Ekinni parvarish qilish. Erta bahor va kech kuzda ekilgan ildizmevalar yomg‘irdan keyin hosil bo‘lgan qatqaloqdan qattiq qiynaladi. qatqaloqning oldini olish uchun mo‘lchalash, ya’ni ekilgandan keyin egat ustiga 1-1,5 sm qalinlikda chirindi sochib chiqish yaxshi samara beradi. ekinlarga uzoq vaqt jildiratib suv quyish ham qatqaloqka qarshi ko‘rashda muhim tadbirlardan hisoblanadi. Ildizmevalarni parvarish qilishda begona o‘tlarni yo‘qotish nihoyatda murakkab va sermehnat ishdir. Qator oralaridagi begona o‘tlar KOR-4,2, KRN-2,8 A kulьtivatorlari yordamida kultivasiya qilish, lentalar oralaridagisi esa o‘toq qilish yo‘li bilan yo‘qotadi.
O‘zbekiston sharoitida sabzi ekilgunga qadar 0,5-0,75 kg, ga hisobida treflan sepilib 87-10 sm chuqurlikka aralashtirib yuboriladi. 3 kg,ga hisobida prometrin sabzi ekilgandan so‘ng maysalar ko‘ringo‘nga qadar sepiladi. Maysalar ko‘ringunga qadar bulardan tashqari manuron va propazin 2,5-3,0 kg,ga normada preparati bo‘yicha sepiladi.
Sabzi maysalarida 1-2ta chin barg chiqqandan keyin prometrin 3 kg/ga preparati bo‘yicha ishlov beriladi. Lavlagini maysalari chiqquncha 9,3-18,9 kg/ga asyetlur, 1-2 ta barg chiqargandan keyin 6-8 kg/ga hisobida betonal bilan ishlov beriladi. Dozaneks linuron va prometrin preparatlari sepilganda mahsulotni gerbisid bilan dorilangandan 4 oy o‘tgach foydalanishga ruhsat etilishi kerak. Ildizmevali sabzavot ekinlarini o‘z vaqtida yaganalash nihoyatda katta ahamiyatga ega. Ildizmevalilar ikkinchi yaganadan so‘ng qatordagi o‘simliklar oraliklari quyidagicha bo‘lishi kerak: sabzi 5-7 lavlagi, sholg‘om 8-12 va turp 10-15 sm.
Ildizmevalilar yetishtirishda yerning optimal namligi dala suv sig‘imiga nisbatan 70-80 prosyent bo‘lishi lozim. yer osti suvlari chuqur joylashgan, bo‘z tuproqli yerlarda erta bahorda ekilgan ildizmevalar yoppasiga ko‘karib chiqqandan keyin, odatda aprel oyining ikkinchi yarmidan boshlab sug‘oriladi va bu 12-15 kunda bir marta takrorlanib turiladi. Ildizmevalilarning hosil bo‘lishi tezlashgan paytda may oyining o‘rtalaridan boshlab ekinlar har 7-10 kunda sug‘oriladi, mayni ohiri va iyunda har 5-6 kunda sug‘oriladi. Umumiy sug‘orish soni 8-9ta bo‘ladi. Sizot suvlar yaqin joylashgan yerlarda kamroq sug‘orilib, umumiy sug‘orish soni 6-5 marta bo‘ladi. Kech kuzda ekilganda ham sug‘orish rejimi taxminan shunga o‘xshash bo‘ladi.
Yozda ekilgan ekinlar maysalari yoppasiga ko‘ringunga qadar tez-tez, har 3-4 kunda bir marta urug‘ suvi berib turiladi. Maysalar tekis ko‘kargandan keyin sug‘orishlar orasi 8-10, hosil yetilishi davrida esa 12-15 kungcha o‘zaytiriladi. Kechki ildizmevalar hosilini yig‘ib-terishga 2-3 xafta qolganda sug‘orish to‘xtatiladi. Shunda vegetasiya davrida 10-12 marta sug‘oriladi. Sizot suvlari yaqin bo‘lgan yerlarda sug‘orishlar orasi uzoqroq bo‘lib, umumiy sug‘orish soni qisqaradi va 6-8 marta sug‘oriladi.
Kech bahorda yoki o‘rta muddatda sabzi ekilgandan har 5-6 kunda sug‘oriladi va jami 8-10 marta sug‘oriladi. Avgustni ikkinchi yarmida ekilgan sabzini undirib olish uchun ham jildiratib sug‘orish kerak, sentyabrь-oktyabrь boshlarida 4-5 marta sug‘oriladi. Bahorda bu ekin deyarli sug‘orilmaydi yoki bahor quruq kelsa 1-2marta suv beriladi. Ildizmevalarni sug‘orish normasi ekinning turi hamda tuproq sharoitiga qarab gektariga 500-600dan 800-900m3 belgilanadi.
Kasallik va zararkunandalar. Ildizmevali sabzavotlar kasalliklardan unshudring, zararkunandalardan shira bilan ayniqsa ko‘p zararlanadilar. Kurash choralari oltingugurt ko‘kuni bilan oxakni 1:1 gektariga 15-20 kg nisbatda aralashtirib yoki kolloid oltingugurtning bir prosyentli suspenziyasi purkaladi.
Hosilni yig‘ib olish. Bahorda, kuzda va qish boshlarida ekilgan sabzi va lavlagi ikki bosqichda hosili yig‘ishtirib olinadi. Maysalar ko‘ringandan 50-60 kun o‘tgach, sabzini ildizmevasini diametri 1,5-2 sm, lavlagini esa 3-3,5sm, ga yetganda yagana qilish hisobidan hosil terib olinadi va barglari kesilmasdan bog‘-bog‘ kilib, shu kunning o‘zidayoq sotishga yuboriladi.
Yozda ekilgan barcha ildizmevaldi sabzavotlarni hosili bir marta oqtyabrь ohiri noyabrь boshlarida yog‘ingarchilik boshlanmasdan qattiq sovuq tushmasdan oldin yig‘ishtirib olinadi.
Ildizmevalarni SNU-3S,SNSH-4,SNS-2m,OPKSH-1,4 kovlagichlarda kovlash mumkin yoki kartoshka kovlagichlar va kartoshka yigadigan kombaynda yigishtirish mumkin. Bunda oldiniga palagi KIR-1,5 kombaynda yoki palag uradigan UBD-3A mashina yordamida olinadi, kovlagichlar ishlatilganda, ish unumi 1,5-2 barobar ortadi. Hosilni yigish saralash va tashish vaqtida ildizmevalarni urintirmasdan, shikastlantirmaslikka harakat qilish kerak, bo‘lmasa zararlangan ildizmevalar yaxshi saqlanmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |