3.Fizik-kimyoviy usullarga tasnif?
Fizik-kiyoviy usul. Analizning fizik-kimyoviy usuli kimyoviy reaktsiyalar vaktida sodir buladigan fizikaviy uzgarishlarni tekshirishga asoslangan. Bu analiz asosan uch turli buladi. 1). Optik usul. 2). Elektrokimyoviy usul. 3). Xromatografik usul. Optik usul. Optik analiz usuli tekshirilayotgan moddaning atom va molekulalariga tahsir etuvchi elektromagnit nurlarining yutilishi, sochilishi va kaytishiga asoslangan. Elektrokimyoviy usul. Elektrokimyoviy analiz usulida teshirilayotgan modda tarkibidagi aniklanayotgan moddaning elektrokimyoviy xususiyatlaridan foydalaniladi. Elektrokimyoviy usulga asosan potentsiometrik, konduktometrik, polyarografik va elektrogravimetrik usullari kiradi. Xromatografik usul. Xromatografiya modda aralashmalarini, ularni tashkil etuvchi komponentlarga ajratishning fizik-kimyoviy usuli bulib, u adsorbentlarning turli moddalarni tanlab adsorblashiga asoslangan. Fizikaviy usul. Bu usulda kimyoviy reaktsiyalardan foydalanilmaydi, fakat moddalarning fizikaviy xususiyatlari tekshiriladi. Mikdoriy analizda fizik analiz usullaridan radiometrik va massa-spektrometrik analiz usullari eng kup kullaniladi.
4 Respublikamizda polimerlarning ishlab chiqarish jaroyonlarning texnologik tizimlari? Yuqori molekular birikmalar (YMB) xossalari jihatidan past molekular birikmalardan tubdan farq qiladi. Bu hol YMB molekulalarining juda kattaligi va polidispersligi bilan tushuntiriladi.YMB ko‘pincha polimerlar (grekcha «poli» – ko‘p, «meros» – qism ma›nosiga ega) ham deb ataladi. Molekulalari o‘zaro kovalent bog‘lar orqali birikib, polimer hosil qiladigan quyi molekular moddalar monomerlar deyiladi.
Yuqori molekular birikmalar kelib chiqishi bo‘yicha 3 ga bo‘linadi: tabiiy, sintetik va suniy. Tabiiy YMB larga o‘simlik va hayvonot dunyosida keng tarqalgan va ularning hayoti uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan selluloza, kraxmal, oqsillar, nuklein kislota va tabiiy kauchuklar va boshqalar kiradi. Sun’iy YMB tabiiy yuqori molekular birikmalarni kimyoviy qayta ishlash natijasida hosil qilinadi. Sintetik YMB larga sintetik-plastik massalar, kauchuklar va sintetik tolalar kiradi. Sintetik YMB tabiatda uchramaydigan kichik molekulali birikmalardan, polimerlanish va polikondensatlanish reaksiyalari asosida sintez qilib olinadi.POLIETILEN -CH2-CH2- Turli qurilmalar ning qismlari, vodoprovod quvurlari, turli plyonkalar, uy-ro‘zg‘or buyumlari tayyorlashda ishlatiladi.Polipropilen Polietilenga qaraganda juda ham pishiq.Turli qurilmalarning qismlari, yupqa plyonkalar, arqon, quvur, yuqori darajadagi izolatsion materiallar tayyorlashda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |