Kimyoviy texnologiya



Download 1,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana27.02.2020
Hajmi1,97 Mb.
#40995
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
mazutni vakuumli haydash tizimidagi ish unumdorligi soatiga 216 tonna bolgan qobiq quvurli issiqlik almashtirgichni texnologik hisoblash va ornatish-tamirlash ishlarini tashkil etish (1)


Rektifikastiya  usuli:  Haydash  ajralib  chiqqan  bug’  kondensastiya  jarayoniga 

uchraydi,  hosil  bo’lgan  kondensat  distilyat  yoki  rektifikat  deb  ataladi.  Rektifikastiyali 

haydash,  atmosfera  bosimida  yoki  vakuum  ostida  olib  boriladi.  Hattoki,  XIX  asrning 

oxirlarida  rektifikastiya  usuli  bilan  neft  fraksiyalarga  ajratilib  identifikastiya  qilingan 

edi.Bular  jumlasiga:  pentan,  izopentan,  2–metilpentan,  2  va  3–metilgeksan,  2,3–

dimetilbutan va qator past haroratda kaynovchi uglevodorodlar kiradi. 

Ko’p komponentli aralashmani rektifikastiya qilishda misol uchun benzinni xaydash 

jarayonida  haroratning  ixtiyoriy  intervalida  (5,6  yoki  10 

0

S  da)  kam  mikdordaga 



koiponentlarni taxlil kilish uchun qisman olib tekshirish mumkin. Laboratoriya sharoitida 

rektifikastion kolonna ko’p pog’onali bo’lib, ajralishning aniqlik darajasi ko’p omillarga 

bog’liq.  Bu  erda  muhim  ahamiyatga  ega  bo’lgan  narsa  nasadka  formasi  va  materiali 

bo’lib, u juda yaxshi ishlov berilgan yuzaga ega bo’lishi kerak, chunki unda bug’larning 

flegmalar  bilan  o’zaro  to’qnashuvi  sodir  bo’ladi.  Agar  nasadkaning  sifati  qanchalik 

yaxshi bo’lsa, bitta nazariy hisoblangan tarelkaning balandligi shunchalik kam bo’ladi, 

buning hisobiga kolonnaning balandligi ham kamayadi. Flegma sonini xam to’g’ri tanlab 

olish o’ta muhim hisoblanadi. Flegma soni–flegma xajmining bir vaqt oralig’ida olingan 

xajmning nisbatiga aytiladi.  

Rektifikastiyalashning  aniqligi  bundan  tashqari  yana  kolonna  diametriga  xamda 

boshqa  konstruktiv  xarakteristikalariga  xam  bog’liq.  Boshqacha  qilib  aytganda, 

issiqlikdan  izolyastiyalanganligiga  ham  bog’liq.  Laboratoriya  kolonnasining  ish 

sharoitida effektivligini nazariy tarelkalar soni bilan baholash qabul qilingan. Amaliyotda 

foydalani-ladigan  komponentlarning  tarkibiga  qaprab,  ya’ni  aralashmalarga  qarab 

tarelkalar soni 20 dan to 150 tagacha bo’lish mumkin. 

Aralashma  komponentlarining  uchuvchanligi  o’rtasidagi  farq  ancha  katta  bo’lsa, 

bunda  oddiy  haydash  usulidan  foydalaniladi.  Oddiy  haydash  paytida  suyuqlikning  bir 

marta  qisman  bug’lanishi  yuz  beradi.  Odatda  bu  usul  suyuq  aralashmalarni  birlamchi 

ajratish  hamda  murakkab  aralashmalarni  keraksiz  qo’shimchalardan  tozalash  uchun 

ishlatiladi. 

Suyuq  aralashmalarni  komponentlarga  to’la  ajratish  uchun  rektifikastiya  usulidan 

foydaniladi,  ya’ni  rektifikastiya  usuli  bilan  bir  jinsli  suyuq  aralashmalarni 

komponentlarga ajratishda foydalaniladi. 


 

Suyuq aralashmalarni rektifikastiya yordamida ajratish kolonnali qurilmalarda olib 

boriladi, bunda bug’ va suyuqlik fazalari o’rtasida uzluksiz va ko’p marotobalik kontakt 

yuz  beradi.  Fazalar  o’rtasida  modda  almashinish  jarayoni  boradi.  Suyuq  fazadan  engil 

uchuvchan komponent bug’ tarkibida o’tadi, bug’ fazasidagi kiyin uchuvchan komponent 

esa  suyuqlikka  o’tadi.  Rektifikastion  kolonnaning  yuqorigi  qismidan  chiqayotgan  bug’ 

asosan  engil uchuvchan  komponentlardan iborat  bo’lib,  u kondensastiyaga uchraganda 

so’ng  ikki  komponentga  ajraladi.  Kondensatning  birinchi  komponenti  distilyat  yoki 

rektifikat  (yuqoridagi  mahsulot)  deb  aytiladi.  Kondensatning  ikkinchi  komponenti  esa 

qurilmaga qaytariladi va u flegma deb yuritiladi.  

Hozirgi vaqtda kimyoviy texnologiyaning ko’pchilik sohalari ayniqsa neft sohasida 

shuningdek, organik sintez, izotoplar, polimerlar, yarim o’tkazgichlar va hokazolar toza 

mahsulot ishlab chiqarishda rektifikastiya keng qo’llaniladi. Bundan tashqari spirt, vino, 

likyor-aroq va efir moylari ishlab chiqarishda ham rektifikastiyadan foydalaniladi. 

Ekstrakstiya – bu moddalarni aralashmalardan erituvchilar bilan ajratib olish usuli 

bo’lib, bitta moddani aralashmalardan toza holda ajaratib olish yoki kondentrastiyalash 

yoki aralashma tarkibidagi hamma  moddalarni alohida–alohida toza holda ajratib olish 

usulidir. Ekstrakstiya usuli ikkita bir–birida aralashmaydigan suyuqliklarda moddaning 

taqsimlanish  qonuniga  va  tozalanayotgan  aralashmadagi  moddaning  erituvchilarda  har 

xil erishiga asoslangan. 

Ajralishi  zarur  bulgan  aralashma  eritmasini  yoki  emulstiyani  ajratish  voronkasiga 

solib aralashma erigan erituvchida aralashmay-digan, lekin moddani yaxshiroq eritadigan 

erituvchi  (ektragent)dan  ozroq  solib  chaykatsak,  ajratib  olinayotgan  modda  ikkala 

erituvchi orasida taksimlanadi. 

Erituvchini  ma’lum  miqdoridagi  moddani  to’laroq  ajratib  olish  uchun  erituvchi 

qayta-qayta  ekstrakstiya  qilish  kerak.  Qattiq  moddalarni  aralashmadan  kamroq 

miqdordagi erituvchi bilan qayta-qayta ekstrakstiya qilib ajratib olish mumkin. Bu usul 

agar  xona  haroratida  olib  borilsa  migrastiya,  qizdirish  bilan  olib  borilsa,  digerirlash

agar to’xtovsiz ekstrakstiya qilinsa perkolyastiya deyiladi. 

Yuqorida  aytganimizdek  ekstrakstiyalash  deb  –  eritmalar  yoki  qattiq  moddalar 

tarkibidan  bir  yoki  bir  necha  komponentlarni  erituvchilar  yordamida  ajratib  olish 

jarayoniga  aytiladi.  Ekstrakstiyalash  jarayoni  ham  asosan  rektifikastiya  kabi  suyuqlik 



 

aralashmalarni  ajratish  uchun  ishlatiladi.  Bu  usullarni  qaysi  birini  tanlash  aralashma 

tarkibidagi moddalarning xossalariga bog’liq. Rektifikastiyalashda odatda issiqlik kerak. 

Ekstrakstiyalashda esa isssiqlik talab etilmaydi. Aralashma komponentlarining qaynash 

haroratlarga  beqaror  bo’lsa,  bunday  xollarda  ekstrakstiyalash  jarayoni  qo’llaniladi. 

Ekstrakstiya  usulida  tanlab  olingan  erituvchining  zichligi  ekstrakstiyalanishi  lozim 

bo’lgan  suyuqlik  zichligidan  kam  bo’lishi  shart.  Ekstrakstiyalash  jarayonida  eritma  va 

erituvchi  o’zaro  ta’sir  ettirilganda  ikkita  faza  (ektrakt  va  rafint)  hosil  bo’ladi.  Ajratib 

olingan  modda  erituvchidagi  eritmasi  ektrakt,  dastlabki  eritma  qoldig’i  esa  rafinat 

deyiladi. Rafinat tarkibida ma’lum miqdorda erituvchi bo’ladi. .  

Ekstrakstiyalash  usulida  suyuqliklarni  ekstrakstiya  qilish  boshqa  usullardan  ko’ra 

bir  qancha  afzalliklarga  ega.  Jarayon  past  haroratda  olib  boriladi,  eritmani  eritmani 

bug’latish  uchun  issiqlik  talab  etilmaydi,  yuqori  tanlovchilikka  ega  bo’lgan  istalgan 

erituvchini ishlatish mumkin.  



Absorbstiya– bug’, gaz yoki tutunli gazlarning hamda bug’–gaz aralashmalaridagi 

bir yoki bir necha komponentlarning suyuqlikka yutilish jarayoniga aytiladi. Yutilayotgan 

gaz  absorbtiv,  yutuvchi suyuqlik  absorbent  deyiladi.  Absortiv  va  absorbentning  o’zaro 

ta’siriga ko’ra absorbstiya jarayoni ikki xil bo’ladi. 

1)  Fizik absorbstiya  

2)  Kimiyoviy absorbstiya (xemosorbstiya) 

1)  Fizik  absorbstiyada  yutilayotgan  gaz  bilan  absorbent  o’zaro  bir  –biri  bilan 

kimyoviy  birikmaydi.  Agar  yutilayotgan  gaz  absorbent  bilan  o’zaro  birikib,  kimyoviy 

birikma hosil qilsa xemosorbstiya deyiladi. Fizik adsorbstiya ko’pincha qaytar jarayondir, 

ya’ni suyuqlikda yutilgan gazni ajratib olish mumkin bo’ladi, bu xol desorbstiya deyiladi. 

  Absorbstiya bilan desorbstiya jarayonlarini uzluksiz olib borish natijasida yutilgan 

gazni  toza  holda  ajratib  olish  va  yutuvchi  absorbentni  bir  necha  marta  qayta  ishlatish 

imkoni tug’iladi. Absorbtiv va absorbent arzon va ikkilamchi mahsulot bo’lgani uchun 

ular jarayondan keyin qayta ishlatilmaydi.  

  Absorberlarda kontakt yuzalar fazasida boradi. Shu yuzaning o’lchamlariga qarab 

absorberlar 4 ta guruhga bo’linadi. 

1)  Sirtiy va plyonkali absorber 

2)  Nasadkali absorber 



 

3)  Torelkali yoki barbotajli absorber 

4)  Sochiluvchan absorber 

1) Sirtiy absorberlar. Bu absorberlar yaxshi eriydigan gazlarning suyuqlik hajmda 

yutilishida ishlatiladi. Bunda qurilmalarda haratkat-siz va juda sekin harakatlanayotgan 

suyuqlik yuzasidan gaz o’tadi. 

2)  Plenkali  absorberlar.  Bu  absorberni  tuzilishi  sirtiy  absorber-larga  nisbatan 

ixcham,  plyonkali  absorberlarda  fazalarning  kontakt  yuzasi  oqayotgan  suyuqlik 

plyonkalari orqali hosil qilinadi. Bu absorberlar quyidagi turlarga bo’linadi. 

a) Trubali absorber 

b) Listli–nasadkali absorber 

v) ko’tariladigan suyuqlik plenkali absorberlar 



Sanoatda absorbstiya quyidagi maqsadlarda ishlatiladi. 

1)  Gaz  aralashmalaridan  qimmatbaho  komponentlarni  (masalan:  krekinglangan 

gazlardan yoki metan pirolizidan astetilenni; koks gazi aralashmasidan olingan, benzolni; 

neftni qayta ishlash natijasida hosil bulgan gaz aralashmalaridan har hil uglevodorod va 

shu kabilarni) ajratib olishda; 

2) Komponentlarni har xil zaharli moddalardan tozalash uchun (mineral ug’itlarni 

olishda  hosil  bulgan  gaz  aralashmalarini  ftor  birikmalaridan,  ammiak  sintez  qilganda 

azot–vodorod aralashmalarini SO va SO

2

 oksidlardan tozalashda) ; 



3)  Tayyor  mahsulotlar  masalan  SO

3

  va  azot  oksidlar,  HCl  ning  suvda  yutilishi 



natijasida sulfat, azot xlorid kislotalar olishda ishlatiladi.  

Adsorbstiya  usuli.  Gaz  aralashmalari  hamda  eritamalarida  bir  va  bir  necha 

komponentlarning  g’ovaksimon  qattiq  jismlar  yuzasi  bo’lib  (adsorbentda)  yutilish 

jarayomi absorbstiya deyiladi. Yutiluvchi modda adsorbent yoki adsorbtiv deyiladi. Har 

bir  adsorbent  murakkab  aralashmalarda  ma’lum  komponentlarni  yutib,  aralashmaning 

boshqa komponentlariga ta’sir qilmaydi. Demak, adsorbentlar tanlovchanlik qobiliyatiga 

ega. Yutitlgan modda adsorbentdan desorbstiya yo’li bilan ajratib olinadi.   

Adsorbistiya  jarayoni  ko’pincha  gaz  va  suyuuqlik  aralashmalaridagi  yutilayotgan 

komponentning  konstetrastiyasi  kam  miqdorda  bo’lganda,  adsorbtivni  butunlay  ajratib 

olish uchun qo’llaniladi. Agar yutilaytgan komponentning konstertrastiyasi yuqori bo’lsa, 

u xolda adsorbstiya jarayoni qo’llaniladi. 



 

Adsorbstiya  jarayoni  ikki  xil:  fizik  va  kimyoviy  (xemosorbstiya)  bo’ladi.  Fixik 

adsorbistiyada  adsorbent  va  yutilayotgan  komponent  o’zaro  kimyoviy  jihatdan  ta’sir 

qilmaydi.  Kimyoviy  adsorbstiya  prossesida  adsorbent  bilan  yutilayotgan  moddanging 

molekulalari o’zaro ta’sir-lashib, adsorbentning yuzasida kimyoviy birikma hosil bo’ladi. 

Klassifikastiyalash jihatdan adsorbentlarni uch turga bo’lish mumkin: 



Birinchi turi: nospestifik adsorbentlar, ularga grafitlangan qurum kiradi. Bu turdagi 

adsorbentlar sirtida almashinishga qodir funkstional guruh va ionlar bo’lmaydi. Yuqori 

molekulali uglevodorodlarni, masalan, polietilenni ham shu turga kiritish mumkin. 

Ikkinchi  turi:  spestifik  adsorbentlar,  ularning  sirtida)  ma’lum  joylarda  musbat 

zaryadlar,  masalan  silikagellarda  gidroksil  guruhlar,  steolitlarda  kationlar  to’plangan 

bo’ladi. Bu turdagi adsorbentlarga ayrim chetki zvenolarida elektron zichligi to’plangan 

molekulalar bilan o’ziga xos ta’sirlanish xarakterlidir. 



Uchinchi  turi:  sirtida  elektron  zichligi  to’plangan  bog’lanishlar  yoki  atomlar 

guruhlari  bo’lgan  spestifik  adsorbentlar.  Bunday  adsorbentlar  nospestifik  adsorbentlar 

sirtiga  elektron  zichligi  to’plangan  molekulalarning  monoqatlamini  joylashtirish  yo’li 

bilan olinadi. Bu turdagi adsorbentlarga qutbli serg’ovak polimerlar kiradi. 

Adsorbentlardagi  xromatografik  zonalarning  yuvilib  ketish  sabablarini  ko’rib 

chiqishda  shuni  nazarda  tutish  kerakki,  adsorbstiya  izotermasi  ko’pincha  to’g’ri  chiziq 

shaklida  bo’lmaydi,  natijada  zonaning  orqa  tomoni  asimmetrik  yuvilib  ketadi  va 

xromatogrammada «dum» lar paydo bo’ladi. 

Adsorbentlar  kamdan-kam  hollarda  barcha  aytilgan  talablarga  javob  beradi. 

Adsorbentlarning ayrimlari ba’zi moddalarni qaytmas tarzda yutadi, boshqalari katalitik 

ta’sir  ko’rsatadi,  uchinchilari  xromato-grafiyalanuvchi  moddalarning  polimerlanishiga 

imkon  beradi.  Shuning  uchun  gaz–adsorbstion  xromatografiyada,  ko’pincha, 

adsorbentlarni 

modifikastiyalashdan 

foydalaniladi. 

Adsorbentlar 

quyidagicha 

modifikastiyalanadi:  

1) kislota, ishqor yoki anorganik tuzlar bilan ishlov berish; 

2) qutbli adsorbentlar sirtidagi gidroksil guruhlarni xlorsilan yoki boshqa moddalar 

vositasida bog’lash;  

3) suv bug’i bilan to’yintirish;  

4) geometrik modifikadiyalash. 


 

Birinchi  usul  xalaqit  beruvchi  aralashmalarni,  masalan  silikagel  kabi 

adsorbentlardagi metal oksidlarini chiqarib yuborishni ta’minlaydi.  

Ikkinchi usulda adsorbent sirtda joylashgan faol guruhlar faol bo’lmagan guruhlarga 

almashtiriladi. Masalan, silikagelni silanlashda gidroksil guruhlar faol bo’lmagan metall 

guruhlarga almashinadi. 

Uchinchi  usulda  adsorbentlarning  dezaktivastiyasi,  ya’ni  faol-ligining  kamayishi 

sodir  bo’ladi.  Masalan,  suv  bug’lari  miqdorini  o’zgartirish  natijasida  alyuminiy 

oksidining  adsorbstion  faolligini  o’zgartirish  mumkin.  Bundan  tashqari,  adsorbent 

yuzasiga bug’lanmaydigan organik suyuqliklar kiritish ularning faolligini pasaytiradi. Bu 

usul  quruq  tashuvchi  yuzasiga  suyuq  faza  kiritish  singaridir.  Geotermik  modifikastiya 

usuli  adsorbentlarni  900–1000°S  da  qizdirishdan  iborat  bo’lib,  bunda  qovushib  qolish 

natijasida  adsorbentdagi  g’ovaklarning  tuzilishsi  o’zgaradi  va  ultrag’ovaklar  yo’qolib, 

adsorbent sirtida faqat yirik g’ovaklar qoladi. 

 

 

 



 

 

 

 

I.3. Mazutni vakuumli haydash texnologik tizimi tavsifi  

Neftning har qanday tovarli surkov moylarini ishlab chiqarish jarayoni 4 bosqichdan 

iborat: 

1)  Mazutni vakuumli haydash bilan moyli fraksiyalar va gudronni olish 

2)  Moyli fraksiyalarni tozalash bazali moylarni olish 

3)  Moylarga prisadkalar tayyorlash  

4)  Komponentlarni aralashtirish (kompaundirlash) va moylarni tovarli navlarini 

olish uchun prisadkalarni qo’shish 



Mazutni vakuumli haydash bilan moyli fraksiyalar  va gudronni olish 

         Birinchi bosqichni mazutni (qoldiq >350 

0

C) vakuumli haydash bilan amalga 



oshiradilar. 350-500 

0

C dagi fraksiya birinchi navbatda etiborga loyiqdir, bu fraksiyani 



moyli distillyatlar va qoldiq ( >500 

0

C ) aytadilar.  



  Mazutni vakuumli haydashda moyli distillyatli fraksiyalarni oladilar, bu fraksiyalar 

vakuumli ustun (kolonna) larning yonaki haydash mahsulotlari  sifatida ajratib olinadi. 

Bu  300-400,  350-420,  400-450,  450-500 

0

C  dagi  fraksiyalardir.  Gudrondan  olingan 



moylar  (qoldiq  >500 

0

C)  qoldiqli  deb  ataladi.  Moyli  fraksiyalarni  olish  bilan  sodir 



bo’ladigan mazutni vakuumli haydash jarayoni 7- bobda batafsil bayon etilgan. 

Moyli distillyatlar va gudron o’z tarkibida oltingugurtli va azotli birikmalarni, smola 

va  asfaltenlarni,  porfirinlar,  ko’phalqali  aromatik  uglevodorodlar,  qattiq  parafinlarni 

saqlaydi.  Bu  birikmalar  va  yuqorida  aytilgan  uglevodorodlar  moyli  fraksiyalarning 

surkovchi  xossalarini  yomonlashtiradi.  Shuning  uchun  moyli  distillyatlar  va  gurdonni 

yuqorida tilga olingan birikmalardan tozalash tovarli moylarni olish yo’lidagi  ikkinchi 

bosqich  bo’lib  hisoblanadi.  Bu  bosqichdan  keyin  bazali  moylarning  komponentlari 

olinadi.  

Bazali moylarning komponentlarini moyli distillyatlar va gudrondan ularni zararli 

qo’shimchalardan  tozalash  yo’li  bilan  olinadi.  II-bobda  ko’rsatilganidek  tozalashning 

fizik va fizik-kimyoviy usullari mavjud (sinflanishi  ham o’sha erda keltirilgan). 

Hozirgi  vaqtda  termogidrokatalitik  jarayonlar  (gidrotozalash  va  gidro  kreking) 

moyli  distillyatlar  va  gudronni  keraksiz  birikmalardan  tozalashning  asosiy  usullaridan 

bo’lib  hisoblanadi  va  yuqori  surkovchi  ko’rsatgichlarga  ega  bo’lgan  bazali  moylarni 



 

olinishiga  ko’maklashadi  (bu  jarayonlar  10  –bobda  batafsil  ko’rib  chiqilgan).  Hozirgi 

vaqtda bu jarayonlar mavjud bo’lgan barcha tozalash usullari o’rnini olishi mumkin.      

Shu  bilan  birga deasfaltlash, selektiv  tozalash  va  deparafinlashlar  o’z  ahamiyatini 

yoqotmagan, bazi NQIZda hali ham tozalashning adsorbstion, kislotali va ishqorli usullari 

qo’llanib kelinmoqda.  

Uglevodlarni eritish qobiliyatiga qarab organik va bazi anorganik erituvchilarni ikki 

guruhga  ajratish  mumkin.  1-guruhga  kiritilgan  erituvchilar  odatdagi  haroratda 

xomashyoning suyuq komponentlari bilan deyarli barcha holatlarda aralashadi. Bunday 

erituvchilarga  masalan  qutbsiz birikmalar  past  molekulyar  parafin qatoridan suyuq   va 

suyuqlantirilgan  uglevodlar  hamda  dipol  momenti  uncha  katta  bo’lmagan  birikmalar-

uglerod  tetraxlorid, etil efiri, xloroform va boshqalar misol bo’la oladi.  

  Deasfaltlashda birinchi guruhga kiruvchi erituvchilar-past molekulali parafinlar (n-

propan, n-butan, n-geptan va boshqalar) ni  qo’llaydilar. 

Ikkinchi  guruh  erituvchilari  bu  dipol  momenti  yuqori  bo’lgan  qutbli  organik 

birikmalardir,  ularga  fenol,  furfurol,  krezollar,  alifatik    ketonlar,  dietilenglikol  va 

boshqalar kiradi. Neft xom ashyosi komponentlarining bu erituvchilardagi eruvchanligi, 

ularning nisbati va haroratiga bog’liq bo’ladi. Neft xomashyosining turli komponentlariga 

nisbatan  turli  erish  qobiliyatini  namoyon  qiladigan  erituvchilar  selektiv  (tanlab 

eritadigan) erituvchilar deb ataladi va ularni selektiv tozalashga hamda deparafinlashda 

qo’llaydilar. 

Odatdagi haroratda neft xomashyosida ko’p bo’lmagan miqdordagi erituvchi eriydi. 

Erituvchining eriganligi oshishi bilan (xomashyo hajmiga nisbatan erituvchi hajmining 

oshishi  bilan)  ikki  fazali  sistema  hosil  bo’ladi:  bir  fazada-ko’p  bo’lmagan  miqdorda 

erituvchini  saqlagan  neft  mahsuloti,  boshqa  fazada  esa  tarkibida  xomashyo 

komponetlarining bir qismini saqlagan erituvchilardir. 

Keyinchalik  erituvchi  karraligining  oshirilishidagi  xomashyo  komponentlarining 

erituvchidagi  eruvchanligining  oshishiga  va  natijada  uning  xomashyo  bilan  to’liq 

aralashishiga olib keladi.  

Erituvchining  karraligi  o’zgarmas  bo’lganda  harorat  ko’tarilishi  bilan  erituvchida 

dastlabki xomashyo erigan komponentlarining miqdori oshadi va nihoyat erishning kritik 


 

harorati (EKH) deb ataladigan malum haroratga etganda xomashyo erituvchi bilan to’liq 

aralashadi, yani sistema bir fazali bo’ladi.  

Aromatik  uglevodorodlar  eng  kichik  EKH  ga  egadirlar.  Ulardan  keyin 

naftenaromatik  va  naften  uglevodorodlar  turadi.  Bu  ketma-ketlikka  binoan,  ularning 

qutbli  erituvchilarda  erishining  kritik  harorati  molekulalarning  tuzulishi  bir  xil  yoki 

o’xshash bo’lgan sharoitda oshadi. Normal tuzulishli parafin uglevodorodlari eng yuqori 

EKH ga ega.  

EKH ning kattaligiga kimyoviy tabiatidan tashqari uglevodorodlar molekulasining 

tuzulishi  ham  tasir  qiladi.  Masalan,  uglevodorodlardagi  halqalar  soni  oshishi  bilan 

zanjirlarning uzunligi oshishi bilan oshadi.  

Aromatik  va  naften  uglevodorodlar  molekulasidagi  halqalar  soniga  EKH 

pasayishining  bog’liqligi  to’g’ri  chiziqlidir.  Qutbli  erituvchida  birinchi  navbatda 

ko’phalqali  aromatic  uglevodorodlar  eriydi.  Naften  va  parafin  uglevodorodlar  qutbli 

erituvchilarda sezilarli darajada yomon eriydi.  

Keton  molekulalardagi  uglevodorod  radikali  uzunligi  oshishi  bilan  ularning 

erituvchilik  qobiliyati  oshadi.  Bunday  erituvchilarning  erituvchilik  qobiliyatini 

oshirilishida qobiliyatiga qarab uglevodorod radikallarini quyidagi qatorga joylashtirishi 

mumkin: alifatik radikal →benzol halqasi →tiofen halqasi→furan halqasi.         

Mazutni  vakuum  sharotida  haydash  ikki  variant  bo’yicha  o’tkaziladi:  I  variant 

yoqilgi  olish,  ya’ni  katalitik  kreking  qurilmasi  xomashyosi  bo’lgan  engil  va  og’ir 

gazoyllar olish; II variant moy distillyatlarini olishdir. Vakuum sharoitida mazutni ikki 

bosqichda  haydash  orqali  I  bosqichda  –  vakuum  fraksiyalash  kolonnasidan  solyar 

distillyati, keng frakstion tarkibli (350 –575

0

S) moy distilyatlari va gudron chiqariladi, II 



bosqichda olingan moy distillyatlaridan uch distillyat: parafinli (350 – 460

0

S), avtol (460 



– 490

0

S) silindr moylariga ajratiladi. 



Jarayon  texnologik  sxemasi  quyidagi  rasmda  keltirilgan.  Xoma  shyo  mazut  3-

pechga  qizdirishga  kiritilishga  qadar  ikki  oqimda  ishlayotgan  issiqlik  almashtirgichlar 

29,28, va 22 dan birinchi oqim, 25 va 24 dan esa ikkinchi oqim o’tadi, so’ngra 1 va 2-

issiqlik  almashtirgichlarda  qurilmadan  chiqarilayotgan  gudron  issiqligi  hisobiga 

qizdirilib, pechga yuboriladi. Mazut 3-pechda 435

0

S gacha qizdiriladi. Mazutdan solyar, 



keng  frakstion  tarkibli  moy  distillyatlari  va  gudron  ajralishi  uchun  6-vakuum  kolonna 

 

xizmat  kiladi.  Moyli  fraksiya  7-yig’gichga  to’planadi,  gudron  5-nasos  yordamida 

kolonnadan  chiqariladi.  Solyar  4-nasos    yordamida  yarim  berk  tarelkadan  29-issiqlik 

almashtirgich  va  32-sovutgichda  sovutiladi,  so’ngra  sovutilgan  solyar  distillyatni  bir 

qismi 6-vakuum kolonnaga qaytariladi. 

Moy distillyati 7-yig’ichdan 8-nasos yordamida haydalib, 28-issiqlik almashtirgich, 

23-qo’shimcha  bug’  ishlab  chiqaruvchi  qozon(kotelutilizator)  va  21-suvni  qizdirish 

qurilmasidan  o’tib,  6-kolonna    o’rta  qismiga  restirkulyat  sifatida  qaytariladi.  Moy 

distillyatining  balans  miqdori  7-yig’gichdan  9-nasos  yordamida  10-pechda  (385

0

S) 



qizdirilib, 13-vakuum kolonnaga yuboriladi. 

Bu  kolonna  mahsulotlari:  yarim  berk  tarelkada  yig’iluvchi  parafin  distillyati,  14-

bug’latuvchi sekstiya  orqali chiqariluvchi avtol distillyati va  24-issiqlik almashtirgich, 

qo’shimcha bug’ ishlab chiqaruvchi qozon(kotelutilizator) 26 va 27 sovutgichdan o’tib 

chiqariladigan stilindr distillyatlari hisoblanadi. 

Avtol distillyatining stirkulyastiyalanuvchi qismi 16-nasos  yordamida quyilib, 11 

va  12-qurilmalarda  sovutilgan  holda  13-kolonna    o’rta  qismiga  uch  oqimda  beriladi. 

Balans miqdori rezervuarga yuboriladi. Parafin distillyati 13-kolonnadan chiqishda 25-

issiqlik almashtirgich, 34-suv qizdirish va 35-sovutgichda ketma-ketlikda sovutilib, bir 

qismi  kolonnaga  to’yintirish  yoki  sovuq  quyilishga  qaytariladi,  ortiqchasi  rezervuarga 

yuboriladi.  Gudron  markazdan  qochma  tipdagi  19-nasos  yordamida  qurilmadan 

chiqarilguncha o’z issiqligini 1 va 2-issiqlik almashtirgichlar orqali  xom ashyo mazutga 

beradi. 

     Qurilmadagi kalonnalar ish rejimi quyida   jadvalda keltirilgan: 

1.4-jadval 


Download 1,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish