1. Benzol va uning elektron va fazoviy tuzilishi qanday? Benzol molekulasining tuzilishi Benzol Orbitalı
Umumiy formulasi C6H6 boʻlganligi sababli uni toʻyinmagan birikmalar qatoriga kiritish mumkin. Lekin benzol bromli suv va kaliy permanganat eritmasi bilan reaksiyaga kirishmaydi, yaʼni toʻyinmagan birikmalarga xos reaksiyalarga kirishmaydi. Benzol bugʻi bilan vodorod gazi aralashmasi katalizatorga ega (Pt) qizdirilgan nay orqali oʻtkazilsa, benzolning har bir molekulasiga uch molekula vodorod birikib, tsiklogeksan hosil boʻladi:
Bu xossa benzolning halqali tuzilishiga ega ekanligini isbotlaydi. „Molekula tarkibidagi uglerodning olti atomi tsikl tuzib yopiladi va ular oʻzaro qoʻshbogʻ va oddiy bogʻ orqali navbat bilan joylashadi“, deb benzolning tuzilish formulasini birinchi marta nemis olimi A.Kekule taklif qildi.
2. Oltingugurtning olinish usullari qanday? Oltingugurtni tabiiy manbalardan olishda uning kanday xolatda ekanligini, konni kurshab olgan sharoit xisobga olinadi. Agar kon u kadar chukur bulmasa, oltingugurt xuddi toshkumir kabi shaxta usulida kazib chikaziladi. Kupincha, tugma oltingugurtga xar xil tog jinslari, gips va tuprok aralashgan bo'ladi. Shu sababli avval uni suyuqlantirib, qushimchalardan qisman tozalanadi. Oltingugurtni yanada yaxshirok tozalash uchun uni maxsus pech va retortalarda kizdiriladi va uning buglari pech yonidagi katta xonalarga borib, bu yerda soviydi va 110°S dan past xaroratda sarik tusli mayin kukun oltingugurt guli kurinishida devorga utirib koladi. Tayokchasimon oltingugurt olish uchun toza suyuq oltingugurt maxsus koliplarda sovitiladi.
Ba'zan, oltingugurt, tarkibida oltingugurt bo'lgan gazlardan xam olinadi. Masalan, H2S dan oltingugurt olish uchun texnikada kuyidagi reaksiyalardan foydalaniladi.
2H2S + 3O2 = 2SO2 + 2H2O 2H2S + SO2 = 3S + 2H2O
Oltingugurtning kristall xolatdagi allotropik modifikasiyalaridan eng muximi ikkita: rombik yoki oktaedrik oltingugurt (a-oltingugurt) va monoklinik yoki prizmatik oltingugurt (β-oltingugurt). Tabiatda uchraydigan rombik oltingugurtning solishtirma og'irligi 2.07, suyuqlanish xaroratsi 112,8oS. Rombik oltingugurt 95,5oS dan past xaroratlardagina barkaror bo'ladi, 95.5°S dan yuqorida monoklinik oltingugurt barkarordir. Monoklinik oltingugurt prizma shaklidagi tinik kristallardan iborat bo'lib, uning solishtirma og'irligi 1.96g/sm3, suyuqlanish xaroratsi 119.3°S. Rombik oltingugurtni, masalan, 100°S da uzoq vaqt tutib turilsa, u monoklinik oltingugurtga aylanadi. 95.5°S da monoklinik oltingugurt bilan rombik oltingugurt muvozanat xolatida bo'ladi: S rombik « S monoklinik
3. .Monomerlarning qanday turlari bor? Makromolekulada initsiatorlar ishtirokida faol markaz (•) hosil qilish P.ning asosiy bosqichi hisoblanadi. Bu markaz reaksiyaning oʻsishini boshlab yuboradi va monomer molekulasini faol markazga qoʻshadi. Agar bu markaz turgʻun (uzoq vaqt mavjud boʻluvchi) boʻlsa, P. bosqichsimon deyiladi. Agar oraliq mahsulot turgʻun boʻlmasa (qisqa vaqt mavjud boʻla olsa), P. zanjirsimon deyiladi. P.da qatnashuvchi faol markazlar tabiatiga koʻra, P. radikalli va ionli boʻladi. P.da bir vaqtda 2 yoki undan ortik, turli monomerlar qatnashishi mumkin.
Radikalli P. faqat zanjirli mexanizm boʻyicha boradi. Erkin radikallar oraliq faol mahsulotlarning funksiyasini oʻtaydi. Etilen, vinil-xlorid, vinilatsetat, vinilidenxlorid, ftoretilen, akrilonitril, me-takrilonitril, metilakrilat, metil-metakrilat, stirol, butadiyen, xlorop-ren va boshqa radikalli P.ga kirishadigan monomerlarga mansubdir. Radikalli P.ni xona harorati va quyi temperaturalarda amalga oshirish uchun oksidlanishqaytarilish initsiatorlashdan foydalaniladi. Lab. amaliyotida fotokimyoviy initsiatorlash qoʻllanadi. Radikalli P.ni u-nurlari, tezkor elektronlar, x-zarrachalar, neytronlar va h.k. taʼsirida hosil qilish ham mumkin. Bu usuldagi initsiatorlash radi -atsion kimyoviy initsiatorlash deyiladi.
4. Lambert-Ber qonuni mazmuni nimadan iborat ? Lambert qonuni - yorugʻlik sochayotgan sirt ravshanligining fazoviy burchaklar boʻyicha taqsimoti qonuni. 1760 yilda I.Lambert bayon etgan. Lambert qonuniga koʻra, yorugʻlik sochayotgan sirt ravshanligi har qanday yoʻnalishlarda bir xil boʻladi. Bu qonun yorugʻlik kattaliklari: mas, yorituvchanlik va ravshanlik; yassi sirtga oʻtkazilgan perpendikulyar (normal) bilan f burchak tashkil etgan yoʻnalish boʻyicha sochilayotgan yoruglik kuchi orasidagi munosabatni ifodalaydi. Bu formuladan koʻrinib turibdiki, yassi sirtdan sochilayotgan yorugʻlik kuchi perpendikulyar boʻyicha eng katta qiymatga ega boʻlib, f burchak kattalasha borgan sari uning qiymati kamaya boradi. Lambert qonuni mutlaq qora jismlar uchun oʻrinlidir.
14-Bilet
1. Kimyoviy bog’ning to’yunuvchanligi va yo’naluvchanligi haqida ma’lumot bering? Kimyoviy bogʻ, yoki kimyoviy bogʻlanish — ikki yoki undan ko'p atomlarning oʻzaro taʼsiri natijasida kimyoviy barqaror sistemalar (molekulalar, radikallar, molekulyar ionlar, komplekslar, kristallar va b.) hosil boʻlishi. Asosan, 2 xil boʻladi: Atom (kovalent) bogʻ — kimyoviy xossalari jihatidan bir-biriga oʻxshash yoki xossalari bir-biriga yaqin boʻlgan atomlar oʻrtasidagi bogʻ. Bu bogʻ har qaysi atomdan bittadan elektron oʻzaro taʼsir etib, shu atomlarga tegishli birlashtiruvchi elektron juftligini hosil qilishi natijasida yuzaga keladi. Bu bogʻ oddiy moddalarning (H2, O2 va b.), murakkab moddalarning (CH4, H2O, NH4Cl va b.) va organik birikmalarning molekulalariga xos. Kovalent bogʻlar 2 atom uchun umumiy boʻlgan elektronlarning 2 jufti bilan yuzaga kelsa — qoʻshaloq, 3 jufti bilan yuzaga kelsa — uchlik kovalent bogʻ deb ataladi; Struktura formulalarda ular 2 ta yoki 3 ta chiziqcha bilan koʻrsatiladi. Masalan, H2C=CH2 — etilen, HC≡CH — atsetilen, H—C≡N — vodorod sianid va hokazo.
2. Gomologiya va gomologik qator haqida tushuncha bering? Gomologik qatorlar - kimyoviy xossalari va tuzilishi jihatidan bir-biriga yaqin boʻlib, molekulasining uglevodorodli radikallarida bitta yoki bir nechta metilen guruxi (SN2) borligi bilan bir-biridan farq qiladigan turdosh organik birikmalar. Mas, metan SN4, etan S2N6, propan C3Hg, pentan S5N12 kabi toʻyingan uglevodorodlar (umumiy formulasi SpN2p+2), etilen S2N4, propilen S3N6 kabi toʻyinmagan uglevodorodlar (umumiy formulasi SpN2l), metil spirt SN3ON, etil spirt S2N5ON kabi bir atomli toʻyingan spirtlar (umumiy formulasi SpN2p+|ON) ning gomologik qatorlari maʼlum. G.q.ning ayrim qismlari fizik xossalari jihatdan bir-biridan farq qilishi mumkin. Mas, toʻyingan yogʻ kislotasi va spirtlar qatorida zanjirning bitta SN2 guruhga uzayishi gomologlar qatorining sirt faolligini 3 — 3,5 marta oshiradi yoki G.q.ning oʻrtasida joylashgan va radikali tarmoqlanmagan zanjirdan tuzilgan birikmalarning qaynash temperaturasi qoʻshni gomologlardan 20—30° farq qiladi. G. q.ning yuqori molekulali vakillarida bunday farq, sekin-asta kamayib boradi. Baʼzi uglevodorod molekulalari radikaliga gomologik farq, kiritilishi bilan turlicha struktura oʻzgarishlari sodir boʻladi. Bunda gomologik farq, yaʼni SN2 guruxi molekulaning qaysi joyiga kiritilgani ham katta ahamiyatga ega.
3 ELEKTROkapilyar- Kapillyar hodisalar – birbiriga aralashmaydigan jismlar (mas, qattiq jism bilan suyuqlik)ning tegishib turgan chegara sirtida molekulyar kuchlar taʼsirida yuzaga keladigan fizik hodisalar. Mac, suyuqlik bilan idishning oʻzaro taʼsirida suyuqlik sirti botiq yoki qavariq shaklni oladi. Jumladan, kapillyar (ingichka) naydagi hoʻllaydigan suyuqlik sirti botiq, hoʻllamaydigan suyuklik sirti qavariq boʻladi. Suyuqlik sirtining egrilanishi tufayli hosil boʻladigan kapillyar bosim natijasida idish (mas, kapillyar nay)dagi suyuqlik maʼlum balandlik h ga koʻtariladi yoki pasayadi. Bunda -£- = pgh formula oʻrinli. o —suyuqlikning sirt taranglik koeffitsiyenta, r — suyuqlik zichligi, g — erkin tushish tezlanishi. Balandlik h ni aniqlash uchun suyuqlik sirtining egrilik radiusini kapillyar radiusi g ga almashtiriladi:bunda: g — kapillyar radiusi, 9 — chegaraviy burchak, demak, h=2a/prg. Suyuqlikning sirt taranglik koeffitsiyenta qancha katta, kapillyar nayning radiusi bilan suyuqlik zichligi qancha kichik boʻlsa, kapillyar nayda suyuqlik shuncha baland koʻtariladi. K. h. tabiatda, kundalik turmushda, texnikada katta rol oʻynaydi. Oʻsimliklarning oziqlanishi, organizmda moddalar almashinuvi, tuproq va yer osti suvlarining koʻchishi, gʻovak moddalarning suv shimishi, texnikada keng tatbiq qilinadigan flotatsiya (mas, foydali qazilmalarni boyitish) jarayoni K. h.ga bogʻliq.
4. Xyukkel qoidasi? Аrоmаtik xususiyat. Xyukkеl qоidаsi. Yuqоridа аrоmаtik birikmаlаr xususiyatlаri bo’yichа bеnzоlni eslаtuvchi birikmаlаr ekаnligi xаqidа fikr yuritgаn edi. Lеkin birikmа аrоmаtik bo’lishi uchun bеnzоlning аynаn qаysi xususiyatlаrgа egа bo’lishi kеrаk. Bеnzоl hаlqаsini sаqlоvchi birikmаlаrdаn tаshqаri, ko’plаb birikmаlаr аrоmаtik xususiyatаlrgа egа bo’lishi mumkin5 . Mа`lumki, аrоmаtik birikmаlаr mоlеkulyar fоrmulаsi o’tа to’yinmаgаnlikkа mоs kеluvchi, shungа qаrаmаy birikish rеаksiyalаrigа qiyin kirishаdigаn birikmаlаr hisоblаnаdi. Birikish rеаksiyalаridаn ko’rа bu birikmаlаr elеktrоfil o’rin оlish rеаksiyalаrigа kirishаdi. Birikish rеаksiyalаrigа inеrtligi bilаn birgа bundаy birikmаlаr uchun birikish rеаksiyalаridа o’tа bаrqаrоrlik xоs; gidrirlаsh vа yonish issiqligi kichik. Аrоmаtik birikmаlаr hаlqаli tuzilishgа egа vа оddаtdа bеsh, оlti yoki еtti а`zоli hаlqаlаrdаn ibоrаt, fizik usullаr yordаmidа tеkis yoki dеyarli tеkis tuzilishgа egа ekаnligi аniqlаnilgаn.
15-Bilet
1. Malain va fumar kislotalarning sis- va trans izmorlarini ko’rsating? Malein va fumar kislotalar, sis- va trans-etilen — 1,2dikarbon kislotalar, formulalari tegishlicha I, P. Mol. m. 116,07; rangsiz kristallar. Malein kislotaning suyuqlanish temperaturasi 140°, zichligi 1590 kg/m3. 130° dan yuqori temperaturada fosfat angidrid, atsetilxlorid va boshqa ishtirokida qizdirilganda degidratlanib malein angidridga aylanadi. Sanoatda benzolni katalitik oksidlash, shuningdek, kroton aldegidni oksidlash yoʻli bilan olinadi. Vino va olma kislotalar, sirt faol moddalar, alkid smolalar ishlab chiqarishda qoʻllanadi. Yorugʻlik taʼsirida, 200°dan yuqori temperaturada qizdirilganda yoki kimyoviy agentlar taʼsir ettirilganda malein kislota izomerlanib fumar kislotaga aylanadi.
Fumar kislotaning suyuqlanish temperaturasi 296,4°, zichligi 1635 kg/m3. Koʻpgina oʻsimliklar (mas, island moxi) va zamburutlar tarkibida bor; uglevodorodlarning bijgʻishidan ham hosil boʻladi. Sanoatda malein kislotani NS1, brom birikmalari va boshqa taʼsirida izomerlab olinadi. Poliefir smolalar, quruvchan sintetik moylar, plastifikatorlar olishda, oziq-ovqat sanoatida limon va vino kislotalarining oʻrinbosari sifatida qoʻllanadi.[1]
2.Aerozollar va ularning ekologiyaga ta’siri va uni ishlab chiqarishdagi axamiyati? Aerozollar (aero... va lot. solutio – eritma) – gaz muhitida muallaq tu-radigan mayda-mayda qattiq yoki suyuq zarralardan tashkil topgan dispers tizimlar. A.dagi zarralarning kattaligi mm ning o‘n milliondan bir ulushidan tortib, bir necha mm gacha boradi (qor uchqunlari, yomg‘ir tomchilari). A. qattiq yoki suyuq jismlarning maydalanishi, parchalanishi (mas, portlash vaqtida) yoki kondensatlanishi (mas, havodagi qattiq jism zarralari, gaz ionlari va boshqalarda suv bugining to‘planishi) natijasida, shuningdek kimyoviy reaksiya vaqtida (ammiak bilan vodorod xloriddan ammoniy xlorid olinganda) vujudga keladi. A.ning muhim xususiyati zarralarning qarama-qarshi zaryadligidir, dispers muhitning zichligi va qovushomigi kichik bo‘lganidan, bunday muhitdagi zarralar to‘xtovsiz harakat qilib turadi, buning natijasida ular o‘zaro to‘qnashib, osongina yiriklashishi mumkin (A. koagulyasiyasi), yiriklashgan zarralar esa ogirlik kuchi ta’sirida dispers muhitdan ajraladi – dispers tizim buziladi. A.ni parchalashda yuqori kuchlanishli elektr toki, markazdan qochirma kuch va ultratovushlardan, maxsus filtrlardan foydalaniladi. Meteorologiyada, havoni changdan tozalashda, harbiy ishda (tutun pardasi hosil qilishda), purka-gich yordamida jismlarga lok yoki bo‘yoq berishda va boshqa ishlarda A. muhim rol o‘ynaydi.
3.Diazoniy tuzlarining azot chiqishi va azot chiqmasdan boradigan reaksiyalari qanday? Diazobirikmalar. Aromatik aminlarning tuzlari, kislotali muhitda nitrit kislota ta’sirida diazotirlanib arildiazoniy tuzlarini hosil qiladi:
C6H5-N+H3Cl- + HONO C6H5-N+NCl- + 2H2O
Odatda diazotirlash reaksiyasini amalga oshirish uchun bir miqdor aromatik amin uch miqdor mineral kislotada eritilib unga 00S da NaNO2 ýðèòìàñè qûøèëàdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |