Vazelin moyi. Suyuq parafin. Parafinum liquidum Parafin moyi to‘yingan alifatik uglevodorodlar CnH2n+2 va naften uglevodorodlar CnH2n aralashmasidan iborat. Neftni vakuum sharoitida 300 -360 °C haroratgacha suv bug’i bilan haydab vazelin olinadi. Uni har xil yot moddalardan tozalash maqsadida aw al konsentrlangan sulfat kislota, keyin natriy gidroksid eritmasi va oxirida suv bilan ishlanadi, undan begona hid va rangni yo'qotish uchun turli adsorbsiyalovchi moddalardan o'tkaziladi. Vazelin moyi rangsiz, hidsiz va mazasiz, yog‘simon suyuqlik bo'lib, suv va spirtda deyarli erimaydi, efir, xloroformda hamda benzinda eriydi. O'simlik moylari bilan (kanakunjut moyidan tashqari) aralashadi. Uning zichligi 0,875-0,890 g/sm3 ga teng, qotish harorati esa - 5 °C dan oshmasligi kerak. Preparatning kinematik qovushqoqligi 2 8 -3 6 santipuazga teng. Vazelin moyining chinligi uning fizikaviy konstantalarini aniqlashga asoslangan. Preparat tarkibida yot modda sifatida turli organik birikmalarni, yengil qaynovchi moddalami, suv, qattiq parafin, qaytaruvchi moddalar, sulfat ioni va undagi muhitni tekshirib ko'riladi. Tibbiyotda vazelin moyi surtma dori va linimentlami tayyorlashda ishlatiladi. Uni ba'zan qabziyatda surgi sifatida ham qo'llanadi.
Vazelin moyi teri ostiga va mushak orasiga yuboriladigan osilma holdagi dorilami tayyorlashda ham ishlatiladi. (J og‘zi mahkam yopiladigan shisha idishlarda, yorug'lik ta’siridan ehtiyotlangan holda saqlanadi.
Vazelin Vazelin suyuq qattiq va yarim qattiq uglevodorodlar aralashmasidan iborat bo'lib, uni neftning parafin fraksiyasidan vakuum sharoitida 300 °C dan yuqori haroratda suv bug'i yordamida haydab olinadi. Vazelin oq yoki sarg'imtir, hidsiz bir jinsli surtmasimon massa bo'lib, suvda deyarli erimaydi, spirtda kam eriydi, efir, benzin va xloroformda eriydi. O'simlik moylari bilan yaxshi aralashadi. Uni isitilsa, parafin yoki neftning kuchsiz hidini eslatuvchi suyuq holga o'tadi. Vazelin 37-50 °C da suyuqlanadi. Uning 60 °C haroratda qovushqoqligi 2,5 dan past bo'lmasligi kerak. Bu preparatning chinligi ham uning fizikaviy konstantalari asosida aniqlanadi. Vazelin tarkibida yot moddalardan suv, sulfit birikmalari, moy, smola va boshqa birikmalaming bor-yo'qligi tekshirilib ko'riladi. Preparatning muhiti ham tekshiriladi. Vazelin surtma dorilami tayyorlashda asos sifatida ishlatiladi. Og'zi zich yopiladigan shisha bankalarda, salqin joylarda saqlanadi.
Qattiq parafin Qattiq parafin to'yingan (C9H19 dan С35Н72 gacha bo'lgan) qattiq uglevodorodlar aralashmasidan iborat bo'lib, uni parafinga boy neftlardan yoki slans moyidan yuqori haroratda haydab olinadi. Qattiq parafin hidsiz, mazasiz, oq yorug'lik nurlarini qisman o'tkazuvchan modda bo'lib, suv va spirtda erimaydi, efir, benzin, xloroform va efir moylarida eriydi. U 5 0 -5 7 °C haroratda suyuqlanadi. Zichligi 0,881-0,905 g/sm3. Preparatning tozaligini aniqlashda, uning tarkibida xlorid, sulfat birikmalar va turli organik moddalar bor-yo‘qligiga reaksiya qilib ko'riladi. Uning muhiti ham tekshiriladi. Qattiq parafinni surtma dori tayyorlashda indifferent asos sifatida ishlatiladi. U katta issiqlik sig'imiga ega bo'lganligi sababli, nevrit va boshqa kasalliklarga davo qilishda isitish manbayi sifatida qo'llanadi. Parafin salqin joylarda saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |