Kimyo va ekologiya



Download 11,62 Mb.
bet104/177
Sana16.03.2022
Hajmi11,62 Mb.
#496907
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   177
Bog'liq
HAYOTIY FAOLIYAT XAVFSIZLIGI

O’lchov asboblari
1.Lyuksometr


Ishning maqsadi:Ishlab chiqarish xonalarining va ish joylarining yoritilganligi, mexnat gigienasining muxim ko‘rsatkichlaridan biri xisoblanib, mexnatni ilmiy asosda tashkil etishning va ishlab chiqarish madaniyatining ajralmas qismi xisoblanadi. YOritilganlik insonning tashki muxit bilan bog‘lanishini aniqlovchi va ma’lumotlarning sifatini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlaridan biridir. To‘g‘ri va normal miqdordagi yoritganlik ish kurollari va jixozlarning rangini, o‘lchamlarini tezda aniqlashga imkon beradi va ishchining mexnat kobiliyatini uzoq muddatgacha saqlanib qolishiga, mexnat unumdorligini oshishiga, ishlab chiqilgan maxsulotning sifatli bo‘lishiga sharoit yaratib, mexnat xavfsizligini oshiradi. SHikastlanishlarning 5 foizi kasbiy kasallik - ishdagi uzoqni ko‘ra olmaslik (blizorukost) sabab bo‘ladi. Ishlab chiqarish sharoitlarida 3 turdagi yorug‘likdan foydalaniladi: tabiiy, sun’iy va uyg‘unlashgan. Tabiiy yoritilish qo‘yidagilarga bo‘linadi: Ustki (shiftlar, tomlar, shuningdek, baland perepadlar, aralash bino oralari orqali teshiklardagi yorug‘lik beradigan fonarlar orqali); Yonboshlama (derazalar orqali); Uyg‘unlashtirilgan. Tabiiy yoritish darajasi kunning vaqtiga va iqlimiy sharoitlarga bog‘liq xolda ish vaqti davomida o‘zgarishi xisobli, ish joyining yoritganlik bilan emas, balki tabiiy yoritganlik koeffitsienti orqali me’yorlashtiriladi. Sanoat korxonalari ishlab chiqarish xonalarini yoritilganligini baholash uchun tabiiy yoritilish koeffitsienti kattaligiga qarab belgilash qabul qilingan. Tabiiy yoritganlik koeffitsienti deb xona ichidagi biror nuktaning yoritganligini shu vaktda tashki muxit yoriganligiga nisbatining foizdagi ifodasiga aytiladi. Tabiiy yoritilishning etarliligi 2 omil bilan belgilanadi: tabiiy yoritilish koeffitsienti va derazaning yorug‘lik tavsifi (yorug‘lik maydoni va yorug‘lik chuqurligi) bilan. Korxonalardagi tabiiy yoritilganlik sharoiti SNiP-2-4-79, SNiP- 2.0.1.0.5.98 talablariga muvofiqligi bo‘lishi kerak. Oynali yuza pol yuzasiga nisbatan 1/5 qismni tashkil etishi kerak. Ishlab chiqarish binolarida barcha ishlar farqlash ob’ektlarining muayyanlik darajada va xajmlariga qarab 6 razryadga ajratiladi. Ko‘rishni (diqqatni) jalb etadigan ishlar shartlariga ko‘ra, jadvalida keltirilgan sanitariya me’yorlari tomonidan 6 razryad uchun SN-245-63 tabiiy yoritilish koeffitsienti belgilangan. Tabiiy yoritganlik koeffitsienti yoruglikning iklimiy koeffitsientiga boglik bulib, uning miqdori ishning kurish buyicha razryadiga, farklash ob’ektining eng kichik ulchamiga xamda iklimning yoruglik poyasiga boglik xolda maxsus jadvallardan tanlab olinadi va shu asosida binolarga urnatilishi lozim bulgan derazalar xamda fonarlar (yukori tomonlama yoritganliqda) soni aniklanadi va loyixalashtiriladi. QMQ 2.01.05-98 gigienik normalar ishning aniqligi va yoritish turiga qarab talab qilinadigan tashqi yoritilish koeffitsientining kattaligini belgilaydi Binodan foydalanish jarayonida sexdagi yoritilganlik darajasi ancha pasayishi mumkin, chunki oynalangan yuzalarning ifloslanishi oqibatida ularning yorug‘likni o‘tkazish koeffitsienti kamayadi; devorlar va shiftlarning ifloslanishi ham ularning nur qaytarish koeffitsientini kamaytiradi. SHuning uchun ham sanitariya normalari yorug‘lik tuynuklari oynalarini tozalab turish zarurligini qayd qiladi. Kam chang ajraladigan xonalarni yiliga kamida 2 marta, tutunli va isli xonalarni kamida 4 marta tozalash zarur. SHift va devorlarni yiliga kamida bir marta oqlash va bo‘yash lozim. Ko‘p maydoni oynalangan ba’zi bir ishlab chiqarish xonalarining ish joylarida quyosh nurlarining to‘g‘ri yoki aks etib tashishidan ko‘zni oladigan sharoitlar yuzaga kelishi mumkin, xavo xaroratini oshishi, asboblarni qizishi kuzatiladi. Ular bilan kurashish uchun quyoshdan himoya qiladigan soyabonlar, ekranlar, jalyuzlar va shunga o‘xshashlardan foydalaniladi. Sun’iy yoritish sanoat korxonalarining binolarini umuman bir xilda yoritish, umumiy yoritish va umumiy yoritishga qo‘shimcha ravishda ish joylarini maxsus yoritish bilan qo‘shib kombinatsiyalashtirilgan yoritilish usullari yordamida amalga oshiriladi. Umumiy yoritish va ish jixozi va ish joyining joylashishiga boglik xolda tekis yoki lokal kurinishda buladi. Mahalliy yoritish statsionar va ko‘chma bo‘lishi mumkin. Umumiy yoritishdan ish joylari yuqori yorug‘lik talab qilmaydigan va shuningdek, ishlab chiqarish sharoitlariga ko‘ra (mexanik tebranishlar) mahalliy yoritish mumkin bo‘lmagan joylarda me’yoriy yoritilishning uncha katta bo‘lmagan darajalarida Sanoat korxonalari uchun “t.yo.”koeffitsienti me’yor ari Bajarilayotgan ishlar xarakteristikalari Ob’ektning eng kichik o‘lchami, mm Ish razryadi T.YO.K.ning ko‘rsatkichi, % yuqoridan va qo‘shma yon tomondan Bajarilayotgan ish eng yuqori aniqlikdagi 0,15 dan kichik I 10 3,5 Juda yuqori aniqlikdagi 0,15 dan 0,3 gacha II 7 2,5 YUqori aniqlikdagi 0,3-0,5 III 5 2 O‘rtacha aniqlikdagi 0,5-1,0 IV 4 1,5 Kichik aniqlikdagi 1,0-5,0 V 3 1 Qo‘pol aniqlik (dag‘al) 5,0 dan katta VI 2 0,5 Ayrim detallarni ajratmasdan ishlatish VII 3 1 Ishlab chiqarish (sanoat) jarayoni yo‘nalishini umumiy kuzatish VIII 1 0,3 Doimiy kuzatish jixozlar xolatini vaqti vaqti bilan kuzatish VIII 0,7 0,2 Mexanizatsiyalashtirilgan va mexanizatsiya- lashtirilmgan omborlardagi ish IX 0,5 0,1 foydalaniladi. Uyg‘unlashma yoritishdan ish joylarida yoritilishning yuqori darajalarini yoritish zarur bo‘lganda foydalaniladi. Vazifasiga ko‘ra sun’iy yoritish ishchi, avariyaviy va maxsus (navbatchi va evakuatsiya) bo‘lishi mumkin. Ishchi yoritishdan normal ish rejimini ta’minlash maksadida tabiiy yoritish bulmagan yoki etarli darajada emas joylarda foydalaniladi. Avariya yoritish asosiy yoritish uchib kolgan vaktlarda yongin, portlash, ishchilarni zaxarlanishi, jaroxatlanish xavfi, kasallarni operatsiya maxalida, texnologik jarayonni uzok tuxtab kolishi yoki buzilishi, alokani uzilishi, aholini suv bilan ta’minlash nasos stansiyalarining to‘xtab qolishiga sabab bo‘ladigan zonalarda ko‘zda tutiladi. Ishni davom ettirish uchun avariya yoritilish avariya rejimida xizmat talab etuvchi ish yuzalarida 1 gina umumiy cho‘g‘lanish lampalari yordamida yoritilish tizimida belgilangan me’yorlardan 20 foiz kam bo‘lmagan yorug‘likni ta’minlashi lozim. Avariya yoritilishi umumiy yoritilishning 5%-dan kam bo‘lmagan yorug‘lik bilan ta’minlashi va bu yorug‘lik, yorug‘likning umumiy sistemalariga nisbatan sanoat xonalarida 2 lk dan kam bo‘lmagan yorug‘likni ta’minlashi kerak (bunda yoritilish normalarga asosan olinadi). Avariyali yoritilish avtomatik tarzda yoqiladi va ishchi yoritgichlar bilan bog‘lanmagan mustaqil manbalarga ulanishi kerak. Evakuatsion yoritish 0,5 lk 50 kishidan ortiq odam ishlaydigan joylarda va ishchi yoritish tusatdan o‘chganda xonadan odamlarni chiqarish, jarohatlanish xavfi bilan bog‘liq bo‘ladigan ishlab chiqarish binolarining o‘tish joylarida o‘rnatiladi. Insonlar evakuatsiyasi uchun avariyali yoritishni qo‘l yordamida yoqishga ruxsat beriladi. Pol sathida va zinapoyalar pog‘onalarida asosiy o‘tish liniyalari bo‘yicha yoritish kamida 0,3 lk bo‘lishi, ochiq joylarda-kamida 0,2 lk bo‘lishi zarur. Jamoatchilik binolarining chiqish eshiklarida (1 vaqtning o‘zida 50 dan ortiq kishi bo‘lishi mumkin). chiqish joylarida yorug‘lik signallari (ko‘rsatkich signallar) bo‘lishi lozim. Avariyali yoritish uchun ishchi yoritgichlardan yoritish tipi, xajmi yoki maxsus belgilari bilan farqlanadigan yoritgichlar qo‘llaniladi. Navbatchi yoritilish 0,5 lk dan kam bo‘lmasligi zarur. Ba’zi bir hollarda ishlab chiqarish xonalari havosiga ishlov berish va ichimlik suvlarining hamda oziq-ovqat mahsulotlarining sifatini saqlash maqsadida bakteritsid yoritilishlardan foydalaniladi. Bunda maxsus lampalar yordamida hosil qilingan ultrabinafsha nurlarinig 0,254-0,257 mkm uzunlikdagi to‘lqinlarga ega bo‘lgan yorug‘lik nurlari yaxshi natija beradi. Sanoat korxonalarini yoritish sistemalariga qo‘yiladigan asosiy talablar: 1.Ish joylarini yoritish sanitariya-gigienik normalar asosida ish kategoriyalariga moslashgan bo‘lishi kerak. Ish joylarini maksimal yoritish, albatta, ish sharoitini yaxshilashga olib keladi. Ba’zi bir aniq ishlarni bajarganda yoritilishni 50 lk dan 1000 lk gacha oshirish bilan ish unumini 25% ga oshganligi ma’lum. Ammo yoritilish ma’lum miqdorga etgandan keyin undan keyingi yoritilishning oshirilishi yaxshi natija bermaydi. SHuning uchun ham iqtisodiy samara beradigan yoritilishning oqilona variantini tanlash zarur. 2.Ish olib borilayotgan yuzaga va ko‘zga ko‘rinadigan atrof- muhitga yorug‘lik bir tekis tushadigan bo‘lishi kerak. CHunki agar ish olib borilayotgan yuzada va atrof-muhitda yaltiroq uchastkalar mavjud bo‘lsa, unda ko‘zning ularga tushishi va qaytib ish zonasiga qaraganda ko‘zning jimirlashishi va ma’lum vaqt ko‘nikishi kerak bo‘ladi. Bu esa ko‘zning tez charchashiga olib keladi. 3.Ishchi yuzalarda keskin soyalar bo‘masligi kerak. CHunki ish yuzasida keskin soyalarning bo‘lishi, ayniqsa, u soyalar harakatlanuvchi bo‘lsa, bajarilayotgan obektni ko‘rinishini yomonlashtiradi, obekt ko‘zga noto‘g‘ri boiib ko‘rinadi va bu ishning sifatini hamda unumdorligini pasayishiga olib keladi. SHuning uchun ham sanoat korxonalari to‘g‘ri tushayotgan oftob nurlarini soyabonlar va boshqa oftobga qarshi vositalar bilan to‘sishi kerak; chunki quyosh nurlari keskin soyalar paydo bo‘lishiga olib keladi. 4.Ishchi zonalarda to‘g‘ri yoki nur qaytishi ta’sirida hosil bo‘layotgan yaltirash bo‘lmasligi kerak. CHunki ish zonalaridagi yaltirash ko‘zning ko‘rish qobiliyatini pasaytirib, ko‘zni qamashtirishi - mumkin. YAltiroq yuzalar yoritish asboblarining yuzalarida, nur qaytarish ta’sirida hosil bo‘ladigan yaltirashlar nur qaytarish koeffitsienti katta bo‘lgan yuzalarda vujudga keladi.


Download 11,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish