(2007-DTM.)
1. Qaysi metall xona haroratida suyultirilgan sulfat kislotadan vodorodni siqib chiqaradi?
A) rux B) oltin C) kumush D) mis
2. Qaysi metall xona temperaturasida konsentrlangan nitrat kislota bilan reaksiyaga kirishmaydi?
A) kalsiy B) rux C) mis D) platina
(2009-DTM.)
1. Qaysi qatorda faqat metallar keltirilgan?
A) kislorod, berilliy, kalsiy, kremniy
B) natriy, aluminiy, kaliy, rux
C) azot, oltingugurt, xlor, fosfor
D) rubidiy, stronsiy, kobalt, azot
2. Ishqoriy metallarning qaysi biri havodagi azot bilan to`g`ridan-to`g`ri reaksiyaga kirishib nitrid hosil qiladi?
A) natriy B) seziy C) litiy D) aluminiy
3. Ishqoriy-yer metallarining qaysi biri havodagi azot bilan to`g`ridan-to`g`ri reaksiyaga kirishib nitrid hosil qiladi?
A) magniy B) rux C) bariy D) stronsiy
4. Mis metali quyidagi moddalardan qaysilari bilan reaksiyaga kirishadi?
1) suyultirilgan sulfat kislota; 2) suyultirilgan xlorid kislota;
3) xlorid kislota (kislorod ishtirokidA); 4) xlor;
5) oltingugurt.
A) 1,2 B) 1,2,3,4,5 C) 3,4,5 D) 1,2,3
5. Berilgan eritmalarning qaysilarida oltin eriydi?
1) shox arog`i; 2) xlorid kislota; 3) xlorning kislorod bilan boyitilgan suvli eritmasi; 4) sulfat kislota; 5) ishqoriy metall sianidi
A) 1,3,5 B) 2,3 C) 1,2,4, D) 2,3,5
6. Berilgan moddalarning qaysilari aluminiy bilan reaksiyaga kirishadi?
1) suyultirilgan sulfat kislota; 2) xlorid kislota;
3) suyultirilgan nitrat kislota; 4) konsentrlangan nitrat kislota; 5) natriy gidroksid.
A) 1,2 B) 1,2,3,5 C) 3,4,5 D) 1,2,3
7. Odatdagi temperaturada quyidagi kislotalarning qaysilarida qo`rg`oshin eriydi?
1) sulfat kislota; 2) nitrat kislota; 3) xlorid kislota; 4) sirka kislota.
A) 1,2 B) 1,2,3 C) 3,4 D) 2,4
8. Titan xona temperaturasida quyidagi moddalardan qaysilari bilan reaksiyaga kirishadi?
1) suv; 2) suyultirilgan nitrat kislota; 3) suyultirilgan sulfat kislota; 4) konsentrlangan nitrat kislota; 5) konsentrlangan sulfat kislota.
A) 1,2,3 B) 4,5 C) 2,3 D) 1,4,5
9. Xrom oddiy sharoitda quyidagi moddalardan qaysilari bilan reaksiyaga kirishadi?
1) suv; 2) kislorod; 3) nitrat kislota; 4) sulfat kislota; 5) xlorid kislota
A) 1,2,3,4,5 B) 1,2 C) 2,3,4 D) 3,4,5
10. Temir quyida keltirilgan moddalardan qaysilari bilan reaksiyaga kirishadi?
1) mis(II) sulfat; 2) suyultirilgan sulfat kislota;
3) suyultirilgan xlorid kislota; 4) 100% li sulfat kislota;
5) suyultirilgan nitrat kislota.
A) 1,2,3,5 B) 1,2,4 C) 2,3,4,5 D) 3,5
11. Temir (II) sulfat va mis (II) sulfat aralashmasidan toza temir (II) sulfatni ajratib olish uchun qaysi reaktivdan foydalanish lozim?
A) natriy gidroksid B) temir C) aluminiy D) sulfat kislota
12. Bir xil miqdordagi metall 0,36 g kislorodni yoki 3,6 g galogenni biriktirib olishi mumkin. Galogenning ekvivalentini aniqlang.
A) 19 B) 80 C) 35,5 D) 127
Do'stlaringiz bilan baham: |