3.Karrali nisbatlar qonuni. 1804 yilda ingliz olimi D.Dalton modda tuzilishi to’g’risidagi atomistik tasavvurlarga asoslanib, karrali nisbatlar qonunini ta’rifladi: "agar ikki element bir-biri bilan bir necha birikma hosil qilsa, elementlardan birining shu birikmalardagi ikkinchi elementning bir xil massa miqdoriga to’g’ri keladigan massa miqdorlari o’zaro kichik va butun sonlar kabi nisbatda bo’ladi ." - 3.Karrali nisbatlar qonuni. 1804 yilda ingliz olimi D.Dalton modda tuzilishi to’g’risidagi atomistik tasavvurlarga asoslanib, karrali nisbatlar qonunini ta’rifladi: "agar ikki element bir-biri bilan bir necha birikma hosil qilsa, elementlardan birining shu birikmalardagi ikkinchi elementning bir xil massa miqdoriga to’g’ri keladigan massa miqdorlari o’zaro kichik va butun sonlar kabi nisbatda bo’ladi ."
- Karrali nisbatlar qonuni juda ko’p misollar bilan isbotlandi.
- Masalan: 1) azot bilan kislorod bir- biri bilan bir necha quyidagi birikmalarni hosil qiladi.
- Formula m(N) m(O) 1qism Nga m(N)/m(O)
- to’g’ri O
- N2O 28 16 0,57 1
- NO 14 16 1,14 2
- N2O3 28 48 1,71 3
- NO2 14 32 2,28 4
- N2O5 28 80 2,85 5
-
- 2) uglerod bilan vodorod birikmalarini olsak,
- Formula m(C) m(H) 1 oism Cga H m(C)/m(H)
- CH4 12 4 3 1
- C2H4 24 4 6 2
-
4.Ekvivalentlar qonuni. Tarkibning doimiylik qonunidan moddalar bir-biri bilan aniq miqdoriy nisbatlarda birikishi kelib chiqadi. - 4.Ekvivalentlar qonuni. Tarkibning doimiylik qonunidan moddalar bir-biri bilan aniq miqdoriy nisbatlarda birikishi kelib chiqadi.
- Masalan, 49 g sulfat kislota 32,5 g rux bilan reaksiyaga kirishganda 1 g vodorod ajralib chiqadi. Sulfat kislota o’rniga 36,5 g xlorid kislota olinsa ham o’shancha vodorod ajralib chiqadi. Ruxning o’rniga alyuminiy olinsa, 1g vodorod ajralib chiqishi uchun 9 g alyuminiy kerak bo’ladi.
- Moddalar o’zlarining ekvivalentlariga proporsional miqdorda reaksiyaga kirishadilar.
- m1|m2=E1|E2
- Kimyoviy elementning ekvivalenti deganda, uning 1 mol vodorod atomlari bilan to’liq reaksiyaga kirisha oladigan yoki kimyoviy reaksiyalarda uning o’rnini oladigan miqdoriga aytiladi.
- E=A|V
-
- A - elementning atom massasi,
- V - valentligi.
- Misni (Cu) ni ekvivalenti 64/2= 32 yoki 64/1 =64 ga teng. Alyuminiyni ekvivalenti 27/3=9 ga teng.
- Murakkab moddaning ekvivalenti deganda, 1 ekvivalent vodorod bilan yoki 1 ekvivalent har qanday boshqa modda bilan to’liq reaksiyaga kirishadigan modda miqdoriga aytiladi. Murakkab moddalarning ekvivalent massalari quyidagi formulalar bilan hisoblanadi:
- E MgO= 40/2= 20. EHCl=36,5/1= 36,5 E(AlCl3)= 133,5/3=44,5
- Agar aniq biror reaksiya berilgan bo’lsa, moddaning ekvivalentini topish uchun uning molyar massasini reaksiyaga kirishgan vodorod va gidroksil ionlari soniga bo’linadi. Masalan:
- H3PO4 + NaOH = NaH2PO4 + H 2O E (NaH2PO4) = 98/1 = 98g
- H3PO4 + 2NaOH = Na2HPO4 + 2H2O E (Na2HPO4) = 98/2 = 49g
Do'stlaringiz bilan baham: |