Kimyoviy kinetika. Reaksiya tezligi


Mavzuga oid masala va mashqlar



Download 438,53 Kb.
bet4/7
Sana09.04.2022
Hajmi438,53 Kb.
#540432
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
7-dars

Mavzuga oid masala va mashqlar
1. Hajmi bir xil boʻlgan ikki idishda bir xil vaqtda reaksiya olib borildi. Birinchi idishda 3,4 g NH3 va ikkinchi idishda 3,4 g PH3 hosil boʻlgan boʻlsa, qaysi reaksiyaning tezligi katta ekanligini hisoblang. J: Birinchi.
2. Bir xil hajmli idishda va bir xil vaqt oraligʻida 5,1 g vodorod sulfid va 4,5 g suv hosil boʻlgan. Qaysi reaksiyaning tezligi katta ekanligini hisoblang. J: Ikkinchi.
3. A va B moddalar A + 2B = C tenglama boʻyicha reaksiyaga kirishadi. A moddaning dastlabki konsentratsiyasi mol/l, B moddaniki mol/l ga, reaksiyaning tezlik konstantasi esa ga teng boʻlsa, reaksiyaning boshlangʻich momentdagi va reaksion aralashmada B moddaning 30% miqdori qolgan vaqtdagi tezligini toping.
Yechish: Reaksiyaning boshlangʻich tezligi
mol/l∙s. B moddaning 30% i (10∙0,3=3mol/l) reaksion aralashmada qolgan vaqtda A moddadan (8-3,5) 4,5 mol /l qoladi. Chunki reaksiya tenglamasi boʻyicha A moddadan 1 mol reaksiyaga kirishganda B moddadan 2 mol reaksiyaga kirishadi. Ya’ni B moddadan (10-3) 7 mol reaksiyaga kirishganda A moddadan 3,5 mol reaksiyaga kirishadi, demak mol/l.
4. 2NO + O2 ↔ 2NO2 reaksiyaning tezlik konstantasi 0,8 ga teng. Boshlangʻich moddalarning dastlabki konsentratsiyalari [NO] = 0,4 mol/l; [O2] = 0,3 mol/l boʻlgan boʻlsa: a) reaksiyaning boshlangʻich tezligini; b) NO ning 25%i reaksiyaga kirishgan vaqtdagi tezligini toping.
Yechish: Yuqoridagi reaksiyaning matematik ifodasi =k[NO]2∙[O2] tenglama bilan ifodalanadi. Bundan reaksiyaning boshlangʻich tezligi = k[NO]2∙[O2] = 0,8 ∙ (0,4)2 ∙0,3 = 0,0384 ga teng boʻladi. Endi NO ning 25%i reaksiyaga kirishgan vaqtdagi reaksiya tezligini topamiz.
0,4 mol NO reaksiyaga kirishsa 100% boʻlsa
X mol NO reaksiyaga kirishsa 25% boʻladi.
X = 0,1 mol NO reaksiyaga kirishgan.
2NO + O2 = 2NO2 reaksiya tenglamasi boʻyicha 2 mol NO reaksiyaga kirishganda 1 mol O2 reaksiyaga kirishadi. Demak, 0,1 mol NO reaksiyaga kirishganda 0,5 mol O2 reaksiyaga kirishadi. Bundan 25% NO reaksiyaga kirishgandan soʻng 0,4 – 0,1 = 0,3 mol NO va 0,3 – 0,05 = 0,25 mol O2 qolgan ekanligi kelib chiqadi. NO ning 25%i reaksiyaga kirishgandan soʻng reaksiya tezligi = k[NO]2 ∙ [O2] dan = 0,8 ∙ (0,3)2 ∙ 0,25 = 0,018 ga teng boʻladi.
5. reaksiyaning tezlik konstantasi 0,6 ga teng . A moddaning boshlangʻich konsentratsiyasi 5 mol/l, B moddaniki esa 3 mol/l ga teng boʻlsa, B moddaning konsentratsiyasi 1 mol/l boʻlgan vaqtda reaksiyaning tezligini hisoblang. Bu vaqtda A ning konsentratsiyasi qancha boʻlgan. J: 2,4 mol/ls, 4 mol/l.
6. reaksiyaning tezlik konstantasi ga teng. N2O ning boshlangʻich konsentratsiyasi 6 mol/l ga teng boʻlsa, reaksiyaning boshlangʻich va azot (I) oksidning 50% i parchalangan vaqtdagi tezliklarini hisoblang.
J: 0,018; 0,0045 mol/l∙ min .
7. Reaksiya tenglama boʻyicha boradi. Moddalarning boshlangʻich konsentratsiyalari: ; ; ; mol/l ga teng boʻlsa, CO ning 75% i reaksiyaga kirishgandan keyin moddalarning konsentratsiyalari qanday boʻladi?
J: 0,2 mol/l; 0,3 mol/l ; 1,3 mol/l ; 1,1 mol/l .
8. reaksiya ma’lum vaqt davom etgandan soʻng moddalarning konsentratsiyalari; mol/l ; mol/l ; mol/l ga teng boʻlgan. Bu vaqtda suvning konsentratsiyasi qanday boʻlganligini, ammiak hamda kislorodning dastlabki konsentratsiyalarini aniqlang.
J: 0,45 mol/l ; 1,2 mol/l ; 2,375 mol/l
9. Reaksiya H2 + I2 = 2HI tenglama boʻyicha boradi. 5080C da toʻgʻri reaksiyaning tezlik konstantasi 0,16 ga teng. Boshlangʻich moddalarning dastlabki konsentratsiyalari [H2] = 0,04; [I2] = 0,05 mol/l ga teng boʻlsa, reaksiyaning boshlangʻich vaqtdagi tezligini va vodorodning konsentratsiya [H2] = 0,03 mol/l boʻlgandagi tezligini hisoblang.
Yechish: H2+I2=2HI reaksiyaning boshlangʻich vaqtdagi tezligi quyidagicha:
Reaksiya tenglamasi boʻyicha H2 va I2 lar 1:1 nisbatda reaksiyaga kirishadi, shuning uchun vodorodning konsentratsiyasi 0,03 mol/l (0,04 - 0,03 = 0,01 mol/l H2 sarflangan) boʻlganda I2 ning konsentratsiyasi (0,05 - 0,01) 0,04 mol/l boʻladi. U holda .
10. 5 l hajmli idishda 10 g H2 va 254 g I2 joylashtirilgan. Agar reaksiyaning oʻrtacha tezligi 0,04 mol/l∙s ga teng boʻlsa 3 s dan keyin moddalarning konsentratsiyasi qanday boʻladi.?
Yechish: bu yerda;
dan H2 va I2 sarflangan.
H2 va I2 ning boshlangʻich konsentratsiyasini topamiz:
;
Boshlangʻich moddalarning konsentratsiyalari reaksiya davomida kamayadi va 3 sek dan keyin ularning konsentratsiyalari:
[H2] =1- 0,12 = 0,88 mol/l; [I2] = 0,2 – 012 = 0,08 mol/l ga teng boʻladi.
11. A+B=2C reaksiyaninng oʻrtacha tezligi 0,02 mol/l∙s ga teng. Agar boshlangʻich moddalarnng dastlabki konsentratsiyalari mos ravishda [A] =1 mol/l; [B] = 2 mol/l boʻlsa, reaksiya boshlangandan 5 sek oʻtgandan soʻng A, B va C moddalar konsentratsiyalari qanday boʻladi?
J: [A] = 0,9; [B] = 1,9; [C] = 0,2 mol/l.
12. sistemaning bosimi 5 marta kamaytirilganda reaksiyaning tezligi necha marta oʻzgaradi ?
Yechish. Reaksiyaning tezligi tenglama bilan ifodalanadi. Bosim 5 marta kamaytirilganda reaksiya tezligi ga teng boʻladi, demak reaksiya tezligi 125 marta kamayadi.
13. Uglerod (II) oksid bilan kislorodning birikish reaksiyasida boshlangʻich moddalarning konsentratsiyalari 3 marta oshirilsa kimyoviy reaksiya tezligi qanday oʻzgaradi? J: 27 marta ortadi.
14. H2 + Br2 = 2HBr reaksiyada boshlangʻich moddalarning konsentratsiyalari 4 marta oshirilganda reaksiya tezligi necha marta ortadi? J: 16 marta.
15. sistemaning bosimi 2 marta oshirilganda reaksiya tezligi qanday oʻzgaradi? J: 8 marta oshadi.
16. 2NO + Cl2 ↔ 2NOCl reaksiya tezligi a) idishdagi bosim 2 marta ortganda; b) idishning hajmi 4 marta kamayganda reaksiya tezligi qanday oʻzgaradi ?
a) reaksiya tezligi 8 marta ortadi; b) reaksiya tezligi 64 marta ortadi.
17. Reaksiya tenglama boʻyicha boradi. Toʻgʻri reaksiyaning temperatura koeffitsiyenti 2 ga, teskari reaksiyaniki esa 3 ga teng boʻlsa, temperatura 200 ga oshirilganda kimyoviy muvozanat qaysi tomonga siljiydi ?
Yechish:

Demak, kimyoviy muvozanat teskari reaksiya tomonga siljiydi.
18. N2 + 3H2 = 2NH3 reaksiyada gazlar aralashmasining hajmi 2 marta oshirilganda reaksiya tezligi qanday oʻzgaradi?
Yechish: Gazlar aralashmasining hajmi necha marta oshirilsa, ularning konsentratsiyalari shuncha marta kamayadi. Berilgan reaksiya uchun barcha moddalarning konsentratsiyalari 2 marta kamayadi.
sistemada toʻgʻri reaksiya tezligi u holda
demak hajm 2 marta oshirilganda reaksiya tezligi 16 marta kamayadi.
19. 40 % A va 60 % B moddadan iborat gazlar aralashmasi A + B = C tenglama boʻyicha reaksiyaga kirishadi. Agar bosim 3 marta oshirilsa, reaksiya tezligi qanday oʻzgaradi?
Yechish: Bosim necha marta oshirilsa, gazlar aralashmasidagi har bir komponentlarning konsentratsiyasi ham shuncha marta oshadi. Berilgan holda aralashmaning bosimi 3 marta oshirilsa, A va B moddalarning konsentratsiyalari ham 3 marta oshadi. A+B↔C reaksiya uchun ;
20. reaksiyada moddalarning muvozanat konsentrasiyalari; mol/l; mol/l; mol/l ga teng boʻlsa, xlor va CO ning dastlabki konsentratsiyalarini aniqlang. J : 11,4mol/l; 10 mol/l.
21. Reaksiya 393 K da 10 minut davom etadi. boʻlsa, ushbu reaksiya 3630K da qancha vaqt davom etadi?
Yechish:
dan 10 · 33 =270 min.
22. Reaksiya 393 K da 25 minut davom etadi. Reaksiyaning temperatura koeffitsiyenti 2,5 ga teng boʻlsa , ushbu reaksiya 443 K da qancha vaqt davom etadi? J: 15,3 sek.
23. Reaksiya 300C da 2 minut davom etadi. γ=2 boʻlsa, ushbu reaksiya 600C da qancha vaqtda tugaydi? J: 15 sek.
24. A + B = C reaksiya tezligi temperatura 500C ga oshirilganda necha marta ortadi? . J: 243.
25. Reaksiya 1500C da 16 minutda tugaydi. boʻlsa ushbu reaksiya 800C da qancha vaqt davom etadi? J: 583,2 soat.
26. boʻlsa, reaksiya tezligini 32 marta oshirish uchun temperaturani necha gradusga oshirish kerak? J: 500C.
27. Reaksiya 400C da 36 minut, 600C da 4 minut davom etadi. Reaksiyaning temperatura koeffitsiyentini aniqlang. J: 3.
28. 100C da reaksiyaning tezligi 2 mol/l∙sek ga teng. boʻlsa, reaksiyaning 500C dagi tezligini aniqlang. J: 32 mol/l ∙ sek.
29. Temperatura 250C dan 350C gacha koʻtarilganda kimyoviy jarayonning aktivlanish energiyasi qiymatini toping; bunda tezlik konstantasi a) 2 marta b) 5 marta ortadi.
Yechish:
a ) ; b)
30. Vodorod peroksidning parchalanish energiyasi 250C da 75,24 kJ/mol ni tashkil etadi. Biror biokatalizator ishtirokida esa 50,14kJ /mol ni tashkil etadi. 250C da vodorod peroksidning biokatalizator ishtirokida parchalanish tezligi necha marta ortishini hisoblang.
Yechish: dan .
31. Reaksiyaning katalizator ishtirokisiz aktivlanish energiyasi 27 0C da 76 kJ /mol ga teng. Katalizator ishtirokida esa 270C da reaksiyaning tezligi 3,38 ∙ 104 marta ortadi. Katalizator ishtirokida reaksiyaning aktivlanish energiyasini aniqlang.
J: 50 kJ / mol.
32. Katalizator ishtirokisiz reaksiyaning aktivlanish energiyasi 80 kJ/mol, katalizator ishtirokida esa 53 kJ/mol ga teng. Agar reaksiya 200C da borayotgan boʻlsa, katalizator ishtirokida reaksiyaning tezligi necha marta ortadi?
J: 65000 marta.
33. ATF ning ADF ga aylanish reaksiyasi:ATF-4 + H2O→ADF-3 + HPO4-2 + H+ ning 300C dagi tezligi ferment ishtirokida kislotali katalizator ishtirokidagi tezliklaridan 8,26∙107 marta katta. Agar fermentativ reaksiyaning aktivlanish energiyasi 43,9 kJ /mol ga teng boʻlsa, bu reaksiyaning kislota ishtirokida aktivlanish energiyasi qanday boʻladi?
Yechish: kT = A ∙ e-Ea/RT; = = 8,26∙10-7;
ln 8,26 ∙ 107 = - ∙ (43900 - ) dan = 89801 j/mol = 89,8 kJ/mol.

34. ATF ning ADF ga aylanish reaksiyasi:ATF-4 + H2O→ADF-3 + HPO4-2 + H+


ning tezlik konstantasi 300C da -9,22 ∙ 10-7 s-1 ga teng. Bu reaksiyaning aktivlanish energiyasini aniqlang.
Yechish: = = = 1,327; = ln1,327 dan Ea = 43882 j/mol. J: 43,9 kJ/mol.
35. ATF ning ADF ga aylanish reaksiyasi: ATF-4 + H2O → ADF-3 + HPO4-2 + H+ ning kislotali katalizda aktivlanish energiyasi 89,3kJ/molga teng, fermentativ katalizda esa 43,9 kJ/mol gacha kamayadi. Fermentativ katalizda temperatura 400C gacha oshirilganda reaksiya tezligi necha marta ortadi? J: 4,6∙107 marta.
36. ATF ning ADF ga aylanish reaksiyasi:ATF-4 + H2O→ADF-3 + HPO4-2 + H+ ning tezlik konstantasi 400C da 4,67∙106c-1, 440C da 7,22∙106 c-1 ga teng. Reaksiyaning aktivlanish energiyasini aniqlang. J: 89,8 kJ/mol.
37.Tiosulfat kislotaning parchalanish reaksiyasi (H2S2O3 =S + SO2 + H2O) 400C da 80 sekundda tugaydi. Xuddi shu reaksiya 800C da necha sekundda tugaydi?(γ = 2).
J: 5.
38.Tiosulfat kislotaning parchalanish reaksiyasi(H2S2O3 = S + SO2 + H2O) 500C da 0,45 minutda tugaydi.Xuddi shu reaksiya 700C da necha sekundda tugaydi?(γ = 3).
J: 3.
39. Reaksiya 900C da 6 sekund, 600C da esa 512 sekund davom etsa, reaksiyaning temperatura koeffitsiyentini aniqlang. J: 4,4.
40. Reaksiya 700C da 128 sekund 1000C da esa 16 sekundda tugasa, reaksiyaning temperatura koeffitsiyentini aniqlang. J: 2,0.
41. Hajmi 0,006 m3 boʻlgan idish 9 mol gaz bilan toʻldirildi, 0,5 minutdan soʻng idishda shu gazdan 6 mol qoldi. Reaksiyaning oʻrtacha tezligini (mol/l-sek) aniqlang. J: 1/60 yoki 0,0167.
42. N2 + H2 = NH3 reaksiyada tezlik konstantasi 0,05 boʻlib, (N2) = 0,1 mol/l, (H2) = 0,2 mol/l boʻlsa toʻgʻri reaksiyaning tezligini hisoblang. J: 0,4∙10-4.
43. NH3(g) +O2 (g) = NO(g) + H2O (g) sistemaning bosimi ikki marta oshirilsa, teskari reaksiya tezligi necha marta ortadi? J: 1024.
44. B moddaning boshlangʻich konsentratsiyasi 0,02 mol/l boʻlib, 10 sekunddan soʻng uning konsentratsiyasi 2 marta kamaygan boʻlsa, A + 2B = C + D boʻyicha boradigan reaksiyaning tezligini hisoblang. J: 0,001 mol/l∙s.
45. Kimyoviy reaksiya A+B=C tenglama boʻyicha boradi. A va B moddalarning dastlabki konsentratsiyalari mos ravishda 0,8 mol/l va 0,65 mol/l ga teng. 10 minutdan soʻng A moddaning konsentratsiyasi 0,55 mol/l ga teng boʻlgan. Reaksiyaning oʻrtacha tezligini aniqlang. Bu vaqtda B va C moddalarning konsentratsiyalari qanday oʻzgaradi? J: =0,025 mol/l∙min; C moddaning konsentratsiyasi 0,25 mol/l ga ortadi va B moddaning konsentratsiyasi 0,25 mol/l ga kamayadi.
46. Hajmi 2 l boʻlgan idishda 4,5 mol A va 3 mol B gazlari aralashtirildi. 20 sekunddan soʻng 2 mol D gazlar hosil boʻldi. Reaksiya A+B=D reaksiya boʻyicha boradi. Reaksiyaning oʻrtacha tezligini va reaksiyaga kirishmagan A va B gazlarning konsentratsiyalarini hisoblang. J: =0,05 mol/l∙s; [A]=1,25 mol; [B] =0,5 mol.
47. 2A + B = C reaksiya boshlangandan 10 sekund keyin A modda konsentratsiyasi 0,2 mol/l ga teng boʻlgan. Bu vaqtda B moddaning konsentratsiyasi 0,02 mol/l ga kamaydi. A moddaning dastlabki konsentratsiyasi qanday boʻlgan ?
J: 0,24 mol/l.
48. Hajmlari 20 l dan boʻlgan ikki idishda bir xil temperaturada A va B gazlari joylashtirilgan. Reaksiya A + B = AB tenglama boʻyicha boradi. Agar birinchi idishga 2 mol A modda va 4 mol B modda, ikkinchi idishga esa 6 mol A va 3 mol B modda qoʻshilsa, qaysi idishdagi reaksiya tezligi va necha marta katta boʻladi? J: Ikkinchi idishdagi reaksiya tezligi birinchisinikidan 2,25 marta katta boʻladi.
49. Ikkita kimyoviy reaksiya 100C da bir xil tezlikda boradi. Temperatura 100C ga oshirilganda birinchi reaksiya tezligi 2 marta, ikkinchi reaksiya tezligi 3 marta oshadi. Qanday temperaturada ikkinchi reaksiya tezligi birinchi reaksiya tezligidan 2 marta katta boʻladi?
Yechish: Birinchi reaksiya tezligi 2x 1; ikkinchi reaksiya tezligi esa 3x∙v2. Masala shartiga koʻra . Boshlangʻich holatda 1= 2 boʻlgan, bundan dan 1,7. Demak temperatura 170C boʻlganda ikkinchi reaksiya tezligi birinchi reaksiya tezligidan 2 marta katta boʻladi.
50. 500C da birinchi reaksiya tezligi ikkinchisinikidan 2 marta katta. Birinchi reaksiya tezligi temperatura har 100C ga oshganda 2 marta, ikkinchisiniki esa 4 marta ortadi. Qanday temperaturada ikkala reaksiya tezligi oʻzaro tenglashadi ?
Yechish: Masala sharti boʻyicha 1=2 . Birinchi reaksiya tezligi 2x , ikkinchisiniki esa . Masala sharti boʻyicha 2x =4x boʻlishi kerak. Ammo 1=2 u holda 2x 2 =4x yoki 2x 2=4x dan 1. Demak temperaturani 100C ga oshirish kerak.

Download 438,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish