasdiqladi.  Boy 

zaxiralar  aniqlangan  Ustyurtda  Surgil,  Sharqiy  Berdax,  Uchsoy  kabi  yirik  gaz  konlari 


 

ochildi. 2015-2019 yillarda “O’zbekneftgaz” MXK 50 dan ziyod investistion loyihalarni 

amalga oshirishni ko’zda tutgan. 

Surgil  koni  bazasida  barpo  etilayotgan  4,5  milliard  kub  metr  tabiiy  gazni  qayta 

ishlab,  400  ming  tonna  polietilen  va  100  ming  tonna  polipropilen  ishlab  chiqarish  va 

mahsulotlarning  asosiy  qismi  Yevropa,  Sharqiy  va  Janubi-Sharqiy  Osiyo  bozorlarida 

sotilishi ko’zlangan “O’zbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasi, Janubiy Koreyaning 

“Kogas”,  “Lotte  Petrochemicals”  kompaniyalari  va  “Uz-Kor  Chemicals”  qo’shma 

korxonasi hamkorligidagi Ustyurt gaz-kimyo majmuasi va Lukoil Uzbekistan Operaiting 

Company MChJ buyurtmasiga ko’ra Janubiy Koreyaning Hyundai Engineering Co., Ltd. 

kompaniyasi tomonidan «Qandim – Xauzak – Shodi – Qo`ng`iorot» gaz konlari bazasida 

qurilishi  tugallanayotgan  gazni  qayta  ishlash  zavodi  (GQZ)  kompleksini  qurish 

Respublikamiz yoqilg’i – energetikasi sohasida yana bir muhim qadamlardan sanaladi.  

Respublikamizda  yoqilgi  energiyasiga  bo’lgan  talabni  to’la  qondirishda 

“O’zbekneftegaz” Milliy xolding kompaniyasi asosiy o’rin tutadi.  

Hozirda  Respublikamizda  jaxon  sifat  andozalariga  mos  keluvchi  tayyor  neft 

maxsulotlarini tashqi bozorga chiqarilyapti. 

 

 



 

 

I.1. Neftning kimyoviy tarkibi va undan olinadigan mahsulotlar 

Neftni  qayta  ishlash  sanoati  xalq  xo’jaligini  yoqilg’i  va  surkov  materiallariga 

bo’lgan  ehtiyojini  qondirib  kelmoqda.  Neftdan  bitum,  koks,  parafinlar  olinib,  bundan 

tashqari neft - neft kimyosi uchun xom-ashyolar bazasi ham hisoblanadi. 

Neft  och  jigar  rangdan  qoramtir  qo’ng’ir  ranggacha  tuslanuvchi  yonuvchan, 

moysimon suyuqlik, 20 

0

Sdagi zichligi 0,73 dan 0,95 g/sm



3

 gacha bo’lgan, +20 

0

S gacha 


haroratda qotuvchi juda murakkab tarkibli turli uglevodorodlar va geteroatomli organik 

birikmalar aralashmasidan tarkib topgan murakkab kimyoviy aralashmadir. 

Neft  bu  –  bir  -  biridan  qaynash  harorati  bilan  farq  qiladigan  turli  uglevodorodlar 

(C=83-87 %, H=11-14 %, S=0,3–3 %, O=0,1–1,0 %, N=0,001–0,4 % shuningdek, juda 

kam  miqdorda  metalloorganik  birikmalar  shaklida  vanadiy,  nikel,  temir,  titan,  kobalt, 

germaniy  va  boshqa  elementlardan  iborat  bo’ladi),  smola-asfalten  mahsulotlari  va 

tarkibida kam miqdorda oltingugurt, kislorod va azot saqlagan organik birikmalarining 

murakkab aralashmasidir. Neft odatda, qora rangli moysimon, yonuvchan suyuq modda 

bo’lib o’ziga xos hidi bor. U suvdan biroz engil va suvda erimaydi. Neft - asosan vodorod 

va  ugleroddan  tashkil  topgan.      Neftning    tarkibini  barcha  uglevodorodlarning  asosiy 

sinflari  –  parafinlar,  naften  uglevodorodlari,  aromatik  uglevodorodlar  va  ularning 

aralashmalari  (parafin  -  naftenli,  naften  -  aromatik  va  h.k.lar)  tashkil  qiladi.  Neft  xom 

ashyosi  tarkibida  to’yinmagan  va  olefin  uglevodorodlari  juda  ham  kam  bo’ladi.  Bu 

uglevodorodlar  termik  va  katalitik  jarayonlarda  uglevodorodlarning    kimyoviy 

parchalanishi 

oqibatida 

engil 

neft 


mahsulot-larida 

hosil 


bo’ladilar. 

Neft 


uglevodorodlarining  asosiy  sinflari  bir  xil  taqsimlanmagan  bo’lib,  ular  neftning  kelib 

chiqish tabiatiga bog’liq bo’ladi. 

Neftni qayta ishlash jarayonining birinchi texnologik zanjiri – neftni suvsizlantirish 

(tuzsizlantirish) jarayoni hisoblanib, bunda ELOU qurilmasida neft tarkibidan mexanik 

aralashmalar,  suv  va  suv  emulstiyalari,  mineral  tuzlar  ajratiladi.  Suvsizlantirilgan  neft 

350


o

S haroratda qizdirilib ATda haydaladi va tarkibidan engil fraksiyalar ajratilib, qoldiq 

sifatida mazut qoladi.  Jarayonnning asosiy qurilmasi rektifikastion kolonna bo’lib,  

 

 



 

kolonnada  neft  muayyan  bir  haroratda  haydalmasdan,  balki  kolonna  balandligi 

bo’yicha berilgan haroratlar oralig’ida haydaladi (fraksiyalash). Neftning asosiy sifatini 

belgilaydigan  xossasi  -  bu  uning  frakstion  tarkibidir.  Neftni  atmosfera  bosimida  ATda 

haydalganda undan quyidagi fraksiyalar olinadi: 

b.q.h. 60 

0

S - uglevodorod gazlari  



170-200 

0

S - benzin fraksiyasi – 180



0

S (205 


0

S). 


160-200 

0

S - ligroin fraksiyasi 



170-240 

0

S - kerosin fraksiyasi 



200-270 

0

S - gazoyl fraksiyasi 



240-350 

0

S - dizel fraksiyasi 



350

0

S dan yuqori haroratda haydaladigan fraksiya - mazut deyiladi. 



Bulardan tashqari turli oraliq fraksiyalar, misol uchun kerosin-gazoyl fraksiyasi 270-

300 


0

S ham olinadi. 

ATda  olingan  barcha  maxsulotlar  kelgusida  motor  yoqilg’isi  olish  uchun  yarim 

tayyor maxsulot hisoblanadi va qo’shimcha qayta ishlash (tozalash) jarayonlariga tayyor 

maxsulot olish uchun yuboriladi. 

Qoldiq mazut - yuqori haroratda qaynaydigan og’ir uglevodorodlar aralashmasidan 

iborat bo’lib, uni qayta ishlashda  termik parchalanib ketmasligi uchun vakuum sharoitida 

haydaladi va  quyidagi moyli fraksiyalar olinadi (moy distillyatlari):   

   350-420

0

S engil moy fraksiyasi (transformator distil.) 



420-490

0

S o’rta moy fraksiyasi (mashina distil.)  



450-490

0

S og’ir moy fraksiyasi (motor,turbina distil.) 



490

0

S gudron (qoldiq fraksiya)  



Mazutni  vakuumda  haydab  undan  olingan  moy  distillyatlari  kelgusida  bir  nechta 

texnologik jarayonlaridan o’tib sifati yaxshilanadi va tayyor mineral moylar ko’rinishiga 

olib kelinadi. Anna shu mineral moylar - motor yoqilg’ilarining asosini tashkil qiladi. 

 

 



 

 


 

I.2. Suyuqliklarni haydash va aralashmalarni ajratish usullari 

Neft  va  gaz  mahsulotlarini  tahlinini  engillashtirish  maqsadida  har  xil  usullar 

qo’llaniladi. Ulardan kimyoviy tarkibi va molekulyar massasi bo’yicha ajratishdir. Neftni 

ajratish va uning tarkibidan turli uglevodorod guruhlari va geteroatomli komponentlarni 

ajratish uchun kimyoviy va fizikaviy usullardan qo’lllaniladi. Bu usullar quyidagi-lardir.  

1. Neftni haydash usullari. 

2. Rektifikastiya usullari. 

3. Ekstrakstiya usullari. 

4. Absorbstiya. 

5. Adsorbstiya usuli ularning turlari. 

6. Kristallizastiya usuli. 

Kimyoviy  usullar  bir  xil  reakstiya  qobiliyatiga  ega  bo’lgan  komponent  ajralishi 

fizikaviy usullarga quyidagilar kiradi. 

1.1–jadval. Fizikaviy usullar bilan neftni komponentlarga ajratish 

Faza holati 

Oddiy usullar  

Murakkab usullar 

Gaz–gaz  

Membrana 

orqali 

diffuziya 



Gaz tashuvchilar diffuziya-si 

Gaz–suyuqlik  

Haydash 

va 


rektifikastiya 

Suv  bug’i  bilan  haydash 

absorbstiya, 

azeotrop 

rekti-

fikastiya, ekstroaktiv  



Gaz–qattiq faza 

Vozgonka  

Adsorbstiya  

Suyuqlik suyuqlik  

Membrana 

orqali 


diffuziya 

Ekstrakstiya 

Suyuqlik–qattiq 

faza 


Kristallash  

Adsorbstiya, 

ekstrakstiya 

kristallash, 

adduktivlik 

kristallash 

 

Keyingi  vaqtlarda  neft  va  gaz  mahsulotlarini  komponentlarga  ajratish  va  ularni 



tozalashda  kristallash,  sublimatlash,  ekstrakstiya  va  haydash  usullardan  foydalaniladi. 

Shuningdek  neftning  kimyoviy  tarkibini  tekshirish,  uning  murakkab  tuzilishiga  ega 

ekanligi,  hamda  har  xil  haroratlarda  ularning  har  bir  komponentining  alohida  qaynash 

harorati  mavjud  ekanligi  ma’lum  bo’lib  qoldi.  Neft  komponetlarini,  qismlarga  bo’lish, 

hamda uni ajratib olishning bir qancha fizikaviy va kimyoviy usullari mavjud.  

Molekulyar  massasi  bo’yicha  neft  komponentlarini  ajratib  olish  uchun  asosan 

haydash usulidan foydalaniladi. 


 

Haydashning eng muhim turlari quyidagilardir.  

1. Oddiy bosim ostida haydash  

2. Kichik bosim ostida haydash ya’ni vakuumda haydash. 

3. Suv bug’i bilan haydash. 

4. Murakkab haydash (rektifikastiyali haydash). 

Moddalarni qaynash harorati orasidagi farqi katta bo’lsa, ularni oddiy haydash usuli 

bilan  ajratib  olinadi.  Avval  past  haroratda  qaynaydigan  modda  ajratib,  keyin  yuqori 

haroratda qaynaydigan modda haydashda yoki qattiq modda ajralib kristallanib qoladi. 

Moddalarning  qaynash  haroratidagi  farq  unchalik  katta  bo’lmaganda,  avval  past 

haroratda qaynaydigan I modda haydaladi. Bu birinchi fraksiya deyiladi va uni alohida 

ajratib  olinadi.  Harorat  ko’tarila  boshlag’ich  yiggich  kolbani  almashtiramiz,  bunda 

harorat asta ko’tarilib, yuqori haroratda qaynaydigan (II modda) ham qo’shilib haydala 

boshlaydi bu II fraksiya deyiladi. Huddi shunday uchinchi marta harorat ko’tarilishi bilan 

yig’gich kolba almashtiriladi va toza ikkinchi modda ajraladi bu III fraksiyadir. Demak 

bunda  avval  I  modda  haydaladi,  ya’ni  aralashma  uchta  fraksiyaga  bo’linadi.  Bu 

fraksiyalab haydash deyiladi.  

Bosimni  ikki  marta  kamaytirish  moddalarning  qaynash  haroratini  14–20 

0

S  ga, 


bosimni  10–20  mm.  simob  ustuniga  kamaytirish  esa  moddaning  qaynash  haroratini 

atmosfera  bosimidagiga  qaraganda  80–120 

0

S  ga  kamaytirishga  olib  keladi.  Masalan: 



modda normal atmosfera bosimida 220 

0

S da qaynasa, 380 mm simob ustinida 200–205 



0

S da, 10–20 mm. Simob ustunida 200–205 

0

S da 190 mm simob ustunida 185– 190 



0

da, 10–20 mm.simob ustunida esa 100– 120 



0

S da qaynaydi. 



Neftni haydash. Tabiiy neft tarkibida hamma vaqt suv, mineral tuzlar va turli hil 

mexanik aralashmalar bo’ladi. Shuning uchun neftni haydashdan oldin suv, tuz va boshqa 

aralashmalardan tozalash maqsadga muvofiq bo’ladi. 

Laboratoriyada  neftni  haydash  yo’li  bilan  birin-ketin  fraksiyalarga  ajratib,  neft 

mahsulotlari olinadi. Bu usulni sanoatda tadbiq  etib bo’lmaydi.  Bu usul  juda unumsiz, 

ko’p  mablag’  sarflanadi  va  uglevodorodlarni  molekulyar  massasiga  mos  holda 

fraksiyalarga aniq ajratib berolmaydi. 

Neftni  uzluksiz  ishlaydigan  naysimon  asboblarda  haydash  usulida  haydaladi. 

Qurilma  ikkita  asosiy  qurilmadan  –  neft  qizdiriladigan  naysimon  pech  va 


 

dektifikastiyalash kolannasidan iborat; bu kolonnada neft fraksiyalarga (distillyatlarga) – 

qaynash haroratlariga qarab, ayrim uglevodorodlar aralashmasiga benzin, ligroin, kerosin 

va  boshqalarga  ajraladi.  Naysimon  pechning  ichida  U  shaklidagi  uzun  turboprovod 

joylashgan. Pech mazut yoki gaz yoqib qizdiriladi. Turboprovoddan neft to’xtovsiz o’tab 

turadi. Turboprovodda neft 320–350 

0

S ga gacha isib, bug’ va suyuqlik aralashmasi holida 



rektifikastiyalash kollonasiga tushadi. 

1.2–jadval 

Neftni haydash natijasida olinadigan asosiy fraksiyalar 

Fraksiyalar 

Fraksiyalarning 

qaynash chegarasi 

0



Uglevodorodlar 



molekulasidagi uglerod 

atomlarining soni 

Benzin 

20 – 200 



4 –12 

Kerosin 


175 – 275 

9 –16 


Gazoyl 

200 – 400 

15 – 25 

Surkov moylari 

300 dan yukori 

(vakuumda haydaladi) 

20 – 70 

1.3–jadval 

Termik kreking gazlarining tarkibi (massa foizlarda) 

Modda 


Metan 


14 

Etan 


15 

Propan 


20 

Butanlar 

10 

Etilen 


Propilen 

11 

Butilenlar 



10 

Yukori uglevodorodlar 

16 

Jami 


100 

 

1.4–jadval 

Katalitik kreking gazlarining o’rtacha tarkibi (massa foizlarda

Modda 


Modda 


Vodorod 


1,2 

n–butilenlar 

13 

Metan 


6,5 

izobutilen 

13 

Etilen 


1,7 

n– butan 

6,5 

Etan 


5,5 

n–aminlar 

5,75 

Propilen 



11 

izoaminlar 

1,2 

Propan 


12 

pentanlar 

23 

Izobutilen 



1,3 

 

 



 

 


Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent axborot
toshkent davlat
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
umumiy o’rta
haqida umumiy
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
universiteti fizika
malakasini oshirish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
davlat sharqshunoslik
jizzax davlat