1.3 Neftdagi arenlar va gibrid birikmalar……………………………
II BOB 2.1 Neft va neft fraksiyalarini sanoatda qayta ishlash
kimyoviy jarayonlari ……...………………………..……………….23
2.2 Neft va neft mahsulotlarini sanoat termik
jarayonlari...........................................................................................24
2.3 Neft va neft mahsulotlari uglevodorodlarini oksidlash………….
XULOSA…………………………………………………………….36
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR..............................................37
Kirish
I BOB Neftning tibbiyot ehtiyojlari uchun ishlatiladigan mahsulotlari Neft tarkibi CnH2n+2 umumiy formuladan iborat to'yingan uglevodorodlami olishda asosiy xomashyo manbayi hisoblanadi. U o ‘zida kimyoviy tarkibi va fizik-kimyoviy xossalari jihatidan har xil bo’lgan suyuq va gazsimon uglevodorodlami saqlaydi. Neftni haydash yoMi bilan uning tarkibidagi moddalar bir-biridan ajratib olinadi. Uni haydash orqali quyidagi uch asosiy fraksiya ajratib olinadi:
1) molekulasida 5 tadan 9 ta gacha uglerod atomi bor va 150°C haroratda haydaladigan yengil uglevodorodlardan iborat gazolin (toza boMmagan benzin) fraksiyasi. Bu fraksiyadan olingan mahsulotni qayta-haydab, 4 0 -7 0 °C haroratda qaynaydigan petroley efiri, 7 0 -1 2 0 °C haroratda benzin, 120-140 °C haroratda esa ligroin ajratib olinadi;
2) tarkibida 9 tadan 16 tagacha uglerod atomi bo’lgan va 150— 300 °C haroratda haydaladigan fraksiya - kerosin fraksiyasi. Bu fraksiyadan hosil bo’lgan mahsulotni tozalab kerosin olinadi; 3) yuqorida haydab olingan mahsulotlardan qolgan qoldiq yopishqoq qora suyuqlik - mazut bo‘lib, uni 300 °C dan yuqori haroratda haydash yo‘li bilan solyar moyi va vazelin moyi olinadi. Yuqori haroratda mazut tarkibidagi ba’zi moddalaming parchalanib ketmasligi uchun uni haydashni suv bug'lari yordamida va vakuum sharoitida olib boriladi. Ba’zi neftlar tarkibida ko‘p miqdorda qattiq uglevodorodlar (parafin) va suyuq hamda qattiq uglevodorodlar aralashmasidan iborat vazelin boMadi. Ularni ham vakuum sharoitida issiq suv bug’lari yordamida haydab olinadi. Neft mahsulotlaridan tibbiyot amaliyotida vazelin va parafinlar keng qo’llaniladi.