Investitsiyalarning amal qilinishi bo’yicha quyidagi turlarga tasniflanadi: - Maqsadi bo’yicha - foyda olish uchun, ijtimoiy va ekologik ehtiyojlar
- uchun.
- Ob’ekti bo’yicha - ishlab chiqarish va noishlab chiqarish.
- Natural-moddiy ko’rinishi bo’yicha - moddiy, nomoddiy va moliyaviy.
- Hududiy kelib chiqishi bo’yicha - milliy va chet elliy.
- Moliyalashtirish manbalari bo’yicha - xususiy (amortizatsiya, foyda, sotilgan narsalardan tushum) va omonatga olingan (kredit, lizing va boshqalar).
- Ishlab chiqarish investitsiyasini yo’nalishlari bo’yicha - asosiy kapitalni yangilashga, qo’zg’almas mulkni, aylanma mablag’ni ko’paytirish uchun, yangi mahsulot yaratish uchun, mahsulotni sifatini oshirish uchun.
- Korxonani boshqarish huquqiga ega bo’lish omili bo’yicha: to’g’ridan to’g’ri yoki bevosita; portfel.
Investitsiya manbalarini uning tarkibidan kelib chiqib moliyaviy va moddiy resurslarga ajratish mumkin. - Moliyaviy manbalarga - naqd pul; chet el valyutasi; xalqaro to’lov pullari; aksiyalar; zayomlar; korxonalar mablag’lari; amortizatsiya fondi kiradi.
- Moddiy resurslarga - xom-ashyo resurslari; ko’chmas mulk; jamoa-shirkat- xo’jalik mulki; fermerlar mulki; dehqon xo’jalik mulki; tadbirkorlar mulki kiradi.
Investitsiyalarni ob’ektlarga qo’yish sohalariga qarab quyidagilarga ajratish mumkin: - kam qo’llaniladigan investitsion mablag’lar, ya’ni, qo’riq (bo’sh yotgan) yerlarni o’zlashtirish, mehnat resurslaridan vaqtincha foydalanish (mutaxassislar va rahbarlardan) va h.k.;
- ma’lum hajmda talab qilinadigan investitsiya mablag’lari;
- rejalashtirilgan investitsiyadan olinadigan daromadga ta’sir etuvchi boshqa investitsion sharoitlar, ya’ni rejalashtirilgan asosiy investitsiya mablag’lariga qo’shimcha investitsiya mablag’larini jalb etish yo’li bilan investitsiyadan keladigan foydani oshirish;
- faoliyatga qo’yilgan shakliga qarab, investitsiya o’z harakatida daromadlarni oshirish yoki kamaytirish, xavf-xatarni kamaytirish, mehnat jamoasini manfaatdorligini oshirish, ish sharoitini yaxshilash, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni muvofiqlashtirishga yo’naltirilishini ta’minlash zarur;
- qo’shimcha investitsiyalar xarajatlarni kamaytirish, samaradorlikni oshirish, mahsulot ishlab chiqishni va sotishni oshirish, qo’shimcha daromad olishni ta’minlashga yo’naltirilish kerak;
- ma’lum ishlab chiqarishga yo’naltirilgan investitsiyalar tarkibi ishlab chiqarishni ixtisoslashuviga qarab taqsimlanishi darkor;
- investitsiyalar resurslarni tejash, yangi mahsulot ishlab chiqish, korxona imdjini oshirish, tabiatni muhofaza qilish va hokazolarni ta’milashi ham zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |