3. Oksidlanish reaksiyalari. Alkenlar kislotali muhitda kuchli oksidlovchilar (KMnO4, K2Cr2O7, K2CrO4, HNO3, H2SO4) bilan oksidlansa, qo'shbog' tutgan joydan parchalanib keton va kislotalar hosil qiladi. Qo’shbog’ning joyiga qarab mahsulotlar uch xil yo’nalishda hosil bo’ladi:
a) Agar qo’shbog’ tutgan uglerod atomi tarmoqlanmagan bo’lsa ikki xil kislota hosil qiladi.
b) Agar qo’shbog’ tutgan ikkita uglerod atomidan bittasi tarmoqlangan bo’lsa keton va kislota hosil qiladi.
c) Agar qo’shbog’ tutgan ikkala uglerod atomi ham tarmoqlangan bo’lsa ikki molekula keton hosil qiladi.
Bu reaksiyaga asoslanib, molekulada qo'shbog'ning qaysi uglerod atomlari orasida joylashganligi aniqlanadi.
4. Rus olimi E. E. Vagner etilen uglevodorodlarini kaliy permanganatning suvli eritmasida ohistalik bilan oksidlab, ikki atomli spirt — glikollar hosil qiladi: Vagner reaksiyasi:
5. Alkenlar kumush tuzlari katalizatorligi ishtirokida havo kislorodi bilan oksidlanib, organik oksid – epoksidlarni hosil qiladi.
6. Qo’shbog’ hisobiga ozonlanish reaksiyasiga kirishadi.
Polimerlanish reaksiyasi. Oddiy alkenlarning qo'shilishi natijasida yuqori molekular birikmalar hosil bo'lish reaksiyasiga polimerlanish reaksiyasi deyiladi.
Ikki molekulaning qo'shilishidan — dimer va uchtadan — trimerlar hosil bo'ladi.
Sanoqsiz etilen molekulalarining qo'shilishidan polietilen hosil bo'ladi.
Ishlatiladigan polietilenning o'rtacha molekulyar massasi 6000— 12000 ga teng bo'lib, 215-420 tasi-CH2-CH2-zvenodir. Polietilen asosan plyonkalar, ro'zg'or idishlar, vodoprovod trubalar va hokazo materiallar tayyorlashda ishlatiladi. Polietilen materiallar qishloq xo'jaligida keng ishlatiladi.
Sikloalkanlar
Molekulasida uglerod atomi 5 – 6 ta bo`lgan monosiklik sikloalkanlar asosan qaynashning boshlanishi (QB) - 1250C bo`lgan neft fraksiyasida yig`ilgan bo`ladi. Sikloalkanlar ikki xil guruhga bo`linishi mumkin:
1. Monosiklik sikloalkanlar.
2. Polisiklik sikloalkanlar.
Neftning tarkibida 25 dan to 75% (mass.) gacha sikloalkanlar bo`lishi mumkin.
Neft fraksiyalarga ajratilganda sikloalkanlar distillat tarkibida bo`ladi. Monosiklik sikloalkanlar asosan siklopentanlar va siklogeksanlardan iborat bo`ladi. Polisiklik sikloalkanlar quyidagi tip tuzilishlarga ega bo`lishi mumkin:
a) kondensirlangan yadroli
b) o`zaro birikkan (bisiklogeksan)
d ) o`zaro ko`prik bog` hosil qilgan sikloalkanlar (norbornan)
e) spiran birikmalar
Neft tarkibida bulardan murakkabroq tuzilishga ega bo`lgan sikloalkanlar kuzatilmagan. Sikloalkanlarda esa quyidagi xususiyatlar mujassamlashgan:
- molekulalarning geometrik izomeriyasi;
- neftni qayta ishlash jarayonlarida ularning tuzilishining
o`zgarishi reaksiyalariga qobiliyati;
- yoqilg`i va moy distillatlarining sifatiga ijobiy ta'siri;
- tuzilishi bilan neft metamorfizmi va genezisi oralig`idagi bog`liqlik.
Do'stlaringiz bilan baham: |