Kimyoviy texnologik jarayonlar va ularni harakatlantiruvchi kuchi



Download 73,92 Kb.
bet4/4
Sana27.03.2022
Hajmi73,92 Kb.
#513323
1   2   3   4
Bog'liq
nazirov mustaqil ish

Massa almashinish jarayoni
Bir yoki bir necha komponentlarni binar yoki murakkab aralashmalarda bir fazadan ikkinchi fazaga o’tishida ro’y bergan jarayonlar massa almashinish jarayoni deb yuritiladi (masalan, gazdan gazga, suyuqlikdan gazga, qattiq jismdan suyuqlik yoki gazga). Odatda, komponentlarning bir fazadan ikkinchisiga o’tishi molekulyar yoki turbulent diffuziya orqali sodir bo’ladi. Shuning uchun, bu jarayonlar diffuzion jarayonlar deb ataladi.
Massa almashinish jarayonlari faol komponent va inert tashuvchi fazalar bilan xarakterlanadi. Faol komponent – bu fazadan fazaga o’tuvchi massa, inert tashuvchilarning miqdori esa, jarayon davomida o’zgarmaydi.
Massa almashinish jarayonini harakatga keltiruvchi kuch – konstentrastiyalar farqi.
Sanoat texnologiyalarida ishlatiladigan absorbstiya, ekstrakstiya («suyuqlik - suyuqlik», «qattiq texnologiya jism – suyuqlik sistemalarida), adsorbstiya, quritish, kristallanishlarda massa almashinish jarayonlari sodir bo’ladi.
Absorbstiya – bu gaz aralashmasidan biror moddaning suyuq fazaga selektiv ravishda yutilish jarayonidir. Ya’ni, bu jaraenda modda bug`yoki gaz fazadan suyuq fazaga o’tishini kuzatishimiz mumkin.
Suyuqliklarni haydash va rektifikastiya – bu suyuq va bug`fazalar orasida komponentlar o’zaro modda almashinish yo’li bilan suyuq aralashmalarni komponentlarga ajratish jarayonidir.
Ekstrakstiya – bu eritma yoki qattiq jismdan erituvchi yordamida bir yoki bir necha komponent ajratib olish jarayonidir («suyuqlik-suyuqlik» sistemasida faol komponent bir suyuq fazadan ikkinchisiga o’tadi. «Qattiq jism – suyuqlik» sistemasida modda qattiq jismdan suyuq fazaga o’tadi.
Adsorbstiya – bu gaz, bug` yoki suyuq aralashmalardan bir yoki bir necha komponentlarni qattiq, g`ovakli jism bilan yutilish jarayonidir. Juda katta faol yuzaga ega qattiq jismlar adsorbentlar deb ataladi.
Quritish – bu qattiq materiallar tarkibidagi namlikni bug` shaklida ajratib olish jarayonidir. Ushbu jarayonda faol komponent - namlik qattiq fazadan gaz yoki bug` fazasiga o’tadi.
Kristallanish – bu suyuq eritmalar tarkibidagi qattiq fazani kristall shaklida ajratib olish jarayonidir.
Muvozanat holatiga erishish yo’nalishida moddaning bir fazadan ikkinchisiga o’tish jarayoniga massa o’tkazish deyiladi.
Massa almashinish jarayonida eng kamida 3 ta modda ishtiroq etadi: 1) birinchi fazani tashkil etuvchi modda; 2) ikkinchi fazani tashkil etuvchi modda; 3) bir fazadan ikkinchisiga o’tgan tarqaluvchi modda.
Massa almashinish jarayonida muvozanat holatlarini aniqlashda fazalar qoidasidan foydalaniladi:
bu erda F – fazalar soni; S – erkinlik darajasi soni; K – sistemadagi komponentlar soni.
Bu qoidaga binoan, muvozanat holatlarini hisoblashda parametrlarining (bosim, temperatura, konstentrastiya) nechtasini o’zgartirish imkoniyati borligini aniqlash mumkin. Muvozanat va haqiqiy konstentrastiyalar orasidagi farq massa almashinish jarayonlarini harakatga keltiruvchi kuchi deb hisoblanadi.
Massa almashinish jarayonlarining tezlik koeffistienti va harakatga keltiruvchi kuchini hisolash massa o’tkazish kinetikasining asosiy masalasidir.
Massa o‟tkazishning asosiy tenglamasi kinetikaning umumiy tenglamasidan keltirib chiqarilishi mumkin.
Ushbu tenglamaga binoan, massa almashinish jarayonlarining tezligi harakatga keltiruvchi kuchga to’g`ri va jarayon diffuzion qarshiligiga teskari proporstionaldir.
Agar, diffuzion qarshilik teskari kattalikni K = 1/R (bu erda R – diffuzion qarshilik) deb belgilasak, ushbu tenglamaga ega bo’lamiz:

bu erda, M – bir fazadan ikkinchisiga o’tgan modda miqdora, kg; F – massa o’tkazish yuzasi, m2; t - jarayon davominligi, s; k – massa o’tkazish koeffistienti

Shunday qilib, yuqorida ko’rib chiqilgan hamma kinetik tenglamalar quyidagi umumiy ko’rinishga keltirilishi mumkin:



bu yerda: I- jarayonni o’tish tezligi; x — jarayonni harakatga keltiruvchi kuch, turli kattaliklar farqi (bosim, temperatura, kontsentratsiya); l – o’tkazuvchanlik koeffitsienti, biror jarayon uchun skalyar kattalik bo’lib, qarshilikka teskari kattalik.
Turli jarayonlarning tezlik koeffitsientlari asosan material oqimlarining xarakat tezligiga bog’liq. Shuning uchun, xamma kinetik qonuniyatlar material oqimlarining xarakat qonunlariga asoslanadi.
Kinetik tenglamalar taxlili jarayonni intensivlashning umumiy printsiplarini anikdash imkonini beradi. Jarayon tezligini oshirish uchun xarakatga keltiruvchi kuchni oshirish va qarshilikni kamaytirish kerak. Istalgan jarayon taxlil kilinganda «harakatga keltiruvchi kuch» asosiy omildir. Jarayonlarning kinetik qonuniyatlarini bilish va to’g’ri aniqlash turli xildagi qurilmalarning asosiy o’lchamlarini topishda asos bo’ladi.


Foydalanilgan adabiyotlar.
1. G’afurov Q., Shamshidinov I. Mineral o’g’itlar va tuzlar
texnologiyasi. – T.: Fan va texnologiya, 2007. – 352 b.
2. Kattayev N. Kimyoviy texnologiya. – T.: «Yangiyul polygraph
service» MCHJ, 2008. – 432 b.
3. G’afurov Q., Shamshidinov I. Mineral o’g’it ishlab chiqarish
nazariyasi va texnologik hisoblari. – T.: Fan va texnologiya, 2010.
– 360 b.
4. Позин М.Е. Технология минеральных удобрений: Учебник для
вузов. – Л.: Химия, 1989. – 352 c/
5. Технология фосфорных и комплексных удобрений / Под ред.
С.Д.Эвенчика и А.А.Бродского. – М.: Химия, 1987. – 464 с.
Download 73,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish